Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


 Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llashning didaktik tizimlari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

2.3. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llashning didaktik tizimlari 
Reja: 
1. Ta’limning didaktik tizimi haqida umumiy tushuncha. 
2. Predmet tizimi, operatsiya tizimi, operatsiya-predmet tizimi, motorli-mashq 
tizimi, operatsion-kompleks va boshqa tizimlar 
3. Mehnat ta’limi didaktik tizimlarini takomillashtirish 
Tayanch iboralar:
tizim, buyum tizimi, operatsiya tizimi, operatsiya buyum 
tizimi, motorli mashq tizimi, operatsiya kompleks tizimi, konstruksion-texnologik 
tizimi 
1.Ta’limning didaktik tizimi haqida umumiy tushuncha. 
Ta’lim tizimi 
deb, amaliy kо‘nikma va mehnat malakalarini tо‘g‘ri tarkib topishini, kasbiy 
faoliyatga tayyorlashni ta’minlaydigan о‘quv materialining maqsadga muvofiq 
tuzilmasiga, uni tashkil etish va izchilligiga aytiladi. 


53 
Didaktika va metodika bir biri bilan uzviy bog‘liq. Metodika deganda, ilmiy 
usullar haqidagi fan tushuniladi. Bu fan didaktikaning xususiy xolidir. Didaktika 
“kimni”, “nimaga” va “qanday qilib” о‘qitish kerak degan savollar bilan 
shug‘ullansa, u bilan uzviy bog‘liq holda metodika esa “qaysi tarzda” va “nimalar 
yordamida” о‘qitish masalalari bilan shug‘ullanadi. Boshqacha qilib aytganda, 
о‘qitish metodikasi - bu turli xil yо‘llar va usullar tizimi bо‘lib, о‘quv didaktik 
materiallardan foydalanib, belgilardan maqsadlarga erishish uchun nazariy dars va 
yо‘riqnoma vaqtida qо‘llaniladi. 
Didaktika va metodika bir medalning ikki tomonidir: “nima uchun va nima”, 
ya’ni didaktikani, “qaysi tarzda va nimalar yordamida”, ya’ni metodikani 
belgilaydi. 
Ta’lim jarayoni о‘zaro bog‘liq va aylana harakatda amalga oshadigan о‘qitish 
tadbirlari moduliga asoslangan, ya’ni ular mashg‘ulot jarayonida yoki ish о‘rni 
mehnat ta’limi о‘qituvchisi tomonidan muntazam ravishda takrorlanadigan 
tadbirlarni bildiradi. Ular biror jarayonning barcha elementlarini qamrab oladi, 
misol uchun, aniq bir nazariy dars yoki yо‘riqnomani о‘tkazish uchun 
“tayyorgarlik kо‘rish – о‘tkazish – baholash” kabi harakatlar kerak. Didaktik xatti 
harakatlar quyidagi savollar bilan uzviy bog‘langan:
1. Ma’lumot yig‘ish. О‘quvchi berilgan ish topshirig‘ini tahlil qiladi, kerakli 
hamma ma’lumotlarni mustaqil ravishda yig‘adi. 
2. Reja tuzish. О‘quvchi mustaqil ravishda boshqa kerakli ish bosqichlaridan 
iborat ish rejasini tuzadi. 
3. Qaror qabul qilish. О‘quvchi о‘qituvchi bilan birgalikda ish rejasini amalga 
oshirish tо‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
4. Amalga oshirish. О‘quvchi ish rejasi asosida ishni mustaqil bajaradi. 
5. Tekshirish. О‘quvchi ish natijasini mustaqil tekshiradi va “baholar 
varag‘ini” tо‘ldiradi. 
6. Xulosa chiqarish. О‘quvchi va о‘qituvchi birgalikda ish jarayonini, 
shuningdek, ish natijalarini tahlil qiladi va xulosa chiqaradi.


54 
Bilimlarni о‘zlashtirish (ta’lim olishda) faqat xotira xususiyatlari emas, balki 
shaxsiy qobiliyatlar, fikrni jamlash, maqsad hamda tirishqoklikka ham bog‘liq. 
Maqsadga intiluvchanlikning zaruriy shartlari kо‘proq va mustahkamroq 
о‘zlashtiriladi. 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh 
qilish, uni о‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan tо‘la halos 
etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy 
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini 
yaratishdir. Bu esa о‘z navbatida ta’lim jarayoniga boshqa kо‘z bilan qarashni 
talab etadi. Xususan, ta’lim tizimi uchun yangi pog‘ona hisoblangan mehnat 
ta’limi tizimida bu muammo о‘z dolzarbligi bilan alohida ajralib turadi. Dunyoga 
yangi kо‘z bilan qaraydigan uddaburon, ishning kо‘zini biluvchi, kelajagimiz 
poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi ishchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash, 
respublikamiz oldida turgan eng muhim va mas’uliyatli vazifadir. Keyingi yillarda 
bu borada ham katta ishlar olib borilmoqda.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin