Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Bо‘lajak о‘qituvchilarni о‘quvchilarni kasb tanlashga yо‘llash ishiga 
tayyorlash sistemasi. 
Kasblarni о‘rganishda ham jiddiy kamchiliklar bor. Bu esa 
respublikamizda kasbga yо‘naltirish ishlarining yagona sistemasini yaratishni 
qiyinlashtiradi. Chunonchi, xozirgi vaqtga qadar menedjer, konsalting va boshqa 
kasblarning professiogrammalari tuzilgan emas. Bu yoshlar bilan olib boriladigan 
kasbga yо‘naltirishishiningsamaradorligini ancha pasaytiradi. Shuningdek, kasbiy 
guruhlarning asosiy vakillari va xalq xо‘jaligi, fan va madaniyat sohasidagi asosiy 
mehnat turlari uchun qisqacha psixologik tavsifnomalar, ma’lumotnoma 
adabiyotlar uchun kasblar kompleks tavsifnomalarining tarkibiy qismi bо‘ladi. Shu 
maksad uchun mavjud materiallardan foydalanish bilan bir qatorda tavsifnomalari 
bо‘lmagan kasblar va ixtisosliklarning keng о‘rganilishini tashkil etish kerak. 
Bunday ish qisqa muddatga mо‘ljallangan bо‘lishi lozim. Tegishli mutaxassislarni 
jalb qilgan holda uni amalga oshirish rejasi tuzilishi zarur. Bunda birinchi navbatda 
diqqat-e’tiborni maktabni bitirish arafasida ishlash yoki ishchi kasblarini о‘rganish 


330 
istagini bildirgan о‘quvchilar uchun ma’lumotnomalar tuzishga qaratish, keyin esa 
kasblarning asosli ma’lumotnoma-lug‘atlarini tuzish kerak. 
Ayni vaqtda xilma-xil tadqikot metodlarini qо‘llagan holda kasblarni ilmiy-
psixologik jihatdan о‘rganishga doir jamoa tarzidagi professiografiya ishlari keng 
avj oldirilishi kerak. 
Bu о‘rinda yoshlarning Kasbga oid muhim fazilatlarni egallab olish jarayonini 
va bunda о‘quvchilarda vujudga kelayotgan xatoliklarni о‘rganish muxim 
axamiyatga ega. Masalan, ish sur’ati tomonidan yuksak talablar qoyiladigan 
harakatlarni hamda farqlanishi qiyin bо‘lgan belgilarni aniqlashda о‘z-о‘zini 
tekshirishdan foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan harakatlarni, shuningdek 
qо‘shimcha kо‘rsatkichlardan foydalanish asosida yashirin jarayonlarni sozlash 
bilan bog‘liq harakatlarni talab etadigan kasblarni egallashda ta’lim jarayonida 
qiyinchiliklar va xatolar paydo bо‘lishi aniqlangan. 
Biron-bir 
amaliy 
faoliyatni 
egallash 
ayni 
vaqtda 
psixofiziologik 
takomillashish 
jarayonidir. 
Bunday 
takomillashish 
deganda 
kishining 
psixofiziologik holati faoliyatni (ishni) talab darajasida bajarish uchun yaroqli tip 
yoki namunaga yaqinlashib kelishi tushuniladi. Mashqlarni о‘rganish yuzasidan 
olib borilgan kо‘pgina ishlar shuni kо‘rsatadiki, faoliyatning yaxshilanishi faqat 
odam psixofiziologik funksiyalarining miqdor jihatdan о‘sishi bilan emas, balki 
sensor-motor reaksiyalar tezligi va aniqligining ortishi bilan bir vaqtda sodir 
bо‘ladi. Maxoratning quyi bosqichidan yuqori bosqichga о‘tish kishining 
psixofiziologik funksiyasining miqdoriy-sifat о‘zgarishlariga tayanadi. 
Faoliyatning ba’zi bir turlarida bunday о‘zgarish о‘z-о‘zidan ravshan. 
Masalan, velosiped haydashni endi о‘rganayotgan kishiga muvozanatni saqlab 
turish asosiy qiyinchilikni tashkil etadi, yiqilib tushmaslik uchun u avvallari hosil 
qilingan kо‘nikmalarni safarbar etadi, о‘zining tabiiy belgilaridan foydalanadi. 
Lekin velosipedga nisbatan psixofiziologik moslashish vazifasi hal etilgandan 
keyin boshqacha psixofiziologik mexanizmlardan foydalanishni talab etuvchi 
yangi vazifalar - chidamlilikni, tezlik hissini, yо‘l boylab harakat qilish vaqtidagi 
taktik usullarni egallash vazifasi paydo bо‘ladi. 


331 
Boshqa faoliyat turlarida psixofiziologik tuzilishni о‘zgartirish unchalik 
sezilarli emas, ba’zan u mahorat tarkib topishining ancha kechki bosqichlarida roy 
beradi. Bu о‘zgarish shaxsiy-psixologik tafovutlarning tabiiy asosiga hech bir ta’sir 
etmaydi. Biroq kasbga kirishib borish jarayonining turli bosqichlarida goh u, gox 
bu xususiyat tayanch vazifasini о‘taydi. P. T. Magzumov tadqiqotlarini dalil 
keltiramiz. U tokarlik kasbini egallashning dastlabki bosqichini о‘rgangan 
edi.P.Magzumov shuni aniqladiki, kasbni egallashning mazkur bosqichida nerv 
jarayonlari kuchli bо‘lgan kishilar mehnat topshiriqlarini muvaffaqiyatli 
uddalaganlar. Keyingi bosqichda esa nerv jarayonlari ancha zaif kishilar bir oz 
ustunlikka ega bо‘lishi aniqlandi. 
Muallif shunday farazni ilgari suradi, asab jarayonlari nisbatan kuchli bо‘lgan 
kishilar, «zо‘r chidamlilikni, kо‘p kuch-g‘ayrat sarflashni talab etadigan 
topshiriqlarda о‘zlarini yaxshi, tо‘la namoyon qildilar». Asab jarayonlari nisbatan 
zaif kishilarda ishdagi muvaffaqiyatlarning ortib borishini kasbni egallashning 
birinchi boskichidagi qiyinchiliklar, topshiriqlarning qiyinligi bilan emas, balki 
yangi sharoitlarda vujudga kelayotgan tormozlanish bilan tushuntirish mumkin. 
Binobarin, faoliyatning psixofiziologik asosini о‘zgartirish faqat funksional 
jarayonlarga taalluqli emas, balki nerv sistemasining asosiy xususiyatlariga ham 
taalluqlidir. 
Kasbiy layoqatlilik shaxsning sifati bо‘lib, uning shakllanishi psixofiziologik 
tuzilishni asta-sekin mahorat darajasi turlicha bо‘lgan topshiriqlarni bajarishga 
muvofiqlashtirishdan iboratdir. Bunda asab sistemasi asosiy xususiyatlarining ana 
shu ish turlariga mos keladigan funksional kо‘rinishlari takomillashadi, ba’zi 
hollarda esa asab sistemasining bir tayanch xossasidan boshqasiga о‘tish roy 
beradi. 
Shuni nazarda tutish kerakki, boshlang‘ich mahoratning nisbatan tez egallab 
olinishi kelgusida shu kasbda ishlash davomida paydo bо‘ladigan qiyinchiliklar 
shunchalik tez bartaraf etilishiga kafolat bermaydi. Kasbni egallashda mahoratning 
qaror topishi alohida jarayon bо‘lib, har bir kishining mahoratni egallash yо‘lida 
paydo bо‘ladigan qiyinchiliklar ma’lum darajada shu bilan belgilanadi. 


332 
Shaxsning fazilati sifatida kasbga layoqatlilikning shakllanishi haqida 
yuqorida aytilgan fikrlar oldingi zamon psixologiyasining ma’lum prinsiplaridan 
kelib chiqadi. 
Aytilganlardan kasbga layoqatlilikni aniqlash masalasini kishining о‘zi 
mehnat (yoki о‘quv) faoliyatida sinab kо‘rmasdan oldin qoyish mumkin emas, 
degan xulosaga kelinadi. Kasbga oid mehnat uchun zarur bо‘lgan psixofiziologik 
mexanizmlar tarkib topmaguncha kasbga layoqatlilik (yoki layoqatsizlik) haqidagi 
masalani hal qilish mumkin emas. Bu mexanizmlar faqat faoliyatning о‘zida 
shakllanishi mumkin. 
Kishining ba’zi bir kasblarga layoqatliligining shakllanishiga qulaylik 
tug‘diradigan yoki uni osonlashtiradigan biror-bir tabiiy xususiyatlarni aniqlash 
mumkin. Tabiiy belgilarni oldindan aytish ham mehnat jarayonini va kasbga oid 
ta’lim berishni oqilona tashkil etishda va kasbga kо‘nikishida, kо‘pchilik hollarda 
esa mehnat faoliyatini boshlayotgan kishilar uchun aniq ish joyini tanlashda 
shubxasiz muhim ahamiyatga egadir. 
Natijada sof amaliy nuqtai nazardan faqat sо‘zlar haqida gap borayotgandek 
tuyuladi, chunki psixofiziologik tashhiz har holda inkor qilmaydi, shunday ekan, 
qanday sо‘z tanlanishi, nimalar belgilanishi, layoqatlilikni shakllantirishning 
biologik shart-sharoitini tashkil etuvchi kasbga layoqatlilik yoki tabiiy iqtidorning 
aniqlanishi baribir emasmi? 
Haqiqatda esa gap kasbga layoqatlilik mavzusining о‘zini tushunishdagi tub 
farqlar haqida bormoqda, chunki shart-sharoitlarning mavjudligi hali kasbga 
layoqatlilik 
shakllanishiga 
kafolat 
bermaydi. 
Bu 
shakllanish 
о‘zining 
psixofiziologik jihatiga ega bо‘lgan alohida muammodan iboratdir. О‘ziga xos 
asoslarga о‘z talablarini qoyadigan faoliyatning shunday turlariga kasbiy 
layoqatlilikning biologik shart-sharoitlarini aniqlash vaqtida buni unutmaslik 
kerak. Bu shart-sharoitlar layoqatlilikni shakllantirishga qulaylik tug‘dirsa ham, 
о‘z-о‘zicha imkoniyatning voqelikka aylanishiga о‘tishini ta’minlay olmaydi. 
Xuddi shuningdek kasb har qanday normal kishi uchun qulaydir, degan gap har bir 
kishi bu kasb sohasida mutaxassis bо‘lib etishadi, degan ma’noni bildirmaydi. 


333 
Layoqatlilikning shakllanish muam-molarini tushunmaslik yoki unga etarli baho 
bera olmaslik tufayli shunday vaziyatlar vujudga keladiki, mehnat faoliyatiga 
monelik qiladigan hech qanday tо‘siq bо‘lmasa ham kishi unga layoqatsiz deb 
e’lon qilinadi, haqiqatda esa uning layoqatligiga shakllanishi lozim bо‘lgan shart-
sharoit yaratib berilmagan. Bunday hollar kо‘pincha san’at, fan, sport, shuningdek 
boshqa sohalarda ham uchraydi. 
Kishining tajribasi, bilim va malakalari ortib borishi bilan birga u qisman 
ongli ravishda, qisman tushunib etmagan holda о‘zining muvaffaqiyatli faoliyati 
uchun zarur bо‘ladigan о‘ziga xos mexanizmlarni egallaydi. Tabiiyki, bu 
jarayonning rivojlanishi uchun muayyan vaqt kerak. Shuning uchun ham bir 
faoliyatdan ikkinchisiga doimiy ravishda о‘tib turish bu faoliyatlarning birortasiga 
ham layoqat shakllanmasligining garovidir. Faoliyat tegishli sabablar mavjud 
bо‘lgandagina vujudga keladi. Kasb-ko|rlik faoliyatiga undaydigan ijobiy 
sabablarning manbalari - bu kasbning nufuzi, mehnatning о‘zidan hosil qilinadigan 
bevosita qoniqish, ma’naviy va ijtimoiy о‘sish imkoniyatlari, moddiy va ma’naviy 
rag‘batlantirishlardir. Kichik ijtimoiy guruh bо‘lgan jamoa ham muhim ahamiyat 
oynaydi, mehnat topshiriqlari ana shu jamoa bilan birgalikda hal qilinadi. 
Ijobiy 
sabab-faoliyatning 
vujudga 
kelishi, 
binobarin, 
layoqatlilik 
shakllanishining zarur shartidir. Shaxs rivojlanishining biologik shart-sharoitlari 
о‘z-о‘zicha kasbkorlik yо‘nalishidan mahrumdir. Shuni eslash kifoyaki, insonning 
biologik tipi kо‘p asrlar mobaynida о‘zgarmay qolgan. Kishilik jamiyatida esa bu 
davrlarda minglab xilma-xil kasblar о‘zgardi, eskilari yangilari bilan almashdi. 
Kasbkorlik yо‘nalishini jamiyatning о‘zi о‘z ehtiyojlariga qarab yaratadi va tabiiy 
о‘ziga xos negizlar asosida turli-tuman kasb egalari shakllanadi. Nerv 
sistemasining asosiy xususiyatlari esa, agar ta’bir joiz bо‘lsa, kasbkorlik jihatidan 
neytraldir. 
Ayni bir vaktda nerv sistemasining har bir xususiyati va xususiyatlarning har 
bir majmui vazifasiga kо‘ra kо‘pgina imkoniyatlarga ega bо‘lib, bir-biriga 
о‘xshamagan turli shakllarda namoyon bо‘lishi mumkin. 


334 
Kishining biologik xususiyatlariga qarab uning kasbkorlik vazifasini belgilash 
mumkin bо‘lavermaydi, ayniqsa hozirgi vaqtdagi kasblarning kо‘plari doimo fan-
texnika taraqqiyoti taqozosi bilan о‘zgarishlar va takomillashtirishlarga duchor 
bо‘lib turibdi. Demak, hatto oldindan aytib berishga yо‘l qoyilganda ham u yoki bu 
kishini aslida qanday kasbda sinab kо‘rish kerakligi noaniq bо‘lib qoladi, uni 
oldindan aytib berish paytidagi kasbkami yoki hali vujudga kelmagan kasbga 
tayyorlash kerakligi ma’lum bо‘lmaydi. 
Hal qiluvchi bо‘g‘in sifatida kasbga layoqatlilikni shakllantirishga yordam 
beradigan shart-sharoitlarni, keyin esa bu sharoitlarni yaratib berishni о‘rganishni 
hisoblash kerak bо‘ladi. Bizning jamiyatda unumli mehnatda muvaffaqiyatli 
ishtirok etish bu jamiyatning har bir a’zosi uchun katta ahamiyat kasb etadi, chunki 
ijtimoiy salmoq, о‘z-о‘ziga baho berish, о‘z qadr-qimmatini his qilish, kasbkorlik 
mahorati darajasi bilan bevosita bog‘liq bо‘ladi. Shaxsning shakllanishining о‘zi 
kasb egasining shakllanishi singari sodir bо‘ladi, u kо‘p hollarda ma’naviy boyish, 
о‘z-о‘zini qaror toptirish, burch tuyg‘usini yuksak darajada his etish, ijtimoiy 
e’tirof etish, ma’naviy va iqtisodiy rag‘batlantirishlar bilan birga boradi. Shuning 
uchun xam kо‘p hollarda kasb-korlik jixatidan о‘sish va о‘z-о‘zini 
takomillashtirish kishilar ongida shaxsiy istiqbol bilan mos keladi. Bu istiqbol 
ijodiy mehnatda о‘zining maqsadga intilishi bilan ijtimoiy jihatdan e’tirof qilingan 
yutuqlar о‘rtasidagi bog‘lanishni aniq tushunib etishga asoslanadi. Shu narsa shak-
shubhasizki, shaxsiy istiqbol mehnat faoliyatining qudratli undovchisi bо‘lib, 
chinakam mahorat sari faol harakat qilishga rag‘batlantirib turadi. 
Psixologiyaning sanoat va kishloq xо‘jaligidagi kо‘pgina kasblarga nisbatan 
vazifalari faqat kasbga layoqatlilikning tabiiy shart-sharoitlarini aniqlashdangina 
iborat emas. Bu vazifalar layoqatlilikni shakllantirish masalalariga qaratilishi, 
kasbni о‘rgangan har bir kishini bu sohada mustahkamlanib borishga va mahoratni 
qо‘lga kiritishga undashi lozim. Bu jihatdan mazkur kasbda, mazkur korxonada va 
ayrim hollarda mazkur tarmoqda shaxsiy istiqbol yaratish muammosi jiddiy e’tibor 
berishga loyiq masala bо‘lib qolishi mumkin. 


335 
Shuni e’tirof etish kerakki, kо‘pchilik kasblarda, shartli qilib gapirganda 
kichik mutaxassislar kasblarida shaxsiy istiqbolni amalga oshirish imkoniyatlari 
unchalik tо‘liq ishga solinmagan va bu sohada kо‘p ishlarni amalga oshirish 
mumkin. Shaxsiy istiqbolning paydo bо‘lishiga halaqit beradigan holatlarga 
kasbkorlik ichida ilgarilab borish darajasining aniq ifodalanmaganligi yoki uning 
mutlaqo yо‘qligini kiritish mumkin. Kо‘pgina kasblarda rag‘batlantirish turlari 
kasb mahoratiga mos kelmaydi va shaxsning uzoq istiqbolini nazarda tutmaydi. 
Shaxsiy istiqbolning paydo bо‘lishiga qiyinchilik tug‘diradigan sabablardan biri 
moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bilan mazkur korxonada uzoq vaqt 
mobaynida ishlab chiqarish sohasida erishilayotgan muvaffaqiyatlar о‘rtasida 
bog‘lanishning mavjud emasligidir. Shunday hollar ham bо‘lishi mumkinki, kichik 
mutaxassisnii rag‘batlantirish maqsadida korxona rahbariyati ixtiyorida bо‘lgan 
barcha imkoniyatdan foydalanib bо‘lingan bо‘ladi, endi bu ishchi rag‘batlantirish 
ma’nosida hech narsa kutib о‘tirmasa ham bо‘ladi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin