Kasbga yо‘naltirish asoslari bо‘limi:
о‘quvchilar kasblar tasnifi, kasblarda
mehnat turlarining ta’rifi; qо‘l mehnatidan foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan
kasblar; kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qо‘yiladigan talablar;
О‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining
yо‘nalishlari, ularning bir-biridan farqini bilish. О‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga
72
yо‘naltirish tizimi; kasb tanlashga doir reja tuzish; kasb tanlashdagi xatolar,
qiyinchiliklarning asosiy xususiyatlari; kasb tanlashda shaxs qiziqish va
moyilliklari, qobiliyatlarini e’tiborga olish; kasb tanlashda onglilik va mustaqillik;
о‘z-о‘zini tarbiyalash, kasb tanlashning mohiyati; kasblarning murakkablik
omillarini tahlil qilish; о‘zi xohlagan kasbga yaroqli ekanligini aniqlash, о‘z
ruhiyatidagi kasbga moyillikni tarbiyalash usullari; kasb egallash va ishga
joylashishga doir shaxsiy reja ishlab chiqish bо‘yicha bilim, kо‘nikma va
malakalarga ega bо‘ladilar.
5. 8-9 sinf о‘quvchilarini kasb-hunarga yо‘naltirish asoslari.
Mehnat
ta’limining davomi 8-9 sinflarda “Ishlab chiqarish asoslari, о‘quvchilarni kasb-
hunarga yо‘naltirish” maxsus kurslar negizida tashkil etiladi. Mazkur kurslarning
har biriga haftasiga bir soatdan vaqt ajratilgan va ularning dasturidagi mazmunida
quyidagilar e’tiborga olingan:
- ishchi-mutaxassisliklarning kasbiy faoliyatida qо‘llaniladigan turli xil
asbob-uskunalar, jihozlar moslamalar foydalanishni о‘rgatish;
- mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni
о‘rgatish;
- texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi,
sanitariya-gigina qoidalari asoslarini о‘rgatish;
- 5-7 sinflardagi о‘zlashtirgan materiallar bilan uzviy bog‘langan turli ishlab
chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli dastlabki ma’lumotlarni о‘rgatish;
- о‘lchash-tekshirish asboblaridan, tо‘plangan ma’lumotlardan foydalana
olish, mehnat topshiriqlarini bajarish, olingan natijalarni qо‘yilgan talablar bilan
taqqoslash orqali xulosa chiqarish, о‘quvchilarni tanlangan aniq kasb malakasiga
о‘rgatish;
- о‘quvchilarni bilimga intilishi va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga
nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida
tarbiyalashni о‘quvchilar tanlangan aniq kasb malakasida о‘rgatish;
73
- о‘quvchilarga bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari, talablari asosida sifatli,
raqobatbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirish va yetishtirilgan
mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish vositalarini о‘rgatish, ish boshqaruvchi
(menejerlik) unsurlarini, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirib borish va
rivojlantirishni о‘quvchilar tanlangan aniq kasb malakasida о‘rgatish;
- xalq hunarmandchiligi kasblarini о‘rgatish orqali xalq milliy ruhini, yashash
tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish. Milliy qadriyatlar, tarixiy
yodgorliklar, xalq usullarining boy merosini о‘rgatish va ulardan о‘z amaliy
faoliyatlarida foydalanish kо‘nikmalarini mustahkamlashni, о‘quvchilar tanlangan
aniq kasb malakasida о‘rgatish;
Shunda mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash jarayonlarida axborot
texnologiyalari va kompyuter texnikasi, yangi texnologiya va jihozlarning
qо‘llanilish sohalarini zamonaviy talablar darajasida va jahon tajribalariga mos
holda о‘rganishlarini ta’minlash yuzasidan о‘quvchilarda tanlangan kasb buyicha
mehr shakllanadi.
8-9 sinflardagi mehnat ta’limi DTSni va davlat dasturini mukammal tahlil
etilsa, uni mazmunidan umumiy: iqtisodiy, huqukiy, ekologik, ijtimoiy, ma’naviy,
ma’rifiy, madaniy falsafiy va insoniyatning boshqa masalalariga xos tushunchalar
hosil etiladi.
Yuqori sinf о‘quvchilari ishlab chiqarish asoslari hamda undagi tarmoqlar,
korxonalar, kasblar va ularni tanlash qoidalari, tamoyillari hamda boshqa
ma’lumotlarga ega bо‘lishlari uchun, ular olimlar, mutaxasislar, pedagoglar,
metodistlar tomonidan ishlab chiqilgan fundamental asoslarni har tomonlama
о‘rganishlari lozim. Shunda о‘quvchilarga ma’lum bо‘ladiki, olimlar xalq xо‘jaligi
soha va tarmoqlarida mavjud kasblarni ular besh tizimlarga bо‘lganlar. Ular
quyidagicha:
1.
Odam-texnika tizimi.
2.
Odam-tabiat tizimi
3.
Odam-odam tizimi
4.
Odam-raqamlar tizimi
74
5.
Odam-badiy obraz tizimi
I.
Odam-texnikadagi tizimda - odamlarni tanlagan kasblari texnika bilan
chambarchas bog‘langanligidan darak beradi: tokar, haydovchi, о‘quvchi va
hokazo.
II.
Odam-tabiat tizimidagi kasblar tabiat bilan bog‘liqligi ravshan bо‘ladi:
agronom, bog‘bon, ekolog va hokazo.
III.
Odam-odam tizimidagi kasblar: bog‘cha tarbiyachisi, о‘quvchi murabbiy
va hokazo.
IV.
Odam-raqamlar bilan bog‘langan kasblar: buxgalter, kompyuterchi,
hisobchi, soliq xodimi va hokazo.
V.
Odam-badiy obrazdagi kasblar: artist, rejissor, yozuvchi, dramaturg va
hokazo.
Bu borada ta’kidlash zarurki, yuqori sinf о‘quvchilari kasb tanlashda boshqa
kasb tanlash omillari orqali о‘zlariga qiziqqan kasblarni tanlashlari mumkin. Ular
quyidagicha:
1. Kitobni tayyorlash, ishlab chiqarish va haridorlarga tarqatish bilan
shug‘ullanadigan kasb egalari: yozuvchi dramaturg, muharrir, korrektor, raqam
teruvchi, sotuvchi va boshqa kasb egalari.
2. Teatr, uni tayyorlash, kо‘rsatish bilan shug‘ullanadigan boshqa kasb
egalari: yozuvchi, dramaturg, rejisser, artist, sahnani jihozlovchi va boshqa kasb
egalari.
3. Kino, uni tayyorlash, kо‘rsatish bilan band bо‘ladigan kasb egalari:
yozuvchi, rejissyor, artist, kaskadyor, mantajchi va boshqa kasb egalari.
4. Harbiy, ichki ishlarni muhofaza etuvchi organlar va boshqa qayd etilmagan
sohalar, tarmoqlar, idoralarda faol etayotgan kasb-mutaxasislik egalari tо‘g‘risida
olib boriladigan kasb tanlash ishlari mehnat ta’limi bilan bevosita bog‘lanmagan
bо‘lsa ham, 8-9 sinf о‘quvchilar bilan mazkur kasblar yuzasidan tarbiyaviy -
kasbga yо‘naltiruvchi tadbirlar (uchrashuvlar, suhbatlar, ekskursiyalar va boshqa
ishlar) olib borilishi maqsadga muvofiqdir.
75
Undan tashqari 8-9 sinf о‘quvchilar bilan mehnat va kasb tushunchalari
yuzasidan olib boriladigan ishlarni rejalash va tashkil etishda quyidagi
materiallardan unumli foydalanish lozim.
Ma’lumki, insoniyat qanchalik qadimiy bо‘lsa uning an’analari, qadriyatlari
va ma’naviy meroslari ham shunchalik qadimiydir. Bular esa xalqning ildizi, uning
tarixi, millatning qiyofasidir. Buning bunyodkori, ijodkori, saqlovchisi va
yoqlovchisi, tarixiy taraqqiyotning hal qiluvchi kuchi - xalq ommasidir. Unda
ta’limning va tarbiyaning cheki yо‘q, u “cheksizdir”. Bu kuchning о‘rnini, hech bir
omil bosa olmaydi. Undan aql-idrok bilan jamiyat manfaatlari yо‘lida samarali
foydalanish jamoat tashkilotlarining muhim burchi hisoblanadi.
Yoshlarning kasb-hunar egallashlariga kо‘maklashish, ularni butun
chorvachilik, sanoat, qishloq xо‘jaligi bilan xо‘jalik va madaniy qurilish ishlariga
jalb qilish har tomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalashning muhim sharti
ekanligini unutmasligimisiz zarurdir. Kо‘pchilik yoshlarimiz “kasb-hunar”
tushunchalarida kо‘p adashadilar. Ammo bu tushunchalar bir-biridan qisman
bо‘lsada farqlanadi.
“Kasb” sо‘zi “tirikchilik” “yashash” vositasi bо‘lgan ish yoki egallash,
о‘rganish ma’nosida berilsa, “hunar” sо‘zi esa, о‘rganib malaka, kо‘nikma hosil
qilinadigan ish va uni bajarish qobiliyati yoki san’at va mahorat ma’nosida
ishlatiladi.
Shunday mutaxassislar borki, ular xalqimizda sevib ardoqlanib kelinayotgan
ustalarni tayyorlaydiki, shо‘ro davrda uzoq yillar davomida ana shunday ustalar
mehnati e’tibordan chetda qoldi.Hozirgi vaqtda esa ustaning qadrini tiklash payti
keldi.
Kasb-hunar kollejlarda zamon talablariga javob beradigan о‘quv tarbiya
ishlarini tashkil qilish yangicha pedagogik tafakkurning “mevasi” bо‘lishi zarur.
Shu ma’noda kollej о‘quvchilarining shaxsiy fazilatlari, kasbiy bilimlari,
ijodkorligi va mahorati kо‘p jihatlardan ishlab chiqarish ta’limi jarayonining qay
darajada tashkil qilinishiga bog‘liq.
76
Kasb-hunar kollejlarida quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bо‘yicha ishlab
chiqarish ta’limi amalga oshiriladi: sanoat (mashanasozlik, energetika,
samolyotsozlik, avtomobilsozlik, metallurgiya, geologik va foydali qazilmalarni
ishlab chiqish, kimyo sanoati, yengil sanoat, poligrafiya ishlab chiqarishi, oziq-
ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish), transport, aloqa qurilishi, uy-joy kommunal
xо‘jaligi, qishloq va о‘rmon xо‘jaligi, sog‘liqni saqlash, maorif, madaniyat va
san’at, ijtimoiy va iqtisodiy soha, savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat qо‘rsatish va
boshqalardir.
О‘z navbatida, ulardagi har bir kasbiy faoliyat sohasi bir kancha
ixtisosliklarni qamrab oladi. Masalan, “Qishloq va о‘rmon xо‘jaligi” kasbiy
faoliyat sohasida kamida 20 xil kasb bо‘lib, ularning har biri bir necha
ixtisosliklarni о‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |