116
Natijada о‘quvchilarning qiziqishlari ortadi va ularning politexnik bilim doirasi
kengayadi, texnologik jarayon haqidagi dastlabki tushunchalar hosil qilinadi.
«Pо‘latning asosiy sortlari va markalari» mavzusi bо‘yicha dars о‘tish
metodikasi boshqacha. Bu darsda о‘qituvchining tushuntirishiga asosiy о‘rin
beriladi, chunki о‘quv materiali о‘z ichiga о‘quvchilar uchun yangi ma’lumotlarni
ham oladiki, ularni bayon qilishda о‘quvchilarning boshqa о‘quv fanlaridan olgan
bilimlariga tayanish qiyin bо‘ladi.
«Stanoklarda metallarni qirqish jarayoni» mavzusidagi darsda о‘qituvchi
tushuntirishni suhbat bilan qо‘shib olib borishi mumkin,
chunki bu darsda asosiy
vazifa о‘quvchilarning tasavvurini va ustaxonadagi ta’lim davomida
metallarni
qirqish
bо‘yicha olgan bilimlarini umumlashtirishdan iborat bо‘ladi.
Umumlashtirish jarayonida о‘quvchilarning bilimlariga tayanish,
suhbatdan
foydalanish uchun yaxshi sharoit yaratadi. Ammo о‘quvchilar metalllarni qirqish
haqidagi bilimlarini umumlashtirib ana shu bilimlar bilan chegaralanib
qolmaydilar, ularning bilimlari о‘qituvchining tushuntirishlari tufayli kengayadi va
tо‘ladi.
Yangi bilimlar olish darslarida о‘quvchilarning mustaqil ishlari ham о‘z
о‘rnini topmog‘i kerak, bu mustaqil ish yangi materialni darslikdan о‘rganishdan,
sodir bо‘layotgan jarayonlarni kuzatishdan (masalan, о‘qituvchi metallarni
charxlashda, «qirov» hosil bо‘lishini namoyish qiladi va hokazolardan) iborat
bо‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: