Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Mehnat ta’limining kо‘rgazmaliligi



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

 Mehnat ta’limining kо‘rgazmaliligi. 
Mazkur tamoyil mehnatga doir о‘quv 
materialini о‘quvchilar о‘rganilayotgan hodisa va jarayon jonli idrok etish asosida 
о‘zlashtirishlari bilan bir qatorda, ularda abstrakt tafakkurni shakllantirish ham 
kо‘zda tutadi.
Mehnat ta’limi darslarida kо‘rgazmali vositalar sifatida ishlab chiqarish 
korxonalariga ekskursiyalar uyushtirish mehnat usullarni plakatlar, sxemalar, 
jadvallar, namuna buyumlarni kо‘rsatish, о‘quv kinofilmlar, diafilmlar
diapozitivlar, informatika, EHM va hokazolarni namoyish qilishni kо‘rsatish, 
mehnat ta’limida kо‘rgazmali vositalardan tо‘g‘ri foydalanish о‘quvchilarning 


38 
texnik bilimlarini puxta о‘zlashtirib olishlariga, ularda mehnat kо‘nikmalari va 
malakalarining hosil bо‘lishiga yordam beradi. 
Kо‘rgazmalilik tushunchasi faqat о‘z kо‘zi bilan kо‘rish mumkin bо‘lgan 
vositalarnigina emas balki eshitish, sezish va idrok etishning boshqa turlarini ham 
о‘z ichiga oladi. Kо‘rgazmalilik о‘quvchilarning о‘rganilayotgan о‘quv materialiga 
qiziqishni oshiradi, ana shu obyektga e’tiborni jalb qiladi, kuzatuvchanlik va faol 
idrok etish sifatlarini rivojlantiradi. Masalan, о‘quvchilarga mehnat usullari va 
jarayonlarini tushuntirish vaqtida mehnat ta’limi о‘qituvchisi muayyan mehnat 
usullarini kо‘rsatishda rangli plakatlardan foydalanibgina qolmasdan, balki ish 
harakatlari va jarayonlarini bajarishi о‘zi namoyish qilib kо‘rsatadi. Bunda u 
о‘quvchilarning e’tiborini ish joyida gavdani qanday tutish va asboblarni qanday 
ushlash kerakligi, harakatlarni bir maqsadga qaratish kabilarga jalb qiladi. 
Biroq mehnat ta’limi darslarida kо‘rgazmali vositalardan foydalanishga katta 
ahamiyat berib, unga haddan tashqari о‘rin ajratish foyda о‘rniga zarar keltirishini 
ham unutmaslik kerak. Shu sababli kо‘rgazmali vositalardan foydalanganda bir 
qator metodik talablarga rioya qilish zarur. 
1. Kо‘rgazmali qurollar darsdagi о‘quv materiali mazmuniga mos kelish 
kerak. 
2. Darsdan foydalaniladigan barcha kо‘rgazmali qurollarni birdaniga osib, 
kо‘rsatib qо‘yish yaramaydi. Chunki, bu о‘quvchilar diqqat e’tiborining 
chalg‘ishiga olib kelishi mumkin. 
3. Darsni kо‘rgazmali qurollar bilan haddan tashqari tо‘ldirib yubormaslik 
kerak. 
4. 
Kо‘rgazmali qurolni kо‘rsatish vaqtida mehnat о‘qituvchisi 
о‘quvchilarning bu qurolni idrok etish jarayonini boshqarib borish lozim. 
Biroq о‘quvchilarning kо‘rgazmali qurollar yordamida sezib, idrok etish 
bilishning boshlang‘ich bosqichidir, holos. Bilish jarayoning navbatdagi bosqichi 
abstrakt tafakkurdir. Bu mehnat ta’limi darslarida о‘quvchining yangi ish 
jarayonining tushuntirish va mehnat usullarini kо‘rsatish о‘quvchilarning faol 
yuritishi bilan olib borilishida namoyon bо‘ladi. 


39 
Garchi о‘quvchilarning mehnatga doir о‘quv materialini о‘rganishda aniq 
idrok etish ustunlik qilsa ham, har xil yoshdagi abstrakt tafakkur elementlarini ham 
tarbiyalashni unutmaslik kerak. Bunda maxsus ishlab chiqilgan konstruktorlik 
texnologik tarzdagi topshiriq о‘quvchilardan hisob-kitoblar qilish, detallar 
eskizlarini, ularni tayyorlashning texnologik jarayonlarini tuzishnigina emas, balki 
konstruktorlik yechimlarni amalga oshirishni ham talab qiladi. 
Shunday qilib mehnat ta’limida aniq idrok etish bilan abstrakt tafakkur о‘zaro 
bog‘lanishda ta’sir kо‘rsatadi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin