Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti mustaqil ish


Shunday qilib, „Aljabr valmuqobala hisobi haqida qisqacha kitob“ algebra asoslari hamda algebrani amalda tatbiq etishga bagʻishlangan mukammal darslik boʻlgan



Yüklə 101,24 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü101,24 Kb.
#207478
1   2   3   4   5
Maxmatqulova Charos Xorazmiy algebrasi va geometriyasi

Shunday qilib, „Aljabr valmuqobala hisobi haqida qisqacha kitob“ algebra asoslari hamda algebrani amalda tatbiq etishga bagʻishlangan mukammal darslik boʻlgan.



Al-Xorazmiy oʻlchashlar bilan shugʻullanganmi?


Xorazmiyning „Aljabr val muqobala“ asari uch qism (kitob)dan iborat boʻlib, „Oʻlchashlar haqida bob“i geometriyaga bagʻishlangan. Unda shakllarning yuz va hajmlarini oʻlchash qoidalari, Pifagor teoremasi va boshqa faktlar bayon qilingan. Bu bob hajm jihatdan kichik boʻlsa ham, oʻsha davr amaliyoti uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan.
Mutaxassislar Milanda saqlanayotgan “Al-Xorazmiyning butun kvadriviumiga muqaddima kitobi“ qoʻlyozmasiga asoslanib, Xorazmiy “Arifmetika“si aslida kvadrivium, yaʼni arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa qismlaridan iborat boʻlgan deb taxmin qilishadi. Bulardan tashqari, qadimiy qoʻlyozmalarda Xorazmiyning “Kitob aljamʼvaltafriq“ (“Qoʻshish va ayirish kitobi“) asariga tegishli deb koʻrsatilgan parchalar uchraydi. Bu faktga koʻra, Xorazmiy arifmetikaga oid yana boshqa asarlar ham yozgan.
Xorazmiyning fan taraqqiyotida chuqur iz qoldirgan yana bir asari “Zij“dir. U nazariy astronomiya va astronomik jadvallardan iborat boʻlib, arabcha qoʻlyozmalari saqlanmagan. Xorazmiy “Zij“i oʻrta asrlar fanidagi astronomiyaga oid dastlabki asar boʻlib, 37 bobdan iborat va 116 ta jadvalni oʻz ichiga oladi. Unda turli taqvimlar, xronologiya, Quyosh, Oy, sayyoralarning harakati, burjlar va boshqalar haqida maʼlumotlar keltirilgan. Xususan, Quyosh va Oy harakati tenglamalari va tutilish muddatlarini aniqlash qoidalari, sinuslar jadvallari, geografik nuqtalarni topish qoidalari beriladi. „Zij“da birinchi marta tangens funksiyasi kiritilgan.
Usturlob yasash haqida kitob”, “Usturlob yordamida azimutni aniqlash haqida”, “Quyosh soati tekisligida soat yasash” asararlarida qadimgi va oʻrta asrlar astronomiyasining asosiy kuzatuv asbobi boʻlgan usturlob (astrolabiya)ni yasash, undan foydalanish, osmon yoritqichlarining balandligi, burjlarga kirish vaqti, bir kunlik harakati, epileptik koordinatalri, geografik obyektlarning koordinatlari, yangi oy chiqish muddatlarini aniqlash, quyosh azimuti va meridian chizigʻini aniqlash, gorizontal tekislikda quyosh soati yasash va vaqtni aniqlash kabi bilimlar oʻrin olgan.Al-Xorazmiy oʻz faoliyati davomida geografiya, geometriya va astronomiya fanlarida yuqori aniqlikdagi oʻlchashlar bilan shugʻullangan.

Yüklə 101,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin