117
tanishtirishdan boshlanadi. Bu usullar avval о‘quvchilar tomonidan о‘quv
mashqlari sifatida, keyin esa ma’lum detallarni tayyorlash jarayonida bajariladi.
Dastlabki kо‘nikma va malakalar shu tariqa shakllantiriladi.
Bu davrda
о‘qituvchining e’tibori, asosan mehnat usullarining tо‘g‘ri bajarilishini tekshirishga
qaratiladi.
Takrorlash mashqlarida о‘quvchilarning mustaqilligi mehnat usullarini tо‘g‘ri
bajarishdagina emas, balki ularni buyumning konfiguratsiyasiga va ishlov
berishning aniqligiga qо‘yilgan talablarga bog‘liq
holda tanlashda namoyon
bо‘lishi kerak.
Mazkur darsning asosiy vazifasi kо‘nikma va malakalarni shakllantirishdan
iborat bо‘lsa ham, bu о‘quvchilarni muayyan hajmdagi
yangi bilimlar bilan
boyitmay amalga oshmaydi.
3. Bilimlarni amalda qо‘llash darslari.
Har qanday amaliy ishni ham tegishli
bilimlarni qо‘llamay bajarib bо‘lmaydi. Ammo shunday hollar ham bо‘ladiki, unda
bilimlarni qо‘llash о‘qituvchining e’tibori qaratilgan asosiy ta’limiy vazifa bо‘lib
qoladi.
Misol uchun modellashtirish bо‘yicha topshiriqlarni olamiz. Modellashtirish
uchun о‘quvchilar konstruksiyalash va texnologik
jarayonlarni tashkil etish
bо‘yicha bilimlarga ega bо‘lish kerak. О‘quvchilar aniq misollar orqali
modellashtirishning umumiy asoslari
haqida bilim olishlari, modellashtirish
jarayonii bо‘ysunadigan yagona qoidalar va talablar bilan qurollanishlari kerak.
Modellashtirish darslarida о‘quvchilarning bilim va malakalarini amalda mohirona
qо‘llashlari mana shuning uchun ham alohida zarurdir.
Bilimlarni qо‘llash darslarida о‘quvchilarning mustaqil ishlari alohida о‘rin
oladi, ammo u kо‘nikma va malakalarni shakllantirish
darslaridagiga qaraganda
birmuncha boshqacharoq yо‘sinda baholanadi. О‘qituvchini avvalo о‘quvchilar
biror ishni bajarishda о‘z bilimlarini qanchalik mohirlik va mustaqil qо‘llay
olishlari qiziqtiradi. Bunda о‘quvchilarning mehnat usullarini tо‘g‘ri bajarishini
nazorat qilishni ham unutmaydi, albatta.