Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar 
1.
Ijtimoiy foydali unumli mehnat deb nimaga aytiladi? 
2.
Ijtimoiy foydali mehnat deb nimaga aytiladi? 
3.
Ijtimoiy foydali unumli mehnat bilan ijtimoiy foydali mehnatning farqi 
nimada kо‘rinadi? 
4.
Kasb tanlash samarasini kо‘tarishga qaratilgan shartnomalar qanday 
tuziladi? 
3.6. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash dars jarayonida tarbiya 
Reja: 
1. Tarbiya haqida umumiy ma’lumot 
2. Tarbiya tо‘g‘risida mutafakkirlarning qarashlari 
3. Barkamol avlodni tarbiyalashda mehnat va mehnat tarbiyasining о‘rni
4. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llash darslarida tarbiyalash usullari 
Tayanch iboralar: 
tarbiya, shaxs kamoli, xulq normalari, axloqiy sifatlar
mehnatsevarlik, intizomlilik, shijoatkorlik vatanparvarlik, mas’uliyat, faollik, 
ma’naviy kamol topish, aqliy mehnat, jismoniy mehnat, ijtimoiy mehnat, maishiy 
mehnat, badiiy did, sifatli va sifatsiz tayyorlangan buyumni taqqoslash, 
 
1.Tarbiya haqida umumiy ma’lumot
. Mustaqil О‘zbekistonimizda ta’lim 
tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash milliy dasturini qabul qilinishi barkamol 
avlodni yaratishdagi dastlabki qadamlardir. Shaxs rivojlanishiga erishish har bir 
jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat 
tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini rо‘yobga chiqarish mumkin. 
Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta’sir etiladi. Buning 
natijasida muhitdagi voqealarning tо‘g‘ri ijobiy ta’sirini amalga oshirish imkoni 
tug‘iladi. Muhit beraolmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, xatto tarbiya 
tufayli shaxsda tug‘ma kamchiliklarni ham о‘zgartirib shaxsni kamolga yetkazish 
mumkin. Bundan tashqari muhitning salbiy ta’siri tufayli tarbiyasi izdan 
chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida 


102 
bо‘lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bо‘ladi. 
Pedagogik jihatdan tо‘g‘ri uyushtirilgan har qanday faoliyat xoh о‘yin, mehnat, 
о‘qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatadi. Shaxs ulg‘aya 
borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan о‘zgarib boradi, turli yosh 
davrlarida esa faoliyat turlari ham о‘zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida о‘yin, 
о‘quvchi hayotida о‘qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga 
egadir. 
О‘quvchilarning rivojlanishida о‘quv jarayonlarining ahamiyati va ta’siri 
beqiyos kattadir. Bilimlarni о‘zlashtirish ularning tafakkurini о‘stiradi, ijodiy 
qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bо‘lib qoladi. Bu jarayonda ularda 
ijtimoiy xulq normalari shakllanadi. Shaxs qaysi yoshda bо‘lishidan qat’iy nazar, 
ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, mehnat 
insonning ham jismoniy, ham ma’naviy kamol topishida muhim manba 
hisoblanadi. Mehnat jarayonida uning ishtirokchilari bir-birlari bilan aloqada 
bо‘ladilar, о‘zlarining nimaga qodir ekanliklarini kо‘ratishga harakat qiladilar. 
Mehnat orqali shaxsning axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, 
mas’uliyat, intizomlilik, faollik ortadi. Ular о‘z-о‘zini tarbiyalashga astoydil 
kirishadilar. О‘z-о‘zini tarbiyalashga ota-ona, о‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri 
yanada samarali bо‘ladi.
Kishi tug‘ilgan kunidan boshlab sotsial mavjudot bо‘lib qoladi. Uning 
xarakteri, xulq-atvori, shaxsi barcha ijtimoiy omillar yig‘indisi ya’ni tevarak-
atrofdagi odamlarning unga munosabati, namuna kо‘rsatishlari, mafkuralari, о‘z 
faoliyatida hosil qilgan tajribasi ta’sirida shakllanadi. Albatta, ijtimoiy omillar 
inson shaxsining har tomonlama shakllanishi samarali ta’sir kо‘rsatadi. Pedagog 
bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, xarakteri va fe’l-atvorini 
belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta’sir kо‘rsatishini bilishi lozim. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin