12
axborotlar, kasb tanlash, kasbga yо‘naltirish ishlarini amalga oshiradigan ulkan
ishlardan biri bо‘lib, о‘z о‘tmish taraqqiyotiga egadir. Xalqimizning millat, elat
bо‘lib shakllanishini mehnatsiz, kasblarsiz, hunarsiz tasavvur etib bо‘lmaydi.
Odamzod paydo bо‘lishidan boshlab mehnat bilan shug‘ullangan.
Dastlab faqat
kun kechirish uchun qilingan mehnat keyinchalik, kattaroq maqsadni, moddiy
manfaat kо‘rish uchun amalga oshirilib hatto, X asrlarda yirik harbiy qо‘shinlarni,
millionlab xalqlarni buyumlar, anjomlar bilan ta’minlay oladigan ishlab chiqarish
sohalari darajasigacha taraqqiy etgan.
XII - XV asrlarda Movarounnaxr
va Xurosonda hunar ilmi, kо‘lami
rivojlanishi eng yuqori pog‘onaga kо‘tarilgan. Har bir xalq ota-bobosidan meros
bо‘lib, avloddan-avlodga о‘tib kelayotgan о‘zining tarixiy-madaniy birligi bilan
ajralib, о‘ziga xos-xususiyatlarni saqlab kelgan. О‘zbeklar ham shular
jumlasidandir. Respublikamiz xududida о‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar shuni
kо‘rsatadiki, hunarmandchilik bu yerlarda ikki ming yillar oldin rivojlangan. Bu
davrda sinfiy jamiyat paydo bо‘lib, yirik mehnat taqsimoti negizida
hunarmandchilik mustaqil soha bо‘lib ajralib chiqqan.
IX - XII asrlarda hunarmandchilik
keng rivojlanib, xalqimizning xorijiy
davlatlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari avj olgan. Ayrim manbalarda qayd
etilishicha, 32 xil hunar turi mavjud bо‘lgan aholi yashaydigan joyni shahar deb
atashgan. 1897 yili birinchi aholi rо‘yxati vaqtida katta shaharlarda aholining
kо‘pchilik qismi hunarmandlar hisoblangan. Masalan, Namangan aholisining 64
foizi, Qо‘qonning 52 foizi, Chustning 54 foizi, Marg‘ilonning 50 foizi, mustaqil
kasb-hunar egasi hisoblangan
5
.
Hunarmandchilikning qadimiy davrlarda eng kо‘p
tarqalgan turi temirchilik,
zargarlik, misgarlik va tunukasozlik bо‘lgan. Hozirgacha keng tarqalgan qadimiy
kasblardan biri yog‘och buyumlari yasash hunarmandchiligidir. XX asr boshlarida
tikuv mashinalarini paydo bо‘lishi bilan yangi hunarmandchilik kasbi - tikuvchilik
yuzaga keladi. О‘zbeklarning eng keng tarqalgan uy kasblaridan biri
dо‘ppidо‘zlikdir.
5
И.Жабборов. Ўзбек халки этнографияси. Т.,1995.
13
Bulardan tashqari, hunarmandlar teridan har xil buyumlar yasaganlar,
poyafzalchilar о‘z mahsulotlarini shahar va qishloqlarda yurib aholiga sotganlar.
Nonvoylik, qandolatchilik va qassoblik ham kasblardan bо‘lib ularning dо‘konlari
har qadamda uchragan. Katta tо‘y-ma’rakalar о‘tkazish odati maxsus oshpazlik
kasbini yuzaga keltirgan.
Tarixiy ma’lumotlarga
asoslanib aytishimiz mumkinki, kasbga yо‘naltirish
ishlari qadimdan shakllanib kelgan. Kasbga yо‘naltirish ishlari ham insoniyat
jamiyat taraqkiyotining ehtiyojlaridan kelib chiqqan va u ham jamiyat kabi о‘z
rivojlanish tarixiga ega. Tabiiyki, kasbga yо‘naltirish kasblar paydo bо‘lishidan va
demak unga ehtiyoj yuzaga kelishidan ilgari paydo bо‘lishi mumkin emas edi.
Insonning bilim, kо‘nikma va qobiliyatlarini tashxis qilish bilan bog‘liq
kasbga yaroqlilik darajasini baholash elementlarining paydo bо‘lish tarixi uzoq
asrlarga borib taqaladi. Eramizgacha bо‘lgan III ming yillikdayoq qadimgi
Vavilonda mirzalar tayyorlovchi maktabda bitiruvchilar sinovdan о‘tkazib
borilgan. О‘sha davrlar bilim darajasidan kelib chiqilganda kasbiy tayyorgarlik
kо‘rgan mirza Mesopatamiya sivilizatsiyasida markaziy о‘rinda shaxs turgan: u
maydonlarni о‘lchashni, mulkni bо‘lishni, musiqa asboblarida ijro uslubini va
ashula aytishni bilgan. Sinov davrida uning gazlamalarni, metallarni, о‘simliklarni
turlarini bilishi,
shuningdek, barcha tо‘rt arifmetik amallarni bajara olish
kо‘nikmalari tekshirib kо‘rilgan. Qadimiy Misrda kasbni egallashga da’vogarlar
suhbatdan о‘tkazilib, uning tarjimai holi, bilim saviyasi, tashqi kо‘rinishi hamda
suhbatni olib borish qobiliyatlari aniqlangan. Sо‘ngra mehnat qilish, eshitish, sukut
saqlash qobiliyatlari olov, suv va о‘lim bilan qо‘rqitish vositasida sinab kо‘rilgan.
Aytilishicha, sinab kо‘rish va tanlovdan о‘tkazishning bunday jiddiy tizimini
о‘tmishning buyuk allomasi Pifagor о‘z boshidan о‘tkazgan. О‘qishdan sо‘ng
Gretsiyaga qaytgach, u о‘zi bosib о‘tgan sinovlar tizimi asosida о‘quvchilar tanlab
olinuvchi maktab ochgan. Pifagor intellektual qobiliyatlarga asosiy e’tiborni
qaratgan va badiiy qilib aytganda: "Har qanday yog‘ochdan ham merkuriyni yо‘nib
bо‘lmaydi"- deb hisoblangan. Shuningdek, u yosh insonlarning о‘zini
tutishiga
ham alohida e’tiborni qaratgan va uni inson xarakterida namoyon bо‘luvchi asosiy
14
kо‘rsatgichlar deb sanagan. Pifagor о‘qituvchilar va ota-onalar tavsiyalariga etibor
bilan qaragan, har bir yangi о‘quvchini sinchiklab kuzatib borgan. Shundan sо‘ng
uni о‘z fikrini erkin ifodalashga va suhbatdoshlar bilan bahslashishga о‘rgatgan.
Eramizgacha bо‘lgan ming yillikda Xitoyda hukumat amaldori kasbi va mansabi
keng tarqalgan. Mos ravishda ushbu kasbni tanlashdagi dastlabki elementlar ham
shu yerning о‘zida yuzaga kelgan. Bunday kasbni egalashga jazm etgan yoshlar
tantanavorlik ruhi bilan sug‘orilgan muhitda davlat imtihonlarini topshirishgan.
Imtihon savollarini kо‘pchilik holatlarda imperator о‘zi belgilagan, shuningdek,
sinovdan ham о‘zi о‘tkazgan va da’vogarlarni saralash kо‘p
bosqichli usulda
amalga oshirilgan.
Dostları ilə paylaş: