Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

5.
 
О‘quvchilarni kasbga yо‘llashda sinfdan va maktabdan tashqari 
ishlarni tashkil etish.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar о‘quvchilarni kasbni 
ongli ravishda tanlashga, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, ularda 


266 
moddiy ishlab chiqarish, fan, texnika va boshqa sohalarga oid kasblarni egallashga 
qiziqishni shakllantirishda kо‘p jihatdan yordam beradi. 
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda kasbga yо‘llash ishlarida о‘quvchilarning 
yosh va bilish xususiyatlariga qarab bir necha bosqichlarda olib boriladi, bunda 
quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 
-moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnatga bо‘lgan ijtimoiy qiziqishlarni, 
о‘quvchilarda umuman mehnat haqida tasavvurlarini shakllantirish
- mehnatga muhabbat, mehnat ahliga hurmat hislarini singdirish, unumli 
mehnatga ijtimoiy mayllarni shakllantirish; 
- barqaror kasbiy qiziqishlar va mayllarni shakllantirish va rivojlantirish; 
- mutaxassislikni, kasbni tanlash va uni о‘zlashtirish yо‘llarini tanlash 
maqsadida о‘tkaziladi. 
Texnika tо‘garaklaridagi mashg‘ulotlarda olib boriladigan kasbga yо‘naltirish 
ishi mazmuni о‘quvchilarni tо‘garak yо‘nalishiga muvofiq kasblar, predmetlar va 
mehnat texnologiyasi bilan, ishchi shaxsiga nisbatan qо‘yilayotgan talablar, 
mazkur kasbga oid mutaxassislar tayyorlash shartlari bilan, ijodiy ish va ana shu 
kasb egalarining kasbiy о‘sish istiqbollari bilan, ixtirochilar va ratsionalizatorlar 
jamiyati о‘quvchilar tashkilotlarida, texnik ijodkorlik tо‘garaklarida, bozor 
iqtisodiyoti muammolarini ijodiy hal qilish masalalari bilan tanishtirishni о‘z 
ichiga oladi. 
О‘quvchilarni tanishtirish uchun mehnat sohalari va kasb doiralari rо‘yxatini 
tuzgan chog‘da ishlab chiqarish uchun zarur kadrlarga bо‘lgan talab-ehtiyojlarga 
amal qilish va ayni vaqtda yaqin atrofdagi umumta’lim maktab kasblari bо‘yicha 
tayyorlov kurslar va oliy о‘quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash yо‘nalishlarini 
hisobga olish zarur. 
Tо‘garaklarda 
о‘tkaziladigan 
mashg‘ulotlar 
о‘quvchilarning 
yosh 
xususiyatlarini, qiziqishlarini, shuningdek bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning 
asosiy yо‘nalishlarini hisobga olgan holda ularni kasbga yо‘naltirish uchun keng 
imkoniyatlar ochib beradi. Bu narsa о‘quvchilarning muayyan yoshiga 
mо‘ljallangan va politexnik mazmun kasb etgan texnika ijodkorligi 


267 
tо‘garaklarining tegishli dasturlari bilan ta’minlanadi. Chunonchi, odatda, 
ta’limning birinchi yili dasturi VI-VII sinflarning о‘quvchilariga, ta’limning 
ikkinchi yili dasturi VIII-IX sinflarning о‘quvchilariga mо‘ljallangandir, kо‘pgina 
hollarda shaxsiy (yakka tartibdagi) dastur asosida shug‘ullanadilar. III-V 
sinflarning о‘quvchilari boshlang‘ich texnik modellashtirish tо‘garaklari dasturlari 
asosida ish kо‘radilar. I-II sinflarning о‘quvchilari о‘zlari uchun maxsus tashkil 
qilinadigan “Mohir qо‘llar”, “О‘yinchoqlar fabrikasi”, “Yosh texnik”, “Kichik 
о‘quvchilarning erkin ustaxonasi” tо‘garaklarida va boshqa shu kabi tо‘garaklarda 
shug‘ullanadilar. Bu tо‘garaklar о‘z ishini boshlang‘ich sinflarning mehnat xonasi 
negizida olib boradi. 
Har bir tо‘garak bо‘yicha namunaviy dasturlar nazariy materialni va amaliy 
ishlarning etarli darajadagi rо‘yxatini о‘z ichiga oladi. Bu dasturlarga kо‘zda 
tutilmagan, lekin u yoki bu mavzuga muvofiq bо‘lgan konstruksiyalar yoki 
modellarning ish rejasini ham kiritish mumkin. Mahalliy sharoitlarga va tо‘garak 
a’zolarining qiziqishlariga qarab о‘rganiladigan materialni qisqartirish yoki 
kо‘paytirish mumkin. 
Texnika ijodkorligi tо‘garaklari о‘quvchilarning hozirgi zamon ishlab 
chikarishga, texnika va fanga bо‘lgan qiziqishlarini kengaytirishga yordam beradi, 
ijodiy va texnikaviy tafakkurni rivojlantiradi, konstruksiyalash, modellashtirish va 
ratsionalizatorlik ishi malakalari va kо‘nikmalarini shakllantiradi. 
Tegishli 
tо‘garakda о‘quvchilarning muvaffaqiyatli shug‘ullanishlari 
faoliyatning muayyan turiga qiziqishni rivojlantiradi, bajariladigan ishga ijobiy 
munosabatda bо‘lishni shakllantiriladi. Bolalarning qiziqishlari zsa ularning 
mayllari bilan chambarchas bog‘langandir. О‘quvchilarda qiziqishlar va 
mayillarning rivojlanishi kо‘p jihatdan tо‘garaklarning mashg‘ulotlarida ularning 
bilish faoliyati tо‘g‘ri tashkil etilganligiga bog‘likdir. Bilish faoliyati о‘quvchining 
muayyan ish turini muvaffaqiyatli bajarishga bо‘lgan shaxsiy qobiliyatini 
aniqlashga, uning kasbiy maqsadini shakllantirishga imkon beradi. Shu boisdan 
bilish faoliyatini tashkil qilingan chog‘da kasbga oid axborot о‘quvchilarga о‘z 
vaqtida etib borishi va ularning imkoniyatiga mos bulishi muhimdir. 


268 
Ma’lumki, 
mashg‘ulotlar 
chog‘ida 
о‘quvchilarda 
umumtexnikaviy, 
umummehnat va maxsus bilimlar hamda kо‘nikmalar shakllanadi. О‘quvchilar 
ishlab chiqarishda ommalashgan asboblar va moslamalar bilan ish kо‘radilar, 
ba’zan esa ularni о‘zlari ham tayyorlanadilar. О‘quvchilarning texnik ijodkorlik 
tо‘garaklaridagi faoliyati kо‘pgina hollarda ijtimoiy ahamiyatga molik bо‘lgan 
muayyan buyumlarni tayyorlash bilan ham bog‘liqdir. 
Aniq texnika tо‘garagi mashg‘ulotlari uchun kasbga yо‘naltirishning diqqatga 
sazovor jihatlarini kо‘rsatib о‘tish qiyin emas. Tо‘garakda birmuncha 
muvaffaqiyatli yoritilishi mumkin bо‘lgan bunday jihatlarga ishchi faoliyatini 
tavsiflash, ishlab chiqarish mutaxassisi sifatida uning vazifalari, mehnat mazmuni, 
shuningdek kichik mutaxassisning samarali ishlash uchun zarur bо‘lgan bilimlar, 
kо‘nikma va malakalar bilan tanishtirish, mehnat qurollari va obyektlari kiradi.
Texnika tо‘garagi mashg‘ulotlarida kasbga yо‘naltirish ishi tо‘garak ishlab 
turgan butun davr mobaynida muntazam ravishda olib borilishi uchun eslatib 
о‘tilgan barcha omillar va xususiyatlari hisobga olib, namunaviy dastur asosida 
kasbga yо‘naltirish bо‘yicha kasbiy ish yuzasidan ish rejasini tuzish lozim. 
Quyida tо‘garak ishi jarayonida kasbga yо‘naltirish ishining namunaviy rejasi 
keltiriladi: 
Kasbga yо‘naltirish sistemasi hayot yо‘lini tanlab olishda, kasbga 
yо‘naltirishda mashinosozlik va mashinashunoslik, fermer xо‘jaligi dehqonlari va 
mehnatkash ziyolilarning saflarini tо‘ldirishda yoshlarga qо‘maklashishi va 
umuman mehnat resurslarini oqilona taqsimlashda ta’sir о‘tkazishi lozim.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin