Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

2.Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi. 
О‘qitish shakli deganda 
о‘quvchilarining aniq mashg‘ulot (dars) dan kо‘zda tutilgan maqsadga erishishi 
uchun mehnat talimi о‘qituvchisi rahbarligida о‘quv matiralini ongli va faol 
ravishda puxta о‘zlashtirishga qaratilgan о‘quv tarbiya faoliyatini tushunmoq 
kerak. Shundan keyin mehnat talimida foydalanadigan xilma-xil shakllar 
masalasini oydinlashtirish zarur. О‘quvchilarning о‘quv ustaxonasidagi о‘quv 
mehnat talimi ishlarining asosiy shaklidan biri dars yoki amaliy mashg‘ulotdir. 
О‘quv mehnat ishi sifatidagi darsnng asosiy belgisi: о‘quvchilar tarkibining doimiy 
va ularning bilim (tayyorgarlik darajisi) taxminan bir saviyada bо‘lishi, 
mashg‘ulotning qat’iy jadval asosida,о‘quv ishlari uchun belgilangan ma’lum vaqt 
davom ettishi. Mehnat ta’limi о‘qituvchisining bevosita rahbarligi, uning xilma-xil 
о‘qitish metodlaridan foydalalanishi darsni frontal, zvenolab va yakka shaklda olib 
borish imkoniga ega bо‘lishdan iborat deyish mumkin. 
Shunday qilib dars о‘qitish jarayoniga tashkiliy aniqliq kiritadi va mehnat 
ta’limi va boshqa fanlar darslarini navbatlashtirib tashkil etishga, binobarin, 
о‘quvchilarning yuqori unumdorligi bilan о‘qishini hamda dam olishini 
tamillashga imkon beradi. Lekin, mehnat texnika ta’limi tizimida о‘quvchilarga 
mehnat qilish yuzasidan qо‘yilgan vazifalarni xal etish uchun faqat ayrim darslarni 


152 
yaxshi tashkil etishni о‘zigina kifoya qilmaydi. Tо‘g‘ri va uyg‘un tashkil 
etgandagina darsning mazmuni va tо‘la maqsadga muvofiq ochilishi mumkin. 
Bundan tashqari, ishlab chiqarish ta’limi maqsadlari va vazifalariga muvofiq 
ravishda quyidagiga о‘xshash har xil dars turlarini qо‘llash mumkin: 
1) Kombinatsiyali (о‘qitish jarayonining hamma zvenolarini о‘z ichiga olgan) 
dars: 
2) Operatsiyalarni о‘zlashtirishga (ayni operatsiyaga oid ish mehnat 
jarayonlarini о‘rganishga) bag‘ishlangan dars: 
3) Kompleks ishlarni bajarishga (konkret buyum tayyorlash munosabati bilan 
ilgari о‘rganilgan operatsiyalarni texnologik kompleks tarzida birlashtirishga) 
bag‘ishlangan dars: 
4) Kontrol-tekshirish sinov, topishiqlari va malaka olishga bag‘ishlangan dars 
(chorak oxirida,yarim yillik, о‘quv davrida). 
Ayrim dars shaklidagi ishlab chiqarish ta’limi asosan о‘quv ustaxonasida 
tashkil etilishini e’tiborga olib shuni ham ta’kidlashimiz kerakki, о‘quvchilar 
bajaradigan ishlarning xarakteriga qarab (bir tipli yoki turli tipli ishlarning 
bajarilishtga qarab) darsni tashkil etish shakli ham tanlanadi (ishni-darsni frontal-
butun sinf uchun, zvenolab, yakka va aralash turdagi). 
Masalan, о‘quvchilarning hammasi bir xil ishni bajaradigan bо‘lsa (bolg‘a 
tayyorlash, kalit yasash va hokazo) darsning frontal shaklini qо‘llash mumkin. Bu 
holda о‘qituvchi о‘quvchilarning hammasi uchun bitta umumiy yо‘riqnoma beradi 
va hamma о‘quvchilarga nisbatan qо‘yiladigan umumiy talablar asosida buyumni 
tayyorlash texnologiyasining tо‘g‘ri bajarilishini kuzatib boradi. 
О‘quvchilar bajaradigan ishlar mazmuni (tayyorlash texnologiyasi) bir-biriga 
yakin lekin xarakteri, ya’ni konstruksiyasi boshqa-boshqa bо‘lgan hollarda darsni 
zvenolarda tashkil etish ma’qul, masalan, tokarlik stanogini yig‘ish (murakkab 
mahsulot vositasida о‘rgatib-о‘qitish)da о‘qituvchi ishni uzellarga ajratadi 
(uzatishlar qutisi, keyingi skoba va shunga о‘hshash ) va har bir uzelni 2-3 kishilik 
zvenoga topshiradi. Yig‘ish operatsiyalariga oid hamma umumiy ma’lumotlarni 
о‘qituvchi frontal yо‘riqnoma tarzida о‘quvchilarga aytib beradi, har bir uzelning 


153 
о‘ziga xos ma’lumotlarini esa har bir zvenoning о‘ziga aytadi. О‘qitishning bu 
shaklidan foydalanganda masterning ish hajmi, ayniqsa joriy yо‘riqnomada, frontal 
formadagidan kо‘ra ancha ortadi. Biroq bundagi xilma-xil ishlar sonining kо‘p 
bо‘lishi (stanokning turli uzellari), о‘quvchilarda kasbiy bilimlarning о‘sishigagina 
emas, balki politexnik bilimlari doirasining kengayishiga ham yordam etadi. 
Individual (yakka) о‘qitish shaklini sinfdagi kо‘pchilik о‘quvchilar 
konstruksiyasi har xil, mazmunan esa bir-biriga yaqin bо‘lgan ishlarni 
bajarganlarida qо‘llash mumkin. Bu xil ishlar, masalan: о‘quv ustaxonasi uchun 
xilma-xil mayda buyurtmalardan yoki dona hisobi uncha katta bо‘lmagan turli-
tuman detallar (tokarlik yoki parmalash stanoklari detallari) bо‘lishi mumkin. 
Bunday hollarda о‘qituvchi tayyorlanishi kerak bо‘lgan buyumlarning tayyorlanish 
texnologiyasini analiz qilib chiqib, о‘quvchilarga frontal yо‘riqnoma tarzida 
umumiy belgilarni (ma’lumotlarni) va yakka shaklni qо‘llaganda aytiladigan 
ma’lumotlarni oldindan ajratib qо‘yadi. Bunda individual tarzda aytiladigan 
ma’lumotlar kо‘proq bо‘ladi. Kо‘ramizki, darsni individual shakl asosida tashkil 
etganda, о‘qituvchi kо‘proq tayyorgarlik kо‘rishi kerak bо‘lar ekan, bunda 
darsning induvidual shakli va induvidual yо‘riqnomadan iborat ikkita tushunchani 
bir-biridan farq qilish zarur. Induvidual yо‘riqnomani har qanday shaklda tashkil 
etilgan darsda qо‘llash mumkin, lekin bu ishning xajmi frontal dars shaklida 
kamroq, induvidual shakldagi darsda esa kо‘proq bо‘ladi. 
Nihoyat, aralash shakldagi dars yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan uchchala dars 
shakllarining elementlaridan tarkib topadi. 
Shuni ham ta’kidlab о‘tish kerakki, dastur materialining mazmuniga, ixtisos 
xarakteriga va boshqa faktorlarga qarab, ishlab chiqarish ta’limida boshqa tashkiliy 
shakllarni ham qо‘llash mumkin. Masalan, о‘quvchilar brigadasi shaklidagi 
о‘qitish ishlab chiqarish sharoitida dars shaklini qо‘llash mumkin bо‘lmagan 
hollarida qо‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu shakldagi ta’lim kо‘pincha kо‘mir 
koni shaxtyorlarini tayyorlashda, metallurglar, ximiklar va qishloq xо‘jaligiga 
tegishli kо‘pgina ixtisos ishchilarini tayyorlashda qо‘llash mumkin. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin