Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Zamonaviy pedagogik texnologiya turlarini ta’lim jarayonida



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

2.Zamonaviy pedagogik texnologiya turlarini ta’lim jarayonida 
qо‘llanishi.
“Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qо‘yiladigan muhim talablardan 
biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak 
natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni 
о‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan kо‘nikma va 
malakalarni hosil qilish, shuningdek, о‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular 
tomonidan egallangan bilim, kо‘nikma hamda malakalar darajasini baholash 
о‘qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni, ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha 
yondashuvni talab etadi. 
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda о‘quvchilarning о‘quv 
va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining smaradorligini 
kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qо‘llash borasida katta tajriba tо‘plangan 


166 
bо‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi 
bilan yuritilmoqda. 
Bugungi kunda о‘qituvchilar darslarni, darsdan tashqari tarbiyaviy 
tadbirlarni tashkil etishda о‘quvchini faollikka undash, unda mustaqillik, ijodiy 
izlanish kо‘nikmalarini hosil qilishda samarali sanalgan interfaol metodlardan 
foydalanishga e’tiborni qaratishlari lozim. Ayni о‘rinda о‘qituvchilarning interfaol 
metodlar haqidagi bilimlarini boyitish maqsadida bu turdagi bir turkum metodlar 
tо‘g‘risida sо‘z yuritish maqsadga muvofiq deb topildi. Quyida ularning turlari va 
mohiyati tо‘g‘risida tо‘xtalib о‘tiladi.
Aqliy hujum texnologiyasi. 
Aqliy hujum texnologiyasi biror muammoni 
yechishda о‘quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni tо‘plab, 
ular orqali ma’lum bir yechimga keladigan samarali usullardan biridir. Aqliy 
hujum uslubini qо‘llashda о‘qituvchi о‘quvchilarini tо‘playdi, ular oldiga biror 
muammoli vaziyatni yechish bо‘yicha о‘z fikr va mulohazalarini bildirishlarini 
sо‘raydi. Mazkur bosqichda о‘quvchilardan hech biri boshqa qatnashuvchilarning 
g‘oyasi, fikrini muhokama qilish yoki baholashi mumkin emas. Bildirilgan har 
qanday g‘oya va fikrlar hisobga olinadi, qancha kо‘p fikr va g‘oyalar bildirilsa 
shuncha yaxshi. Bildirilgan g‘oya va fikrlarni tо‘ldirish, kengaytirish, qayta 
о‘zgartirish mumkin. G‘oyalar yozilgan varaqlar devorga osib qо‘yiladi. Berilgan 
g‘oyalar asosida muammoni hal etishga yordam beradigan yechimni tiklash uchun 
muhokama о‘tkaziladi. Bu haqiqatan ham о‘quvchilarning ta’lim jarayonida faol 
ishtirok etishlari, turli g‘oyalarni bayon etish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in 
ishga yо‘llashlari, ilhom bilan ishlashlariga imkon beruvchi va unga 
rag‘batlantiruvchi samarali metoddir.
О‘qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa о‘quv faolligi 
5-10 daqiqa oralig‘idagi vaqt chegarasida yengillashtiriladi. Aqliy hujum turli 
tarzda qо‘llanilishi mumkin: masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun 
yangi savol qо‘yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish va hokazo. 


167 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin