3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida tarbiyalash.
Kasbhunar tо‘garaklarini tashkil etishning asosiy maqsadi - tо‘garak a’zolariga
faqat tegishli bilim, kо‘nikma malakalarni berishdangina iborat emas, balki
tо‘garak a’zolarining jamiyatimizda qabul qilingan axloq-odob qoidalariga mos
keladigan e’tiqodni, mehnatga, ijtimoiy, shahsiy mulkka munosabatini, jamoa va
uning a’zolariga bо‘lgan ijobiy munosabatlarnini, badiiy didini, iqtisodiy,
jismoniy, axloqiy, milliy madaniyatini tarbiyalashdan iboratdir. Ta’lim berish bilan
birga tarbiyalashga katta ahamiyat berish kerakligini mutafakkirlar о‘z davrida
aytib о‘tganlar.
Ahloq tarbiyasi insonlarga eng muhim, ziyoda, sharaf, baland daraja beruvchi
tarbiyadir. Shu bois tо‘garak jarayonida tо‘garak rahbari avvalo о‘zi shaxsiy
namuna bо‘lishi, kiyinishi, sо‘zlashishi, о‘zini tutishi bilan tо‘garak a’zolariga
о‘rnak borishi kerak. Tо‘garak jarayonida mehnat topshiriqlarini bajarishda
shaxsning javobgarlik, vijdonlilik kabi xislatlarini, mehnat intizomiga amal qilgan
holda jamoa bо‘lib mehnat qilish malakasini, ijtimoiy mulkka g‘amhо‘rlik
261
munosabatini tarbiyalashdan iboratdir. Tо‘garak az’olarini tarbiyalashning bir
qator qonun-qoidasi bor:
1. Jamoa bо‘lib mehnat qilish, topshirilgan ishga javobgarlik xissini
tarbiyalash.
2. О‘z-о‘zini tanqidiy baholash va tanqidiy nazorat qilish, kamchiliklarga
nisbatan murosasiz bо‘lish xislarini tarbiyalash.
3. Ongli intizomni tarbiyalash.
4. Jamiyat va shaxs mulkiga g‘amxо‘rlik munosabatlarini tarbiyalash.
5. Tо‘garak mashg‘ulotlari jarayonida tarbiya usullaridan; iqtisodiy, kasbiy,
axloqiy, badiiy, milliy, jismoniy mehnat, mehnat madaniyatini shakllantirish va
hokazo.
Endi bu tarbiyalash usullarini qanday yо‘llar bilan olib borilishini kо‘rib
chiqamiz.
1. Tо‘garak mashg‘ulotlarida jamoa bо‘lib ishlashga tо‘garak a’zolari bir-
biriga yordam beradi. Tо‘garak a’zolari ba’zi ishlarni birgalikda, bir-biriga yordam
berib, ish о‘rinlarini almashib, maslahatlashib bajarishlariga tо‘g‘ri keladi. Bu
imkoniyatlardan tо‘garak rahbari tо‘garak a’zolarini tarbiyalashda keng
foydalanishi kerak. Tо‘garak jarayonida tо‘garak a’zolari о‘zaro dо‘stlik, bir-biriga
yordam berish, rahbarlik, bо‘ysunish, javobgarlik, talabchanlik va ish yuzasidan
olib boriladigan tanqidiy munosabatlarga kirishadilar. Tо‘garak rahbari bu
munosabatlarni kamol topishini diqqat bilan kuzatishi va ularni tо‘gri yо‘naltirib
turishi kerak.
2. Tо‘garak mashg‘ulotlarida ayrim hollarda tо‘garak rahbari tо‘garak
a’zolariga о‘z ishini baholashni taklif etadi. Bu esa tо‘garak a’zosiga tayyorlangan
buyumni sinchiklab tekshirishga, sifat kо‘rsatgichiga amal qilishga, о‘z-о‘zini
tanqidiy baholash xissining shakllanishiga yordam beradi.
3. Tо‘garak rahbarining talablarini bajarish natijasida tо‘garak a’zolari qabul
qilingan qoidalar, ish usullarini aniq, ongli bajarishga asta-sekin kо‘nikadilar. Ular
berilgan ish maromini saqlashga, ish о‘rnini namunali tutishga, asboblarni ehtiyot
qilishga odatlanadilar. Tо‘garak a’zolariga mehnat ta’limi berish, turmushga
262
tayyorlashning muhim sharti-intizomni yо‘lga qо‘yish orqali erishiladi. Tо‘garak
a’zolariga ishonish, ularni hurmat qilish bilan birga talabchanlikni qо‘shib olib
boorish - ongli intizomni tarbiyalashning muhim shartlaridan biridir.
4. Tо‘garak a’zolarida ijtimoiy mulkka nisbatan g‘amxо‘rlik munosabatni
tarbiyalashning ta’sirchan usullaridan biri ularni unumli mehnatga, tо‘garak
ustaxonasi jihozlash ishiga, asboblarni ta’mirlashga jalb qilishdan iboratdir.
Tо‘garak a’zolarini buyumlarni bichish vaqtida materallarini tejamkorlik bilan
sarflashga, asbob-uskuna, korjamoalarni ehtiyot qilishga о‘rgatish, о‘z ishini
sidqidildan bajarishga, mehnatni sevishga о‘rgatish orqali mehnat tarbiyasi
shakllanadi.
5. Mehnat madaniyatini tarbiyalashda har bir tо‘garak a’zosi о‘zidan keyin
shu ish joyida boshqa shaxs о‘tirib ishlashi, unga ham toza, ozoda ish joyi
zarurligini tushuntirilishi, shu joyni yig‘ishtirishga odatlantirish kerak. Shunig
uchun, mashg‘ulot rejasini yozishda albatta ish joyini yig‘ishtirish bosqichi
rejalashtirilishi va bajarilishini nazorat qilinishi kerak.
6. Tо‘garak rahbari yaxshi tayyorlangan buyumning chiroyliligini, tozaligini,
bezagini hamda tо‘garak a’zosining mehnat xarakatlarining aniqligini doimo
ta’kidlab turishi orqali tо‘garak a’zolarida badiiy did rivojlanadi. Sifatli va sifatsiz
tayyorlangan buyumni taqqoslab, chiroyli va xunukni ajratishni, ranglarni bir-
biriga mosligini о‘rgatib borilsa, tо‘garak a’zolarda badiiy did tarbiyalanib boradi.
7. Tо‘garak jarayonida eng muhim bо‘lgan kasbiy tarbiyani shakllanishiga
alohida e’tibor berilishi kerak. Buning uchun har mashg‘ulotda tо‘garak a’zosi
bajarayotgan ishi ommaviy kasb egalari bajaradigan ish ekanligini eslatib turiladi,
korxonalarga borib ishchi kasblari bilan yaqindan tanishtiriladi.
8. Iqtisodga rioya qilgan kishilar hamma vaqt tinch va rohatda yashaydilar,
“Toma-toma kо‘l bо‘lur” maqolining mazmunini о‘quvchilarga tushuntiriladi.
Tо‘garak mashg‘ulotlari jarayonida tо‘garak a’zolari bilan biror buyumni
tayyorlash vaqtida shablon va andozalarni tо‘g‘ri joylashtirishni, materialni tejab
ishlatishni talab qilish, qolgan qoldiqlardan biron kichik buyumlarni tayyorlashni
о‘rgatish orqali iqtisodiy tarbiya shakllanib boradi.
263
9. Mashg‘ulotlarda mavzuni tushuntirishda oid tarixiy ma’lumotlardan
foydalanish, udumlar, an’analar, urf-odatlar asosida bilim berish orqali tо‘garak
a’zolarida milliy tarbiyani shakllantirishga imkon yaratiladi. Tо‘garak a’zolarini
nutqini о‘stirishga alohida e’tibor berish kerak. Buning uchun bajargan ishlarni
ketma-ketlik tarzida aytib berish. Buyum haqida ma’lumotlar, qо‘llaniladigan
gazlama, fasonlari haqida tо‘garak a’zolarini gapirib berishga о‘rgatiladi. Shu
tariqa tо‘garak a’zolarining nutqi ravonlashib, til boyligi oshadi. Abdulla Avloniy
ham til masalasiga katta e’tibor beradi. Tilni ahloq bilan bog‘lab talqin qiladi. U
о‘z asarida har bir kishi о‘z ona tilini mukammal bilishi, har bir sо‘zni о‘z о‘rnida
ishlatishi, milliy-adabiy tilning taraqqiyoti uchun jonkuyarlik qilishi zarurligini
qayd qiladi.
10. Kasbhunar tо‘garaklarida milliy hunarmandchilik asoslarini о‘rgatishda;
kashtachilik, zardо‘zlik, popopchilik, yog‘och о‘ymakorlik, kulolchilik va boshqa
yо‘nalishlarda buyumlarni tayyorlashda, ularni bezashda qо‘llash orqali ham
tо‘garak a’zolariga kasbiy tarbiya beriladi. Mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini
mustahkamlash maqsadida muzeylarga olib boriladi, noyob asarlar bilan
tanishtiriladi, buyumlar tayyorlashda ayrim elementlaridan foydalanishga о‘rgatib
boriladi.
11. Tо‘garaklar ishini tashkil etishda tо‘garak a’zolarini jismoniy tarbiyasiga
e’tibor beriladi. Turli dastgohlar va asbobuskunalar bilan ishlashda, qо‘l ishlarini
bajarishda ish bilan kо‘zning orasidagi masofani tо‘g‘ri saqlash, о‘tirishda gavdani
tо‘g‘ri bо‘lishiga ahamiyat berish, xonada sog‘lom mehnat sharoitini yaratish
orqali erishiladi. Tо‘garak rahbari tо‘garak a’zosiga bilim, kо‘nikma va malakani
shakllantirishda sog‘lig‘iga zarar etmasligini yodida saqlashi lozim.
Dostları ilə paylaş: |