Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Kasbga yо‘naltirish asoslari bо‘limi



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Kasbga yо‘naltirish asoslari bо‘limi:
о‘quvchilar kasblar tasnifi, kasblarda 
mehnat turlarining ta’rifi; qо‘l mehnatidan foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan 
kasblar; kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qо‘yiladigan talablar; 
О‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 
yо‘nalishlari, ularning bir-biridan farqini bilish. О‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga 
yо‘naltirish tizimi; kasb tanlashga doir reja tuzish; kasb tanlashdagi xatolar
qiyinchiliklarning asosiy xususiyatlari; kasb tanlashda shaxs qiziqish va 
moyilliklari, qobiliyatlarini e’tiborga olish; kasb tanlashda onglilik va mustaqillik; 
о‘z-о‘zini tarbiyalash, kasb tanlashning mohiyati; kasblarning murakkablik 
omillarini tahlil qilish; о‘zi xohlagan kasbga yaroqli ekanligini aniqlash, о‘z 
ruhiyatidagi kasbga moyillikni tarbiyalash usullari; kasb egallash va ishga 
joylashishga doir shaxsiy reja ishlab chiqish bо‘yicha bilim, kо‘nikma va 
malakalarga ega bо‘ladilar. 
 


71 
Qishloq xо‘jalik asoslari” yо‘nalishi 
Ishlab chiqarish asoslari bо‘limi: 
О‘zbekiston xalq xо‘jaligi va ishlab 
chiqarish turlari. О‘zbekiston qishloq xо‘jaligida moddiy ishlab chiqarish asoslari 
va uning tarkibi, о‘zaro munosabati, bir-biriga bog‘liqligi. Dehqonchilik va 
chorvachilik sohasidagi bozor munosabatlariga asoslangan faoliyat turlari va 
ularning istiqbollari. Texnologik jarayon haqida asosiy tushuncha. Yangi texnika 
va ilg‘or texnologiya, uning ifodalanilishi. Agrotexnika, mexanizatsiya, yarim 
avtomatlar va h.k. orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar. Ishlab 
chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar. Fan-
texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Ekin yetishtiriladigan 
issiqxonalar tuzilishi, ularda yetishtiriladigan ekin turlari. Issiqxonalarda ekin 
yetishtirish texnologiyasi. Dehqonchilik va chorvachilik bо‘yicha kо‘rgazma va 
tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari. Kadrlarni tayyorlash, 
malakasini oshirish yо‘nalishlari, tartibi va standartlari. Mulkchilik turlari, 
marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi.
Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi. Qishloq 
xо‘jalik asoslari yо‘nalishida ishlab chiqarish texnologiyasi va uning mohiyati. 
Dehqonchilik va chorvachilik yо‘nalishlari bо‘yicha eksport va ichki bozor uchun 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishini 
rivojlantirishning intensiv va ekstensiv yо‘nalishlari. Mahsulot ishlab chiqarishni 
nazorat qilish, о‘lchash va taqqoslash texnologiyasi. Olinadigan daromad va uni 
taqsimlash qoidalari. Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, 
tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiat 
muhofaza qilish va ishlab chiqarish. Dehqonchilik va chorvachilik yо‘nalishlariga 
oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin