Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

4.Takrorlash darsi.
О‘quvchilarning yangi materialni о‘zlashtirish va 
mustahkamlashga tayyorligini tekshirishga qaratilgan takrorlash darslari 
о‘qituvchiga darsning asosiy ta’limiy vazifasini bajarishda yordam beradigan 
muhim vosita bо‘lib xizmat qiladi. Ammo ba’zan takrorlashning о‘zi darsning 
markazida turadi. Bunday dars yakunlovchi mashg‘ulot bо‘ladi. 
Yakunlovchi mashg‘ulotlarda о‘qituvchi о‘quvchilar mehnat ta’limi 
jarayonida olgan bilim va malakalarni umumlashtiridi. Bunda umumlashtirish 
kuchayib boradi. Masalan, о‘qituvchi sinfda yog‘ochga ishlov berishni о‘rgatishni 
tamomlab о‘quvchilarga qaysi operatsiyalar bilan tanishganliklarini eslashni, 
shuningdek, bu operatsiyalar qо‘llanadigan sohalarni belgilash uchun ularni о‘zaro 
taqqoslashni, ularning afzalligi va kamchiliklarini yana bir marta aniqlashni tavsiya 
etadi. Shu sinfda metallarga ishlov berishni о‘rganishni tamomlab, metallarga 
ishlov berish haqida umumlashtiruvchi suhbat о‘tkazadi. Bundan tashqari 
о‘qituvchi о‘quvchilarga yog‘och va metallarning xossalarini, metallarning ayrim 
turlarini rejalash usullarini taqqoslashni taklif qiladi. Shu bilan birga о‘quvchilar 
quyi sinflarda qog‘oz, karton gazlamalar kabi materiallar bilan ishlashda rejalash 
bilan tanishganliklarini eslatadi va shu asosda operatsiyaning politexnik xarakterini 
kо‘rsatadi. 5-7 sinflarda ta’lim malakalarni umumlashtirish imkoniyatlari ortadi. 
Umumlashtirish faqat о‘quvchilar о‘zlashtirgan narsalarni shunchaki jamlashdan 
iborat bо‘lmay, balki, ularning bilimlaridagi sifat о‘zgarishlarini jamlashdan ham 
iborat bо‘lishi kerak. Yog‘och va metallarga ishlov berishni taqqoslash 
о‘quvchilarni yangi xulosalarga olib kelishi lozim. Xususan, о‘quvchilar 
materiallarni qirqish bilan ishlashning har xil usullari yagona tabiiy-ilmiy 
qonuniyatlardan foydalanishga asoslanishiga ishonch hosil qilishlari zarur. 
Aytilganlardan kо‘rinib turibdiki, takrorlash darslari о‘quvchilarga yangi bilimlar 
berish elementlarini ham о‘z ichiga oladi. 
О‘quvchilarning bilim va malakalarini umumlashtirish ishlari butun ta’lim 
davrini qamragan holda oldindan tuzilgan reja asosida olib borilsagina samarali 
bо‘ladi. 


119 
5.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin