Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

1. Ishlash aniqligi.
Aniqlik – har qanday mahsulotni, shu jumladan, 
tikuvchilik sanoati mahsulotlarini tayyorlashga qо‘yiladigan talabdir. 
2. Vaqt meyori
Meyorlash xususida mehnat topshirig‘ini bajarishni vaqt 
bо‘yicha chegaralash о‘quvchilar mehnat operatsiyalarini bajarish usullarini 
egallab olganlaridan keyin amalga oshirilishi kerak. Bunda о‘quvchilar bir yо‘la 
ham ishning sifatli bajarilishini kuzatishni, ham uni ma’lum muddatda bajarishga 


239 
intilishni uddalay olmasligi va ta’limning birinchi bosqichida vaqt meyori kiritilsa, 
miqdor kо‘rsatkichlari sifat hisobiga ortishidan kelib chiqadi. 
3.
О‘quvchilarning bilimlari
О‘quvchilarning amaliy ishlari ularning 
bilimlariga asoslanib tashkil qilinadi. Shu sababli ularning faoliyatini baholashda 
о‘quvchilar dastur materialini qanday hamda va qanchalik chuqur о‘zlashtirganini 
hisobga olish kerak. 
4.
Mehnat usullarini tо‘g‘ri bajarish
О‘quvchilar asbobni ushlash, ish 
holatida turish, asbobning ishlov berilayotgan sirtga nisbatan qanday holatga tutish 
haqidagi kо‘rsatmalarni qat’iy bajarishlari kerak. Mehnat usullarini tо‘g‘ri bajarish 
kо‘nikmalari о‘qituvchi tomonidan baholanadi. 
5. Ish о‘rnini tо‘g‘ri tashkil qilish
Ishlab chiqarishda ish о‘rnini tо‘g‘ri 
tashkil
 
mehnat unumdorligini oshiradi. О‘quvchilar mehnat madaniyatining 
saviyasi kо‘proq о‘z ish о‘rnini tо‘g‘ri tashkil qila olishiga bog‘liqdir. 
6. Mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish
Agar
 
ishning xavfsizligini 
ta’minlovchi qoidalar buzilsa, jarohatlanish xavfi tug‘iladi. Jihozlar va asboblarni 
ishlatishdagi mehnat usullari va hokazolarni bajarishdagi xavfsizlik qoidalarini 
buzgan о‘quvchilarning bahosini pasaytirish kerak. 
Baholash о‘tkazilish vaqtiga kо‘ra uch turga ajratiladi: 
-
Boshlang‘ich baholash 
-
Joriy, ya’ni shakllantiruvchi baholash 
-
Yakuniy, ya’ni umumlashtiruvchi baholash 
Boshlang‘ich baholash — ta’lim jarayoni boshida ta’lim oluvchilarning 
dastlabki bilim, kо‘nikma va malakalarini aniqlash uchun о‘tkaziladi. Bunday 
baholash natijalari ta’lim jarayonining mazmuni, usullari va shakllarini tanlash 
imkonini beradi. 
Joriy (shakllantiruvchi) baholash muntazam ravishda о‘tkazib boriladi. U 
ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta’lim jarayoni samarasini tezkor 
(operativ) aniqlab borish, о‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va ta’lim beruvchi va 
ta’lim oluvchi о‘rtasidagi qaytar aloqani ta’minlash imkonini beradi. 


240 
Yakuniy (umumlashtiruvchi) baholash - ta’lim oluvchining ta’lim 
jarayonining ma’lum davridagi о‘zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va 
standartlarga javob berishini aniqlaydi. Yakuniy baholash ta’lim jarayonining 
ma’lum bosqichi yakunida о‘tkaziladi. U joriy baholash natijalarini jamlaydi. 
Umumlashtiruvchi baholashni о‘tkazishda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 
Ta’lim oluvchi umumlashtiruvchi baholash nima uchun о‘tkazilishi haqida 
ma’lumotga ega bо‘lishi lozim. Bu uni baholashga tayyorgarlik kо‘rishga olib 
keladi. 
Baholashni о‘tkazish shartlari unga jiddiy yondashishiga, diqqatni 
chalg‘itadigan yoki tasodifiy uzilishlardan о‘zini chetga olishga hamda ta’lim 
oluvchini о‘z qobiliyatini namoyish qilishiga imkon beradi. 
Baholash о‘tkazish sharoitida о‘quvchi о‘zini erkin tutishi va noxushlik his 
qilmasligiga imkoniyat yaratish kerak. Baholovchi va ta’lim oluvchi baholash nima 
berishi, u qachon, Kim tomonidan va qanday о‘tkazilishini bilishlari muhim 
ahamiyatga egadir. Qо‘yilgan baho о‘quv natijasini tushunish va uni 
mujassamlashtirish uchun ahamiyatlidir. Ta’lim oluvchi oldindan belgilangan 
natijalar mezoni yordamida baholanishi lozim. Rejalashtirilmagan baholashni 
о‘tkazish maqsadga muvofiq emas. 
Quyidagi beshta asosiy tamoyillar baholash tizimi samaradorligining 
poydevori hisoblanadi. 
-
О‘quv maqsadlariga asoslanganlik 
-
Haqiqiylik 
-
Haqqoniylik 
-
Ishonchlilik 
-
Qulaylik 
1.
О‘quv maqsadlariga asoslanganlik. Samarali baholashning asosiy 
tamoyili о‘quv maqsadlariga asoslanganlik hisoblanadi. Baholashning sifati о‘quv 
maqsadlariga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liqdir. О‘quv maqsadlari baholash mazmunini 
aniqlab beradi. О‘quv maqsadlarining qо‘yilish darajasiga qarab, baholashning 
shakli va usullari tanlanadi. Shuningdek, о‘quv maqsadlariga erishish uchun 


241 
bajarilgan faoliyat natijasi, baholash mezonlarini aniqlashda muhim ahamiyatga 
ega. 
2.
Haqiqiylik. О‘quv maqsadida kо‘zda tutilgan natijanigina baholashga 
qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi ozim bо‘lgan 
bilim va kо‘nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bо‘lishi lozim. 
3.
Haqqoniylik (obyektivlilik). Bir-biridan mustaqil ta’lim beruvchilar bir xil 
ta’lim oluvchilarga berilgan bir xil topshiriq va testlar bо‘yicha bir xil baho bergan 
holdagina mazkur topshiriq va test haqiqiy hisoblanadi. Bu haqqoniylik har xil 
vaqtlarda berilgan baholar uchun taalluqlidir. 
4.
Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobaynida har xil usulardan 
foydalanish mumkin. Lekin bu usullarni tanlashga qо‘yiladigan asosiy shart 
ishonchlilik hisoblanadi. Uslub ishonchli bо‘lishi uchun baholash asosli va aniq 
ma’lumotlarga asoslangan bо‘lishi zarur. Bunda topshiriq yoki testning о‘rganish 
maqsadlarini nazorat qilishga yо‘naltirilganligini qanchalik ishonchliekanliligi 
nazarda tutiladi. 
5.
Qulaylik. Baholash tizimi о‘quv maqsadlaridan kelib chiqqan holda о‘quv 
va ishlab chiqarish standartlariga mosbо‘lishi, murakkab bо‘lmasligi, nazorat 
о‘tkazuvchi va ta’lim ouvchi uchun qulay bо‘lishi lozim. Baholashni о‘tkazishda 
imkon qadar kompyuterlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq bо‘ladi. 
Oxirgi paytlarda Respublikamiz ta’lim muassasalarida quyidagi ikkita 
baholash tizimi qо‘llanilib kelinmoqda ­ baholashning besh ballik tizimi va reyting 
tizimi. 
Baholashning besh ballik tizimida baholashga quyidagi didaktik talablar 
qо‘yiladi: 
-
Tekshirish va nazorat qilish tizimli, doimiy tarzda bо‘lishi shart. Bu talabga 
rioya etilmasa, о‘quvchilarning о‘qishga nisbatan munosabati yomonlashadi, 
bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Ta’lim oluvchilar darsga har kuni 
tayyorlanib borishlari kerak. ta’lim beruvchining doimiy ravishda nazorat qilib 
turishi shunga majbur etadi. 
-
Bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir о‘quuvchi uning 


242 
bilimlari, kо‘nikma va malaka baholanayotganini tushunishi kerak. 
-
Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik. Ta’lim oluvchilarning bilimlari, 
malaka va kо‘nikmalari davlat о‘quv dasturlarining bajarilishi nuqtai nazaridan 
tekshiriladi va baholanadi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin