Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

kо‘rgazmali metodlar 
ham alohida ahamiyatga ega. 
Kо‘rgazmali metodning quyidagi turlari mavjud:
 
 
 
 
 
Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati kо‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish 
maqsadga muvofiq ekanligida kо‘rinadi. Pedagogik-psixologik yо‘nalishda olib 
borilgan 
tadqiqotlar 
natijalaridan 
ma’lum bо‘ladiki, shaxs tomonidan 
Kо‘rgazmali metodning turlari 
Namoyish 
Tasvirlash 
Sayohat 


125 
о‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi kо‘rish retseptorlari yordamida 
о‘zlashtiriladi.
Kо‘rgazmali metodlar
 
– bu kо‘rsatmali kurollarni namoyish (kо‘rsatish) qilish 
mehnat usullarini kо‘rsatish; о‘quvchilarning mustaqil kuzatishlari; о‘quv-ishlab 
chiqarish ekskursiyalari. 
Kо‘rsatmali qurollarni namoyish qilish (kо‘rsatish) metodi yordamida 
о‘quvchilarda mehnat harakatlarining muayyan va aniq obrazi shakllanadi. Ular 
unga taqlid qiladilar va о‘z harakatlarini qiyoslaydilar. Mazkur metodning 
qо‘llanilishi kasb ta’limida kо‘rgazmalik tamoyilining yaqqol namunasi bо‘lib 
hisoblanadi. Kasb ta’limi darslarida kо‘rsatmali qurollarning turli xil va 
shakllaridan foydalanish о‘qituvchining tushuntirishlarini yaxshi idrok qilish 
hamda о‘zlashtirishlarga, malakalarning mustahkam shakllanishiga yordam beradi. 
Plakatlar, sxemalar, modellar, maketlarning namoyish qilish bilan bir qatorda 
harakatdagi ish quroli, asboblar, moslamalar xomashyolar, buyumlarning 
namunalari va hokazolarni kо‘rsatish ham katta ahamiyatga ega. 
Namoyish metodi 
о‘rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochishda, 
predmetning tashqi kо‘rinishi, ichki tuzilishi haqida ma’lumot berishda keng 
qо‘llaniladi 
Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi kо‘rinishi (shakli, 
hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning о‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, 
sо‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini о‘rganishga о‘tiladi. Kо‘rsatish 
kо‘p holatlarda о‘rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida 
kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish, maxsus jihozlar 
yordamida kо‘rsatish hisobiga amalga oshadi. 
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada 
kо‘proq samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham 
mumkin bо‘lavermaydi. Shu sababli tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun’iy 
muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot bog‘ida, turli 
о‘simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish), sun’iy obyektlar (maket, model, 
mulyaj, skelet, b.sh.)dan foydalaniladi. 


126 
Metod yordamida о‘qituvchi о‘quvchilarni mustaqil ravishda obyektlarni 
о‘rganish, zaruriy о‘lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni о‘rnatish, 
hodisalarning mohiyatini anglab yetishga, faol bilish jarayoniga yо‘naltirishi 
lozim. Namoyish samarasi kо‘p jihatdan bilish jarayonining о‘quvchilar yoshiga 
mos holda tо‘g‘ri tanlanishi, ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning 
muhim jihatlariga yо‘naltirishiga bog‘liqdir. 
О‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga bog‘liq bо‘lgan narsa, hodisa va 
voqealarni hamma vaqt sinf sharoitida namoyish qilish mumkin bо‘lmaydi. 
Shuning uchun ham о‘tilayotgan mavzuning xarakteriga qarab, 
ekskursiya 
metodidan ham foydalaniladi. Mazkur metod sinf sharoitida – dars jarayonida 
qо‘llaniladigan ta’lim metodlaridan tubdan farq qiladi. Ekskursiya narsa va 
hodisalar mohiyatini tabiiy sharoitlar (ishlab chiqarish muassasalari, fermer va 
jamoa xо‘jaliklari, tabiat) yoki maxsus muassasalar (muzey, kо‘rgazma zallari va 
hokazolar)da bevosita о‘rganilishining tashkil etilishidir. Ekskursiya bir vaqtning 
о‘zida mustaqil ta’lim turi ham sanaladi.
Kо‘rgazmali metodlardan foydalanishda quyidagi shartlarga amal qilish 
maqsadga muvofiqdir:

kо‘rgazmalilikning о‘quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi;

namoyish etilayotgan obyektlar barcha о‘quvchilarga yaxshi kо‘rinib turishi;

namoyishda uning boshlang‘ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning 
ajralib turishi;

tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib 
kо‘rsatish asosida tashkil etilishi;

namoyish va illyustratsiya о‘quv materialining mazmuni bilan uyg‘un bо‘la 
olishi lozim. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin