Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Barkamol avlodni tarbiyalashda mehnat va mehnat tarbiyasining о‘rni



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

3.Barkamol avlodni tarbiyalashda mehnat va mehnat tarbiyasining о‘rni.
Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat tarbiyasining roli va 
о‘rni beqiyos kattadir. Insonning kundalik turmush tarzi mehnat va faoliyat bilan 
bog‘liqdir. Shu sababli, mehnat butun moddiy va ma’naviy boyliklarning ijtimoiy 


104 
taraqqiyotning 
negizidir. 
Mehnat 
tarbiyasi 
shaxsni 
har 
tomonlama 
rivojlantirishning ajralmas qismidir. Shuningdek, bolaning har tomonlama 
shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida ulg‘ayish omili hamdir. Muntazam 
qilingan mehnat jarayonidagina bola о‘z aqlini irodasini, hissiyotini, xarakterini 
rivojlantirishi, shaxs sifatida shakllanishi mumkin. Farzandlarimiz mustaqil 
О‘zbekistonimiz-ning bо‘lg‘usi quruvchilaridir. Shu sababli kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi va boshqa hujjatlarda ularni mehnatga qay darajada tayyorlashga 
alohida e’tibor berilmoqda. Shunday ekan, mehnat farzandlarimiz uchun ham 
zarurat, ham burch bо‘lishi, buning uchun uyda ham, ta’lim muassasasida ham 
mehnat qilish uchun sharoitlar yaratilishi lozim. Agar bola kichikligidan mehnat 
qilishga о‘rgatilsa, о‘yindan mehnat qilishga hech bir qiyinchiliklarsiz о‘tadi. Bu 
jarayonda kattalarning ibrati muhim rol о‘ynaydi. 
Farzandlarimiz kichik yoshdan boshlab maishiy mehnat, aqliy mehnat, 
jismoniy mehnat va ijtimoiy mehnatda ishtirok etadi. Mehnat tarbiyasida 
yutuqlarga erishishda yoshlarni mehnatga ham ruhan, ham amaliy jihatdan 
tayyorlash lozim. Shuning uchun ularning yoshi va imkoniyatlariga mos mehnat 
turlarini bajarishga jalb qilmoq lozim.
Mehnatga psixologik, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida о‘quvchida 
mehnatsevarlik, intizomlilik, shijoatkorlik kabi axloqiy irodaviy xususiyatlar 
tarbiyalanib boradi, о‘quvchilarda jamoatchilik bilan birga mehnat qilish 
kо‘nikmalarini hosil qilish lozim. Chunki inson butun hayoti davomida kо‘pchilik 
bilan mehnat qiladi. Bu jarayonda о‘quvchida mehnat qilish madaniyatini 
о‘stirmoq darkor.
Yoshlar mehnati dastlab oilada, keyin esa ta’lim muassasalarida amalga 
oshiriladi. Bu jarayonda ayniqsa akademik litsey kasb-hunar kollejlarini о‘rni va 
ahamiyati beqiyos kattadir. Ta’lim tо‘g‘risidagi qonunning 13 - moddasida 
ta’kidlanganidek, “kasb-hunar kollej о‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, 
mahorati va malakasini chuqur rivojlantirishni tanlangan kasblar bо‘yicha bir yoki 
bir necha ixtisos olishini ta’minlaydigan uch yillik о‘rta kasb -hunar о‘quv 
yurtidir.” 


105 
Yoshlar mehnatining mazmuni mamlakat oldida turgan ijtimoiy, siyosiy va 
iqtisodiy vazifalar, viloyat va tumanlardagi kadrlarga bо‘lgan ehtiyoj, о‘quv 
yurtlarining ichki imkoniyatlari va talablari asosida belgilanadi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin