3. О‘quvchilarning о‘zlashtirishini baholash mezonlari.
Har qanday
baholash natijalari о‘zaro taqqoslanishi, ya’ni о‘lchanishi lozim bо‘ladi. Ularni
taqqoslash baholashdan oldin yoki keyin ishlab chiqilgan mezonlar asosida amalga
oshirilishi mumkin. Baholash mezonlari о‘quv maqsadlariga qay darajada
erishilganlikni anglatuvchi kо‘rsatkichdir. Bu kо‘rsatkichlar sonlar («besh»,
«tо‘rt», «uch» va hokazo) sо‘zlar («a’lo», «yaxshi», «qoniqarli» va hokazo)
yordamida tavsiflanishi mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bо‘lsak, baholash
mezonlari ta’lim oluvchining qaysi о‘zlashtirish darajasini namoyish qilishiga
qarab mos qо‘yiladigan baho kо‘rsatkichining tavsifidan iborat.
Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil shaklda о‘tkazilishi
mumkin: mezonga asoslangan baholash va meyorga asoslangan baholash.
Mezonga asoslangan baholash — baholanuvchining ta’lim jarayonida qо‘lga
kiritgan natijalarini, bilim, malaka va kо‘nikmalarini oldindan belgilangan о‘quv
maqsadlari asosida ishlab chiqilgan xamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga
kо‘ra taqqoslash va о‘lchashdan iborat bо‘lgan baholash shaklidir. Bunday
baholash mezonlarni aniq belgilab beruvchi о‘rganish maqsadlari bо‘yicha
natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri
va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq
farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bо‘lib, birinchi
bosqichda baholanuvchining erishgan natijalarini aniqlanadi, ikkinchi bosqichda
esa, natijalar mezonlarga taqqoslanadi va о‘lchanadi.
О‘quvchilarning о‘zlashtirishini hisobga olish ya’ni aniqlash, yangi materialni
mustahkamlash vaqtida о‘tilgan о‘quv materiallarini о‘zlashtirish, mehnat
usullarini egallash va mustaqil mehnat topshiriqlarini, grafik ishlarini va uy
topshiriqlarini bajarishlarini hamda о‘quvchilarning bilimlari tekshiriladi va unga
baho qо‘yiladi.
243
О‘quvchilarning о‘quv-mehnat faoliyatini muntazam tekshirib borish va unga
baho qо‘yish - ularning berilgan topshiriqlarini о‘z vaqtida va puxta, mustaqil
bajarishlarini ta’minlaydi, ilmiy -amaliy bilimlarni, mehnat kо‘nikmalari va
malakalarini astoydil egallashga undaydi. Shu bilan birga о‘qituvchi va ishlab
chiqarish ta’limi о‘qituvchilarining о‘quvchilarda mavjud bо‘lgan kamchiliklarni
aniqlash bilan birga uni tuzatish choralarini izlashga undaydi.
Bundan tashqari о‘quvchilarning о‘zlashtirishini tekshirish о‘qi-tuvchilarning
faoliyatiga baho berishga ham asos bо‘ladi, ya’ni, u usullarini kо‘rsatishi, mehnat
va hunar ta’limining tashkiliy formalari, metodlaridan ham kо‘rsatmali
qо‘llanmalardan samrali foydalanishiga, mustaqil ishlarni tashkil etish, ularning
bajarilishiga rahbarlik qila olishiga baho berish imkonini beradi.
Bilim, dastlabki kо‘nikmalar sifatini nazorat qilish bо‘yicha baholash
mezonlarini kо‘rgazmala qо‘llanma sifatida tayyorlab ustaxonaga olib qо‘yishi
ijobiy natija beradi. Bundan tashqari, kо‘rgazmali qо‘llanmaning oxirida izoh
о‘rnida quyidagilarni yozib qо‘yish mumkin:
Mehnat ta’limi va yо‘nalishlari maktab joylashgan iqtisodiy xududda keng
tarqalgan sohalar, kasblarga muvofiq tanlanadi. Shunga kо‘ra yо‘nalish
tanlangandan keyin joylarda mehnat ta’limi о‘qituvchilari о‘zlari baholash
mezonlarini ishlab chiqarishlari zarur. Baholash mezonlarini ishlab chiqish
bо‘yicha umumiy tavsiyalarga kо‘ra, о‘quvchilarning nazariy, texnika va
texnologiyaga doir bilimlarni va dastlabki kо‘nikmalari bо‘yicha baholash
mezonlarini ishlab chiqarishda quyidagilarni hisobga olish kerak;
- texnologiyaga, texnikaga, iqtisodiyot va mehnatni hamda ishlab chiqarishni
tashkil etishga doir nazariy bilimlarni;
- asosiy texnologik operatsiyalar va texnologik jarayonlarni bilishni;
- asosiy asbob va moslamalarni (qirqish, о‘lchash tekshirish moslamalarini,
priborlar, apparatlar, stanoklar, mashinalarni, agregatlarni, ularning vazifasini,
ishlash prinsiplarini, boshqarilishini, ta’mirlanishi va hokazolarni) bilishni;
- xavfsizlik texnikasi va shaxsiy gigiyena qoidalarini bilishni;
244
- asosiy manbalarni, ta’limning texnik va didaktik vositalarini va ulardan
foydalanishni bilishni;
- har - xil о‘quv fanlari (matematika, kimyo, fizika va h.k) bо‘yicha tegishli
ma’lumotlardan foydalana olish kо‘nikmasini;
- ishlab chiqarish mazmunidagi masalalarni hal qilish (ashyolarning
zarurligini, ularni ishlatishni hisoblash va h.k) uchun turli bilimlardan mustaqil
foydalanishni;
- buyumlar tayyorlashning sifatini nazorat qilish kо‘nikmasini.
Amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari bо‘yicha baholash mezonlarini ishlab
chiqishda esa quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi.
- navbatdagi ishni rejalashtirishda mustaqillikdan, ish о‘rnini ratsional tashkil
etishdan;
- tekshirish, sozlash, rostlashdan;
- mustaqil holda boshqarish, ishlash qayta tiklash, tanlash va h.k. lardan;
- tanlashni asolash, ishlash rejimi, bо‘yoqning rangi, ishlash usullari,
texnologik operatsiyalari va hokazolar nimalarga asoslanib tanlanganini
isbotlashdan va h.k.
О‘quvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalariga о‘qituvchi besh balli
tizimda baho qо‘yadi. Baho qо‘yishning besh balli tizimini amalda tatbiq etishda
sо‘zlar bilan ifodalanadigan "5", "4", "3", "2", "1", ballardan ifodalanadi.
Kо‘pincha о‘qituvchilar о‘quvchilarning intizomiga oid birorta kamchiligi
(kechikib kelishi, mashg‘ulotlarga kelmay qolishi, dars vaqtida gaplashib о‘tirishi
va hokazolar) uchun bahoni kamaytirish kabi xatoga yо‘lqо‘yadilar. Bu о‘rinda
о‘qituvchi tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatishning boshqa vositalaridan foydalanishi lozim.
Baho mezonlari quyidagicha tavsiflanadi;
A’lo (5 ball) о‘quv materialini butun tafsilotlari bilan bilish va tushunish,
materialni izchil, mantiqan bog‘langan holda hatosiz bayon etish, hisob - kitob va
grafika ishlarini namunali bajarish, mehnat topshiriqlarini mustaqil, dalil va tо‘g‘ri
tatbiq etish, mehnat usullarini tо‘g‘ri bajarish (mehnat ta’limi dasturining talablari
245
doirasida), texnikaviy talablar doirasida sifat kо‘rsatkichlariga rioya qilish, ishni
vaqt normasi doirasida bajarish "5" ball bilan baholanadi.
Yaxshi (4 ball) baho butun о‘quv materiallarini bilishi va tushunishi, uni
og‘zaki va yozma ravishda tо‘g‘ri bayon etishi, hisob -kitob va grafika ishlarini
tо‘g‘ri va puxta bajarishi, olingan bilimlardan о‘quv - mehnat topshiriqlarini,
berilgan ishni belgilangan vaqt meyoriga muvofiq vaqtida bajarilganligi uchun
qо‘yiladi.
Qoniqarli (3 ball) baho dasturidagi asosiy materialni bundan keyingi о‘quv -
mehnat vazifalarini bajarishga imkon beradigan hajmda bilishi va tushunishi,о‘quv
materialinbirmuncha xato va kamchiliklar bilan, о‘qituvchining ozgina yordami
orqali sodda qilib bayon etishi, mehnatni tashkil etishda bir oz kamchilik bо‘lgan
holda belgilangan vaqt normasini 75 % bajargani uchun qо‘yiladi.
Yomon (2 ball) baho dastur materialning kо‘p qismini yaxshi tushunmaslik,
uni qо‘pol xatolar bilan bayon qilish, hisob - kitob va grafika ishlarini yetarli
darajada bajarmaslik, olingan bilimlarni xatolarga yо‘l qо‘yib tadbiq etish, mehnat
operatsiyalarini kо‘p xatolar bilan bajarish, mehnatda belgilangan sifat
kо‘rsatkichlarini ta’minlay olmasliklari uchun qо‘yiladi.
Juda yomon (1 ball) butun dastur materialini bilmaslik va tushunmaslik,
о‘tilgan materialni bayon qilib bera olmaslik, olingan bilimlardan amalda
foydalana bilmaslik, mehnat usul-larini qо‘llay olmaslik, brakka yо‘l qо‘yish
uchun " 1" baho qо‘yiladi.
Baholarni tarbiyaviy rolini oshirish masalasi diqqatga sazovordir. Shu
munosabat bilan usta, о‘qituvchilar qо‘ygan baholarini izohlab berishi muhimdir.
Bu xoll о‘quvchilarga о‘z bilimlaridagi kamchiliklarini, amaliy ishlaridagi
nuqsonlarni bilib olishlariga yordam beradi. Baholarni muntazam izohlab borish,
ularning ta’limiy rolini oshiradi.
Dars jarayonida о‘quvchilarni bilim, malaka va kо‘nikmalarini о‘qituvchi
tomonidan tо‘g‘ri baholash kо‘p muammolarni yechishga, ta’lim tarbiyani yо‘lga
qо‘yishga yordamlashadi. Bilimlarni va mehnat kо‘nikmalarini tekshirish va ularga
baho qо‘yish mehnat ta’limini hamma bosqichlarida о‘tilgan materialni
246
mustahkamlash vaqtida mehnat usullarini eslash va mustaqil topshiriqlarni
bajarishda grafika ishlarini va uyga berilgan vazifalarini ado etishda amalga
oshiriladi. О‘qituvchilarni о‘quv mehnat faoliyatlarini muntazam tekshirib borish
va о‘sha baho qо‘yish ularga beriladigan topshiriqlarni о‘z vaqtida bajarishlarini
ta’minlaydi. Mehnat texnikaviy bilimlarni, mehnat kо‘nikmalarini va masalalarini
astoydil eslashga undaydi. Baholashda bahoning obyektivligi о‘quv tarbiyaviy
ishda muhim rol о‘ynaydi. Shuningdek, mehnat о‘qituvchilari va ustalari uchun
о‘quvchilarning о‘quv mehnat faoliyati vaqtida qо‘yiladigan talablarga rioya qilish
ham ancha muhimdir. Bunday talablarga quyidagilar kiradi: о‘quv materialini
mehnat va hunar ta’limi dasturida belgilangan hajmda bilish, olingan bilimlar va
mehnat
kо‘nikmalarini
chuqurligi
va
anglanganligi,
javoblarning
va
kо‘rsatilayotgan usullarning tо‘g‘riligi, о‘rganilgan materialni tahlil qilish va
umumlashtira bilish, о‘rganilgan va egallangan bilimlardan amaliy faoliyatda
foydalana olish. Ishdagi mustaqillik va olingan bilimlarni amalda qо‘llanilishi, ish
joyini tо‘g‘ri tashkil etish hamda tayyorlanayotgan buyumlarga nisbatan
qо‘yiladigan texnikaviy talablarga rioya qilish, belgilangan vaqt normasini bajarish
va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish va xokazolar.
Ana shu talablar asosida quyidagi baho mezonlari belgilab chiqilgan.
О‘quvchilar bilimi, kо‘nikma va malakalarni tekshirish jarayoni didaktik
masalalarni hal qilishga, ya’ni bilim, kо‘nikma va malakalar sifatini aniqlashga
yо‘naltirilgan. Bilim, kо‘nikma va malakalarning sifati eng avval ularning
puxtaligi va ongliligi bilan tavsiflanadi. Bilim, kо‘nikma va malakalarning
puxtaligiga ishonch xosil qilish uchun ularni faqat о‘zlashtirilayotgan paytda emas,
balki о‘quvchilarning keyingi faoliyatlarida ham tekshirish kerak. Shunday qilib,
butun ta’lim davomida о‘quvchilarni tizimli va rejali ravishda nazorat qilish kerak.
Dostları ilə paylaş: |