Kasbga yо‘naltirish ishiga raxbarlik qilish va uni rejalashtirish.
О‘quvchilarni uzoq vaqt о‘rganish natijasida sinf murabbiylari ularning har biriga
tavsifnoma tuzadilar. Bunday tavsifnoma kasb tanlash va о‘quvchiga u yoki bu
kasbni tanlashni taklif qilish uchun asos bо‘ladi. Kasbga layoqatlilikni tanlash
maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Unga о‘qituvchilar, psixologlar,
buyurtmachi tomonidan mutaxassislar, vrachlar kiradi. Ular har bir о‘quvchiga
qanday kasbni tanlash kerakligini aytadilar va buning sababini asoslab beradilar.
Masalan, xolerik temperamentli bola yaxshi andoza yasovchi usta slesar bо‘la
olmaydi, chunki unga mikronning о‘ndan bir ulushigacha aniqlikka erisha borib,
uzoq vaqt о‘lchov asboblarini ishlash qiyinlik tug‘diradi yoki melanxolik tez javob
berishni talab qiladigan mashinalarni boshqarishni muvaffaqiyatli egallab
ololmaydi. Sezgi a’zolarida bironbir nuqsoni bо‘lgan bolalarga bu kasblarni
tavsiya qilib bо‘lmaydi. Masalan ba’zi rang-tuslarni farq qila olmaydigan
(daltonik) bolani har qanday transport turini boshqarishga qо‘yib bо‘lmaydi.
Kо‘rishida shunday kamchiligi bо‘lganlar metallurg bо‘lib ishlashi mumkin emas.
Kasb xususiyatlarini va ularning tavsifnomalarini о‘rganish uchun, har bir kasb
uchun professiogramma tuziladi. Malaka tavsifnomalari professiogrammaga
qо‘shimcha bо‘lib xizmat qiladi.
Professiogramma mazmuniga taxminan quyidagilar kirishi kerak:
1.
Mazkur kasbdagi mutaxassis talab etilayotgan bozor iqtisodiyoti
sohasi tavsifnomasi, sohaning xodimlarga bо‘lgan ehtiyoji, avtomatlashtirish va
kompleks mexanizatsiyalash munosabati bilan shu kasbdagi ishlarning rivojlanish
istiqbollari.
326
2.
Ixtisoslik tavsifnomasida tavsiya qilingan kasbning mazmuni, mehnat
obyektlari, vositalari.
3.
Ishchiga qо‘oyiladigan talablar (mas’uliyat darajasi, tashabbus va
mehnatning ijodiy elementlari, ishning gigiyenik sharoitlari, tibbiy va
psixofiziologik kо‘rsatkichlar yoki tо‘g‘ri kelmasligini kо‘rsatuvchi belgilar,
ayollar mehnatini qо‘llash mumkinligini va boshqalar).
4.
Boshlang‘ich
ixtisoslik
razryadi
doirasida
о‘quvchining
muvaffaqiyatli ishlashi uchun umumiy ma’lumoti va kasbiy tayyorgarligiga
qо‘yiladigan talablar (ishlab chiqarish malakasini yanada oshirishni hisobga olgan
holda).
5.
Mehnatni tashkil etishning iqtisodiy sharoitlari, mehnatga haq tо‘lash
tizimi.
6.
Mazkur kasb vakillari
(ishlab
chiqarish ilg‘orlari, mehnat
qahramonlari)ning biografik ma’lumotlari.
О‘ta mas’uliyatli va ish sharoitlari havfli deb ta’riflanadigan ishlar uchun
professiogramma qator talablar bilan tо‘ldiriladi. Ular uzoq vaqt mobaynida tez
ishlash malakasini, qо‘l barmoqlarining kuchini, oyoqlar kuchini, barmoqlarning
harakatchanligini, kо‘z, qо‘l va oyoqlar muvofiqligini, har ikkala qо‘lning ixtiyoriy
harakatlarini talab etadi.
Professiogrammalar
korxonalar
yoki
maxsus
muassasalar(xonalar,
laboratoriyalar) tomonidan tuziladi. Ularni ishlab chiqishda muhandislar,
psixologlar, shifokorlar, о‘qituvchilar ishtirok etishi kerak.
Suhbatlar о‘tkazish yо‘li bilan о‘quvchilar professiogramma bilan batafsil
tanishtiriladi. О‘quvchining alohida talablar qо‘yiladigan kasblarni egallab olishiga
uzil-kesil imkoniyat yaratish uchun ergonomik laboratoriyalarda tadqiqotlar ham
о‘tkaziladi. Kasb tanlashda maktabning ota-onalar bilan mustahkam aloqasi katta
ahamiyatga ega. О‘quvchilarda kasbga oid qiziqishlarning paydo bо‘lishi va
rivojlanishidagi muvaffaqiyat kо‘p jihatdan maktab va ota-onalarning birgalikdagi
samarali ishlariga bog‘liqdir. Har xil kasblar sulolasi an’analarini har tomonlama
qо‘llab-quvvatlash, ommalashtirish va targ‘ib qilish kerak.
327
Tegishli adabiyotlarni о‘qish ham kо‘pgina kasblar bilan tanishishda jiddiy
yordam beradi. Bunday adabiyotlar maktab kutubxonasida bо‘lishi kerak, albatta.
О‘quvchining о‘zligini tushunishi, о‘z kuchi va imkoniyatlarini, shu jumladan
о‘z qobiliyatlarini tо‘g‘ri baholay bilishi, keyin esa shaxsiy qiziqishlari va
imkoniyatlarini kasb talablari bilan solishtirib kо‘rishi kasbni muvaffaqiyatli
tanlash shartlaridan biridir.
Vatanimizdagi va chet eldagi psixologik adabiyotda о‘quvchi shaxsining turli
tomonlarini mustaqil baholash, shu jumladan kasb tanlashda о‘z yо‘lini belgilash
jarayonida qobiliyatlarni va kasbga layoqatlilikni mustaqil baholashni tahlil
qilishga urinish hollari uchrab turadi. О‘quvchilarning qobiliyatlari va kasbga
layoqatliligini mustaqil baholashning, shuningdek mikromuhitni baholashning
о‘ziga xos-xususiyatlarini aniqlash uchun quyidagilar zarur:
1.
О‘quvchilarning bu fazilatlari о‘qituvchilar, ota-onalar, о‘rtoqlari
tomonidan tahlil qilinishi;
2.
Mehnat faoliyatining u yoki bu sohasiga layoqatlilikni mustaqil
baholash bilan о‘kuvchilarning kasbga oid niyatlarini ana shu mustaqil
baholashning shakllanish sharoitlari о‘rtasidagi nisbatini aniqlash;
3.
О‘quvchilarning mustaqil baholashi bilan tashqaridan bergan
baholarni taqqoslash asosida о‘qituvchilar, ota-onalar, о‘rtoqlari baholarining
о‘xshashlik darajasini aniqlash.
Bunday qobiliyatlarni, mustaqil berilgan baho darajalarini (birinchi, ikkinchi,
uchinchi) hisobga olgan holda mustaqil baholashning quyidagi о‘lchamlari
(etarlicha baholamaslik, ortiqcha baho berish, baholarning mosligi) boyicha qarab
chiqish kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish va kasb boyicha yangi sohalarning vujudga
kelishi, kasbga oid mehnat xususiyatining о‘zgarishi, hozirgi zamon ishlab
chiqarishi xodimlariga qoyiladigan talablarning murakkablashuvi — bularning
hammasi о‘rta maktabni tamomlovchi о‘quvchilar uchun qanday kasbni egallash
muammosini hal etishda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shu
328
munosabat bilan kasbga yо‘naltirish ishlarini keng avj oldirish zarurati ancha
ortadi.
Ana shu ishning muvaffaqiyatli rivojlanib borishi ilmiy-psixologik
muammolarning muayyan bir majmuini ishlab chiqishni talab etadi. Bunday
muammolar qatoriga quyidagilar kiradi: kasblarni va ular tomonidan qо‘yiladigan
talablarni, kasb mahoratini egallash va kasbga kо‘nikish jarayonida shu kasb uchun
muhim sifatlarning tarkib topish shart-sharoiti va qonuniyatlarini о‘rganish.
Shaxsning psixologik xususiyatlarini hamda kasbiy layoqatligini aniqlash va
oldindan aytish metodlarini, shuningdek xilma-xil mehnat turlarining rivojlanish
istiqbollarini о‘rganish va xalq xо‘jaligi, fanning turli sohalarida kadrlarga bо‘lgan
ehtiyojni hisobga olish zarur. Kasblarni о‘rganish ham katta ahamiyatga ega.
Negaki ularning natijalari ham kasbga yо‘naltirish ishiga, ham turli kasblar haqida
keng ma’lumot berish va kasblarni targ‘ib qilishga asos qilib olinishi kerak.
Yuqori sinflarda kasb tanlash vazifalari munosabati bilan о‘quvchilarni va
ota-onalarni qiziqtirayotgan kasblar, yoshlarning kelib qо‘shilishiga eng kо‘p
ehtiyoj sezayotgan sohalar, kasbga taalluqli tayyorgarlikka ega bо‘lishning aniq
imkoniyatlari bilan batafsil tanishtirish zarurligi haqidagi masala paydo bо‘lmoqda.
Kasbga oid maslahatlar berish va kasbga layoqatlikni tanlash vazifalariga
javob beruvchi kasblarning psixologik tavsifnomalarini tuzish ancha murakkab
vazifadir. Bu esa xodimning oldiga kasb tomonidan kо‘yiladigan psixologik
talablarni aniqlashni taqozo etadi. Bunday dasturlarni tuzish xodimlardan maxsus
tayyorgarlikni talab etadi va ayni vaqtda ancha murakkab ilmiy-psixologik tadqiqot
hisoblanadi. Bunda tadqiqotning obyektiv metodlaridan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Bu xil kuzatishlar, savol-javoblar faoliyatning tahlili va kasblarni
о‘rganishning boshqa usullari asosida olinadigan professiogrammalarni tajribada
sinab kо‘rishni ham о‘z ichiga oladi. Bunda kasblarning qiyosiy-psixologik
tavsifnomalari uchun miqdoriy mezonlarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Bu sohadagi tadqiqotlar asosan izlanish tusida bо‘ladi. Shu bilan birga tadqiqot
metodlari va kasblar tavsifnomasi ishlab chiqilgan va amalda foydalanilayotgan
sohalarda ham tadqiqotlar va izlanishlar davom ettiriladi.
329
Kasblar psixologik tavsifnomalarining xilma-xilligi turlicha amaliy
vazifalarga
muvofiq
kasblar
psixologiyasi
sohasidagi
bilimlarimizdan
foydalanishning har xil shakllaridan iboratdir. Bu bilimlarning tо‘laligi va ilmiy
asoslanganligiga qarab xilma-xil vazifalarni hal etishda ularni amaliy jixatdan
qо‘llash imkoniyatlari ortib boradi. Shuning uchun kasblarning tavsifnomalarini
tuzish bilan birga, shu bosqichning о‘zidayoq ilmiy tadqiqotlarga qо‘yiladigan
barcha talablarga javob beradigan kasbga oid mehnat psixologiyasi sohasida asosli
ilmiy tadqiqotlar olib borish katta ahamiyatga ega. Bu sohada psixologiyada ilmiy
ahamiyatga ega bо‘lgan qator tadqiqotlar о‘tkazildi va о‘tkazilmoqda. Ularning
ba’zi birlari, masalan, mehnat ta’limi, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish va
boshqalari ishlab chiqarishdan boshlanib, sо‘ngra laboratoriya sharoitiga
о‘tkaziladi. Birok bu tadqiqotlarning natijalaridan odatda psixografik maqsadlarda
foydalanilmaydi. Vaholanki, kasbga oid mehnat psixologiyasining juda ham
murakkabligi va uning kо‘p tomonlama amaliy ahamiyati chuqur tadqiqotlar olib
borishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |