Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Xulosa va takliflar
qismi malakaviy ishning umumiy hajmining 5-7 foizini 
tashkil etadi. Unda ish mazmuni bо‘yicha ishlab chiqilgan xulosalar va aniq 
takliflar, erishilgan natijalar mujassamlashtiriladi. Malakaviy ish ayrim boblardagi 
xulosalar va takliflar bilan ham tugallanishi mumkin, ammo undan eng muhimlari 
ishning oxirida, ya’ni xulosa bо‘limida aks ettirilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishning 
xulosa 
qismida olib borilgan tadqiqot natijalari 
keltiriladi, umumlashtirilgan holda malakaviy ish maqsadi va vazifalarida 
ifodalangan masalani о‘rganilganlik xulosalari bayon etiladi, mavzuning 
istiqboldagi ishlab chiqilishi mо‘ljallanadi.
Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida talaba tugallangan kasbiy 
topshiriqni yechadi. YA’ni u bitiruv malakaviy ishning xulosa qismidagi asosiy 
masalalarda о‘z nuqtai nazarlarini asosli tarzda bayon etishi lozim. Bunda 
bakalavr: 
-
yechilayotgan topshiriq bо‘yicha masala holatini о‘rganib, uni tahlil qilib 
beradi; 
- kasbiy-pedagogik talablarni ifodalaydi, topshiriqni yechish talqinlarini 
kо‘rib chiqadi va oqilona yо‘lni aniqlaydi; 
- psixologik, pedagogik va metodik yechimning matematik-statistik tahlilini 
qilib beradi; 
- hal etilgan masalaning iqtisodiy samaradorlik darajasini belgilaydi; 
- topshiriq yechimi bо‘yicha xulosa va takliflarni beradi hamda ularni 
amaliyotga tatbiq etish imkoniyatini aniqlaydi. 


373 
Bu qismda kо‘rilayotgan masalaning hozirgi ahvoli tahlil qilinadi, amaliyot 
davrida tо‘plangan statistik materiallar asosida tadqiqot obyektida mavjud 
kamchiliklarni yо‘qotishga qaratilgan takliflar va tavsiyalari asoslanishi kerak. 
Tajriba orttirish vaqtida yig‘ilgan hamda tadqiqot jarayonida tahlil qilingan 
meteriallar hal qilinmagan masalalar, muammolarni aniqlash va shunga muvofiq 
xulosalar keltiriladi. Muammoni о‘rganish uslub va uslubiyati yoritiladi. Bu 
malakaviy ish mazmunining asosiy g‘oyasini ifodalaydi. 
Xulosa yangi ma’lumotlar, dalillar, belgilarni о‘z ichiga olmasligi, balki 
xulosalar ishning asosiy matnidan mantiqiy kelib chiqishi zarur. Xulosaning 
taxminiy hajmi 3-5 varaqdan oshmasligi kerak. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin