Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bosqichlari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

3. Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bosqichlari
. Mehnat ta’limi 
о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llashdan ilmiy-tadqiqot ishlarining 
metodologik asoslari: 
1. Shaxsning ijodiy va faoliyatlilik ma’nosi xaqidagi ta’limot. 
2. Shaxsning о‘zaro aloqa bog‘lash va о‘zaro bog‘liqligi haqidagi ta’limot. 
3. Munosabatlar nazariyasi. 
4. Mutaxassis shaxsini shakllantirish xaqidagi nazariy ta’limot. 
5. Bilish faoliyati haqidagi ta’limotlardan iboratdir. 
Shuningdek, mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llashning 
ilmiy tadqiqoti 4 ta bosqichni о‘z ichiga oladi: 
1-bosqich
. Nazariy izlanish bosqichi. Bu bosqichda tadqiqot muammosi ilmiy 
jihatdai obdon о‘ylab kо‘riladi. 
Kerak bо‘lganda muammoning hozirgi ahvolini chuqurroq tushunib yetmoq 
uchun uzoq va yaqin о‘tmishni tarixiy-nazariy analiz qilinadi. Natijada 
tadqiqotning tub negizi aniqlanadi, tadqiqot maqsadiga mos adekvat metodologiya 
va tadqiqot metodlari aniqlanadi, tushunchalar apparati kiritiladi, umumiy va 
xususiy taxminlar qо‘yiladi, tadqiqotni tashkillashtirish elementlari belgilanadi. 
Bu bosqichda yana tadqiqot obyektining ( umumiy о‘rta talim, о‘rta maxsus, 
kasb-hunar talimi, OTM va hokazolar) ish tajribasi о‘rganiladi, umumlashtiriladi 
va tahlil qilinadi. О‘rganilayotgan muammo bо‘yicha talabalar, bitiruvchilar, 
о‘qituvchilar kuzatiladi, suhbat, anketalar о‘tkaziladi, intervyular olinadi, о‘quv 
metodik va rejalashtirish hisobot hujjatlari о‘rganiladi. Tadqiqot tub maqsadlarini 
aniqlashtirish maqsadida izlanish eksperimentlari о‘tkaziladi. 


25 
2-bosqich
. Eksperimental-diagnostik bosqichida о‘quv-tarbiya jarayonining 
mexanizmi, xossalari, о‘ziga xos qarama-qarshiliklari, jarayon rivojlanishining 
sifat belgilari, tezligi, shiddatkorligi, darajalari о‘rganiladi. 
Bu bosqichda hisobga olish eksperimenti bilai bir qatorda anketalash, 
suhbatlar, о‘z-о‘zini baholash, reyting baholash, shkalalash, ranglash kabi metodlar 
orqali dastlabki sinov shakllantirish eksperimentlari о‘tkaziladi. 
3-bosqich
. Tajriba eksperimental bosqichida nazariy va metodik ishlanmalar, 
yangi darslik о‘quv qо‘llanmalari, о‘qitishning yangi izchil metodlari tekshirib 
kо‘riladi va tegishli aniqliklar kiritiladi. 
4-bosqich
. Yakunlovchi umumlashtirish bosqichi hisoblanadi. Tadqiqot 
natijasida olingan natijalar yana bir bor tizimga solinadi, ishlab chiqiladi, kerak 
bо‘lgan hollarda ilmiy-tadqiqot natijasida olingan metodik yо‘riqnomalar, 
xulosalar qaytadan tekshirib kо‘riladi yoxud о‘quv yurtlari amaliyotida bevosita 
qо‘llab kо‘rilib, tegishli xulosalar olinadi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin