55
ta’lim natijasida о‘quvchilarni tanish buyumni tayyorlash uchun о‘z bilim va
malakalaridan foydalana olmaydilar, har bir yangi buyumni tayyorlash jarayonida
ishni qaytadan о‘rganishga majbur bо‘ladilar. Mazkur tizimning asosiy kamchiligi
ana shundan iborat. Buyum (predmet) tizimi hunarmandchilik ishlab chiqarish
usulini aks ettirgan va XIX asrning 2-chi yarmigacha keng qо‘llanilgan.
Manufakturalarning paydo bо‘lishi va shunga kо‘ra mehnatning taqsimlanishi
texnologik jarayonning operatsiyalarga bо‘linishiga
olib keldi, ya’ni mehnat
ta’limining operatsiya tizimi vujudga keladi. Bu tizim XIX asrning oxirida yuzaga
keldi.
Operatsiya
tizimi bо‘yicha о‘qitishda о‘quvchilar о‘zlari egallaydigan
kasbning mazmunini tashkil qiluvchi mehnat operatsiyalarini о‘rganishgan. Shu
sababli ular har qanday buyumni tayyorlash bir xil operatsiyalardan iborat, bundan
faqat operatsiyalarning bajarilish tartibi va ishlov berishning aniqligiga
qо‘yiladigan talablar
bir-biridan farq qiladi, degan tushunchaga ega bо‘lishgan.
Shunday qilib, operatsiya tizimi о‘quvchilarni buyum tayyorlashga bog‘lab
qо‘ymay, kasb doirasidagi umumiy bilim, amaliy kо‘nikma va malaka bilan
qurollantirgan. Ta’limning buyum tizimiga nisbatan operatsiya tizimining afzalligi
ana shudir. Operatsiya tizimi yordamida ishlab chiqarish texnologiyasini
tushunish
uchun shart-sharoitlar yaratiladi, ta’limni yangi izchil (oddiy
operatsiyalardan
murakkab operatsiyalarga) tashkil qilish imkonini beradi, mehnat kо‘nikmalarini
va malakalarini shakllantirishda, asosiy operatsiyalarni о‘zlashtirib olishga ijobiy
ta’sir kо‘rsatadi.
Operatsiya tizimi tufayli ishlab chiqarpsh texnologiyasini tо‘g‘ri tushunish
uchun bnrinchi marta shart-sharoit yaratildi: bu tizim ta’limni ancha izchil (oddiy
operatsiyadan ancha murakkabroq operatsiyaga о‘tishda) tashkil etish imkonini
berdi, bu mehnat kо‘nikmalari va malakalari hosil bо‘lishiga; asosiy
operatsiyalarni о‘zlashtirib olishga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Mazkur tizimga asosan
ta’lim berish bо‘lib yuborilgan texnologiyaga asoslangan ishlab chikarish
sharoitida shogirdni ana shu operatsiyalardan istalgan bittasini bajarishga tayyorlar
edi.
56
Nihoyat, bolalarni buyumlar soniga nisbatai uncha kо‘p bо‘lmagan muayyan
operatsiyalar turkumini bajarishga о‘rgatish о‘quvchilarnn tayyorlash muddatlarini
qisqartirishga olib keladi. Biroq bu ijobiy faktlar bilan
bir qatorda operatsion
tizimga xos bо‘lgan jiddiy nuqsonlarni ham unutmaslik kerak. Gap shundaki,
о‘quvchi tomonidan о‘zlashtiriladigan kam sonli operatsiyalar tayyorlanadigan
buyumdan ajralgan tarzda bajariladi; о‘quvchi о‘z mehnati pirovard natijasini tugal
buyum sifatida kо‘rolmaydi; ishlab chiqarish xarakteriga ega bо‘lmagan
operatsiyalar bilan uzoq vaqt davomida mashg‘ul bо‘lish о‘quvchilarning
qiziqnshini pasaytiradi, operatsiya davridagi о‘rganilayotgan
operatsiyani qayta
takrorlanib turmasligi bolalarda ilgari hosil bо‘lgan mehnat kо‘nikmalari va
malakalarini ham qisman yо‘qotilishiga olib kelardi.
Shunday qilib, manufaktura ishlab chiqarishi davrida paydo bо‘lgan
operatsiya tizimini va unga mos unumli mehnat ta’limi mazmuni о‘sha davr talab
va maqsadlariga tо‘la javob berardi. Chunki, ishlab chiqarishning о‘zi bо‘lib
yuborilgan texnologiya (operatsiya) va ishchi (operatsiyani bajaruvchi) dan iborat
edi.
Operatsiya tizimining kamchiligi shundan iboratki, operatsiyalar umuman
о‘quv buyumlari tayyorlash jarayonida о‘zlashtiriladi, ya’ni о‘quvchilar mehnati
unumli mehnat xarakterida bо‘lmaydi. Natijada ularning ishga qiziqishi susayadi.
Operatsiya tizimi operatsiyalarni bajarish bilan
buyumlar tayyorlashni uzib
qо‘yadi.
Dostları ilə paylaş: