Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

2. 
Mehnat 
ta’limi jarayonida va kasb tanlashga yо‘llashda 
qо‘llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari. 
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga 
yо‘llash muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar о‘tkazishdan maqsad talim va 
tarbiya xususiyatlari, samarali metodlarni ishlab chiqish va amaliy qо‘llash, texnik 
vositalarini qо‘llashga doir masalalarni yechishdan iboratdir. 
Ilmiy pedagogik izlanishlar jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga 
bо‘lish mumkin: 
1. О‘qituvchining adabiyotlarni о‘rganishi va amaliy ishlari asosida 
muammoni aniqlashi. 
2. Gipoteza qurish, ya’ni о‘qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish. 
О‘qituvchining faktlar va ularni taqqoslash orqali izlanuvchi asoslangan taklifni 
berishi. 
3. Izlanish natijalarini rasmiylashtirishi va о‘quv jarayoniga qо‘llashi. 
Mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llashda ilmiy 
izlanishlarning umumilmiy va maxsus metodlari qо‘llaniladi. 
Umumilmiy metodlarga: nazariy izlanish, kuzatish, suhbat va eksperimentlar 
kiradi. 


20 
Nazariy metod
- adabiyotlardan о‘rganish va tahlil qilish, hamda pedagogik 
tajribalar asosida olib boriladigan izlanishlar kiradi. Adabiyotlar ustida ishlashda 
kitob va jurnallar, maqolalar va patentlar, ilmiy ishlanmalar tо‘plamlar va 
kataloglar, internet tizimidan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. 
Kuzatish
- odatda tabiiy kuzatish orqali о‘quvchilarning fanlarni 
о‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi о‘zgarishlarni hisobga 
olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatish yо‘llarini belgilash uchun 
qо‘llaniladi. Bu metod о‘qituvchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni 
va hodisalarini biror maqsadni kо‘zda tutib idrok etish tashkil etadi. Bunda 
kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish obyekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish 
uchun ajratiladigan xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi. Shuningdek, 
kuzatish metodi ta’lim-tarbiyaning mazkur vaktdagi holatini aniqlash imkonini 
beradi. Kuzatish metodining maqsadi bor faktlarni yoritishdangina iborat bо‘lmay, 
oldindan qо‘yilgan maqsad bо‘yicha aniqlanishi lozim bо‘lgan faktlarni qidirish va 
aniqlashdan iboratdir. 
Kuzatish jarayonida о‘qituvchini qiziqtiruvchi muammo va vazifalar 
kuzatishni tanlab о‘tkazishni taqozo etadi. О‘qituvchi muayyan tanlangan 
muammoni hisobga olib, nimani kuzatish kerakligini tanlab oladi. Shuning uchun 
ham u kuzatish natijasida yechilishi kerak bо‘lgan muammoni hali kuzatishni 
boshlamasdan oldinroq biladi. Natijada о‘qituvchining kuzatish natijalarini 
umumlashtirishi birmuncha osonlashadi. 
Kuzatishga asoslangan tasniflash ishlari uch kо‘rinishga ega:
1) obzor tadqiqotlari;
2) ta’lim-tarbiya unsurlari orasidagi bog‘liqlikni aniqlash;
3) izlanish tadqiqotlari. 
Bunday sharoitda kuzatish tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki bevosita amalga oshiriladi. 
Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki bevosita kuzatish faktlarni qabul qilib olish, tushunib yetish 
va о‘lchashdan iborat, ya’ni:
- qabul qilib olish - sezish organlari yordamida tekshiruvchi obyekt aniq joyda 
turganligini qayd qilish; 


21 
- tushunib yetish tanlab olingan, qayd qilingan obyekt oldindan aniq yoki 
noaniqligini aniqlash; 
- о‘lchash - shu obyektning sonini aniqlash. 
Bilvosita kuzatish obyektni bevosita kuzatish imkoniyati bо‘lmaganda amalga 
oshiriladi. Shunday obyektdagi shaxsning tug‘ma qobiliyati, imkoniyatlari, 
intizomlilik, rostlik, kamtarlik, kamsuqumlik kabi xislatlari kirishi mumkin. 
Bunday xislatlarni bevosita kuzatish natijasida aniqlash qiyin. Shuning uchun ham 
о‘qituvchi о‘ziga qulay kо‘rsatkichlardan foydalanadi. 
Bevosita va bilvosita kuzatish bilan bir qatorda faol kuzatish ham qо‘llaniladi. 
Faol kuzatishda didaktik jarayonda bevosita о‘qituvchining о‘zi ham qatnashadi va 
jarayonning borishiga ta’sir etadi. Bunda ishtirok etishning ijobiy tomoni shundan 
iboratki, о‘qituvchi bо‘lib о‘tayotgan jarayonning ikir-chikirlarini tushunib yetadi, 
bu esa о‘quv jarayonini tadqiqot talablariga yо‘naltirish imkonini beradi. Bunday 
usul ayrim kamchiliklariga qaramasdan, ijodkor-о‘qituvchilar tomonidan 
о‘quvchilar faoliyatini faollashtirishda keng qо‘llaniladi. 
Bilvosita kuzatish о‘qituvchini hodisalarni о‘rganishga kо‘proq jalb etishga 
imkoniyat yaratadi. Mashg‘ulotlar stenogrammalari, uchinchi odam tomonidai 
tayyorlangan kuzatish bayonlari, foto-kinolavhalar, rasmlar, diagrammalar, 
statistik mashg‘ulotlar shular jumlasidandir. Bu hujjatlar pedagogik faoliyatning 
natijalarini hamda ijtimoiy muhit, xususan о‘qituvchi faoliyatining о‘quvchi 
shaxsida uyg‘otadigan о‘zgarishlarni kuzatish imkonini beradi. 
Ilmiy-tekshirish maqsadlarini aniqlash о‘qituvchini qiziqtirib qolgan 
muammoli holatni taxlil kilish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bunday holatni tahlil 
qilish va unda ma’lum va noma’lumlarni aniqlash, qо‘shimcha adabiyotlarni 
о‘rganish, tajribali shaxslarning bu masalaga bergan bahosi о‘qituvchiiing asosiy 
va kо‘shimcha muammolarni aniqlash imkonini beradi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin