Kasbga yо‘naltirish ishlariga qо‘yiladegan talablar. Maktabdan tashqari
tashkilotlarga ekskursiyalarni tashkil qilish, ommaviy axborotlarning ahamiyati.
О‘quvchilarni kasbga yо‘naltirish ishini amalga oshirishda о‘qituvchilar va
sinf rahbarlari; Yoshlar Ijtimoiy harakati bо‘limi tashkiloti; ota-onalar qо‘mitasi
kengashi; tо‘garaklarning rahbarlari bevosita ish olib boradilar.
Maktabdan tashqari muassasalar, odatda, qiziqishlari va mayllari yetarli
darajada namoyon bо‘lgan bolalarni birlashtiradi. Bunday bolalarda ijodkorlik va
tashabbus ruhi ustunlik qiladi, ular amaliy faoliyatining xususiyati esa muayyan
ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Maktabdan tashqari muassasalar (о‘quvchilar uyi,
bolalar kutubxonalari, yosh tabiatshunoslar va yosh tajribachilar texnika
stansiyalari, yoshlar klublari, kashfiyotchilar uyushmalari va shu kabilar) kasbga
yо‘naltirish umumiy ishi tizimida faol qatnashadilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishda о‘quvchilarning maxsus qiziqishlari
shakllanadi va ularning qobiliyatlari rivojlanadi. Bular umumiy ta’limni va mehnat
320
politexnik ta’limini tо‘ldiradi, о‘quvchilarda kasb tanlashning ijtimoiy ahamiyatga
molik asosli sabablarini shakllantirishga yordam beradi, xalq xо‘jaligi turli
tarmoqlari bilan tanishishni kengaytiradi, о‘quvchilarni qiziqtiradigan kasblar va
mutaxassisliklarni, avvalo, о‘z tuman, viloyatidagi kasblar va mutaxassisliklarni
chuqur bilib olishga imkon beradi. Kasbga yо‘naltirish bо‘yicha fakultativ kurs
kasbga oid ma’lumot olish, uzil-kesil kasb tanlash, real ishga joylashish masalalari
yuzasidan о‘quvchilarga maslahat berish imkoniyatlarini kengaytiradi.
О‘quvchilarni kasbga yо‘naltirish ishi shakllarini bir qancha belgilariga qarab
quyidagicha tavsiflash maqsadga muvofiqdir:
a. О‘tkazilayotgan tadbirlarda qatnashadigan о‘quvchilar soniga qarab:
1. Bir necha parallel sinflar, aralash sinflar qatnashadigan tadbirlar.
2. Yakka tartibda о‘quvchilar qatnashadigan tadbirlar.
b. Tashkil etish usullariga qarab:
1. Yalpi tadbirlar – ma’ruzalar, yig‘ilishlar, konferensiyalar, olimpiadalar,
videofilmlarni kо‘rish; tematik kechalar, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan
о‘tkaziladigan uchrashuv kechalari; kasb bо‘yicha kalendarь kunlari.
2. Guruhda о‘tkaziladigan tadbirlar – ekskursiyalar, maslahatlar, kasblar
bо‘yicha tanlovlar, yosh texniklarning musobaqalari, korxonalar va etakchi kasblar
bilan tanishish maqsadida jonajon о‘lka boylab sayyohlik yurishlari.
3. Yakka tartibda о‘tkaziladigan tadbirlar – kasb haqida maslahat beriladigan
suhbatlar, kasblar tо‘g‘risida tavsiya etilgan kitoblarni о‘qish, uchrashuvlar,
konstruktorlik, tajriba ishi yuzasidan yakka tartibda beriladigan topshiriqlar;
о‘quvchini qiziqtiradigan fan va texnika sohasini chuqurlashtirish va rivojlantirish
maqsadida qо‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash.
v.
Mazmun manbalariga qarab:
Kasblar bilan tanishtirish; sayohatlar, malakali ustozlar va mutaxassislar bilan
uchrashuvlar, о‘qituvchining hikoyasi yoki suhbati, kinolardan parchalar,
fotosuratlar, rо‘znoma va oynomalardan olingan maxsus materiallarni namoyish
qilish uchun kompyuter vositalardan foydalanish; taklif qilingan ishlab chiqarish
mutaxassisining suhbati; kasblar haqidagi ma’lumotnomalar bilan tanishish;
321
mehnat va ishlab chiqarish ta’limi bilan bog‘liq kasblar tо‘g‘risidagi hikoyalarni
о‘qish; mutaxassislar bilan suhbatlar о‘tkazish yordamida axborot materiallarini
tо‘plash; fotosuratlar, fotoalbomlar kо‘rsatish; ishlab chiqarish sharoitida malakali
mutaxassislar kasbiy faoliyati tо‘g‘risidagi kinofilmlarni namoyish qilish; bazaviy
xо‘jalikda ishlab chiqarish tajribasi vaqtida kasblar bilan tanishish.
g. Kasbga yо‘naltirish tadbirlarini royobga chiqarish vositalari bо‘yicha:
«О‘qish uchun qayerga kirish kerak» ma’lumotnomasini nashr etish, kasblar
va kasb-hunar kollejlari haqidagi plakatlar, e’lonlar, reklama varaqalari; mazkur
iqtisodiy tumanda mavjud kasblarning qisqacha tavsiflari bо‘lgan tо‘plamlar;
«Mehnat yо‘lini tanlash», «Mening kasbim - eng yaxshi kasb» mavzusidagi
videofilmlar; reklama qilinadigan televizion filmlar, sexlar, о‘quv yurtlaridan
olingan televizion reportajlar; kasblar va musobaqa ilg‘orlari tо‘g‘risida
radioeshittirishlar, kasb-hunar kollejlarida yoshlarining turmush va о‘qishi haqida
hikoya qiluvchi Respublikamiz va mahalliy rо‘znomalarda bosilgan maqolalar;
shahar
kinoteatrlari
foyelarida,
supermarketlarning
vitrinalarida,
katta
kо‘chalarning chorrahalarida kasblarni targ‘ib qiluvchi bannerlar va kо‘rgazmalar;
kо‘chalar va maydonlardagi yoshlarni kasb-hunar kollejlariga о‘qishga kirishga
da’vat etuvchi yorqin buyoqli chaqiriqlar.
Maktab kasbga yо‘naltirish ishi tizimini tarkib toptirish hali nihoyasiga
etkazilgani yо‘q. Kasbga yо‘naltirish tizimi tarkibiy tuzilishi kasbga yо‘naltirish
maqsad va vazifalarini; maktab ta’limi bosqichlari bо‘yicha uning mazmunini;
bazaviy korxonalar, ota-onalar jamoatchiligi ishtirokida kasbga yо‘naltirish
ishining yо‘nalishlarini; kasbga yо‘naltirish tadbirlarini amalga oshirish shakllari,
metodlari va vositalarini; muayyan ishchi kasblari bо‘yicha unumli mehnatda
maktab yoshlari ishtirokining aniq yо‘llarini о‘z ichiga olishi lozim.
Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirishni
rivojlantirish quyidagicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, bular:
I. Bozor iqtisodiyoti tarmoqlari bilan umumiy tanishtirish.
II. Ishlab chiqarish texnikasi, texnologiyasi va iqtisodiyotini umuman
о‘rganish.
322
III. Kasblarniig asosiy guruhlari bilan tanishtirish.
IV. Viloyat, tuman xо‘jaligi biron tarmog‘ining, bazaviy qо‘shma-
korxonaning tanlangan kasbini dastlabki egallash bosqichlaridir.
Kasbga yо‘naltirish
maktab tizimining asosiy tamoyillari sifatida
quyidagilarni kо‘rsatish mumkin:
a) kasbga yо‘naltirish har tomonlama kamol topgan, faol shaxsni
shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayonning rejali ravishda amalga
oshiriladigan uzviy qismi sifatida;
b) ijtimoiy ishlab chiqarishning haqiqiy talabi asosida mehnat yо‘lini
tanlashning shaxsiy va ijtimoiy muammosini tо‘g‘ri hal qilish;
v) kasbga yо‘naltirishning og‘zaki metodlarini atrof-tevarakdagi korxonalar
yetakchi kasblari asoslarini egallash borasidagi aniq amaliy harakatlar bilan
qо‘shib olib borish;
g) maktabdagi barcha darslarda yuqoriga kо‘tarilib boruvchi chiziq bо‘yicha
kasb ta’limi va kasbni targ‘ib qilishning pog‘onali tuzilishi;
d) maktab, oila va ishlab chiqarishning birgalikdagi kuch-g‘ayratlari bilan
ishchi kasblariga qiziqishni tarbiyalashning faol metodlari.
Namunaviy dastur talablariga muvofiq har bir о‘quv fani bо‘yicha darslar
mazmunini hisobga olib, kasbga yо‘naltirishni sinfdan sinfga rejalashtirish
masalalari eng murakkab ishdir.
Ommaviy maktablarda kasbga yо‘naltirishning amaliy vazifalarini hal
qilishga tizimli yondashish usuli qо‘llaniladi. Kasbga yо‘naltirishning sinflar
bо‘yicha asosiy mazmuni quyidagicha bо‘lishi mumkin:
Boshlang‘ich sinflarda:
atrof-tevarakdagi mahalliy ishlab chiqarish
korxonalari va tabiatdan foydalangan holda mehnat faoliyati turlari bilan
tanishtirish.
О‘rta sinflarda:
umumiy ta’lim turkum о‘quv fanlari darslarida og‘zaki
metodlar yordami bilan hamma ishlarni о‘z ichiga oladigan va birga qо‘shilgan
kasblarning asosiy guruhlari bilan, mehnat ta’limi darslarida esa metallga ishlov
323
berish, elektrotexnika, yog‘ochga ishlov berish kasblari mehnat usullari bilan
kо‘rgazmali tanishtirish.
Yuqori sinflarda:
aniq ishchi kasblari asoslarini egallagan xolda ishlab
chiqarishning muayyan sohalari negizida kasbga yо‘naltirish.
Shunday qilib, kо‘rib chiqilgan tarzdagi kasbga yо‘naltirish maktab tizimi
mazkur muammoning hamma jihatlarini qamrab olish imkonini yaratadi, hozirgi
sharoitda tuman, shahar, viloyat va respublika doirasida yangi iqtisodiy tafakkur
asoslarini hal qilishni hisobga olib, uni takomillashtirish yо‘llarini belgilashga
yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |