61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin
2. Mehnat ta’limi tamoyillarining umumiy tavsifnomasi. Mehnat va kasb
ta’limi tamoyillari ta’lim berish nazariyasining boshlang‘ich qoidalari bо‘lib, ular
о‘quv ishlarining mazmuni uning tashkiliy shakllarini va о‘qituvchi mehnat darsini
tayyorlash va о‘tkazish vaqtida amal qilish lozim bо‘lgan metodlarni belgilab
beradi.
Mehnat ta’limining asosiy tamoyillari tarbiya maqsadlaridan kelib chiqadi va
ta’lim jarayonining qonuniyatlariga asoslanadi. Mehnat - politexnika ta’lim
о‘quvchilarni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan о‘ziga xos xususiyatlariga
ega.
Mehnat ta’limi tamoyillarini bayon qilishda ularning juftlashib о‘rganish
tamoyilini tо‘g‘ri hisoblash kerak. Shunday qilinganda, mehnat ta’lim
29
didaktikasining ayrim tamoyillari о‘rtasidagi muayyan obyektiv aloqani kо‘rsatish
imkoniyati tug‘iladi. Chunonchi, mehnat ta’limining onglilik, izchillik, faollik
ta’lim berishning puxtaligi kabi didaktik tamoyillariga alohida ta’rif berganda ular
о‘rtasida о‘zaro ta’sir qiladigan aloqani belgilab bо‘lmaydi. Aksincha, agar mehnat
ta’limining tamoyillarini juft tarzda ularning asosiy qoidalari birligi nuqtai
nazaridan kо‘rib chiqilsa, u holda mazkur tamoyillarning tizimi qо‘yidagicha
bо‘lishi mumkin:
- mehnat ta’limining ilmiyligi - bu ta’limning ongliligi va faolligi,
muntazamligi va puxtaligi;
- mehnat ta’limining kо‘rgazmaliligi va abstraktligi о‘quv tarbiya
maqsadlariga qaratilgan unumli mehnat asosida ta’lim berish, mehnat ta’limining
tushunarliligi.
Mehnat ta’limi о‘qituvchisi shuni unutmasligi kerakki, о‘quv ustaxonalaridagi
har qanday amaliy mashg‘ulotda yuqorida sanab о‘tilgan mehnat ta’limi
tamoyillaridan bitta yoki ikkitasi emas balki о‘quvchilarga о‘quv materiallarini
sifatli va tо‘la yetkazib berish imkonini beradigan didaktikaning butun tizimiga
amal qilinadi. Mehnat ta’limi о‘qituvchisining didaktik tamoyillardan moxirona
foydalana bilishi ularni bir-biriga tо‘g‘ri bog‘lab olib borishida namoyon bо‘ladi.
О‘qituvchi faqat о‘qitishning qonuniyatlarini bilishgina emas, balki ularni
amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratib bera olishi ham muhim. Bunga
ayrim yetakchi boshlang‘ich qonuniyatlarni chuqur tushunish va ularni о‘quv
jarayonida qо‘llash orqali erishiladi. Bunday qonuniyatlar didaktikada ta’lim
tamoyillari yoki didaktik tamoyillar deb nom olgan.
Mehnat ta’limining quyidagi tamoyillari mavjud:
1.
Ta’lim va tarbiya birligi
2.
Ta’limning ilmiyligi va politexnik xususiyatga egaligi
3.
Ta’limda tizimlilik va izchillik
4.
Nazariya va amaliyot birligi
5.
Yosh individual xususiyatlarni hisobga olish
6. Onglilik va faollik
30
8. Ta’limda kо‘rsatmalilik
9. Bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘zlashtirishning mustahkamligi va
puxtaligi