171
Texnologiyaning samaradorligi о‘quv jarayonini
quyidagi texnologik
bosqichlarda tashkil etilishiga bog‘liq:
1) keys yechimini topish bо‘yicha individual ishlash;
2) keys yechimini topishda jamoaviy hamkorlikka erishish.
Mazkur texnologiyani qо‘llashda individual ishlashda
quyidagi tartibda ish
kо‘riladi:
1) о‘quvchining keys-stadi texnologiyasi mohiyati
va undan foydalanish
shartlari bilan tanishishi;
2) о‘quvchi tomonidan taqdim etilgan muammoning о‘rganilishi;
3) muammo yuzasidan asosiy va ikkinchi
darajali masalalarni ajratish,
shakllantirish va asoslash;
4) tadqiqot metodlarini tanlash va vaziyatni tahlil qilish;
5) taqdim etilgan muammoning amaliy jihatlarini о‘rganish;
6) berilgan muammoni yechishning usul va vositalarini aniqlash;
7) taqdim etilgan yechimni ta’lim amaliyotiga tadbiq
etish chora-tadbirlarini
belgilash.
Keys-stadi bо‘yicha jamoaviy hamkorlik quyidagi tartibda amalga oshadi:
1) muammo, uning yechimlari yuzasidan jamoa (guruh) a’zolari о‘zaro fikr
almashadilar;
2) masalaning yechimi sifatida taqdim etilgan
variantlar muhokama qilinib,
ularning maqbullik darajasi baholanadi;
3) muammoli vaziyatning yechimini ta’minlaydigan
aniq dastur ishlab
chiqiladi;
4) masalaning yechim tо‘g‘risida ma’lumot beradigan
taqdimot tayyorlanadi
va unda namoyish etiladigan materiallar rasmiylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: