122
tushuntirish, suhbat о‘quvchilarning texnik adabiyoti bilan mustaqil ishlashi yozma
instruksiya berish, ovoz yozuvchi televideniye kabilar kiradi.
Materialni og‘zaki bayon qilish
- kasb ta’limida hikoya qilish, tushuntirish,
ma’ruza, suhbat, о‘quv materialini og‘zaki bayon qilishning asosiy metodlari
hisoblanadi.
Hikoya
- о‘kituvchi tomonidan о‘quv
materialini tartibli, mantiqiy, izchil,
nisbatan kengroq bayon qilishda foydalaniladi. U puxta reja asosida tuzilishi,
materialni bayon qilishda noaniqlikka yо‘l qо‘ymaslik uchun barcha detallari bilan
tayyorlanishi lozim.
Hikoya
о‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil,
hodisa va voqealarning
yaxlit yoki qismlarga bо‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yо‘li
bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishidir. Metodning samarasi kо‘p jihatdan
о‘qituvchining nuqt mahorati, sо‘zlarni о‘z о‘rnida, ifodali bayon qilishi,
о‘quvchilar yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olishiga bog‘liq. Hikoya
axborotlar bilan boyitilishi kerak.
Hikoya qilinayotgan materialni saralash
maxsus reja asosida amalga
oshiriladi. О‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi
asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e’tiborni qaratadi. Hikoya qisqa
bо‘lishi, о‘quvchilarda his-hayajon, mavzuga qiziqishni uyg‘otishi kerak.
Suhbat
savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodidir.
Suhbat metodi
fanga qadimdan ma’lum, xatto undan о‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona
foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida aqliy fikrlash, hozirjavoblik,
muloqot
madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi, о‘quvchida faollikni yuzaga
keltiradi. Suhbat о‘qituvchi fikriga mos harakat qilish,
natijada yangi bilimlarni
bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat – faoliyatini endigina boshlagan о‘qituvchi uchun murakkab ta’lim
metodi hisoblanadi, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash, uni
tashkil etishda esa barcha о‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi.
О‘qituvchi oddiy savollar berishi, о‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil о‘ylash
uchun vaqt ajratishi, о‘quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi,
zarur
123
о‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv
yо‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat о‘quvchilarga oldindan ma’lum bо‘lgan
qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, о‘quvchilar
tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning
induktiv shaklida
alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi.
Suhbat turli kо‘rinishlarda, ya’ni
,
kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat
tarzida tashkil etiladi.
Kirish suhbati о‘quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan
kо‘zlangan maqsad hal etilishi zarur bо‘lgan ishlar mohiyatining о‘quvchilar
tomonidan anglab yetilganligini tekshirib kо‘rishdan iborat.
Yakuniy suhbat
Dostları ilə paylaş: