154
Mustahkamlash uchun savollar:
1) Mehnat ta’limida qanday о‘qitish shakllarini bilasiz ?
2) Malakali ishchiga biriktirib о‘qitish deganda nimani tushunasiz?
3) О‘qitishni frontal, zveno, yakka, aralash shaklari qaysi vaqtda qо‘llaniladi ?
4) Sinfdan tashqari qanday amaliy mashg‘ulotlari bor?
4.5.
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llashda
ekskursiyalarni
amalga
oshirish metodikasi
Reja:
1. Ekskursiya darslarini amalga oshirishning о‘ziga xos xususiyatlari
2. Ekskursiyalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarda tutgan о‘rni
3. Ekskursiyalarni tashkil etish va о‘tkazish metodikasi
Tayanch iboralar: e
kskursiya, texnologik jarayonlar, ilg‘or ish usullari,
mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, taassurot, maslahat, taqqoslash, ishlarni
mexanizatsiyalash, qiziqish, ishlab chiqarish intizomi, korxona rahbari,
ekskursiyani olib boruvchi, sex, ekskursiya natijalari.
1.Ekskursiya darslarini amalga oshirishning о‘ziga xos xususiyatlari.
Ekskursiya mehnat ta’limining shunday bir shaklidirki, uning borishi jarayonida
о‘quvchilar asbob-uskunalarni, texnologik jarayonlarni va mehnat jarayonlarini
ishlab chiqarish sharoitida mehnatni tashkil etishni kuzatadi va о‘rganadi.
Korxonaga ekskursiyalar о‘quvchilarni korxona bilan uning asbob-uskunalari,
mehnat jarayonlarining tashkil etilishi va ishlab chiqariladigan mahsuloti bilan
umumiy va aniq soha tarzida tanishtirish maqsadida ham ishlab chiqarishning aniq
masalalarining, ya’ni asbob—uskunalarining eng yangi namunalarini va ishlab
chiqarishning zamonaviy texnologiyasini, ilg‘or ish usullari va mehnatni ilmiy
asosda tashkil etish metodlarini о‘rganish maqsadida ham tashkil etilishi mumkin.
Demak, ekskursiyalar о‘tkazishdan maqsad avvalo о‘quvchilarda hozirgi zamon
ishlab chiqarishi haqida tasavvur hosil qilishdir. Zero, о‘quv ustaxonalari
sharoitida о‘quvchilar odatda materiallarga ishlov berishning sanoatdagi eng yangi
yutuqlarini aks ettiradigan usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bо‘lmaydilar.
155
Shunga kо‘ra aytish mumkinki, ekskursiya – о‘quvchilarni zamonaviy texnika,
texnologiya va bevosita korxonada ishlab chiqarish tashkil qilish bilan
tanishtirishning yagona yо‘lidir. Ekskursiya anchagina muhim tushunchalarni,
jumladan, «mehnat unumdorligi» tushunchasini shakllantirishda ham katta
ahamiyatga ega. Bu tushunchani bayon qilish va kо‘rsatmali qо‘llanmalardan
foydalanish orqali ham shakllantirish mumkin, albatta. Lekin bunda mazkur
tushuncha о‘quvchilarning amaliy faoliyatidagi, jumladan, ishlab chiqarishga
uyushtirilgan ekskursiyadagi kabi mustahkam о‘zlashtirilmaydi. Ular rejalashni
tо‘g‘ri bajarish va birikadigan detallarni aniq moslash qanchalik qiyinligini
biladilar. Mehnat unumdorligini oshirishda murakkab tikuvchilik yо‘llaridan biri
bilan tanishish о‘quvchilarda katta taassurot qoldiradi va ularning esida yaxshi
qoladi.
Umumiy tanishtirish xarakteriga ega bо‘lish ekskursiyani ta’limning biror
bо‘limi (yog‘och va metallga ishlov berish, servis xizmati, mehnat operatsiyasi va
hokazolar) boshlanishidan oldin о‘tkazilishi kerak. Aniq mavzuga bag‘ishlangan
ekursiyalarni dasturdagi biror mavzuni о‘tishdan keyin yoki undan oldin
о‘tkazilgani ma’qul. Ekursiya odatda 15-20 о‘quvchidan iborat bitta sinf bilan
frontal ravishda о‘tkaziladi, biroq ekskursiya jarayonida ayrim о‘quvchilar uchun
yakka holda maslahatlar va izohlar berish istisno qilinmaydi.
Mehnat о‘qituvchisi yoki ekskursiyani olib boruvchi ekskursiya jarayonida
о‘quvchilarning kuzatishiga rahbarlik qilib turadi, ularning ishlash tamoyiliga va
mahsulot ishlash texnologiyasiga, mehnatni tashkil etish va hokazolarga jalb
qilinadi, bular о‘rtasida obyektiv ravishda mavjud bо‘lgan aloqalarni aniqlash va
taqqoslash yо‘li bilan umumiy tamoyillarni bilib olishni о‘rgatadi.
Masalan, о‘quvchilar о‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarda asosan yog‘och,
metall, gazlamaga ishlov berishning qо‘lda bajariladigan operatsiyalarini о‘rganib
oladilar. Tegishli korxonalarga о‘tkazilgan eksursiya jarayonida ular eng yangi
stanok, mashinalar, jihozlar bilan va yuqori unumli mehnat usullari bilan
tanishadilar. Tikuv materiallarini qayta ishlash korxonasining tayyorlov sexiga
о‘tkazilgan ekskursiya davomida, о‘quvchilar har xil mashinalarning ishlashini,
156
tikuv materiallarining qirqilishini kо‘rayotganlarida ularning mehnat unumdorligi
haqidagi bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish mumkin. Bolalar ekskursiyada
baravar vaqt mobaynida qо‘llariga nisbatan mexanik qaychi bilan ancha kо‘p ish
bajarish mumkinligini bevosita kо‘radilar. Ana shu misol orqali mehnat
unumdorligini oshirishning ayrim yо‘llarini kо‘rsatish mumkin. Masalan, qо‘l
qaychi о‘rniga mexanizatsiyalashtirilgan qaychidan foydalanish qо‘l mehnati
о‘rnini mexanizatsiyalashgan mehnat egallashining namunalaridan biridir, mehnat
unumdorligining oshirilishi esa ishda bir yо‘la bir necha asbobdan foydalanishga
misol bо‘la oladi. Mehnat unumdorligini oshirish nuqtai nazaridan qaychilash
jarayonini ta’riflashda о‘quvchilarga mustaqil holda bir necha misollar keltirishni
tavsiya etish ma’qul. Ular ilgari о‘rganilgan materiallarni: qо‘l va elektr mashinalar
bilan tikish, qо‘lda va mashinalarda yо‘rmash, qо‘l va mexanik qaychilarda qirqish
va hokazolarni eslasalar mazkur topshiriqni bajaradilar.
О‘quvchilar о‘quv ustaxonalari va ishlab chiqarishdagi mehnat jarayonlarini
taqqoslab, faqat о‘quvchilar mehnatining sifatinigina emas, balki mehnat
unumdorligini oshirishni ham ta’minlaydigan xilma-xil dastaki va stanok
moslamalaridan keng foydalanish yо‘li bilan qо‘lda bajariladigan ishlarni
mexanizatsiyalash zarur, degan mustaqil xulosalarga keladilar. Bunday
ekskursiyalar о‘quvchilarda о‘zlari qurgan narsalar tо‘g‘risida yorqin taassurotlar
qoldiradi, ularning bilim doirasini kengaytiradi, bо‘lajak ixtisosligiga bо‘lgan
qiziqishini va mehnatni qayta qurish munosabatini shakllantiradi, bilish faolligini
rivojlantirishga imkon beradi va ishlab chiqarish intizom asoslarini qaror toptiradi.
Korxonaga о‘tkaziladigan har qanday ekskursiyaning mazmuniga quyidagi
aniq, ajratilgan uchta bosqich kirishi lozim:
1. Kuzatish obyektini oldindan tanlash, uning aniq maqsadlari va vazifalarini
aniqlash, korxonaga dastlabki tarzda borib kо‘rish zarur hujjatlarni ekskursiyani
о‘tkazish tartibi, о‘quvchilar uchun beriladigan topshiriqlar va hisobotlarning
shakllarini tayyorlashdan iborat bо‘lgan tayyorgarlik bosqichi
2. Mehnat о‘qituvchisi yoki ekuskursiyani olib boruvchi tomonidan
ekskursiyaning maqsadlari hamda vazifalari, korxona hovlisida va boshqa
157
belgilangan joylarda о‘zini tutish qoidalari, kuzatish obyektlari, ekskursiya
marshruti tо‘g‘risida suhbat о‘tkazish, о‘quvchilarning bevosita kuzatishi va zarur
vazifalarini bajarishi.
3. Ekskursiyaga yakun yasash ekskursiya jarayonida paydo bо‘ladigan
masalalarni xal qilishga qaratilgan yakulovchi suhbat о‘tkazish bilan
cheklanmaydi. Mehnat bо‘yicha navbatdagi mashg‘ulotlarda bajariladigan
vazifalarni va hisobotlarni tahlil qilish hamda jamoada erkin ravishda muhokama
qilish yо‘li bilan ekskursiyaga uzil kesil yakun yasaladi.
Ishlab chiqarishdagi ekskursiyalarni kasb ta’lim о‘qituvchisi boshqa fan
о‘qituvchilari, xususan fizika о‘qituvchisi bilan birgalikda о‘tkazishi mumkin.
Bunday hollarda ekskursiya vaqti uzaytiriladi va о‘rganish obyekti ancha
chuqurlashadi hamda kо‘p qirrali bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |