Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar:
1.
Didaktik talablar mehnatning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini qanday
bajarilishni ta’minlaydi?
2.
Mehnat ta’limida qо‘llaniladigan asosiy didaktik tamoyillarini qо‘llash
mumkin?
3.
Mehnat ta’limi tamoyillarining mazmun mohiyatini izohlab bering.
4.
Mehnat ta’limining qanday tamoyillari mavjud?
5.
Mehnat ta’limining ta’lim va tarbiya birligi tamoyilida nima sodir bо‘ladi?
6.
Mehnat ta’limining ilmiyligi, politexnik tamoyili darsning qaysi
bosqichlarida kо‘rish mumkin?
7.
Ta’limda tizimlilik va izchillik tamoyilini izohlab bering.
8.
Mehnat ta’limi jarayonida nima uchun nazariya va amaliyot birligi
tamoyiliga rioya qilish kerak?
9.
Ta’lim jarayonida о‘quvchilarning yosh individual xususiyatlarni hisobga
olishda ta’lim mazmunining qaysi jihatlariga e’tibor qaratiladi?
10.
Texnik-texnologik bilimlar va mehnat kо‘nikmalarini ongli ravishda
о‘zlashtirishda ta’limning qaysi tamoyili nazarda tutiladi?
11.
Mehnat
ta’limining
kо‘rgazmaliligi
tamoyilida
о‘quvchilar
о‘rganilayotgan hodisani qanday idrok etishiga sharoit yaratiladi?
12.
Kо‘rgazmali vositalardan foydalanganda qanday metodik talablarga rioya
qilish zarur?
42
2.2. Mehnat jarayonining tahlili va mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llashda
didaktik tushunchalar
Reja:
1.
Mehnat ta’limi darslarini kuzatish va tahlil qilish
2.
Mehnat ta’limida didaktik tushunchalar
Tayanch iboralar:
darsni kuzatish, tahlil qilish, didaktika, bilim, kо‘nikma,
malaka, kasb tanlash, qobiliyat, maqsad, о‘rgatish, о‘rganish, ma’lumot, ta’lim.
1.Mehnat ta’limi darslarini kuzatish va tahlil qilish.
Davlat ta’lim
standartlari talablariga javob beruvchi zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash
bevosita о‘qituvchining ilmiy-metodik potensiali, kasbiy mahorati, uning
ma’suliyati va tashabbuskorligiga bog‘liq.
О‘qituvchining mashg‘ulotlarni tashkillashtirishdagi kо‘p qirrali faoliyatini
bir yoki ikki kо‘rsatkich yordamida tavsiflab bо‘lmaydi. О‘quv ishlari
о‘qituvchining pedagogik mahoratini tavsiflovchi asosiy kо‘rsatkich sanaladi. О‘z
navbatida о‘qituvchining pedagogik mahorati о‘tilayotgan mashg‘ulotlar sifati
bilan belgilanadi. Bu о‘rinda mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llash
mashg‘ulotlarini tashkillashtirish metodlarini tо‘g‘ri joriy etish muhim ahamiyatga
ega.
Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llashdan olib boriladigan
mashg‘ulotlarni taxlil qilish о‘qituvchining pedagogik faoliyatini va uning ilg‘or
tajribalarini о‘rganish va ommalashtirishning muhim shakllaridan biri sanaladi.
Bunday mashg‘ulotlarni kuzatishga bir qancha talablar qо‘yiladi:
1.
Kuzatilgan mashg‘ulotdan asosiy maqsad;
2.
О‘qituvchini ogohlantirilishi;
3.
Fan xususiyatlarini hisobga olinishi;
4.
Amaliy mashg‘ulotni oxirigacha kuzatilishi;
5.
Kuzatilgan mashg‘ulotni taxlil etilishi.
Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llashdan olib boriladigan mashg‘ulotlar
turli maqadlarda kuzatilishi mumkin. Kо‘p yillik ish tajribalarni о‘rganish
maqsadida, yosh о‘qituvchiga metodik yordam kо‘rsatish maqsadida, о‘quvchilarni
43
bilimlarini aniqlash va baholash bо‘yicha о‘qituvchining ish uslubini о‘rganish va
hokazo. Mashg‘ulotni kuzatish uchun avvaldan tayyorgarlik kо‘riladi. О‘qituvchi
ogohlantiriladi. Kuzatuvchi esa mashg‘ulot ishlanmasi bilan tanishadi,
mashg‘ulotni maqsadini aniqlaydi va kuzatish uchun bir qancha topshiriq savollar
tuzadi.
Mashg‘ulotlarni kuzatish natijasida о‘qituvchining mashg‘ulotlarni tashkil
qilishdagi faoliyati quyidagi 4 guruh kо‘rsatkichlari asosida samarali baholanishi
mumkin:
1. Mashg‘ulotning tashkiliy jihatdan talabga javob berish darajasi.
2. Mashg‘ulot uchun tanlangan ta’lim metodlarining talabga javob berish
darajasi.
3. Og‘zaki ta’lim metodlaridan foydalanish.
4. Amaliy ta’lim metodlarini qо‘llash.
Ta’lim metodi tushunchasining mohiyati о‘qituvchi va о‘quvchining о‘zaro
birgalikdagi faoliyati aniq maqsadli, boshqariluvchi jarayon ekanligini ta’kidlaydi.
Shu sababli birinchi kо‘rsatkich sifatida metodlarga oid qayd etilgan ikki asosiy
tushuncha: maqsadning aniq belgilanishi va boshqariluvchanlikni ta’minlash uchun
avvalo mashg‘ulotning tashkiliy jihatdan talabga javob berish darajasini kiritildi.
Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llashdan olib boriladigan
mashg‘ulotlarda turli metodlarni qо‘llagan holda tashkillashtiriladigan mashg‘ulot
bо‘lgani uchun ikkinchi kо‘rsatkich sifatida bu metodlarni tо‘g‘ri tanlanganligini
olindi. Mos ravishda tanlab olinadigan metodlarsiz о‘qitish jarayoni maqsad va
vazifalarini hal etishga yoki о‘quvchilar tomonidan о‘quv materialini
о‘zlashtirilishiga erishib bо‘lmaydi.
Quyida sanab о‘tilgan kо‘rsatkichlar mazmuniga tо‘xtalib о‘tiladi:
1. Mashg‘ulotning tashkiliy jihatdan talabga javob berish darajasi quyidagi
kо‘rsatkichlar yordamida о‘rnatiladi:
1.1. Mashg‘ulotning о‘z vaqtida boshlanashi. Mashg‘ulotga о‘z vaqtida kelish
va mashg‘ulotning о‘z vaqtida boshlanashi о‘qituvchi intizomini tavsiflovchi
muhim kо‘rsatkichlardan biri bо‘lib hisoblanadi.
44
1.2. Mashg‘ulot xonasining darsga tayyorgarlik darajasi. Toza, ozoda va
shinam bо‘lgan sinf xonasi mashg‘ulotning maroqli о‘tilishini ta’minlaydigan
omillardan biri.
1.3. Sinf jurnalini yuritishi. Har bir о‘qituvchi sinf jurnalida davomatni,
о‘tilayotgan mashg‘ulot mavzusini, uyga beriladigan vazifa va topshiriqlarni qayd
qilib borishi zarur.
1.4. Davomat darajasi. О‘quvchilarning mashg‘ulotga qatnashish darajasi
ularning о‘qituvchi tomonidan mashg‘ulotning tashkillashtirishlishi, uning
qiziqarliligi va samardorligini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi.
1.5. Mashg‘ulotga sababsiz qatnashmayotgan о‘quvchilarga nisbatan
kо‘rilayotgan chora. О‘quvchining sababsiz mashg‘ulotga kelmasligi, bir
tomondan uning о‘qishga bо‘lgan mas’uliyatsizligi va loqaydligi bilan belgilansa,
ikkinchi tomondan о‘qituvchining mashg‘ulot berish darajasi talabalarni
qoniqtirmayotganligi yoki qoldirilgan mashg‘ulotlarni qо‘shimcha ravishda
о‘zlashtirishi о‘qituvchi tomondan talab qilinmayotganligi bilan izohlanishi
mumkin.
1.6. Mashg‘ulot jarayonida о‘quvchilarning intizomi va faollik darajasi.
Mashg‘ulot talab darajasida о‘tilgandagina sinf xonasida tartib va о‘quvchilar
faolligi ta’minlanadi.
О‘quvchilarning vaqti-vaqti bilan mashg‘ulot mavzusiga oid savollar bilan
murojaat qilishi, о‘z mulohazalarini bayon qilishi mashg‘ulot jarayonidagi faollik
va intizomning mavjudligidan dalolat beradi.
2. Mashg‘ulot uchun tanlangan ta’lim metodlarining talabga javob berish
darajasi quyidagi kо‘rsatkichlar yordamida о‘rnatiladi:
2.1. Mashg‘ulot ishlanmasining mavjudligi.
2.2. Mashg‘ulot mavzusining “О‘quv rejasi va dasturi talablari”ga mos
tushish darajasi. О‘quv rejasiga binoan о‘qitilayotgan mavzular haftalar bо‘yicha
taqsimlangan bо‘lib, mashg‘ulot jadvali qayd etilgan soatlarga asoslangan holda
о‘tilmog‘i lozim.
2.3. Ta’lim metodining ilmiy-nazariy saviyasi va zamonaviylik darajasi.
45
Mashg‘ulot uchun tanlangan ta’lim metodi о‘zida hozirgi zamon muammolarini
о‘zida aks ettirishi lozim. Aks holda tanlangan metod eskirgan, davr talabiga javob
bermaydigan darajada bо‘ladi. Bunday hol о‘qituvchining о‘z ustida
ishlamayotganligidan dalolat beradi.
2.4. Ta’lim metodining qabul qilinuvchanlik darajasi. Mashg‘ulot ishlanmasi
matni ravon, aniq va sodda tilda yozilishi zarur. Shundagina u о‘quvchilarga
tushunarli qilib etkazilishi mumkin.
2.5. Ta’lim metodlarining tarbiyaviy ta’sir darajasi. О‘qituvchi о‘quvchilarida
bilim, kо‘nikma va malakalarini shakllantirishi bilan birga uni milliy istiqlol
mafkurasi ruhida tarbiyalashi lozim. Buni mashg‘ulot mavzusi bilan bog‘lagan
xolda, fanga oid tushunchalar bilan uyg‘un ravishda amalga oshirish lozim.
3. Og‘zaki ta’lim metodlaridan foydalanishda о‘qitish jarayonidagi an’anaviy
usullardan (mashg‘ulotni didaktik talablar asosida о‘tkazish, mashg‘ulot vaqtining
asosiy qismini yozdirish) uning faol usullari (suhbat, muammoli vaziyatlar
uyushtirish, test va amaliy о‘yinlarni qо‘llash kabi pedagogik texnalogiya
elementlaridan foydalanish)ga о‘tish о‘quvchilarning fanga bо‘lgan bо‘lgan
qiziqishini yanada oshiradi. Shu nuqtai nazardan, og‘zaki ta’lim metodlariga baho
berishda quyidagi kо‘rsatkichlarga e’tibor beriladi:
3.1. Mavzuni bayon qilish sifati, uning muammoli о‘tish darajasi. Diktovka
tarzida о‘tiladigan mashg‘ulot uning faolligini ta’minlamaydi, о‘quvchilarni
muloqotga chorlamaydi. Natijada mashg‘ulot о‘ta qiziqarsiz va zerikarli о‘tadi.
Mashg‘ulotni suhbat shaklida uyushtirish о‘qitish samaradorligini oshiradi,
о‘quvchilarning esa mavzuni qabul qiluvchanligini bir necha baravar kо‘proq
ta’minlaydi.
3.2. Mashg‘ulotni о‘tish jarayonida о‘qituvchining о‘quvchilar bilan
bog‘lanish darajasi. О‘qituvchi о‘quvchilarning yuksak intizomini ta’minlagan
holda mashg‘ulot davomida u yoki bu mulohazalar bilan baholashishga chorlab
borishi lozim. Birorta о‘quvchi mashg‘ulot vaqtida mavzuga oid bо‘lmagan ish
bilan mashg‘ul bо‘lmasligi kerak.
3.3. Mashg‘ulot о‘tish jarayonida kо‘rgazmali qurollar. Texnika vositalari va
46
axborot texnologiyalarini qо‘llash darajasi. Mashg‘ulotning jozibali va kо‘rgazmali
о‘tishi kо‘p jihatdan о‘qituvchining mashg‘ulot jarayonida jadval, sxema,
diagrammalar, albom va boshqa didaktik materiallardan foydalanish darajasiga
bog‘liq bо‘ladi. Jadval, sxema va diagrammalarni doskaga chizib kо‘rsatish
о‘quvchilarning qabul qiluvchanlik darajasini oshirsada, lekin ularni chizish
о‘qituvchining vaqtini oladi. Natijada mazkur mavzu uchun ajratilgan vaqtda
о‘tilishi lozim bо‘lgan savollar о‘tilmay qoladi.
4. Amaliy ta’lim metodlarini qо‘llash. Mehnat ta’limi fanida beriladigan
о‘quv materalining xarakteriga kо‘ra amaliy mashg‘ulotlar boshqa о‘quv
predmetlaridan farq qiladi, bu esa ta’lim metodlaridan foydalanishda qator о‘ziga
xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. О‘qituvchi tomonidan bu xususiyatlarni
tо‘g‘ri e’tiborga olinayotganligi quyidagi kо‘rsatkichlar asosida baholanadi:
4.1. Amaliy ta’lim metodlaridan foydalanishda о‘qituvchi mahorati quyidagi
omillar orqali baholanadi: mashg‘ulot vazifalarining bajarilishini rejalashtirish,
tezkor rag‘batlantirish, yо‘llanma berish va nazorat qilish, yо‘l qо‘yilgan
kamchiliklar sabablarini aniqlash, ta’lim maqsadiga tо‘la erishishni ta’minlash
uchun tegishli tuzatishlar kiritib borishga erishilish.
4.2. Amaliy mashg‘ulotlarda yо‘riqnoma berishni tо‘g‘ri tashkil etilganligi.
Har qanday mashg‘ulotlar davomida kirish, joriy va yakuniy yо‘riqnoma berilishi
shart. Yо‘riqnoma berishda unga nisbatan qо‘yiladigan didaktik talablarga amal
qilinishi, og‘zaki tushuntirish va namunalarni namoyish qilish, shuningdek,
bajarilgan ish tahlili tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilishi lozim.
4.3. Amaliy mashqlarning tо‘g‘ri tashkillashtirilishi. Mashqlar kasbiy
kо‘nikma va malakalarni shakllantirishning negizi hisoblanadi. Ish о‘rnini tashkil
qilishga, asboblarni sozlashga, dastlabki mehnat usullari va harakatlarini
о‘zlashtirishga, kо‘nikma va malakalarni takomillashtirishga doir mashqlar
mazmuniga kо‘ra bir-biridan farq qiladi. О‘qituvchi bu boradagi xususiyatlarni
tо‘g‘ri anglay olishi va amaliy qо‘llashi mashg‘ulot samaradorligining muhim
belgisi hisoblanadi.
4.4. Amaliy metodlar asosida о‘tiladigan mashg‘ulotlarning takomillashganlik
47
darajasi. О‘quvchilarning yog‘och, metall va boshqa materiallarga ishlov berishda
tegishli ish qurollari hamda stanoklardan, tovush yozuvchi va namoyish etuvchi
uskunalar, jumladan, kompyuterlar yordamida mashqlar bajarishdan о‘rinli
foydalanishi bilan belgilanadi.
Kuzatilgan darsning tahlili о‘qituvchilar jamoasi bilan maxsus yig‘ilish
о‘tkazilib, о‘qituvchi faoliyati barcha kо‘rsatkichlar bо‘yicha muhokama qilinadi
va unga kerakli tavsiyalar beriladi.
Dostları ilə paylaş: |