Tayanch iboralar:
Sinfdan tashqari ishlar, maktabdan tashqari ishlar,
tо‘garak, tо‘garak rejasi, hunarmandchilik, kо‘rgazma, namuna, baholash.
1.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishning maqsad va
vazifalari.
Yosh avlodni har tomonlama etuk bо‘lishi ta’lim-tarbiya jarayonini
tо‘g‘ri tashkil etish hamda fanlarni о‘zlashtirish bilan cheklanmaydi. Maktab
о‘quvchilarining bо‘sh vaqtini tо‘g‘ri tashkil etish, ularni kasbga yо‘llashda vaqtni
bekor о‘tkazmaslik, mehnat tarbiyasini, fanlardan olgan bilimlarini kengaytirishda
maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati katta. Bolaning bо‘sh vaqti
tо‘g‘ri hal etilmasa, uning turli zararli oqimlarga kirib ketishi yoki boshqa salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Maktabdan tashqari ta’lim uzluksiz ta’lim
tizimining tarkibiy qismi bо‘lib, qо‘shimcha ta’lim-tarbiya, boshlang‘ich kasb-
hunarga yо‘naltirishga о‘quvchilarning bо‘sh vaqtini tashkil etishning ommaviy
sport, madaniy estetik, xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini
tanlash hamda amalda joriy etish vositasini bajaradi.
О‘zbekiston Respublikasining maktabdan va sinfdan tashqari ta’lim
tо‘g‘risidagi Nizomida quyidagi umumiy qoidalar berilgan:
1. Maktabdan va sinfdan tashqari ta’lim О‘zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasi, “ Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”lariga muvofiq tashkil etiladi.
256
2. Maktabdan tashqari ta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy
qismi hisoblanadi.
3. Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, dinga munosabati, xizmati, turar
joyidan qat’iy nazar maktabdan va singdan tashqari ta’lim muassasalarida ta’lim
olish teng xuquqlidir.
Maktabdan va sinfdan tashqari ta’lim tо‘g‘risidagi Nizomda quyidagi maqsad
va vazifalar belgilangan:
- maktabdan tashqari ta’lim bolalar, о‘smirlar ijodiyoti saroylari, markazlari
muassasalarida amalga oshiriladi;
- maktabdan tashqari ta’lim bolalar va ularning ota-onalari xohishiga asosan
ixtiyoriy ravishda xohlagan turda va tilda olib borish ta’minlanadi;
- yо‘naltirilgan tо‘garaklarda belgilangan talab va ehtiyojlarni hisobga olgan
holda tashkil etiladi;
- maktabdan tashqari ta’limning asosiy maqsadi о‘quvchilarga davlat ta’lim
talablari asosida bilim berish, ularni mustaqil fikrlashga о‘rgatish, О‘zbekiston
respublikasi mustaqilligi va demokratiya tamoyillari, madaniyatimiz, tilimizga
hurmat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Maktabdan tashqari ta’limning asosiy vazifalari:
- shaxsni maktabdan tashqari ta’lim olishi bо‘yicha huquqini rо‘yobga
chiqarish;
- maktabdan tashqari ta’lim-tarbiya sohasida davlat siyosatini amalga
oshirish;
- maktabdan tashqari ta’lim-tarbiya mazmunini muntazam yangilab borish;
- о‘quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayonini о‘quv adabiyotlari,
ilg‘or pedagogik texnonogiyalar bilan ta’minlash;
- о‘quvchining bо‘sh vaqtini tashkil etishda halq hunarmandchiligining
mavjud turlari va shakllarini tiklash;
- tо‘garak a’zolarini о‘qitish, tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida о‘quv
– tarbiyaviy va uslubiy ishlarni takomillashtirish;
257
- iqtisodiy savodxonlikni, iqtisodiy ongni, fikrlashni handa madaniyati
darajasini oshirish;
- ta’lim oluvchilar va tо‘garak rahbarining ishlashi, о‘qishi, sog‘lig‘i va dam
olishi uchun zarur sharoitlar yaratish.
Maktab о‘quvchilarini kasbga yо‘llash, tanlagan kasbi bо‘yicha kо‘nikma va
malakalarini shakllantirish, ijodiy faoliyatlarini kengaytirish, faqat darslarda
fanlarni о‘rganish jarayonida emas, balki maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni
tashkil etishda ham hisobga olinadi. Maktabdan va sinfdan tashqari tarbiya
jarayonida mehnatga tayyorlash, kasbiy bilim, kо‘nikma va malakalar hosil qilish
imkoniyatlari kengayadi. Maktabdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarini
rejalashtirishda tо‘garak a’zosining qiziqishlarini hisobga olinishi, ixtiyoriylikka
zamin yaratiladi. Shuningdek, mehnat ta’limi jarayonida olgan bilimlarini
mustahkamlash, ularning bо‘sh vaqtlarini tо‘g‘ri, rejali о‘tishini ta’minlash va turli
kasblarni egallash imkoniyatlari katta bо‘ladi.
Maktabdan va sinfdan tashqari ishlar bо‘yicha о‘quv rejalari va dasturlarida
“Maktabdan va sinfdan tashqari ta’lim tо‘g‘risidagi nizom”da hamda “Mehnat
ta’limi va kasbga yо‘llash” fani bо‘yicha dasturlarga asosan tо‘garaklarda
о‘quvchilar egallashlari kerak bо‘lgan bilim, kо‘nikma, malaka mazmuni
yoritilgan. ularni о‘rganish natijasida tо‘garak rahbarlari quyidagi bilii va
kо‘nikmalarga ega bо‘lishi kerak:
- tо‘garak a’zolarini manbaalar ustida mustaqil ishlashga о‘rgatishi;
- davlat talablari asosida fan dasturlarini tuzishi;
- har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish maqsadida davlat
siyosatini amalga oshirishi;
- tо‘garak a’zolarining bо‘sh vaqtini tо‘g‘ri tashkil etishi;
- ta’lim oluvchilarni о‘qishi, sog‘lig‘i, dam olishi uchun sharoit yaratishi;
- bichish-tikishni о‘rgatish tо‘garagi rejasini tuza olishi;
- bichish-tikish tо‘garagini tashkil eta olishi;
- tikuvchilik materiallari, tikuv mashinanalari bilan ishlay olishi;
- tо‘garak a’zolarini ehtiyoj va qiziqishlarini qondirishi;
258
- tо‘garak a’zolarini о‘qitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida
о‘quv- tarbiya va metodik ishlarni takomillashtirishi;
- iqtisodiy savodxonlik, fikrlash va madaniyatlilikni tarbiyalashi;
- tо‘garak a’zolari bilan olib boriladigan ishni yanada samarali shakllarini
izlash bо‘yicha ishlarni tahkil etishi;
- tо‘garak a’zolari bajargan ishlarini baholay olishi;
- iqtidorli tо‘garak a’zolarini aniqlashi va ular bilan ishlashi;
Maktabdan
va
sinfdan
tashqari
ta’lim muassasalarining tо‘garak
qatnashchilari ongida yuksak ma’naviy-axloqiy vazifalar milliy hunarmandchilik
asosida mujassamlashgan bо‘lishi kerak. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari
tо‘garak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning sо‘nggi
yutuqlaridan habardor qilib turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar
bilan band qilish muhim о‘rin tutadi. Tо‘garak qatnashchilarida mustaqillik
tushunchasi shakllangan bо‘lishi, ular Davlatimiz ramzlari, madhiyasi, urf-
odatlarimizni, milliy kiyim tarixini bilishlari shart. О‘quvchi qaysi tо‘garakka
qatnashishidan qat’iy nazar, shu kasb yoki hunar tо‘g‘risida boshlang‘ich
kо‘nikmalarga ega bо‘lishi lozim. Sinfdan va maktabdan tashqari muassasa
tarbiyachilari jamoasi oldida doimo tо‘garak a’zolariga umuminsoniy axloq
qoidalari, milliy hunarmandchilik asosida hayot kechirishni о‘rgatishdek muhim
vazifa turadi.
Shunday ekan, maktabdan va sinfdan tashqari ta’limni rivojlantirish, uning
tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun
quyidagilarni amalga oshirish kerak:
- ta’lim berish va kamol toptirishga yо‘naltirilgan xizmatlar kо‘rsatuvchi
muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va bunday xizmatlar turini kо‘paytirish;
- milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg‘or tajribani
inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;
- tо‘garak a’zolarining bо‘sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan xalq
hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari
va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish.
259
Hozirgi vaqtda pedagogik va axborot texnologiyasi qonuniyatlari asosida
pedagog olimlarimiz maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishning turli shakl va
metodlarini ishlab chiqish yо‘nalishida tegishli tadqiqotlarni olib bormoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |