Pedagogik - metodik
qismni tashkil etuvchi bо‘limlar:
Pedagogik-metodik qismning paragraflarini soni va mazmuni ishni turiga
qarab belgilanadi. Odatda birinchi bobda tadqiqot olib borilgan obyekt bо‘yicha
qisqacha ma’lumot berish bilan birga mavzuning umumiy nazariy masalalari
bо‘yicha mazkur tadqiqot natijalarining amaliyotda tadbiq etilishi mumkin bо‘lgan
muassasaning qisqacha tavsifnomasi berilishi lozim. Mazkur bobda quyidagi
paragraflar о‘zaro mantiqiy izchillikda beriladi:
- kasbiy ta’lim jarayonlarini о‘qitishda zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalarning ahamiyati;
- kasbiy ta’lim jarayoni bо‘yicha fan rivoji va istiqbollarini о‘qitishda elektron
darsliklarning axamiyati;
-
kasb ta’limi muassasalarida ta’lim tarbiya jarayoniga qо‘yiladigan talablar;
369
- texnologik jarayonlar va zamonaviy texnikalarning ishlash mexanizmi
bо‘yicha о‘quvchi-talabalarni mustaqil ijodiy faoliyatining tashkil etishi;
- turli mahsulot ishlab chiqarish uchun texnologik jarayonlarni boshqarish va
ularning omillarini о‘zgartirish uslubiyati bо‘yicha masofadan о‘qitish metodlari;
- turli xom-ashyolarni qayta ishlashdagi о‘ziga xos jixatlarini о‘qitish
jarayonida о‘qituvchining pedagogik madaniyati va kasbiy mahoratining
axamiyati;
-
texnologik uskunalarni tanlash va asoslash usullarini belgilash jarayonida
didaktik vositalardan foydalanishi;
- xom-ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotning sifatini aniqlash va nazorat
qilish bо‘yicha tashkil etiladigan fakultativ va qо‘shimcha mashg‘ulotlar mazmuni;
- mahsulotdagi nuqsonlarning sababini aniqlash va bartaraf etish uslublari
о‘qitish jarayonida qо‘llaniladigan pedagogik-psixologik usullar;
-
kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiya jarayonining tug‘ri tashkil etiluvchisi
va ularda integratsiyalashuv jarayonining amalga oshishi;
- kasb-hunar kollejlarida о‘qitish jarayonida baholashning reyting tizimi;
- kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonlarni boshqarish bо‘yicha tashkil
etiladigan mustaqil ta’lim mazmuni;
- kasb-hunar kollejlarida о‘qitish jarayonida qо‘llaniladigan modellashtirish
va avtomatlashtirish metodlari;
- kasb-hunar kollejlarida о‘qitishning umumiy prinsiplari va metodlari;
- kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonlarni kompyuter grafikasining dasturiy
vositalarini ishlab chiqishi;
-
«inson – texnika – muhit» tizimini loyihalashda inson omili muammolarini
hal qilishning ilmiy asoslari va usullari;
-
texnika obyektlari va jarayonlarini patentga loyiqligi va patentni
chinakamligini tadqiq etishning pedagogik-psixologik asoslashi;
-
о‘lchov vositalarini tekshirish usullari va ularda yul qо‘yiladigan xatolik
chegaralari bо‘yicha meyoriy hujjatlarni yaratishi;
370
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida dars о‘tish
metodikasi;
-
darsni tо‘g‘ri tashkil etish rejasi va unda taqdim etiladigan axborotlarni
integratsiyalash;
- darsning texnologik xaritasi, professiogrammalarga qо‘yiladigan talablar;
- muammoli ta’lim va uni amalga oshirishning о‘ziga xos xususiyatlari;
- pedagogik madaniyat va kasbiy mahorati;
- pedagogik, psixologik va kasbiy yо‘nalishlarda tashkil etiladigan fakultativ
va qо‘shimcha mashg‘ulotlar mazmuni;
- о‘quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish maqsadida
seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida foydalaniladigan muammoli
topshiriqlar mazmuni;
- pedagogik, psixologik va kasbiy yо‘nalishlarda tashkil etiladigan mustaqil
ta’lim mazmuni;
- о‘qitish jarayonida qо‘llaniladigan pedagogik-psixologik usullar;
- о‘quv jarayonida qо‘llaniladigan modellashtirish va avtomatlashtirish
metodlari;
-
dars
jarayonida
qо‘llaniladigan texnik (kompyuter, audio va
videotexnikalar) va boshqa yordamchi didaktik vositalar (tarqatma materiallar,
kо‘rgazmali qurollar va x.k.);
- elektron darsliklar asosida texnologik jarayonlarni о‘qitish tamoyillari va
metodlari (mavzuni yoritish jarayonida elektron darsliklar imkoniyatlari yordamida
taqdimotlar namoyish etish hamda ulardan samarali foydalanishning yо‘l-
yо‘riqlari);
- kasbiy fanlarni о‘qitishning umumiy tamoyillari va metodlari;
- kasbiy ta’lim jarayonida masofadan о‘qitish metodlari;
- о‘quv jarayonida qо‘llaniladigan interfaol metodlarni aniqlashi va ularni
qо‘llashi;
- dars uchun zarur bо‘ladigan о‘quv va uslubiy materiallar ishlab chiqishi;
371
- amaliy mashg‘ulotlar hamda laboratoriya mashg‘ulotlar jarayonida
о‘quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etuvchi muammoli
topshiriqlar yaratishi;
- о‘quvchi-talabalarning loyihachilik qobiliyatini shakllantirishga xizmat
qiluvchi topshiriqlar tо‘plamini ishlab chiqishi;
-
darsga oid asosiy va yordamchi vositalar(tarqatma materiallar, kо‘rgazmali
qurollar, audio, video, texnologiyalar)ni tayyorlay olishi va darsning texnologik
xaritasini tuzishi;
- о‘quvchilar faoliyatini baholashning reyting tizimini ishlab chiqishi;
- mavzuni yoritish jarayonida elektron darsliklardan samarali foydalanishning
yо‘l-yо‘riqlarini ishlab chiqishi;
- kasbiy ta’lim jarayonida masofadan о‘qitishni tashkil etishda о‘qitish
metodlarini tahlil qilib, ularni qо‘llash uchun metodik tavsiyalarni ishlab chiqishi
kо‘zlanadi.
Shuningdek, bu qismda muallif tomonidan о‘rganib chiqilgan materiallar
tahlili asosida erishilgan natijalar, yangiliklari, ixtirolar, meyoriy kо‘rsatkichlar,
tavsiya etilayotgan texnologik jarayonlar asoslab beriladi, shunga mos jadvallar
tavsiya etiladi, taklif etilayotgan obyektni takomillashtirish yо‘llari, iqtisodiy
samaradorligi aniqlanadi, ilgari surilayotgan g‘oya va takliflar ilmiy jihatdan
asoslanadi.
Taxlilning dastlabki materiallari talaba tomonidan pedagogik amaliyot
jarayonida о‘rganilgan о‘quv muassasasining ish rejasi yoki ularning bir qismi,
yillik xisoboti, moliyaviy va statistik hisobot materiallari va boshqa hujjatlar
bо‘lishi mumkin.
Tо‘plangan material xajmi va tavsifi qabul qilingan tadqiqot metodikasining
о‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Bunda quyidagi metodlardan foydalanish
kо‘zlanishi mumkin: empirik (kuzatuv, taqqoslash, chamalash, о‘lchov, tajriba-
sinov), ekspert baholash, ekspert tahlil, hisoblash tahlili, meyoriy, tashkiliy-
loyihalash, grafik tahlil, parametrik, korrelyatsion tahlil, variativ, diskriminant,
asosli tahlil, evristik (analogiya, inversiya, empatiya, idealizatsiya, «aqliy hujum»,
372
assotsiatsiya, sinektika, morfologik tahlil va b.), iqtisodiy-matematik modellash,
ijtimoiy-iqtisodiy taxlil (taqqoslash, tanlab о‘rganish, guruhlash va korrelyatsion
tahlil), muhandis-iqtisodiy hisob.
Ta’lim muassasalarida umumkasbiy va ixtisoslik fanlar о‘qitilishini о‘rganish
tо‘plangan materiallarni qayta ishlashni mо‘ljallaydi. Ma’lumotlarni qayta ishlash
iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik tahlilni zamonaviy metodlardan foydalanish bilan
amalga oshirishni taqozo qiladi.
Dostları ilə paylaş: |