Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Kurs ishlarini bajarishda texnik modellashtirish va loyihalash



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

 
Kurs ishlarini bajarishda texnik modellashtirish va loyihalash 
Oliy ta’lim muassasalarida ayniqsa bо‘lajak mehnat ta’limi va kasb ta’limi 
о‘qituvchilarini tayyorlashda mehnat va kasb ta’limi metodikasi fanlaridan kurs 
ishlarini bajarishda texnik modellash va loyihalash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu 
boradagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda turli tashkiliy shakl va metodlardan 
foydalaniladi, jumladan:
- texnik ma’lumotlar berish;
- tadqiqotchilik va amaliy faoliyat, kо‘nikma va malakalarni shakllantirish;
- texnik bilimlarni, mehnat usullarini, bajarilgan ishlar sifatini nazorat qilish;
- dizayn, estetik did va mehnat madaniyati kо‘nikmalarini, mustaqil ishlash 
qobiliyatini shakllantirish;
- konstruktorlik-texnologik mazmundagi ijodiy masalalarni hal qilish, yuksak 
darajadagi mehnat intizomiga va mehnat muhofazasi talablariga rioya etish uchun 
ma’lum shart-sharoitlar yaratilishi va h.k. 
Texnik modellashtirish jarayoni biror bir noyob, qimmatbaho xullas kо‘p 
mablag‘ sarflanadigan inshootlar, agregatlar, mashinalar va hokazolarning 
modelini yaratish hisoblanadi. Odatda modelning о‘lchamlari asl nusxaga nisbatan 
ancha kichik bо‘ladi va shunga kо‘ra undan arzonga tushadi. Modelь tuzilishi 
jihatidan aslidan farqlanishi mumkin, lekin unda ishlash jarayonida aslida sodir 
bо‘ladigan fizik hodisalar kuzatilishi kerak. 
Texnik modellashtirish jarayoni uchta asosiy bosqichdan iborat: 
- modelь yasash uchun texnik xujjatlarni (texnik shartlar, chizmalar, 
texnologiyani) tayyorlash, modelь yasash va uni sinab kо‘rishdan iborat. 
Texnikada ishlatiladigan modellar 3 turga bulinadi. Mehnat va Kasb ta’limi 
metodikasi fanlaridan talabalar kurs ishlarini bajarishlari uchun ushbu turlarni 
bilishi talab etiladi. 


355 
Geometrik о‘lchamlarda о‘xshashlik - Kо‘rgazmali qurol maqsadida 
ishlatiladigan obyektning tashqi qiyofasini anglatadi. Bunday modellar talabalarni 
zamonaviy mashina, mexanizmlar tuzilishi, ishlash mezonlari bilan tanishtiradi. 
Fizikaviy о‘xshashlik - О‘rganilayotgan obyektning xarakat dinamikasi, 
о‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlari, xususiyatlari va о‘xshashliklarini kо‘rsatadi. 
Harakatli о‘xshashlik - Tirik mavjudodlarning xarakatlarini modellashtirish 
tushuniladi. Bu turdagi modellarning asliga yaqin bо‘lishni ta’minlash maqsadida 
kо‘p holatlarda ular tirik mavjudotlar, insonlarga о‘xshash qilib yaratiladi. 
Talabalarga texnik modellashtirishni о‘rgatish jarayonida inson о‘z amaliy 
faoliyatida tabiat qonuniyatlari va hodisalaridan foydalanishini kо‘rsatib berish, 
ularni zamonaviy ishlab-chiqarish sohalari bilan tanishtirib chiqish kerak. Bunda 
talabalarning fan asoslari bо‘yicha olgan bilimlarini ustaxonadagi amaliy ishlari 
bilan bog‘lash kerak. 
Talabalarning texnik modellashtirish jarayonidagi faoliyati asosan texnik 
xujjatlarni ishlab chiqish va modelь yasashdan iborat bо‘ladi. Shuning uchun eng 
avval talabalarni chizmalarni ishlashga, texnologik jarayonni tuzishga, modelning 
detallarini tayyorlash va ularni yig‘ishga jalb etish uchun eng qulay modellar 
yasashni nazarda tutish lozim. 
Talabalarga modellashtirishni о‘rgatish jarayonida obyektlarni tayyorlash 
quyidagicha uch bosqichda amalga oshiriladi: 
1)
mukammal texnik xujjatlar bо‘yicha; 
2)
qisqartirilgan texnik xujjatlar bо‘yicha; 
3)
texnik shartlar yoki о‘z shartlari bо‘yicha; 
Texnik modellar 
tasnifi 
Geometrik о‘lchamlarda 
о‘xshashlik 
Fizikaviy 
о‘xshashlik 
Xarakatli о‘xshashlik 


356 
Modellashtirishni о‘rgatishdagi birinchi bosqichning xususiyati shuki, unda 
talabalar topshiriqni bajarish uchun barcha boshlang‘ich ma’lumotlarni tayyorgina 
oladilar. Bu esa ana shu bosqichda talabalarning ijodkorligi uchun hech qanday 
sharoit bо‘lmaydi degani emas. Chunki chizmalar, obyektning texnik shartlari va 
texnologik xarita mavjud bо‘lgan taqdirda ham, talabalarning ma’lum darajada 
musataqil ishlashiga tо‘g‘ri keladi. Ular avvalo texnik xujjatlarni tushunib 
olishlari: chizmani о‘qishlari va texnologiyani о‘rganishlari shart. 
Modellashtirishni о‘rgatishning ikkinchi bosqichi talabalar topshiriqni 
bajarish uchun kerakli ma’lumotlarni tо‘liq olmasligi bilan tavsiflanadi. 
Ular yordamchi adabiyotdan foydalanib, buyumning loyixasini, uni 
tayyorlash texnolgiyasini ishlab chiqishga va hokazolarga jiddiy yondoshib, 
mazkur ma’lumotlarning bir qismini mustaqil holda о‘zlari topishlari kerak. 
Qisqartirilgan texnik xujjatlarda bir yо‘la ham chizmalarni о‘qish va ishlab chiqish, 
ham loyixalash va texnologik jarayonni tashkil etish vazifalarini nazarda tutish 
tavsiya qilinadi. Talabalar yetishmaydigan ma’lumotlarni shu tarzda topish uchun 
chizmachilikdan, shuningdek loyixalash va texnologiyadan olingan bilimlarni 
ijodiy qо‘llashlari lozim. 
Modellashtirishni о‘rgatishning uchinchi bosqichi talabalarning о‘z ijodiy 
tasavvuri yoki buyumga qо‘yiladigan shartlar bо‘yicha bajaradigan mustaqil 
ishidir. Modellashtirishda talabalarning individual xususiyatlari farqi ayniqsa 
yaqqol kо‘rinadi. 
Bunda ma’lum darajada ayrim talabalarning ongli mustaqil ta’lim faoliyati 
bilan shug‘ullanishi xar hil texnik qurilmalarni loyixalash va tayyorlashga 
qiziqishlari sabab bо‘ladi. 
Loyixalash – asl nusxadagi mashinalar, moslamalar, jixozlar va hokazolarning 
chizmalarini yaratishga qaratilgan ijodiy jarayondir. Loyihalash bilan shug‘ullanish 
uchun avvalo keng grafik hamda texnologik bilim va malakalarga ega bо‘lish 
kerak. Shuningdek, buyumlarning mustahkamligi, aniqligi va hokazolariga oid 
murakkab hisoblarni bajarish imkonini beradigan maxsus loyihalash bilimlari va 
malakalari ham zarur. 


357 
Talabalar texnik modellashtirish bilan shug‘ullanishda buyumlarni loyihalash, 
tayyorlash va pardozlash bо‘yicha quyidagi ishlarni bajaradilar: 
1.
Loyihalanadigan buyumning vazifasi va qо‘llanishi bilan tanishish; 
2.
Buyumdan foydalanish va uni tayyorlash jarayoniga asos bо‘ladigan 
fizik, kimyoviy va boshqa jarayonlarni aniqlashtirish; 
3.
Umumtexnik va qо‘shimcha adabiyotlarni о‘rganish, qо‘yilgan 
vazifani hal qilinishining eng yaxshi variantini tanlashda ulardan foydalanish; 
4.
Buyumning bir nechta eskiz variantlarini tayyorlash va ulardan eng 
yaxshisini tanlash; 
5.
Buyumning texnik loyixasini ishlab chiqish; 
6.
Buyumga ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish; 
7.
Ayrim detallarni, uzellar va umuman buyumni tayyorlash hamda 
rostlash; 
8.
Buyumning kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etish; 
9.
Buyumni pardozlash; 
10.
Buyumni tayyorlashga doir о‘quv-texnik xujjatlarga tuzatishlar 
kiritish. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin