304
О‘quvchilar yiliga bir marta savol varaqasini tо‘ldiradi.
Bundan
maqsad-о‘quvchilarning hayotiy rejalarini aniqlab olishdir. Sinf rahbarlari
savol varaqasi asosida о‘quv yili oxirida kasbga yо‘naltiruvchi maktab
kengashiga topshirish uchun u yoki bu kasbni ongli ravishda tanlagan
yoki zarur malaka darajasi bо‘yicha kasb egallagan hamda о‘qish va ish
xususidagi о‘z istaklarini bildirgan 9 sinf о‘quvchilarining rо‘yxatlarini
tuzadilar.
О‘quvchilar mehnat ta’limi darslarida mehnatning har xil turlariga oid
bilimlarnigina
olib qolmay, shu bilan birga о‘z faoliyatlari jarayonida
maxsus
malakalarga
ham
ega
bо‘ladilar,
о‘z
qobiliyatlarini
rivojlantiradilar, mehnatda о‘z kuchlarini sinab kо‘radilar. Shu boisdan
mehnat ta’limi о‘qituvchisi mehnat darsini shunday tashkil qilishi
kerakki, toki har bir о‘quvchi mehnatni sevishni о‘rganib olsin, odamlarga
naf keltiradigan bо‘lsin, ish jarayonidan va uning natijalaridan
zavqlansin.
Mehnat о‘qituvchisi о‘z ishida bilim va malakani egallashda о‘quvchilarga
eng kо‘p faollik va mustaqillikni ta’minlaydigan ish shakllari va
metodlaridan foydalanishi lozim.
Laboratoriya-amaliy, о‘quv-ishlab chiqarish
ishlari, ishlab chiqarish ekskursiyalari, ishlab chiqarish tajribasi shunday ish
shakllari va metodlari jumlasiga kiradi. Bu ishlar mustaqil kuzatishlar,
tajribalar, tahlillar, hisob-kitoblar, ishlab chiqarish va ijodiy vazifalarni hal
qilishni hamda bevosita ijtimoiy-foydali, unumli mehnatni о‘z
ichiga oladi
(yukorida aks ettirilgan bobda bu haqida batafsil ma’lumot berilgan).
Mehnat о‘qituvchisi mehnat ta’limi jarayonida kasb qilib olingan
mehnat tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni anik mavzularni о‘rganish bilan mantiqiy
bog‘lashi mumkin. Chunonchi, fizika fanining elektrotexnika bо‘limini
о‘rgangan chog‘da о‘qituvchi elektr quvvatining ahamiyatini, uni ishlab
chiqarish hamda iste’molchiga yetkazib berish usullarini kо‘rsatishi,
shuningdek ushbu tarmoq kasblari uchta katta guruhga bо‘linishini
tushuntirib berishi mumkin. Birinchi guruhga
elektrotexnika uskunalari,
305
mashinalari, apparatlari va asboblarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq kasblar
(elektrotexnika mashinalarini yig‘uvchi slesar, sozlovchi slesar, о‘rovchi
elektro-montyor, izolyatsiya qiluvchi va shu kabilar); ikkinchi guruhga
elektr quvvatini uzatish bilan bog‘liq kasblar (podstansiyalarning elektro-
montyori, elektr tarmoqlarini ishlatuvchi elektro-montyor va shu kabilar);
uchinchi guruhga elektr quvvatidan foydalanish bilan bog‘liq kasblar
(elektromontajchi slesar, ta’mirchi elektro-montyor va shu kabilar) kiradi.
О‘quvchilarni kasbga yо‘naltirishda о‘qituvchining shaxsi juda katta
axamiyat oynaydi.
О‘qituvchining shaxsi
- о‘qituvchining
ijodiy rivojlanishini, yuksak pedagogik
mahoratini, ishda doimiy fidokorligini, omilkorligini, bolalarga nisbatan
muhabbat va hurmatini belgilab beradigan xislatlar majmuidir. Ayni shunday
о‘qituvchi о‘quvchilarda о‘ziga
nisbatan hurmat-extirom, ishga havas
tug‘diradi, о‘ziga о‘xshash bо‘lish, u bilan dо‘stlashish va eng ezgu
istaklar, istiqbol tо‘g‘risidagi, о‘z kasbi haqidagi orzularni baham kо‘rish
ishtiyoqini yaratadi.
Maktabda qiziqishlar bо‘yicha о‘tkaziladigan xilma-xil mash-g‘ulotlar
orasida tо‘garak ishi
Dostları ilə paylaş: