Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Mustahkamlash uchun savollar:
1.
Kasb tanlashda sinf rahbarining о‘rni qanchalik axamiyat kasb etadi? 
2.
Kasb tanlashga yо‘lllashda о‘quv muassasasi rahbarining vazifasi.
3.
О‘quv 
muassasasidan 
tashqari 
tarbiyaviy 
ishlarning 
takomillashtirishda nimalarga axamiyat berish kerak. 
4.
Talabalarni kasb tanlashga yо‘llash ishiga tayyorlashning mazmuni. 
 
 
 
9.6. Psixologik-pedogogik fanlarni о‘rganishda talabalarni kasb 
tanlashga yо‘llash ishiga nazariy-metodik jihatdan tayyorlash 
Reja: 
1.
Psixologiya fanining kasb tanlashga yо‘llashda nazariy asoslari. 
2.
Pedagogika fanini о‘rganishda kasb tanlashga yо‘llash jarayonida metodik 
asoslari 
3.
Mutaxassislikka kirish fanining mazmuni.
4.
Talabalarni kasbga yо‘llash sistemasidagi maxsus, ilmiy va umumiy 
texnik tsikldagi fanlar. 
5.
Talabalarni kasbga yо‘llash sistemasidagi umumiy texnik tsikldagi fanlar. 
Tayanch 
iboralar:
Adaptatsiya, 
kasb 
tanlash, 
kasbga 
yо‘llash, 
professiogramma, novatorlik, mehnat ekspertizasi 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini xayotga tadbiq qilish kо‘p jixatdan о‘quv-
tarbiya ishlarini islox qilish, о‘quvchilar yosh xususiyatlarini bilish, xar kaysi 
yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan pedagogik, psixologik jarayonlar 
xususiyatlarini qanchalik yaxshi bilgan mutaxassislarga bog‘liq. Yukorida 
sanalgan muammolarni hal qilishda qator gumanitar va maxsus fanlar yordam 
beradi. Pedagogik psixologiya, yosh psixologiyasi, muhandislik (injenerlik) 
psixologiyasi, maxsus fanlarni о‘qitish metodikasi singari fanlar shular 


343 
jumlasidandir. Ishchini kasb faoliyati bilan bog‘liq bо‘lgan xar kanday masala 
uning kasb maxorati, texnikani qanchalik egallaganligi darajasi, kasbini sevishi 
darajasi bilan bog‘liq. Buning uchun muhandis ham о‘z kasb sirlarini, ham shu 
kasb maxoratini yoshlarga bera olishi lozim. U umumiy psixologiyani, yosh 
psixologiyasini, pedagogik psixologiyani, kasb-ta’limi va uning psixologiyasini 
bilishi talab qilinadi. Kasb-hunar kollejlari о‘quvchilariga texnikaning konstruktiv 
xususiyatlarini, muhandislik psixologik talablarini hisobga olishni, eng muhimi 
qо‘llanadigan texnika inson imkoniyatlarini kay darajada hisobga olganligini, 
ya’ni, texnikaning ijtimoiylashuvini hisobga olishini bilib, ishga yondoshuvi 
masalalarini aniq tasavvur qilishi bilan bog‘liq. Bu muammo muhandislik 
psixologiyasida о‘rganiladigan markaziy bosh mavzu odam – mashinaga tizimi 
xisoblanadi. Odam-mashina tizimi va uning asosiy muammolari kasb ta’limi 
о‘qituvchisi va kasb ta’limi ustasi maxoratining nazariy, pedagogik-psixologik 
tayyorligining asosini tashkil qiladi. Muhandislik psixologiyasining asosiy 
vazifalari quyidagilardir:
1. Odam funksiyasini «odam-mashina» tizimida tahlil qilish, operator 
faoliyati tuzilmasi tasnifini о‘rganish;
2. Odam-operator axborotlar almashinish jarayonlarini о‘rganish (odamning 
axborotlarni qayta ishlash jarayonining asosiy 4 bosqichini о‘z ichiga oladi: 
axborotni qabul qilish, kayta ishlash, qaror qabul qilish, boshqarish ta’sirini amalga 
oshirish);
3. Operator ish о‘rinlarini tashkil qilish tamoyillarini ishlab chikish;
4. «Odam-mashina tizimi» samaradorligiga psixologik omillarning ta’sirini 
о‘rganish;
5. «Jamoa-mashina» tizimida operatorlarni tanlash va tayyorlash tamoyil va 
metodlarini ishlab chiqish. (Kasb tayyorligi quyidagilarni о‘z ichiga oladi: kasb 
ta’limi, jamoani shakllantirish, mashq qilish);
6. «Jamoa–odam–mashina» tizimini muhandislik – psixologik loyihalash va 
baholash;
7. Muhandislik – psixologik ishlanmalarining iqtisodiy samarasini aniqlash;


344 
Kasb tanlashga yо‘llash. Kasb ta’limi psixologiyasining asosiy muammosi – 
shaxsning kasbga yaroqliligini aniqlash, uni tayyorlash, mehnat faoliyatiga 
yо‘llash masalalaridir. Bular professiografiyadan boshlanadi. ProfessiografiY. 
Insonga qо‘yiladigan talablar nuqtai-nazaridan kasblar va uning о‘z ichiga olgan 
ixtisosliklarini 
umumlashtirib 
tavsiflanishi 
professiografiya 
deyiladi. 
Professiografiya 
natijasi 
professiogramma 
bо‘lib, bir kasb doirasidagi 
ixtisoslarning insonga, odamlar guruxiga qо‘yishi mumkin bо‘lgan talablar asosida 
tuzilgan umumlashtirilgan tavsifnomalardir. Professiogrammaning bir qismini 
psixologik professiogramma, qolgan bir qismini – inson psixikasiga qо‘yiladigan 
talablar, ya’ni kasb qobilyatlari rо‘yxat tashkil qiladi. Professiografiya kasblar 
klassifikatsiyasini ham о‘z ichiga oladi, bu turli mezonlar bilan ifodalanadi: 
texnologik, gigiyenik, psixologik va boshqalar. Xar qanday kasbni о‘rganish va 
tavsiflash xar doim ma’lum maqsadni kо‘zlaydi va shu maqsadga bо‘ysunanadi. 
Professiogrammalar quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan xillarda bо‘lishi 
mumkin: kadrlar tayyorgarligini asoslashga, gigiyenik sharoitlarni hisobga olish va 
uni sog‘lomlashtirishga; kasb tanlashni asoslashga; kasbiy maslaxat va kasbiy 
tanlovni asoslashga; mehnatga baho berish talablarini, mehnat xavfsizligi 
darajasini kо‘tarish va boshqalar. Kasb tanlashga yо‘llash va kasb maslahatlarini 
uyushtirish. Kasb tanlashga yо‘llash eng avvalo odam imkoniyatlari va u 
yashayotgan muhitning bir qancha sharoitlarini о‘rganishdan boshlanadi. Bularni 
umumlashtirib mehnat ekspertizasi deb aytiladi. Mehnat ekspertizasi – bu 
odamning aniq kasb bо‘yicha mehnatga yaroqliligini ma’lum mutaxassislar 
tomonidan aniqlanishidir. Odamning u yoki bu mehnat turiga yaroqliligi 
quyidagilarga bog‘liq bо‘lishi mumkin: yoshiga; tegishli bilim, kо‘nikma va 
malakaga ega bо‘lishga; mazkur kasb bо‘yicha ishlashga qiziqish va iste’dodi 
mavjud bо‘lishiga. Bundan tashqari yashayotgan ijtimoiy muxit va jinsiga ham 
bog‘liq bо‘lishi mumkin. Mehnat ekspertizasiga turli mutaxassislar va tashkilotlar 
jalb qilinadi: vrachlar, psixologlar, pedagoglar, injenerlar va boshqa mutaxassislar 
qabul hayatlari, xodimlar bо‘limi, tibbiy ekspert hayati, xarbiy vrachlik 
komissiyalari, lokomotiv mashinistlari, shofyorlar, shaxtyorlar va boshqalarni 


345 
tanlash hayatlari va boshkalar. Mehnat ekspertizasi tashkiliy shakllaridan kat’iy 
nazar quyidagi umumiy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanadi:
1.
Odam ma’lum ishni boshlab keta oladimi?
2.
Tegishli lavozimda ishni davom ettira oladimi?
3.
Odamdan qaysi soxa yoki vazifada foydalanish ma’qul? 
4.
Baxtsiz xodisa yuz berganda, bunga odam qay darajada aloqador, ishga 
qabul qilingan, tayinlanganlarchi?
Mehnat faoliyatining barcha turlarida mehnat ekspertizasining asosiy 
vazifasi quyidagilardir:
1. Odamning yoshiga, salomatligiga, ma’lumotiga, psixologik va boshqa 
xususiyatlariga mos kelmaydigan ishga kirib qolishning oldini olish;
2. Mazkur kasbga eng qobiliyatli kishini tanlab olish;
3. Tasodifan shu kasbni tanlab ishga kirgan odamni о‘z vaqtida chetlatish, 
davolanishga, mos keladigan boshqa ishga о‘tkazish;
4. Odamning qaysi kasbga yaroqli ekanligini bildirib, u – yoki bu faoliyat 
turini tavsiya qilish;
Psixodiagnostika ma’lumotlari asosida istiqboldagi psixologik mehnat 
ekspertizasi kishining kelgusi mehnat faoliyatini belgilashga yordamlashadi.
Bu talablarni xar bir pedagog va ota–onalarning bilishi va amal qilishi. 
Ayniqsa bolaning 9–sinfni tugatish va xayot yо‘lini belgilab olishi davrida juda 
muximdir.
Mehnat ekspertizasi kuzatuvchining о‘tmishi–о‘quv va ishlab chiqarish 
faoliyatini tahlil qilish, baholash va uning xatolarini aniqlashga, ayrim kо‘ngilsiz 
xolatlarga sabab bо‘lgan xolatlarni (falokat, nuqsonli mahsulot, jarohat) va 
о‘rganishga xizmat qiladi. Bu о‘quvchi yoki ishchining kelgusi mehnat faoliyatini 
belgilab olishida katta ahamiyatga ega. Mehnat ekspertizasi bir vaqtning о‘zida 
kasbga yо‘llash muammolarini xal qilishga ham yordam beradi. Kasb tanlashga 
yо‘llash–bu psixologo–pedagogik, tibbiy va davlat tadbirlari majmui bо‘lib, 
xayotga kirib kelayotgan odamga ilmiy asoslangan shaxsiy xususiyatlarini hisobga 
olgan xolda jamiyat va shaxsiy manfaatlarga mos keladigan faoliyat turini tanlab 


346 
olishda yordam berishdir. Kishining qobiliyatariga mos kelmaydigan kasb 
tanlanishi kо‘pincha fojialarga sabab bо‘lib, shaxs uchun moddiy, ma’naviy zarar 
yetkazishi bilan jamiyatga ham kimmatga tushishi mumkin. Oila va jamiyat 
mablag‘ini sovurish, kadrlar qо‘nimsizligi, qayta tayyorlash xarakatidagi 
xarajatlarning ortishi va x. Kasb tanlashga yо‘llash muammolari odamlarni azaldan 
tashvishlantirib kelgan. Kasb tanlash davlat ahamiyatiga ega masala ekanligi 
birinchi marta Ispaniyada 1575 yilda Xuan Uarte tomonidan о‘rtaga qо‘yilgan edi. 
Davlat bu masala bilan shug‘ullanadigan odamlar va tashkilotlar bо‘lishi 
kerakligini taklif qilgan edi. IX asr oxiri va XX asr boshlarida qator mamlakatlar 
olimlari va jamoat arboblari (AQSH, Germaniya, Fransiya, Rossiya va boshqalar). 
Yirik ishlab chiqarish sanoat korxonalari uchun yoshlardan maxsus tayyorgarlik 
kо‘rgan kadrlarni tanlab olish, о‘qitish, kasb о‘rgatish zarurligi masalasini 
qо‘ydilar. Asrimizning 60 – yillaridan boshlab sobik ittifok davrida V.N.Shubkin, 
L.L. Kon-dratyeva , L. V. Botyakova, G. G. Golubev, A. YE. Golomshtok 
(Rossiya), K. Davlatov, V. Chichkov, A. Ismoilov, N. Shodiyev (О‘zbekiston ) va 
boshkalar shug‘ullandilar. Bu dolzarb vazifani hal qilish maktabdagi politexnik 
ta’lim zimmasiga yuklatildi, birok kutilgan natijani xar doim ham beravermadi. 
Kasb tanlashga yо‘llash maslaxat berishdan nariga о‘tmadi.
K. Platonov kasb tanlashga yо‘llashning kompleks dasturini ishlab chikib, bu 
«kasb tanlashga yо‘llash uchburchagi» sxemasini taqlif kildi. Uning bir tomoni 
kasblarning kishi va uning organizmiga qо‘yadigan talablari. Ikkinchi tomoni 
bozor imkoniyatlari (mehnat bozor talablari, qaysi kasbdagilar kerakligi). Uchinchi 
tomoni о‘smir qobiliyatlarini bilish va davlat siyosatida hisobga olishdan iborat. 
Kasbiy maslaxat–kasbga yо‘naltirish tizimining bir qismi bо‘lib, odamning 
qobilyatlarini о‘rganishga, tegishli maslahatlar berishga, batafsil shakllanishini 
ta’minlashga xizmat qiladi. Buning uch bosqichi bor: tayyorlov, xal qiluvchi va 
aniqlovchi.
Tayyorlov bosqichida oiladagi, maktabdagi о‘rganish – о‘qish davridagi 
oladigan maslaxatlar. Yakunlovchi tayyorgarlik 9 – sinfdagi olib boriladigan ishlar 
(о‘qishni davom ettirish shaklini tanlash bilan bog‘liq). Aniqlovchi kasbiy 


347 
maslahat о‘rta maktab doirasidan tashqariga chiqadi. Bu kollejda, litseyda, oliy 
ta’lim muassasasida davom etadi. Kasbiy tanlov – mehnat istiqbolli ekspertizasi 
shakli bо‘lib, odamning qaysi kasbga yaroqliligi xaqida kafolat berish bilan bog‘liq 
jarayon. Eng muximi qaysi kasb uning uchun nomaqbul, zararli ekanligini 
ogohlantirishdir. Kasbiy tanlov natijalari kasb-hunar kollejlarida xisobga olinib 
о‘quvchi qaysi kasb bо‘yicha о‘qishi yoki boshqa sohaga ishga о‘tkazilishi 
muhokama qilinadi. Kasb qobiliyati vaziyatga qarab о‘zgarishi mumkin. Shuning 
uchun zarur sharoitlar yaratish, kelgusi faoliyat turini belgilab olishga maslahat 
berilishi mumkin. Kasbiy maslahatning pirovard natijasi shaxs moyilligini 
aniqlashdir. Moyillik shaxs sifati bо‘lib, uning tarkibiga ma’lum faoliyatga 
qiziqish va uni bajarishga intilish, о‘z – о‘ziga asoslangan baxo berishdir. 
Moyillikning ikki turi bor: potensial va faol moyillik. Potensial moyillik kо‘pincha 
kishini yashiringan imkoniyatlari bilan bog‘liq, xatto о‘zi ham bilmasligi mumkin. 
Faol moyillik bevosita ish jarayonida namoyon bо‘ladigan qiziqish bilan bog‘liq. 
Kasbiy moslashish, uning asosiy va moxiyati. Kasb tanlashga yо‘llashning xal 
kiluvchi davri о‘quvchini biror kasb ichiga asta sekin kirib borishi, moslashuvi 
bosqichidir. Bunda о‘quvchi shogirdlikdan malakali ishchi darajasi sari 
takomillashib boradi. Kasbiy moslashishning ikki bosqichi bor: tayyorgarlik va 
bevosita kasb egallash bosqichi. Tayyorgarlik о‘quv jarayonida umumtexnika va 
maxsus fanlarni о‘rganadi, ayrim aniq kо‘nikmalarni hosil qiladi. Bu biologik, 
ijtimoiy – psixologik moslashish kо‘rinishiga ega. Korxonada bevosita ishlab 
chiqarishda kasbiy moslashish nixoyasiga yetkaziladi. Kasbiy moslashishni 
muvaffaqiyatli nihoyasiga yetishi uch narsaga bog‘liq: 
1.
Kollej 
о‘qituvchilari va ustalarining о‘z sohalariga qanday 
tayyorlashlariga nazariy va amaliy bilim berishlari, kо‘nikma va malaka xosil 
qilishlari, kasbga qiziqish uyg‘ota olishlari. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin