Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Amaliy va amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlari. 
Amaliy mashg‘ulotlar 
о‘qituvchi tomonidan boshqarilib, о‘quvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni 
ongli о‘zlashtiriladi, mehnat faoliyati aniq tashkil etiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda 
о‘quvchilar oldida quyidagi maqsadlar qо‘yiladi: о‘quvchilarni о‘quv materialini 
о‘zlashtirgan bilim, mehnat kо‘nikma va malakalar darajasini tekshirish, yangi 


112 
mavzuni tushuntirishda mehnat usullarini kо‘rsatish, yangi mavzu bо‘yicha 
о‘quvchilarning bajaradigan ishlari va bilim darajasini aniqlash, о‘quvchilarni о‘z-
о‘zini nazorat qilishlari, amaliy ishlarni mustaqil bajarishlari hamda о‘quvchilarni 
amaliy mashg‘ulotlar natijalarini yaxshilashga qaratish va hokazo. 
Amaliy – laboratoriya ishlari о‘zida mashg‘ulotning shunday turini 
ifodalaydiki, unda о‘qituvchi rahbarligida mashg‘ulot davomida tadqiqotlar, 
tajribalar, kuzatishlar olib boriladi. Maxsus asboblar, uskunalar, moslamalar, 
apparatlar yordamida tajribalar о‘tkaziladi, hamda tо‘g‘ri ilmiy xuloslar va 
umumlashmalar chiqarish imkoniyatlarini о‘rganiladi. Amaliy – laboratoriya 
mashg‘ulotlari gazlamashunoslik bilimini о‘rgatishda qо‘llaniladi. Bunday 
mashg‘ulotlarda 
gazlamaning 
xossalari: 
sitiluvchanlik, 
kirishunchanlik, 
ishqalanuvchanlik, g‘ijimlanishi, tolaviy tarkibini aniqlashda qо‘llaniladi. Amaliy 
– laboratoriya mashg‘ulotlari о‘tkazish uchun avvaldan tayyorlaniladi; uskunalar, 
xona, tadqiqot obyektlari, topshiriq kartochkalari, hisobot uchun jadvallar shakllari 
tayyorlab olinadi. Amaliy laboratoriya ishlarini bajarish kо‘rsatmasi bо‘lishi, 
natijalar jamoa bо‘lib muhokama qilib, baholanishi kerak.
Amaliy laboratoriya - ishlari о‘quvchilarga faqat turli xil uskunalar, asboblar, 
moslamalar bilan ishlashini о‘rgatmay, balki о‘lchovlar, kuzatishlar natijalarini 
ishlab chiqishni о‘rganish hamda tо‘g‘ri ilmiy xulosalar va umumlashmalar 
chiqarish imkonini beradi. 
Ishlab chiqarish korxonasiga sayohat. 
Sayohat – mehnat ta’limini tashkil 
etishning shunday shakliki, u orqali о‘quvchilar bevosita ishlab chiqarish 
sharoitida jihozlar bilan tanishib, texnologik va mehnat jarayonlarini tashkil etishni 
kuzatib boradi, ya’ni о‘quvchilarni bevosita ishlab chiqarish sharoitiga, jihozlar, 
texnologik va mehnat jarayonlari bilan tanishtirish maqsadida ishlab chiqarish 
korxonalariga sayohat о‘tkaziladi.
Sayohat jarayonida korxonalarda tayyorlaniladigan mahsulotlar, zamonaviy 
texnologiya, mehnatni ilmiy tashkil etish usullari va ilg‘or texnologik jarayonlar 
bilan tanishtiriladi.


113 
Sayohat dasturdagi mavzularni о‘tib bо‘lgach yoki о‘tishdan avval о‘tkaziladi. 
О‘qituvchi ekskursiya mavzusini avvaldan tanlaydi. Sayohat qachon, qaysi joyda 
borishligi aniqlanadi. Sayohat aynan mana shu maqsad asosida uyushtiriladi.
Sayohat о‘tkazishda о‘quvchi soni 15-20 tadan oshmasligi kerak. Ekskursiya 
davomida frontal tarzda, ayrim hollarda yakka tushuntirish va yо‘llanma berish 
mumkin. Sayohat 3 bosqichda о‘tkaziladi. 
1-bosqich. Sayohatga tayyorlanish. Bunda mavzu, maqsad, vazifalar 
belgilanadi, obyekt tanlanadi. Korxona rahbari bilan shartnoma tuziladi, ekskursiya 
rejasi tuziladi (mashg‘ulot rejasi, о‘quvchilarga topshiriq va hisobot shakli). 
2-bosqich. Sayohatning borishi. Sayohatning maqsad va vazifasi, kо‘chada, 
korxonada tegishli xavfsizlik texnikasi qoidalari, tartiblari, kuzatish obyekti, 
о‘quvchilarga topshirilgan vazifalar eslatiladi. О‘qituvchi sayohatni boshidan 
oxirigacha birga bо‘lishi, biror baxtsiz hodisa rо‘y bersa, ekskursiyani tо‘xtatib 
tegishli chora kо‘rishi kerak. Sayohat maxsus tayyorlangan mutaxassislar 
tomonidan olib boriladi.
3-bosqich. Sayohatni yakunlash. Sayohat albatta yakunlanishi shart. Sayohat 
davomida tug‘ilgan savollarni hal qilinadi. Sayohat korxonada о‘tkazilgan 
yakunlovchi suhbat bilan cheklanmaydi. Sayohatni sо‘nggi yakuni mehnat ta’limi 
mashg‘ulotlarida berilgan topshiriqlarni bajarilishini muhokama etiladi. Sayohat 
vaqtida qayd etilgan ma’lumotlar daftarga yozib qо‘yiladi. Sayohat yakuni 
bо‘yicha referat yozish, al’bom tayyorlash, taasurotlar asosida rasm chizish 
mumkin.
Firmalar, xususiy korxonalar bazasida olib boriladigan mashg‘ulotlar. 
Mashg‘ulotni tashkil etishning bunday shaklidan 8-9 sinf о‘quvchilari bilan kasb 
tanlashga 
yо‘llash mashg‘ulotlarini olib borishda о‘tkazish mumkin. 
Mashg‘ulotning bunday shaklidan foydalanishda firma yoki xususiy korxona bilan 
shartnoma tuziladi, о‘quvchilarni zamonaviy texnika va texnologiyaga asoslangan 
unumli mehnatda qatnashishlari uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bunday 
mashg‘ulotlar о‘quvchilar uchun korxonani boshqarish jarayoni, korxonadagi 


114 
kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniyati tug‘iladi, tanlagan kasblari haqida 
tо‘liq ma’lumot olishlariga imkoniyat yaratiladi.
О‘quvchilarning mehnatga oid mustaqil ishlari. 
О‘quvchilarni mehnatga oid 
mustaqil ishlariga quyidalar kiradi: 
1)Uy vazifasi tariqasidagi topshiriqlar berish о‘quvchilarni bilish faolligini, 
ijodiy mustaqilligini о‘stiradi, ularni hayotga, mehnatga tayyorlaydi. Mehnat 
ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida о‘quvchilarga о‘z о‘lchamida buyumlar 
chizmasini chizish, buyum andozasini tayyorlash vazifasi topshiriladi. Uyga vazifa 
berishdan oldin о‘qituvchi topshiriqning mohiyatini, bajarish tartibini, olingan 
natijaning tekshirish yо‘llarini, talablarini tushuntiradi. Berilgan uy vazifasini 
tо‘g‘ri bajarilganligini о‘qituvchi tomonidan tekshirib borilishi kerak. Uy ishlarini 
baholashda topshiriqlarni bajarishning qulay usullaridan foydalanganligi, ilgari 
egallagan bilimiga tayanish, texnologik echimlarning qimmati, chiqarilgan xulosa 
va umumlashmalarning muhimligini hisobga olinishi lozim. 
2) Ijodiy topshiriqlarni bajarish. О‘quvchilarda ijodiy faollik kasbga 
muhabbatni rivojlanish imkonini beradi. О‘quvchi berilgan topshiriqni bajarishda 
fan va texnologiya yutuqlarini, topshiriqning eng maqbul echimlarni topish 
imkoniyatlari ustida izlanadi, yangilikka intiladi, topshiriqlar echimini ijodiy hal 
qiladi.
Mehnatni tashkil etish shakllari. 
Mehnatni tashkil etishning xilma-xil shakllari 
mavjud bо‘lib, mavmuni maqsadiga bog‘liq bо‘ladi. Chizma chizishni barchaga 
barobar о‘rgatishda frontal, amaliy ish bajarishda zveno va yakka shakldan 
foydalaniladi. О‘quvchilar va о‘qituvchilar tomonidan birgalikda bajarilgan ish 
frontal usul deyiladi. Har bir о‘quvchi о‘zi ish bajarsa yakka, bir necha о‘quvchilar 
bitta amaliy ishni bajarsa zveno yoki frontal shakli deyiladi. 
Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llash mashg‘ulotlari jarayoni shakllari - 
didaktik maqsadning aniqligi, ta’lim va tarbiya vazifalarining birligi, о‘quv 
materialini tо‘g‘ri tanlash, о‘qitish modellarini maqsadga muvofiq tanlash, 
о‘quvchilarning mustaqilligi, darsning tashkiliy aniqligi va о‘quvchilar ishida 
xavfsizlikni ta’minlashni о‘z ichiga oladi. 


115 
Masofaviy ta’lim – maxsus о‘qitish vositalari yordamida о‘qituvchi bilan 
bog‘lanish, shaxsiy jadval bilan о‘zi xohlagan joyda о‘qishi, о‘z ustida intensiv, 
mustaqil ishlashi lozim bо‘lgan, maqsadga yо‘naltirilgan bilim olish turi. 
“Model” tushunchasi ilm-fanning kо‘p sohalarida qо‘llaniladi. Model – 
sxema, fizik konstruksiyalar, belgili shakllar va formulalar kо‘rinishida sun’iy 
hosil qilingan obyekt bо‘lib, u tadqiq qilinayotgan obyektga о‘xshash bо‘ladi, 
uning tuzilishini, xususiyatlarini, obyektning elementlari orasidagi о‘zaro aloqalar 
va munosabatlarni sodda va tushunarli tarzda aks ettiradi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin