Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Kurs ishini bajarish yuzasidan kо‘rsatmalar



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Kurs ishini bajarish yuzasidan kо‘rsatmalar 
Kurs ishining tuzilishi 
Kirish.
Masalaning dolzarbligi; mavzuga doir adabiyotlar tahlili; ilmiy- tadqiqot 
metodlari. 
Asosiy qism: 
1-bо‘lim. Mavzuning ilmiy-nazariy asoslari. 
2-bо‘lim.Mavzuni yoritish metodikasi va pedagogik texnologiya metodlari 
asosida dars ishlanmasi.
3-bо‘lim. Tajriba-sinov о‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari. 
Xulosa. Ilmiy izlanishdan olingan natijalar yuzasidan fikr va mulohazalar. 
Foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar rо‘yxati. 
Kurs ishini bajarish bosqichlari va uni himoya etish tartibi 
1.
Mavzuni tanlash. Kurs ishi rejasini tuzish va uni tasdiqlash. 
2.
Adabiyotlarni о‘rganib tahlil qilish. 
3.
Kurs ishi mavzusi yuzasidan ilg‘or pedagogik ishlarni о‘rganish. 
4.
Olingan ma’lumotlarni jadval va sxemada ishlab chiqish. 
5.
Kurs ishi himoyasida kafedra о‘qituvchilari ishtirok etadi. 
6.
Kurs ishini baholashda har tomonlama bajargan ishlar hisobga olinadi. 
7.
Kurs ishi rahbari himoya qilingan ishni tahlil qilib, yakunlab beradi. 
8.
Kurs ishi himoyasi taqdimot shaklida namoyon qilinadi. 
9.
Muddatida ulgura olmagan yoki himoya qila olmagan talaba akadem 
qarzdor deb hisoblanadi. 
Kurs ishini himoya qilish tartibi
Oliy ta’lim muassasida bakalavriaturaning tо‘rt yil davomida har bir talaba 
о‘quv rejasiga binoan kamida 4 ta kurs ishi yoki kurs loyihalarini bajaradi. Kurs 
ishlari talabaning professor-о‘qituvchilar rahbarligida bajarilgan mustaqil ishi 
bо‘lganligi uchun uning natijasi, kafedra tomonidan tayinlangan, dekanat 
tomonidan tasdiqlangan uch kishidan iborat komissiyada, avvaldan belgilangan 
reja asosida himoya qilinadi. 


353 
Kafedra tomonidan berilgan topshiriqqa asosan talaba kurs ishlarini tо‘liq 
bajarib, rasmiylashtiradi va kafedraga rasmiy ravishda topshiradi. Shundan sо‘ng 
kurs ishi rahbarining ijobiy taqrizi bilan himoyaga qо‘yiladi. 
Himoyaning о‘tkazilish tartibi quyidalardan iborat:
1. Komissiyaga taqdim etilgan ish komissiya raisi tomonidan e’lon qilinadi 
e’tirozlar bо‘lmasa, muallifga 5-10 daqiqa ishning maqsadi, mohiyati, olingan 
natija va xulosalarni bayon qilishga ruxsat etiladi. 
2. Himoya vaqtida talaba kurs ishlari materiallaridan, grafik tasvirlari va 
qо‘shimcha ma’lumotlardan foydalanishga haqli hisoblanadi. 
3. Himoya rejada kо‘rsatilgan barcha talabalar himoya qilingandan sо‘ng, 
komissiya a’zolari holi qolib, bir qarorga kelinadi va reyting tizimiga asosan 
baholanadi.
4. Sо‘ng himoyachilar, qatnashuvchilarning barchalari taklif etilib qо‘yilgan 
baholar e’lon qilinadi.
5. Qoniqarsiz baholanganlar, akademik qarzdor hisoblanib, dekanat 
belgilangan rejaga asosan yana bir bor himoya qilishlari mumkin. 
6. Komissiyaga topshirilgan kurs ishlari rasmiy ravishda kafedraga sо‘ng 
arxivga kamida 5 yil muddatda saqlash uchun topshiriladi. 
Kurs ishlari 100 balli tizim asosida baholanadi. Kurs ishini bajarishda 55 
balldan kam tо‘plagan talaba akadem qarzdor hisoblanadi. 
№ 
E’tibor beriladigan holatlar 
Ballarning 
vazifalar bо‘yicha 
taqsimlanishi 

Kurs ishining tuzilmasi 


Mavzuning dolzarbligini asoslash 


Maqsadning tо‘g‘ri qо‘yilganligi va yechimga 
erishilganligi 
10 

Mavzuni yoritishda foydalanilgan adabiyotlar 
tahlili 


Mavzuni yoritish metodlarining tо‘g‘ri 
tanlanganligi va tatbiq qilinganligi 
30 

Aniqlangan nazariy ma’lumotlarni amalda 
sinab kо‘rilganligi va asoslanganligi
15 

Dars ishlanmalarini tayyorlashda pedagogik 
25 


354 
texnologiyalarning tо‘g‘ri qо‘llanilganligi 

Olingan yakuniy xulosalarning belgilangan 
maqsadga muvofiqligi

Jami 
100 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin