68
quvurlari, ventil va jо‘mraklarni sozlashda mayda ta’mirlash ishlarini bajarish;
qurilish va ta’mirlash bilan bog‘liq kasb-hunarlar bо‘yicha bilim, kо‘nikma va
malakalarga ega bо‘ladilar.
4.
8-9 sinf kasbiy tayyorgarlikkacha bо‘lgan jarayon mazmuni
“Texnologiya va dizayn” yо‘nalishi
Ishlab chiqarish asoslari bо‘limi:
о‘quvchilar О‘zbekistondagi ishlab
chiqarish turlari va tarkibi, ularning bir-biriga bog‘liqligi; texnologik jarayonlar,
yangi texnika, ilg‘or texnologiyalar; mehnat faniga mexanik ta’sir etish orqali
amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishdagi kimyoviy va
fizik-texnologik jarayonlar; fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va
istiqboli; ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab chiqarishni tayyorlashga oid
texnologik hujjatlar; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, о‘lchash va
taqqoslash texnologiyalari; kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yо‘nalishlari,
tartibi va standartlari; mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining
rivojlanishi; zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi;
olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari; mehnatni unumli tashkil etish,
tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari; mehnatni ilmiy tashkil etish; tabiatni
muhofaza qilish; sanoat miqyosida kо‘p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya
etish mumkin bо‘lgan mahsulot namunasini tayyorlash.
Dostları ilə paylaş: