82
Yog‘och buyumlar bezagi bilan binolar naqshining hamda texnologik
xususiyatlari о‘rtasida kо‘pgina umumiyliklar bor. Naqshdagi asosiy bezak
tuzilishlari tabiatdagi novda,yaproq,gul, g‘uncha, kurtak, lola, qalampir, nok,
bodom, katta yaproq va pollardan shartli ravishda olingan elementlardir.
Naqshlarning о‘z qonuni, tarkibiy qismlarining о‘ziga xos tuzilishi va ranglar
asosi bor. Har bir naqsh alohida qaytariluvchi shakllardan iborat bо‘lib, ularning
о‘zaro uyg‘un bog‘lanishi naqsh mavzusini belgilaydi. Har bir shunday ritmik
qaytariluvchi qismlar yig‘indisi shunday ma’lum mazmun yaratishga mо‘ljallangan
katta panoning bir bо‘lagidir.
Xalq ustalari ijodida quyidagi naqsh guruhlari kо‘p qо‘llaniladi: islimi, girih,
murakkab.
Dostları ilə paylaş: