22
Pedagogik sо‘rash metodi
– о‘qituvchining
boshqa hamkasblaridan
pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni
bu metodning asosini tashkil qiladi. Sо‘rash savollarning mantiqiy о‘ylangan
tizimi, ularning aniq ifodalanishi, nisbatan kamchiligi (3-5ta) nazarda tutiladi.
Shuningdek, qat’iy formadagi javobni ("ha","yо‘q") ham taqozo etishi mumkin.
Test, sо‘rovnomalar
- bu sо‘rovnoma, ya’ni anketa usuli qо‘llanganda
yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, о‘quvchilarning yakka yoki
guruhli
fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qizishlarini,
kelajak orzu-
istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida
о‘tkaziladi.
Test savollaridan kо‘zlangan maqsad qisqa vaqt ichida о‘quvchilarning
bilimlarini, qiziqishlarini, kasblar haqidagi fikrlarini yoppasiga baholashdir.
О‘quvchilarning bilimini va saviyasini aniqlash
uslublaridan biri - bu test
yordamidagi sinovdir.
Test sinovlar metodi
- bu yozma javoblarning ommaviy ravishda yig‘ib olish
metodidir. Test sinovlarini (anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon.
Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga
berilayotgan savollar shakliga, tо‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bо‘ladi. Odatda
test savollarining ma’lumotlarini kompyuterda matematik statistika metodlari bilan
ishlash imkon beradigan qilib tuziladi.
Eksperiment-tajriba-sinov usuli
- ushbu tajriba asosida ta’lim-tarbiya
jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbiqi jarayonlarini
tekshirish, aniqlash maqsadida о‘tkaziladi.
Agar kuzatishda о‘qituvchi borliqni qanday bо‘lsa, shundayligicha idrok qilib
tekshirsa, eksperiment jarayoni bu borliqni о‘zgartirib, uning ichki konuniyatlarini,
unga ta’sir etishning samarador usullarini aniqlaydi.
Eksperimentning birinchi
xususiyati shundan iboratki, unda о‘qituvchining
о‘zi qatnashadi, ishni tashkil etadi, amalga oshiradi va natijani taxlil qiladi.
Ikkinchi xususiyati - о‘quv-tarbiya jarayonining ichki qonuniyatlarini aniqlash
uchun jarayon sharoitlarini о‘zgartirish imkoni tug‘iladi.
23
Uchinchi xususiyati - о‘quv-tarbiya jarayonini nazorat qilib, ularni anik
о‘lchash imkonidir.
Tо‘rtinchi xususiyati -
eksperimentga ilmiy tus berib, ishchi gipotezani
aiiqlashtirishdir.
Demak, eksperiment shunday ilmiy-tadqiqot usulini, unda ta’lim-tarbiya
jarayonini
nazorat qilish, о‘lchash va ishchi gipotezani yanada oydinlashtirish
imkoni tug‘iladi.
Yuqorida kо‘rsatilgan tо‘rt xususiyat bajarilsa eksperiment laboratoriya
eksperimenti hisoblanadi, birinchisi bajarilmasa, bu tabiiy eksperiment deyiladi.
Dostları ilə paylaş: