Kasbga yо‘naltirish bosqichlari mazmuni.
Umumiy о‘rta ta’lim
maktablarini bitirgan о‘quvchilarning taxminan 90% kasb-hunar kollejlariga, 10%
esa akademik litseylarga о‘qishga borishlari mо‘ljallangan. Bunday ijtimoiy
talablarni qondirish maqsadida maktabda kasbga yо‘naltirish yuzasidan olib
boriladigan ishlarni mazmunan yangilash, izchil yо‘lga qо‘yish zarurligi yuzaga
kelmoqda. Dars jarayonida xalq hо‘jaligida bevosita ishlab chiqarish bilan
mashg‘ul mehnat ahllariga hurmat va izzat tuyg‘ularini singdirib borishga alohida
e’tibor qaratish lozim.
Kasb-hunarga yо‘llash bо‘yicha olib boriladigan ishlarning barcha shakl va
metodlari о‘quvchilarning maqsadli ravishda kasb tanlashlariga xizmat qilishi
lozimdir.
Maktabda kasb-hunarga yо‘naltirish ishlarini yо‘lga qо‘yishda an’anaviy
amaliy mashg‘ulot, suhbat, dialogli munozaralar bilan birga pedagogik о‘yin,
konferensiya, mustaqil fikrlar, mahalla, ishlab chiqarish korxonalarining jamoalari
bilan birgalikda о‘tkaziladigan tadbirlar kabi yangi pedagogik texnologiya
elementlaridan unumli foydalanish tavsiya etiladi.
Umumiy о‘rta ta’lim davlat standartlariga asosan maktabda kasbga
yо‘naltirish bо‘yicha mashg‘ulotlar 8-9 sinflarda amalga oshiriladi. 8-sinfda
kasblar haqida “О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yо‘nalishlari,
kasblar va ixtisosliklar tasniflagichi” asosida axborot berish davom ettirilishi bilan
bir qatorda о‘quvchilarga kasb egallash yо‘llari, kasb tanlashda tibbiy
nomuvofiqliklar, kasbga yaroqlilik va hokazolar tushunchalari berib boriladi.
Maktabda о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish birgina mehnat ta’limi
о‘qituvchisining ishi emas, balki butun maktab jamoasining, mahalla, ota-onalar,
jamoatchilikning birgalikdagi ishidir. Maktabda fan о‘qituvchilari mavzuni yoritish
jarayonida kasblar bilan bog‘lab о‘tishsa, maktab psixologi va rahbariyati
286
о‘quvchilarning individual qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda ta’lim-
tarbiya ishlarini olib borishsagina о‘quvchilarga kasb tanlashlarida kо‘mak bergan
bо‘lishadi. Shu bilan birga takrorlash zarurki, magistrlar О‘zbekiston
Respublikasida yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy о‘zgarishlar, “Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi”ning qabul qilinishi о‘quvchi yoshlarni va aholini kasb-hunarga
yо‘naltirish tizimini takomillashtirish – ish о‘rinlarini bо‘shab qolish jarayonlari
jadallashadigan va ishchilarning malakalariga qо‘yiladigan sifat talablari oshib
borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
Aholini
ratsional
va
samarali
bandligini
ta’minlashdagi kasb-hunarga
yо‘naltirishning asosiy roli shundan iboratki, yoshlar va aholi tomonidan kasbning
ongli va ilmiy asoslangan tanlovi ularni mehnat faoliyatida yuqori natijalarga
erishishda zamin yaratadi, iqtisodiyot sohalaridagi kasb-hunarga bо‘lgan mavjud
ehtiyojlarni hisobga olgan holda mehnat resurslarini oqilona taqsimlaydi hamda
insonlarning ish qidirish, ta’lim va kasbiy faoliyat turini tanlashlaridagi zо‘riqish
holatlarini oldini olishga yordam beradi.
Bu borada asosiy yо‘nalish qilib, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
tо‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, halqaro mehnat
tashkilotining Nizomlari, konvensiyalari va takliflar, bir qator boshqa hujjatlar,
shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning bu sohadagi ishlarining amaliy tajribalari
asos qilib olindi.
Kasb-hunarga yо‘naltirish ishlari О‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi
vazirligining о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish va psixologik-pedagogik
tashxis Markazlari tomonidan bosqichma-bosqich va muntazam ravishda amalga
oshirilmoqda.
О‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan rasmiy jihatdan qabul qilingan
qarorlardan birida о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish yuzasidan umumiy
qoidalarda quyidagilar ta’kidlangan:
1.
О‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis
markazi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi
203-sonli “О‘zbekiston Respublikasida umumiy о‘rta ta’limni tashkil etish
287
tо‘g‘risida”gi Qaroriga asosan tashkil etilgan.
2.
О‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish va psixologik-pedagogik tashhis
markazi har bir tuman, shahar xalq ta’limi bо‘limlari tuzilmasida, о‘z hududlari
doirasida bolalar rivojlanishiga psixologik-pedagogik jihatdan tashhis qо‘yish,
ularning qobiliyati va moyilligini aniqlash, bolani 6 yoshdan boshlab maktabga
qabul qilish tо‘g‘risida tavsiyanomalar berish, о‘quvchilarni har yili tibbiy-
pedagogik tekshirishlardan о‘tkazish, bolalarga va ota-onalarga о‘quvchilarni
о‘qitishda, tarbiyalashda va ijtimoiy moslashtirishda psixologik-pedagogik yordam
kо‘rsatish, shuningdek, maktab о‘quvchilariga, ularning qobiliyatlarini, kasb-
hunarga moyilliklarini, qiziqishlarini va kо‘nikmalarini hisobga olgan holda,
akademik litsey yoki kasb-hunar kollejidagi ta’lim yо‘nalishini tanlashda
kо‘maklashish maqsadida tuzilgan.
О‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish va psixologik-pedagogik tashhis
markazi va u orqali boshqa tashkilotlarning ilmiy-metodik rahbarligida:
-
о‘quvchilarning kasb-hunarga layoqat yо‘nalishlari va qobiliyatlari
darajasini tashhis etish ishlarini maktablarda muntazam ravishda olib borilishini;
-
har bir о‘quvchi haqida uning qiziqishlari, intilish va layoqatlari, erishgan
yutuq va kamchiliklari, aqliy va umumiy rivojlanishi haqidagi kо‘p yillik
psixologik va pedagogik tashhis ma’lumotlari bankini tashkil etilishi, tartibga
keltirilishi, maxsus daftar va dasturlar yordamida qayd etib borilishini;
-
Kasb-hunar klassifikatori va hududda mavjud bо‘lgan о‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi yо‘nalishlari bо‘yicha axborot tо‘playdi va targ‘ibot qilishni tashkil
etadi.
Maktab pedagogika kengashi bilan birgalikda attestatsiya yakunlariga kо‘ra 9
sinflarning bitiruvchilari о‘qishni akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida
davom ettirish tо‘g‘risida asosli tavsiyanomalar beradi.
Yangi tashxis metodikalarining yaratilishida, sinab kо‘rilishida tajriba
maydonchasi vazifasini о‘taydi, metodik va ommabop qо‘llanmalar yaratishda
ishtirok etadi.
288
Markaz ta’lim muassasalarining tibbiy-sanitariya holatini nazorat etadi,
ularning tegishli mutaxassislar bilan ta’minlanishida xalq ta’limi va sog‘liqni
saqlash bо‘limlari, maktablar rahbariyati bilan hamkorlik qiladi, davriy ravishda
ularning hisobotlarini talab etadi, davlat va jamoatchilik tashkilotlari bilan
bajarilishi lozim bо‘lgan faoliyatlarni muvofiqlashtiradi.
Ta’limda iqtidorli bolalarning rivojlanishini maktab psixologlari orqali
nazorat qiladi, iste’dodli deb topilgan о‘quvchi-yoshlarning hududiy bankini
yaratadi. Ularning ijtimoiy-oilaviy muhiti haqida ma’lumotlar yig‘ishni tashkil
qiladi, intellekt kо‘rsatkichlarini, kasb-hunarga moyilliklarini, qiziqishlarini va
kо‘nikmalarini hisobga oladi, ehtiyojga qarab tegishli metodik, psixologik, tibbiy
yordam usullarini qо‘llaydi.
Markaz о‘z hududi doirasidagi yashovchi bolalar orasidan jismonan zaif va
aqliy rivojlanishida nuqsoni bо‘lganlarni nazoratga oladi, ular haqida alohida
ma’lumotlar bankini yaratadi, maktab jamoasi, ota-onalar bilan hamkorlikda ularga
oilada, shuningdek tegishli maxsus ta’lim muassasalarida bilim olishlari uchun
tavsiya beradi, ularga metodik, psixologik va tibbiy yordam berishni tashkil qiladi.
Maktablar va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida bolalar va
yoshlarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishda, kasb-hunarga yо‘naltiruvchi
tadbirlarning о‘tkazilishida metodik va amaliy yordam beradi, qilingan ishlar
natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi. О‘z hududi doirasida mutaxassislarga
bо‘lgan ehtiyojni Mehnat vazirligining bо‘linmasi orqali oladi, о‘rganadi va zarur
bо‘lgan kasb-hunarlar haqida maktablardagi kasb-hunarga yо‘naltiruvchi
mutaxassislar bilan maxsus kechalar, suhbat va kо‘rik-tanlovlar, turli musobaqalar
uyushtirishda yordam kо‘rsatadi.
Yilda bir marta hududdagi maktab о‘quvchilarini tibbiy kо‘rikdan о‘tkazishda
tuman,
shahar
sog‘liqni
saqlash
bо‘limlari
faoliyatlarini
maqsadli
muvofiqlashtiradi, jismonan zaif, kasal bolalarni sog‘lomlashtirish ishlarining
nazoratini maktab tibbiy xodimlari, ota-onalar, jamg‘armalar, kasaba uyushmalari
va boshqalar bilan birgalikda amalga oshiradi.
289
I-IV sinflarning о‘quvchilari kasb tanlashdan hali uzoq turadilar. Biroq ular
о‘rtasida tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilgan kasb tanlash ishi shunday bir negiz bо‘lishi
kerakki, yuqori sinflardagi о‘quvchilarning kasbga bо‘lgan qiziqishlari, о‘y va
niyatlari keyinchalik shu negiz asosida rivojlanadigan bо‘lsin.
Barcha kasblar uchun zarur va muhim bо‘lgan shaxs xislatlari bor, bular-
mehnatsevarlik, hamma kasb va mutaxassislikdagi mehnat ahliga nisbatan hurmat-
ehtirom, mehnat qilish zarurligini tushunish va anglash, о‘z ishini rejalashtira va
nazorat qila bilish, ish joyini tо‘g‘ri tashkil qilish, ish batartib va intizomli bо‘lish,
toqatlik, sabotlilik, topshiriqni bajarishning eng oqilona usulini tanlab ola bilish,
materiallar hamda vaqtni tejash va shu kabilardir. Ana shu xislatlar va
fazilatlarning hammasini bolalarda birinchi sinfdan boshlab shakllantirish lozim.
Bolalarni kasblar olamiga asta-sekin olib kirish, ularni shu olamda mо‘ljal
olishga о‘rgatish zarur. О‘qituvchi о‘quvchini darslarda kuzatish, u bilan
suhbatlashish, bola faoliyati mahsulini tahlil qilish jarayonida uning ba’zi bir
xususiyatlarini, mayllarini payqab oladi, bu xislatlarni rivojlantirish yuzasidan
tegishli ishlarni ado etganlan keyin bular keyinchalik kasbni belgilashda asosiy
omil bо‘lishi mumkin.
Bolaning kasbiy muhim xislatlarini barvaqt aniqlash esa keyinchalik unga о‘z
xususiyatlariga qarab kasbni tо‘g‘ri tanlash, uni muvaffaqiyatli ravishda
о‘zlashtirish, mehnatda yuksak natijalarga erishish imkonini berishi mumkin.
Kо‘pgina olimlar о‘tkazgan tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, maktab
о‘quvchilarining taxminan 30 foizida tanlangan kasbga nisbatan barqaror
qiziqishlar boshlang‘ich sinflardayoq shakllanar ekan. О‘qituvchining vazifasi -
о‘quvchilarning qiziqishlarini mumkin qadar oldinroq aniqlashdan va jamiyat
talab-ehtiyojlariga muvofiq shu qiziqishlarini rivojlantirishdan, inson shaxsini har
tomonlama uyg‘un kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Mehnat ta’limi darslari kasbga yо‘naltirish ishini olib borish uchun alohida
imkoniyatlarga ega. Buni mehnat darslari kasbga yо‘naltirishga qaratilgan
yо‘lining tahlil misolida ham kо‘rish mumkin. I-IV sinflarda mehnat ta’limining
asosiy maqsadlaridan biri-о‘quvchilarda inson uchun mehnat birinchi zaruriyat,
290
ijtimoiy burch ekanligiga, har qanday kasbni egallash uchun mustahkam va chuqur
bilimlar kerakligiga ishonch hosil qilishdan iborat. Mehnatga muxabbatni va
ishlash istagini faqat mehnatda tarbiyalash mumkin. shu boisdan ham mehnat
ta’limi darslarida qariyb 80 foiz vaqt amaliy ishlar uchun ajratilgan.
Shu bilan birga darslarda bolalar odamlar mehnat faoliyatining asosiy sohalari
bilan, ularning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirishga kо‘maklashuvchi
sanoat va qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishiga oid eng kо‘p tarqalgan kasblar bilan
tanishtiriladi. О‘qituvchi ilgari tuzgan kasbga yо‘naltirish rejasiga muvofiq tarzda
dars reja-konspektini yoza turib, kasbga yо‘naltirish darsi oldiga maqsad qо‘yib,
kasbga yо‘naltirishga oid ma’lumotlarni unga kiritadi. Bu esa biron-bir kasb,
asbob, ishlab chiqarish texnologiyasi, muayyan mehnat operatsiyalarini
о‘rgatishdan, kasb jihatidan muhim xislatlarini tarbiyalashdan, о‘quvchilarni ilgari
belgilangan reja asosida о‘rganishdan yoki ana shu tarkibiy qismlarning hammasini
qо‘shib olib borishdan iborat bо‘lishi mumkin.
Quyi sinflarning о‘quvchilari xilma-xil materiallar (qog‘oz, karton, tabiiy
materiallar, tunuka, sim, yog‘och, fanera, plastmassa, tolali materiallar) bilan ish
kо‘radilar, ular ishlashga oid о‘zlariga bop, ma’qul bо‘lgan operatsiyalarni
о‘rganadilar. Ular texnik va texnologik tusdagi masalalarni yechishni о‘rganadilar,
turli materiallar hosil qilish va qо‘llanish ishini, bu materiallarning odamlar
turmushidagi ahamiyatini bilib oladilar, u yoki bu texnologik opratsiyalarni
bajarish uchun mо‘ljallangan eng oddiy asboblardan foydalanish yо‘llari bilan
tanishadilar va foydalanishni о‘rganadilar, tegishli kasblar tо‘g‘risida ma’lumotlar
oladilar. Chunonchi, о‘quvchilar uchun ishlab chiqilgan (transport) konstruktori
bolalarni 18 xil turli transport mashinalari va kasblar bilan tanishtirish imkonini
beradi.
О‘quvchilar qurilish konstruktori bilan ishlab, qurilish kasblari, ularning
muhimligi va zarurligi tо‘g‘risida, qurilish bilan bog‘liq bо‘lgan odamlar
mehnatining mazmuni haqida ma’lumotlar oladilar, qurilish obyektlarini
modellashtirishni о‘rganadilar. Bu ishlar bolalarda texnik tafakkurni, makonga oid
291
tasavvurlarni, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi, ularda quruvchi
mehnatiga hurmat bilan qarash hissini tarbiyalaydi.
О‘quvchilar chorvachilik kasblari bilan ham tanishadilar, hayvonlarni tо‘g‘ri
parvarish qilishni о‘rganadilar.
О‘qituvchining о‘quvchilarda yerga omilkorlik bilan qarash hissini
shakllantirishi, qishloq xо‘jaligidagi mehnat tо‘g‘risida tо‘g‘ri tasavvur berishi, о‘z
mehnati va о‘z jamoasi mehnati natijalaridan xursand bо‘lishni о‘rgatishi
muhimdir. Shu boisdan ishni shunday rejalashtirish kerakki, bolalar chorva
mollarni parvarish qiladigan, hosilni yig‘ishtirib oladigan, mehnat natijalarini
hisob-kitob qiladigan bо‘lsinlar. Bunday hollarda bolalarning ishga qiziqishi
kuchayadi va kasbga yо‘naltirish ishi alohida mazmun kasb etadi.
Yuqori sinflarda о‘quvchilar kasblar bilan professiogrammalar yordamida
tanishadilar. kichik yoshdagi о‘quvchilar uchun esa hiskoya qilib berish, suhbatlar
о‘tkazish, kasb namoyondalari bilan uchrashish, diafilmlar, kinofilmlar kо‘rish,
albomlarni kо‘zdan kechirish, sayohatlar о‘tkazish kо‘proq maqbuldir.
Bu sohada olib borilayotgan barcha ish shakllaridan suhbat о‘tkazish
hammadan kо‘p foydalanilmoqda. Suhbat bolalarning faol ishtirokida о‘tishi
muhimdir. Shu maqsadda о‘qituvchi kasblar tо‘g‘risida, ayniqsa ota-onalari,
qarindoshlari yoki tanish-bilishlari mazkur kasblari haqida ma’lumotlar tо‘plash
yuzasidan о‘quvchilarga topshiriqlar berishi mumkin. suhbatlar hikoya qilib berish,
fotosuratlarni namoyish qilish, ta’limning texnik vositalarini qо‘llanish bilan
tо‘ldirishi mumkin. Informatika va hisoblash texnikasi imkoniyatidan foydalanish
ayniqsa muhimdir.
Darsning amaliy qismi mazkur kasbdagi odamlarning mehnati bilan bog‘lansa
ayni muddao bо‘lur edi. Masalan, “Tolali materiallar bilan ishlash” bо‘limini
о‘rgana turib, о‘quvchilar bichiqchi kasbi bilan tanishadilar; turli choklash ishlarini
bajarib, tugmalar qadab, kiyimlarni mayda tuzatish ishlarini ado etib, olgan
ma’lumotlarini mustahkamlaydilar.
О‘quvchilarni dasturda kо‘zda tutilgan kasblar bilan tanishtirishdan tashqari
kasbini targ‘ib qilish, ya’ni bolalarni ushbu hudud uchun zarur bо‘lgan kasblar
292
bilan tanishtirish, ularda yana shu kasblarga nisbatan hurmat-ehtiromni tarbiyalash,
shu kasblarning jozibali jihatlarini ochib berish lozim.
Bu borada darslardan tashqari о‘quv dasturida kо‘zda tutilgan korxonalarga
qilinadigan ekskursiyalar katta rol о‘ynashi mumkin.
Kasbga yо‘naltirish ishiga kompleks yondashish о‘quvchilarni har tomonlama
о‘rganishni ham kо‘zda tutadi. Bu tadbir о‘quvchilar buyon ishlashning tо‘g‘ri
shakllari va metodlarini qidirib topishga yordam beradi. О‘rganishni metodlar
bilan о‘tkazish, eng muhimi - bu ishni muntazam ravishda va sobitqadamlik bilan
amalga oshirish kerak.
Kuzatish - о‘quvchilarni о‘rganishning keng ommalashgan metodidir. Bu
metod muayyan maqsadni kо‘zlaydi, ish reja asosida olib boriladi, kuzatishning
yakunlovchi natijalari qayd qilinadi. Mehnat ta’limi darslari kuzatish о‘tkazish
uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Diagnostik suhbatlar о‘tkazish ham qо‘llaniladi. Bunday suhbatlar yakka
tartibda yoki jamoa tarzida о‘tkazilishi mumkin.
Quyi sinflarda о‘tkaziladigan mehnat darslarida о‘quvchilar faaoliyati
natijalarini tahlil qilish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud. Chunki mehnatning
turli obyektlarini tayyorlash chog‘ida har bir bolaning shaxsiy xususiyatlari g‘oyat
ravshan namoyon bо‘ladi: bir xil bola texnik konstruktorni yaxshi biladi, ikkinchi
xil bola tikishda mahorat kо‘rsatadi, uchinchi xil bola esa maktab uchastkasida о‘z
qobiliyatlarini namoyon etadi va h.k. О‘quvchilarning hujjatlarini va amaliy ish -
xarakatlarini tahlil qilish ham bola shaxsini о‘rganishda о‘qituvchiga yordam
berishi mumkin.
О‘quvchilarning shaxsini о‘rganish ularni tarbiyalash bilan chambarchas
bog‘liqdir. О‘qituvchi о‘quvchining alohida xususiyatlarini payqab, unda mavjud
iste’dod nishonlarini rivojlantirish metodlarini topa olishi, uning xulq-atvoridagi
salbiy jihatlarini bartaraf etishi mumkin va h.k. Ba’zi bolalarda kasbga moyillik
yaxshi namoyon bо‘ladi, kо‘pchilik bolalarda bu narsa birdaniga aniqlanmaydi.
О‘qituvchining boladagi iste’dod nishonalarini aniqlashi, bularni qobiliyatini
rivojlantirish va shakllantirishda kо‘maklashimni muhimdir.
293
Yuqorida ta’kidlab о‘tilganidek, kasbga yо‘naltirish ishi - о‘quv jarayonining
uzviy tarkibiy qismidir. Quyi sinflardan boshlanadigan bu ish jamiyat uchun zarur,
har bir kishining xususiyatlariga mos kasblarga barqaror qiziqishni tarbiyalashga
yordam beradi. Mehnatga qiziqishning mavjudligi va mehnat qilishga shaylik-
shaxs yetukligining eng muhim kо‘rsatkichlaridan biridir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ish о‘quvchilarni kasb-korni ongli ravishda
tanlashga, ularni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, moddiy ishlab chiqarish,
fan, texnika borasida va shu kabi sohalarda ularda ishga qiziqishni shakllantirishga
kо‘p jihatdan yordam beradi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda olib borilayotgan kasbga yо‘naltirish ishida
о‘quvchilarning yosh va bilish xususiyatlariga qarab bir necha bosqichni kо‘rsatib
о‘tish mumkin.
Birinchi bosqich (I-IV) sinflarning о‘quvchilari bilan ishlash - moddiy ishlab
chiqarish sohasida mehnat bо‘lgan ijtimoiy qiziqishlarni shakllantiradi,
о‘quvchilarda umuman mehnatga ijobiy munosabatda bо‘lishni, eng muhimi -
jismoniy mehnatga shunday munosabatda bо‘lishni, ishchi degan nomni hurmat
qilishni, qо‘lidan keladigan о‘z mehnati bilan atrofdagi kishilarga quvonch
bag‘ishlashga va bundan ma’naviy qoniqish olishga intilishni shakllantiradi.
Bu boradagi ishlar oldindan tuzilgan reja asosida olib boriladi. Bu rejaga
muvofiq ekskursiya uyushtirish eng ommalashgan kasblar tо‘g‘risida qishloq
maktablarining о‘quvchilari uchun jamoa xо‘jaligida, shahar maktablarining
о‘quvchilari uchun korxonalarda, ota-onalarning ishlari va ularning mehnatda
erishgan muvaffaqiyatlarida suhbatlar tashkil qilish kо‘zda tutiladi.
Ekskursiyalar
chog‘ida ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan
odamlarning mehnatiga, xom ashyodan tayyor mahsulot olishga berayotgan
mehnat qurollariga asosiy e’tibor beriladi, jamiyat va ayrim odamlar turmushida
mehnatning roli о‘qtirib о‘tiladi.
Ikkinchi bosqich (V-VII) sinflarning о‘quvchilari bilan ishlash - biron ish
qilishga undaydigan bosqich. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayonida о‘quvchilarda
bilishga bо‘lgan qiziqish, odatda, kasbga bо‘lgan qiziqishdan oldin shakllanadi.
294
Shu boisdan ushbu bosqichida kasbga yо‘naltirish sohasida olib borilayotgan ishda
о‘quvchilarda ish turlari (texnika bilan ishlash, tabiat obyektlari va shu kabilar
bilan ishlash) ni bilishga bо‘lgan qiziqishni uyg‘otish muhimdir. Kasbga
yо‘naltirishning ana shu bosqichida texnikaga va mehnatga (texnika ijodkorligi va
qishloq xо‘jalik tajribachiligiga) oid sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, viktorinalar,
о‘yinlar katta rol о‘ynashi lozim. Bu bosqichda о‘quvchilarda ijtimoiy
maqsadlarning shakllanishi davom etadi, shu bilan birga kasbga yо‘naltirish ham
boshlanadi.
Uchinchi bosqich (asosan VIII-IX) sinflarning о‘quvchilarini qarab oladi - bu
bosqichida о‘quvchilar о‘z kuchlarini konkret mehnatda tekshirib kо‘radilar,
о‘quvchilarning kasbga bо‘lgan qiziqishlari va mayllari yanada shakllanadi.
О‘quvchilar bu bosqichdaо‘z kasbiy niyatlarining birmuncha umumiy kasblar
bо‘yicha amaliy kо‘nikma va malakalar bilan mustahkamlaydilar. Bu bosqich
konkret kasbni tanlash, uni о‘zlashtirish yо‘llarini belgilash bilan tugaydi.
О‘quvchilarni qiziqishlari (predmetlar, predmet-texnika, ishlab chiqarish-texnika
va shu kabilar) bо‘yicha tо‘garaklarda ishlashi ushbu bosqich uchun diqqatga
sazovordir.
Dostları ilə paylaş: |