Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Mustahkamlash uchun savollar:
1.
Kasbga yо‘naltirish ishlarining ijtimoiy asoslari deganda nimalarni tushunasiz? 
2.
Kasbga yо‘naltirish ishlarining psixologik asoslari deganda nimalarni 
tushunasiz? 
3.
Kasbga yо‘naltirish ishlarining fiziologik asoslari deganda nimalarni 
tushunasiz? 
4.
Professiogramma tarkibiga nimalar kiradi? 
5.
О‘quvchilarni kasb tanlashga yо‘llash ishiga tayyorlash tizimi xaqida ma’lumot 
bering. 
6.
Kasbga layoqatlilik deganda nimani tushunasiz? 
9.5. Kasb tanlashga yо‘naltirishning tarkibi 
Reja: 
1.
Sinf rahbarining kasb tanlashda о‘rni. О‘quv muassasasi rahbarining 
hamda О‘quv ishlari bо‘yicha rahbar о‘rinbosarlarining vazifasi.


336 
2.
О‘quv 
muassasasidan 
tashqari 
tarbiyaviy 
ishlarning 
takomillashtirishning ish mazmuni. Talabalarni kasb tanlashga yо‘llash ishiga 
tayyorlashning mazmuni. Ijtimoiy-siyosiy tsikldagi fanlarini о‘rganishda 
talabalarni kasb tanlashga yо‘llash ishiga g‘oyaviy-nazariy jihatdan tayyorlash. 
Tayanch iboralar: 
mehnat tarbiyasi, kasbga yо‘naltiruvchi kengash, texnika 
tо‘garaklari, 
fanlararo 
aloqalar, 
о‘quv-ishlab 
chiqarish 
topshiriqlar, 
tabaqalashtirilgan yondashuv, qishloq xо‘jalik kasblari.
Kasb egallashgacha bо‘lgan tayyorgarlik maktab yoshlarini moddiy ishlab 
chiqarsh sohasida mehnatga hozirlashga umumiy qismi bо‘lib qoladi. Zarur 
politexnik tayyorgarlikni olgan yigit yoki qiz ishlab chiqarish kasbini tez egallaydi, 
bunda о‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot olish jarayoni jadallashadi. 
О‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash - butun pedagoglar jamoasining, ota-
onalar va zavod jamoatchiligining kо‘p yillik ta’lim-tarbiya ishidir. Yoshlarni 
ma’naviy -psixologik jihatdan mehnat faoliyatiga tayyorlashga shaxsni har 
tomonlama kamol toptirishning о‘zaro bog‘liq jarayoni deb qaraladi, bu jarayonda 
qobiliyat va e’tiqod bilan birga о‘smirning shaxsi harakatlantiruvchi kuch kuch 
sifatida namoyon bо‘ladi. 
Qobiliyat va qiziqishlarni shakllantirishning politexnik asoslari va maktab 
yoshlarni boshlang‘ich ishlab chiqarish tayyorgarligini kengaytirish bilan uzviy 
bog‘liq bо‘lishi ishchi kasblarini egallashga yо‘naltirishning hal qiluvchi shartidir. 
Mehnat tarbiyasi jarayoni birmuncha ilk bosqich amalga oshirilgan taqdirda 
bunga erishiladi. 
О‘rta va yuqori bosqich ta’limida davomiylik shu narsada ifodalanadiki 
о‘quvchilar muntazam prinsip asosida tuzilgan yagona dasturlar bо‘yicha 
ishlaydilar. Bunday dasturlar asta-sekin murakkablashtirilib borishni, bilimlarni, 
kо‘nikma va malakani, mehnatning muayyan usullarini egallashni ta’minlaydi.
Ta’lim va kasbga yо‘naltirish bilan qо‘shilgan unumli mehnatda muntazam 
qatnashish eng kо‘p pedagogik samara beradi. 


337 
О‘rta maktablarni tamomlab yoki kasb-hunar ta’limi tizimida, о‘quv 
kombinatlarida zarur tayyorgarlikdan о‘tib, xalq xо‘jaligining turli tarmoqlarida 
darhol ishlay boshlagan yoshlarning soni yil sayin kо‘payib bormoqda. 
Maktabda kasbga yо‘naltirish sohasidagi hamma ishlarning bir-biriga 
muvofiqlashtirilishini ta’minlash maqsadida maktab direktori raisligida kasbga 
yо‘naltiruvchi kengash tuziladi. 
Kengash tarkibiga maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bо‘yicha muovini, 
kasbga 
yо‘naltiruvchi о‘quv-metodik kabinet mudiri, mehnat ta’limi, 
о‘quvchilarning ijtimoiy-foydali, unumli mehnatini kasbga yо‘naltiruvchi 
о‘qituvchi yoki tashkilotchi, bitiruvchi sinflarning minf rahbari, maktab 
kutubxonachisi, maktab о‘quvchilar tashkilotining vakillari, maktab vrachi, ota-
onalar qо‘mitasining a’zolari, homiy korxona vakillari kiradi. 
Kasbga yо‘naltiruvchi kengashning ish rejasi maktab kengashi kо‘rib chiqadi 
va tasdiqlaydi. 
Kasbga yо‘naltiruvchi kengashning vazifalari kasbga yо‘naltirish bо‘yicha 
umummaktab va sinflarning tadbirlarini rejalashitirish va tashkil qilishdan, kasbga 
yо‘naltirish ishiga oid ilg‘or tajriba ma’lumotlarini yig‘ish, umumlashtirish va 
ommalashtirishdan iborat. kasbga yо‘naltiruvchi kengash tuman maktablararo 
о‘quv-ishlab chiqarish kombinatlari, yoshlarni kasbga yо‘naltirish va ishga 
joylashtirish komissiyasi, kasb-hunar ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari, 
bazaviy korxonalar va tashkilotlar, о‘quvchilarning ota-onalari bilan aloqa bog‘lab 
turadi. 
Kasbga yо‘naltirish ishini rejalashtirilgan chog‘da kengash mahalliy 
sharoitlarni va maktab ishining о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. 
Kengashning kasbga yо‘naltirish ish rejasi maktab ta’lim-tarbiya ishi umummaktab 
rejasining tarkibiy qismidir. 
Kasbga yо‘naltirish kengashining majlislariga muassasalar, homiy korxona, 
oliy о‘quv yurtlarining vakillari, balog‘atga yetmaganlar ishi bо‘yicha komissiya 
a’zolari mehnat resurslaridan foydalanish о‘rganlarining vakillari taklif qilinadilar. 


338 
О‘quvchilarni kasbga yо‘naltirishishini о‘tkazgan chog‘da maktab xodimlari 
va maktab ma’muriyatining vazifalari о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirishga oid 
yо‘riqnomalar, buyruqlar, qarorlar bilan tanishishdan, ilmiy-metodik adabiyotni 
о‘rganishdan, chiqarilgan metodik tavsiyanomalarni о‘rganish va о‘z ishlarida 
foydalanishdan iborat. 
Sinf rahbarining vazifalari avvalo о‘quvchining shakllanayotgan shaxsini, 
uning mayillari, qiziqishlari, qobiliyatlarini chuqur va har tomonlama о‘rganishdan 
iborat. Bu sohada unga fan о‘qituvchilari, ota-onalar bilan, savol varaqasini 
tо‘ldirish va о‘quvchining shaxsiy varaqacha-tavsifnomasini tо‘ldirgan holda uni 
muntazam ravishda kuzatish yordam beradi. Sinf rahbari о‘quvchining shaxsini 
о‘rganish negizida muayyan dastur asosida bir maqsadga qaratib kasbga 
yо‘naltirish ishini olib boradi. Bunda sinf soatlaridan, fakultativ mashg‘ulotlardan 
va ekskursiyadan foydalaniladi. Kasbga yо‘naltirish ishi о‘quvchilarning ota-
onalari bilan mustahkam aloqada о‘tkaziladi. 
О‘quvchilar yiliga bir marta savol varaqasini tо‘ldiradi. Bundan maqsad-
о‘quvchilarning hayotiy rejalarini aniqlab olishdir. Sinf rahbarlari savol varaqasini 
asosida о‘quv yili oxirida kasbga yо‘naltiruvchi maktab kengashiga topshirish 
uchun u yoki bu kasbni ongli ravishda tanlagan yoki zarur malaka darajasi 
bо‘yicha kasb egallagan hamda о‘qish va ish xususidagi о‘z istaklarini bildirgan 
о‘quvchilarning rо‘yxatlarini tuzadilar. 
О‘quvchilar mehnat ta’limi darslarida mehnatning har xil turlariga oid 
bilimlarnigina olib qolmay, shu bilan birga о‘z faoliyatlari jarayonida maxsus 
malakalarga ham ega bо‘ladilar, о‘z qobiliyatlarini rivojlantiradilar, mehnatda о‘z 
kuchlarini sinab kо‘radilar. Shu boisdan mehnat ta’lim о‘qituvchisi mehnat darsini 
shunday tashkil qilishi kerakki, toki har bir о‘quvchi mehnatni sevishni о‘rganib 
olsin, odamlarga naf keltiradigan bо‘lsin, ish jarayonidan va uning natijalaridan 
zavqlansin. 
Mehnat о‘qituvchisi о‘z ishida bilim va malakani egallashda о‘quvchilarga 
eng kо‘p faollik va mustaqillikni ta’minlaydigan shakllari va metodlaridan 
foydalanishi lozim. Laboratoriya - amaliy, о‘quv-ishlab chiqarish ishlari, ishlab 


339 
chiqarish ekskursiyalari, tajribasi shunday ish shakllari va metodari jumlasiga 
kiradi. bu ishlar mustaqil kuzatishlar, tajribalar, tahlillar, hisob-kitoblar, ishlab 
chiqarish va ijodiy vazifalarni hal qilishni hamda bevosita ijtimoiy-foydali, unumli 
mehnatni о‘z ichiga oladi. 
Mehnat ta’limi jarayonida о‘qituvchi kasb qilib olingan mehnat tо‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni konkret mavzularni о‘rganish bilan mantiqiy bog‘lashi mumkin. 
Chunonchi, elektrotexnika fizikasi va bо‘limini о‘rgangan chog‘da о‘qituvchi xalq 
xо‘jaligada elektr quvvatining roli va ahamiyatini, uni ishlab chiqarish hamda 
iste’molchiga yetkazib berish usullarini kо‘rsatishi, shuningdek ushbu tarmoq 
kasblari uchta katta guruxda bо‘lishni tushuntirib berish mumkin. Birinchi guruxga 
elektrotexnika uskunalari, mashinalari, apparatlari va asboblarini ishlab chiqarish 
bilan bog‘liq kasblar (elektrotexnika mashinalarini yig‘uvchi slesar, sozlovchi 
slesar о‘rovni elektromontyor, izolyatsiya qiluvchi va shu kabilar); ikkinchi 
guruxga elektr quvvati uzatish bilan bog‘liq kasblar (podstansiyalarning 
elektromantyori, elektr tarmoqlarini ishlatuvchi elektromontyor va shu kabilar); 
uchinchi guruxga elektr quvvatidan foydalanish bilan bog‘liq kasblar 
(elektromontajchi slesar, ta’mirchi elektromantyor va shu kabilar) kiradi. 
О‘quvchilarni kasbga yо‘naltirishda о‘qituvchining shaxsi juda katta rol 
о‘ynaydi. 
О‘qituvchining shaxsi - о‘qituvchining ijodiy rivojlanishini, yuksak 
pedagogik mahoratini, ishda doimiy novatorligini, omilkorligini, bolalarga 
nisbatan muhabbat va hurmatini belgilab beradigan xislatlar majmuidir. Ayni 
shunday о‘qituvchi о‘quvchilarda о‘ziga nisbatan hurmat-ehtirom, ishga havas 
tug‘diradi, о‘ziga о‘xshash bо‘lish, u bilan dо‘stlashish eng ezgu istaklar, istiqbol 
tо‘g‘risidagi, о‘z kasbi haqidagi orzularni baham kо‘rish ishtiyoqini yaratadi. 
Maktabda qiziqishlar bо‘yicha о‘tkaziladigan xilma-xil mashg‘ulotlar orasida 
tо‘garak ishi alohida ahamiyat kasb etadi. Maktabda tо‘garaklarning asosiy 
kо‘pchiligini mehnat ta’limi о‘qituvchilari olib boradi. 
Bular - ishlab chiqarish - texnika tо‘garaklaridir. О‘qituvchi bunday 
tо‘garaklarda 
о‘quvchilarda ixtirochilik, konstruktorlik singari maxsus 


340 
qobiliyatlarni ijodiy rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish 
imkoniyatiga ega. 
Mehnat ta’lim о‘qituvchisi о‘quvchi shaxsini о‘rgangan chog‘da kasbga 
yо‘naltirish maqsadida quyidagi qoidalarga: shaxs kamol topadigan konkret 
vaziyatda konkret jamoada shaxsning xulq-atvorini kuzatish; faoliyat orqali 
shaxsni о‘rganish; shaxsni qandaydir qotib qolgan narsa tariqasida emas, balki 
taraqqiyotda kо‘rib chiqish; shaxsning vaqtincha psixologik holatini, о‘rtoqlariga 
munosabatini hisobga olish kabi qoidalarga amal qilishi maqsadga muvofiqdir. 
Mehnat ta’limi о‘qituvchisining ishida psixologik diagnostikasiga katta о‘rin 
ajratiladi. Psixologik diagnostika jarayonida u maktab, kasb-hunar kolleji kasb 
maslaxatchisi bilan birgalikda har bir о‘quvchining kelgusidagi kasbni tanlashi 
jarayonida shaxsiy xususiyatlarini aniqlashi mumkin. 
Shunday qilib, mehnat ta’limi о‘qituvchisi ishida quyidagi yо‘nalishlarni; 
- kasbga oid bilimlar - о‘quvchilarni mehnat faoliyati sohalari, xalq 
xо‘jaligining ayrim tarmoqlari, kasblar va mutaxassisliklar bilan tanishtirish;
- psixologik pedagogik maslahat - mehnat faoliyatining turlari tо‘g‘risida, 
о‘quvchi xislatlari, bilimlari va mayllariga eng muvofiq bо‘lgan kasblar va 
mutaxassisliklar haqida о‘quvchiga gapirib berish; 
- kasb tarbiyasi - о‘quvchilarda u yoki bu kasbga nisbatan barqaror 
qiziqishlarini shakllantirish; 
- amaliy kasbiy kо‘nikish - mehnat faoliyatining turli sohalarida kuchlarni 
amaliy jihatdan sinab kо‘rish uchun shart-sharoitlar yaratish; 
- kasbga yо‘naltirish maqsadida о‘quvchining shaxsini о‘rganish, mehnatga 
bо‘lgan qiziqishlarni va kasbga qiziqishlarni shakllantirish kabi yо‘nalishlarni 
kо‘rsatib о‘tish mumkin. 
Mehnat ta’limi о‘qituvchisining kasbga yо‘naltirish ishi о‘zaro bog‘liq 
tarkibiy qismlarning butun bir kompleksi bilan, shu jumladan kasbga 
yо‘naltiruvchi 
о‘quv-metodik kabinet faoliyati, sinf rahbarining, fan 
о‘qituvchilarining ishi, ota-onalar va shu kabilar bilan mahkam bog‘langandir. 


341 
Mehnat о‘qituvchisi bular bilan yaqindan aloqa bog‘lamay turib samarali ishlashi 
mumkin emas. 
Mehnat ta’limi darslarida kasbga yо‘naltirish ishini olib borgan о‘quvchilarni 
mehnat faoliyatiga tayyorlashdagi boshqa fanlar bilan о‘zaro aloqani ham hisobga 
olish lozim. 
Maktabda har bir о‘quv fani о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirishni amalga 
oshirishdagi о‘ziga xos imkoniyatlariga ega, lekin u mehnat turlari, kasblarning 
xilma-xilligi va shu kabilar tо‘g‘risida о‘quvchilar bilimlarini shakllantirishning 
birdan bir manbai bо‘lishi mumkin emas. Shu sababdan ham kasbga yо‘naltirish 
ishida mehnat о‘qituvchisining faoliyatini sinf rahbarlari va fan о‘qituvchilari ishi 
bilan muvofiqlashtirish g‘oyat muhimdir. 
Tajriba shuni kо‘rsatadiki, о‘quvchilarda kasbga bо‘lgan barqaror qiziqishni 
shakllantirish ishlari samaradorligini oshirish uchun: 

fan 
asoslarini 
о‘qitishning, mehnat ta’limining va fakultativ 
mashg‘ulotlarning fanlararo aloqalarini, davomiyligini, politexnik va kasbga 
yо‘naltirish yо‘nalishini rо‘yobga chiqarish; 
- politexnik ma’lumot, mehnat ta’limi va kasbga yо‘naltirishning о‘quvchilar 
ijtimoiy-foydali, unumli mehnati bilann о‘zaro aloqasini ta’minlash; 
- о‘quvchilarning bir maqsadga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatli о‘quv-ishlab 
chiqarish topshiriqlarni bajarishlari; 

xalq 
xо‘jaligining 
turli 
sohalarida 
о‘quvchilarning qiziqishini 
rivojlantirishga shaxsiy, tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish; 
- о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirish sohasida maktab о‘qituvchilari bilan ishlab 
chiqarish jamoalarining birgalikda ish kо‘rishi; 
- sanoat qishloq xо‘jalik kasblarini targ‘ib qilish lozim. 
Tabiiy - matematik turkum fanlarni о‘rgangan chog‘da о‘quvchilar konkret 
iqtisodiy hududdagi yetakchi kasblar bо‘yicha mehnat mazmuni bilan tanishish, 
ana shu kasblarni muvoffaqiyatli egallash uchun zarur bо‘lgan bilim, kо‘nikma va 
malakalarni olish imkoniyatiga egadirlar. 


342 
Maktab 
о‘quvchilari 
gumanitar 
fanlar 
bо‘yicha 
о‘tkaziladigan 
mashg‘ulotlarda kasb tanlash masalalarida g‘oyaviy-axloqiy, dunyoqarashga oid 
bilim oladilar.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin