Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


  IV BOB. MEHNAT TA’LIMI O’QITISH METODIKASI, KASB



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

 


110 
IV BOB. MEHNAT TA’LIMI O’QITISH METODIKASI, KASB 
TANLASHGA YО‘LLASH FANIDA SHAKL, METOD VA VOSITALAR 
4.1.
 
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llashni о‘qitish shakllari 
Reja: 
1. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llashni о‘qitish shakllari 
2. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash darslarining tiplari 
Tayanch iboralar: 
ta’lim jarayoni, ta’lim ishtirokchilari, ta’limining tashkiliy 
shakllari, о‘quvchilar jamoasi, dars tiplari, о‘qitish shakllari: nazariy mashg‘ulot, 
amaliy va amaliy laboratoriya mashqlari, ishlab chiqarish korxonasiga ekskursiya, 
firmalar, xususiy korxonalar bazasida mashg‘ulot, о‘quvchilarning mehnatga oid 
mustaqil ishlari, mehnatni tashkil etish shakllari, masofaviy ta’lim. 
1.Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llashni о‘qitish shakllari.
Ta’lim 
jarayoni ishtirokchilari, ya’ni о‘qituvchi va о‘quvchilarning ma’lum belgilangan 
tartibda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi faoliyatining tashqi kо‘rinishi mehnat 
ta’limining tashkiliy shaklini anglatadi. 
Umumta’lim maktab о‘quvchilarining о‘quv faoliyati turli tashkiliy shakllarda 
kechadi. Mehnat ta’limining tashkiliy shakllari deganda о‘quv faoliyati uchun 
о‘quvchilar jamoasini tashkil etish yо‘llari, bu faoliyatga rahbarlik qilish shakllari, 
shuningdek, о‘quv mashg‘ulotlarining qurilish tarkibi tushuniladi. Bunda nazariy 
va amaliy mashg‘ulotlar va ishlab chiqarish ta’limini tashkil qilishning asosiy 
shakllarini ochib berish, ishlab chiqarish korxonalariga sayohat, ayrim hollarda 
mehnat ta’limida masofaviy о‘qitishni ishlab chiqishni, ishlab chiqarish ta’limining 
maqsad va vazifalari, tashkil qilish, о‘tkazish, rahbarlik qilish bо‘yicha tavsiyalarni 
ishlab chiqishni, jamoaviy, guruhli, yakka tartibdagi shakllardan foydalangan holda 
dars ishlanmalarini tayyorlashni talab etadi. Ana shu sababli mehnat ta’limining 
tashkiliy shakllarini ishlab chiqish va boshqarish modelini loyihalash zarur. 
Mehnat ta’limining tashkiliy shakllari deganda – о‘quv-ishlab chiqarish 
faoliyati uchun о‘quvchilar jamoasini tashkil etish yо‘llari, bu faoliyatga rahbarlik 
qilish shakllari, shuningdek, о‘quv mashg‘ulotlarining qurilish tarkibi tushuniladi. 


111 
Mehnat ta’limini u yoki bu shaklini tanlashda, о‘quvchilarni mehnat ta’limi 
bо‘yicha bilim, kо‘nikma va malakalar bilan qurollantirish jarayonida ularning 
mutloq maqsadi va yaqin vazifalari, mazmun hamda metodlari, shuningdek, 
moddiy sharoitini belgilaydigan asosiy faktor (kо‘rsatkich)larini u yoki bu 
shakllariga bog‘liq. 
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash mashg‘ulotlarini tashkil etish 
shakllariga quyidagilar kiradi: 
1. Nazariy mashg‘ulotlar. 
2. Amaliy va amaliy laboratoriya mashqlari. 
3. Ishlab chiqarish korxonasiga sayohat . 
4. Firmalar, xususiy korxonalar bazasida mashg‘ulot. 
5. О‘quvchilarning mehnatga oid mustaqil ishlari. 
6. Mehnatni tashkil etish shakllari. 
7 Masofaviy ta’lim. 
Nazariy mashg‘ulotlar. 
Mashg‘ulot davomida mavzu bо‘yicha kerakli 
ma’lumotlar berish, mazmunini yoritishda nazariy mashg‘ulotlardan foydalaniladi. 
Mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida nazariy mashg‘ulotlardan juda kam 
foydalaniladi. Mashg‘ulot jarayonida nazariy mashg‘ulotlarda о‘qituvchi 
о‘quvchilarga dastur asosida mavzularni kо‘rgazmadan foydalanib olib boradi.
Nazariy mashg‘ulotlar davomida dastur mavzularining mazmuni yoritiladi, 
mehnat ta’limining maqsad va vazifasi amalga oshiriladi.
Nazariy mashg‘ulotlar deganda - mashg‘ulotning ham jamoa, ham individual 
(yakka tartibda) turini о‘z ichiga olgan, mehnat ta’limi о‘qituvchisining 
rahbarligida о‘quv materialini faol, tо‘g‘ri va ongli о‘zlashtirilishini kо‘zda tutgan 
о‘quv-mehnat faoliyatining aniq tashkil qilinishi tushuniladi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin