TIRIK HAYVONLARNI GELMINTLAR BILAN ZARARLANISHINI
ANIQLASH VA LABORATORIYADA TEKSHIRISH USULLARI
Qonni gelmintlarga tekshirish. Qonda Filyariata kenja turkumiga oid
nematodlarning lichinkalari mikrofilyariylarni uchratish mumkin. Ular quyuq qon
tomchisida ham bо„ladi. Buning uchun hayvon qulo-g„idan bir tomchi qon olib, buyum
oynasiga tomiziladi va usti qoplag„ich oyna bilan yopiladi, sо„ng mikroskopda
tekshiriladi. Mikro-filyariylar harakatchan bо„ladi, shuning uchun ham ularni topish
oson. Agarda juda quyuq qon tomchisida mikrofilyariylar tezda kо„rinmasa, u vaqtda
qondagi shaklli elementlarning turtilib harakatlanishidan sezish mumkin.
Ikkinchi, birmuncha murakkabroq usul ham bor. Fibrinsizlanti-rilgan qondan
tayyorlangan quyuq qon tomchi quritilib, gemoliz qilinadi va Romanovskiy usuli bilan
bо„yalib tekshiriladi. Bunday surtmadan lichinkalarni о„lchash, ularning tuzilishini
kо„rish va qaysi urug„ yoki turga mansubligini aniqlash mumkin.
Lichinkalarni bir joyga tо„plab tekshirishning samaradorligini oshi-rish mumkin.
Buning uchun T.I. Popova quyidagi usulni tavsiya etadi: bо„yin venasidan olingan bir
necha kub santimetr qon 4% li limonli nordon natriy eritmasi bilan 1:10 nisbatda
aralashtiriladi, keyin distillan-gan suv bilan 1:7 yoki 1:10 nisbatda suyultirilib,
sentrifugada aylantiri-ladi va olingan chо„kma mikroskopda tekshiriladi. Shu maqsadda
Fyulleborn bir necha ml qonni 95 ml (5% li formalin eritmasidan, 5 ml sirka
kislotasining tuzli eritmasidan tashkil topgan) murakkab eritma aralashmasi bilan
aralashtirishni taklif qilgan. Hosil bо„lgan aralashma sentrifugada aylantirilib, chо„kma
mikroskopda tekshiriladi. Bu parafil-yarioz yaralaridan tomayotgan qonni tekshirish
bilan tasdiqlanadi. Bunday qondan bir tomchisi buyum oynasiga tomizilib, 10 baravar
kо„p distillangan suvda suyultirilib, mikroskopda qaralganda parafilyariyning tuxum va
lichinkalari aniqlanadi.
Terini onxoserkozga tekshirish. Mikroonxoserkalar, odatda, terining nozik
joylarida tо„planadi. Bularni topish uchun teri biopsiya qilinadi: qorin devorlarining
pastki qismida bir oz joyining juni qirqilib, dezinfeksiya qiluvchi eritmalar bilan
artiladi, sо„ngra teri pinset yor-damida ushlanib, Kuper qaychisi bilan suli doni
kattaligida qirqib olinadi va yod eritmasi suriladi. Teri parchasi esa probirkaga solinib,
og„zi namlangan paxta bilan mahkam berkitiladi. Laboratoriyada bu teri parchasi soat
oynasiga quyilgan fiziologik eritmaga joylashtiriladi. Qaychi va preparoval igna bilan
mayda tolalarga ajratiladi, sо„ngra namunaning hammasi sentrifuga probkalariga
solinib, bir necha soat 37–38° li termostatga qо„yiladi. Teridan chiqqan
mikroonxotserkalarning harakatchanligini saqlab qolish uchun fiziologik eritma teng
miqdorda qon zardobi bilan aralashtiriladi. Namuna termostatda turgandan keyin teri
tolalari olib tashlanib, qolgan qismi suziladi yoki sentrifugada aylantirilib, chо„kma
mikroskopda tekshiriladi. Mikroonxotserkalar juda harakatchan bо„lgani uchun osonlik
bilan topiladi.
Gelmintozlarni immunologik usulda aniqlash. Xuddi yuqumli kasalliklar
singari, gelmintoz kasalligida ham turli darajada immunitet bо„ladi va antitela paydo
bо„lishi kuzatiladi. Hozir kо„pgina gelmintoz kasalliklarda immunologik diagnostika
metodi ishlab chiqilgan va ular tajribada tekshirilgan. Lekin bu usullarning kо„pchiligi
hozircha veterinariya tajribasida qо„llanilmaydi, chunki bu biopreparatlar sanoatda
yetarli miqdorda ishlab chiqarilmayotir.
Gelmintozlarni epizootik aniqlash. Ayrim vaqtlarda olingan epizootologik
ma‟lumotlarga asoslanib, ba‟zi gelmintoz kasalliklariga taxminiy tashxis qо„yish
mumkin. Bu tashxisni tirik yoki о„lgan hayvonlarda о„tkazilgan maxsus tekshirishlar
bilan tasdiqlash kerak.
1. Mollari moniyezioz bilan zararlangan xо„jaliklarda may, iyun oylarida qо„zilar
kо„plab о„ladi. Shularga kо„ra moniyeziozga taxminiy tashxis qо„yish mumkin.
2. Telyazioz avj oladigan iyun, avgust oylarida xо„jalikdagi juda kо„p
qoramollarda konyunktivit va keratit belgilari kuzatiladi. Shunga kо„ra telyaziozga
taxminiy diagnoz qо„yish mumkin.
Kо„pgina gelmintoz kasalliklarning aniq klinik belgilari ma‟lum vaqtda paydo
bо„ladi. Kasallikning avj olishi mamlakatning turli mintaqalarida turli vaqtlarga tо„g„ri
keladi. Taxminiy tashxis qо„yishda yilning fasli hisobga olinib, ma‟lum joylar uchun
xos sharoitlarni hisobga olish kerak.
Diagnostik gelmintsizlantirish. Gelmintozlarga aniq tashxis qо„yish uchun
kerakli dorilardan foydalanib, hayvon oshqozon-ichagidan birorta gelmint yoki uning
lichinka hamda bо„g„inlarini ajratish diagnostik gel’mintsizlantirish deyiladi.
Diagnostik gelmintsizlantirish hayvonlarning ayrim belgilariga kо„ra jinsiy
voyaga yetmagan gelmintlar qо„zg„aydigan kasallik borligiga shubha tug„ilganda
о„tkaziladi. Bunday vaqtda boshqa laboratoriya usulidan foydalanib bо„lmaydi, chunki
kasallik qо„zg„atuvchi gelmintlar voyaga yetmaganligi sababli tezak yoki boshqa
organizmga keraksiz ajratmalar bilan bо„g„in, tuxum yoki lichinkalar ajratmaydi.
Diagnostik gelmintsizlantirish uchun kasallanganligiga shubha qilingan 5–6 bosh
hayvon ajratilib, alohida boqiladi va ularga terapevtik dozada kerakli antigelmintik
beriladi. Sо„ngra 1–2 kun ushbu hayvonlarning tezagi tо„planib, qо„zg„atuvchini topish
uchun gelmintoskopik usulda tekshiriladi.
Xо„jalik sharoitida kavsh qaytaruvchi hayvonlarning moniyeziozi, gо„shtxо„r
hayvonlarning sestodozlari, chо„chqa askaridozi va parrandalarning askaridozi kabi
kasalliklarga tashxis qо„yishda diagnostik gelmintsizlantirish kо„proq о„tkaziladi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Hayvonlarni tirik davrida gelmintologik tekshirish usullari haqida ma‟lumot
bering.
2-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga o`lgan hayvonlarni gelmintlar bilan
zararlanishini tekshirish usullari to„g„risida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. O`lgan hayvonlarni gelmintlar bilan zararlanishini tekshirish usullari haqida
ma‟lumot bera oladi.
Ikkinchi sаvоlning bаyоni:
Hayvon о„lgandan keyin gelmintozlarga tashxis qо„yish, о„likni yorish vaqtida,
sо„yilgan mol nimtalarini tekshirganda topilgan gelmint-larga hamda organ va
to„qimalardagi patologoanatomik о„zgarishlarga qarab bajariladi. Qо„zg„atuvchilari,
deyarli, katta gelmintlar bо„lganligi uchun hayvon о„ligini patologo-anatomik yorganda
ayrim gelmintoz-larni (askaridoz, fassiolyoz, diktiokaulyoz, metastrongilyoz va
boshqalar kabi) aniqlash mumkin. Lekin qator gelmintozlar mayda gelmintlar
tomonidan qо„zg„atiladi. Hayvon о„ligini maxsus gelmintologik usulda yorib
kо„rgandagina ularga aniq diagnoz qо„yish mumkin.
O„lgan hayvonlarni bir qancha xil gelmintologik yorib tekshirish usullari mavjud:
1. Hayvonlarni akad. K.I. Skryabin usulida tо„liq gelmintologik yorib tekshirish. Bu
hayvonning hamma organ va tо„qimalaridagi gelmintlarni topish va yig„ish uchun
foydalaniladi. 2. K.I. Skryabin usuli bо„yicha hayvonlarning ayrim organlarini tо„liq
yorib tekshirish. Bunda ayrim organlarning gelmintlar bilan qanchalik zararlanganlik
(diktiokaulyozda о„pka, fassiolyozda jigar) darajasi aniqlanadi. 3. Notо„liq
gelmintologik yorish bunda о„lgan hayvon odatdagi patologo-anatomik yoriladi va
birmuncha katta, kо„zga kо„rinadigan gelmintlar (askaiida, moniyeziylar) topiladi. 4.
R.S. Shuls va Shohnazarova usulida о„lgan hayvoniar porsial gelmintologik yoriladi.
Bunda organlarining ayrim qismlari tekshirilib gelmintlari olinadi.
Hayvonlarni akademik K.I. Skryabin usulida tо„liq gelmintologik yorib
tekshirish. O„lgan umurtqali hayvonlarni K.I. Skryabin usulida tо„liq gelmintologik
yorganda har qaysi turdagi hayvonning anatomik tuzilishi hisobga olinadi (kavsh
qaytaruvchi hayvonlarda oldingi qorinlar, parrandalarda fabritsiyeva sumka, havo
xaltachalari).
O„lgan molni yorishdan oldin uning tanasi tekshiriladi, sababi mol tanasida
yaralar, hasharot va kanalar bо„lishi mumkin; sо„ngra teri shilinib teri osti tо„qimalari
kо„zdan kechiriladi, navbat bilan qorin bо„shlig„i, kо„krak qafasi yorilib, har bir organ
alohida idishlarga (tog„ora, paqir, kyuveta) solinadi. Ichki organlar ajratib olinganda
qorin va kо„krak bо„shliqlari kо„zdan kechiriladi, bosh va orqa miya, kо„z kosasi ajratib
tekshiriladi. Burun hamda og„iz bо„shliqlari kо„riladi. Bо„g„in, ayrim guruh muskullari
(trixinellaga) tekshirilgandan keyin organlar ajratib olinadi va alohida yorilib, takror
yuviladi yoki kompression usulda tekshiriladi.
Har qaysi organni takror yuvib tekshirish juda qiyin, kо„p miqdorda suv, turli
idishlar va vaqt talab qilinadi. Faqat oshqozon, ichaklar, jigar va о„pka yuviladi xolos,
oxirida qolgan chо„kma oz-ozdan qora kyuvetaga olinib, lupa ostida tekshiriladi.
Odatda, organ va tо„qimalar kompression usulida kam tekshiriladi. Olingan tо„qima
yoki organ (ichak devorlaridan olingan shilliq) ikkita kompression yoki boshqa predmet
oynalari orasida rangsiz holatga kelguncha eziladida, sо„ngra lupa yoki mikroskop
ostida tekshiriladi.
Topilgan gelmintlar tо„qimalar orasidan asta-sekin ajratib olinadi. Shuningdek, bu
usulda kо„pincha gelmintlarning oraliq xо„jayinlari ham tekshiriladi.
Hazm organlar (qizilо„ngach, oshqozon, ingichka ichak, yо„g„on ichak, jigar,
oshqozon osti bezi) bir-birlaridan ajratilib, alohida idish-larga solinadi, sо„ng ular
yoriladi. Bunda qizilо„ngach qaychi bilan uzunasiga kesilib, uning devorida bо„lishi
mumkin bо„lgan gelmint va о„simtalarni kо„rishga harakat qilinadi. Sо„ngra
qizilо„ngach devorlari-dan shilliq olib, predmet oynacha orasiga qо„yiladi va
kompression usulda tekshiriladi.
Oshqozon pastki devori tomonidan yorilib, ichidagi massalar silindr idishga
solinadi. Sо„ngra oshqozon ham shu idishda yuviladida, aralashtirilib 5–10 daqiqa
tindiriladi. Oshqozonning shilliq pardasidan qirindi olinib, kompression usulda
tekshiriladi. Aralashma tindirilgandan keyin suvning yuqorigi qismi asta-sekin tо„kiladi
va qolgan chо„kmaga qaytadan suv quyilib, yana chо„kma tinguncha yuviladi. Sо„ngra
chо„kma mikroskop yoki lupa ostida tekshiriladi.
Parrandalarning ikkita: bezli va muskulli oshqozoni bо„ladi. Bezli oshqozonni
yorganda uning devorlari kyuvetada yuvib olinadi. Sо„ngra qorin devorlari tarang
tortilib, yorug„ga tutiladi. Shunday qilganda, bezlarining ichidagi dumaloq qizil rangli
tetramer parazitlarini kо„rish mumkin. Muskulli oshqozon bilan bezli oshqozon
oralig„ida exinuriy kabi nematodalarni tugunlarga о„ralgan holda topish mumkin.
O„rdaklarning bezli oshqozoni seroz pardasi orqali qaralganda, undagi yong„oq
kattaligidagi tugun ichida nematodalar (gistrixis) borligi aniqlanadi. Muskulli oshqozon
qaychi bilan uzunasiga kesilib devori ag„dariladi va kyuvetada yuviladi, sо„ng takror
yuvilib tekshiriladi. Keyinchalik qorinning shilliq pardasidan kutikula ajratib olinib,
uning ostida bо„lishi mumkin bо„lgan streptokor bilan amidastom parazitlarini topish
mumkin.
Ingichka va yо„g„on ichaklar ayrim idishlarga solinib, suv quyiladi va charvidan
ajratiladi. Keyin ichak qaychi bilan uzunasiga kesiladi hamda ichidagi ximus yoki tezak
silindr idishga solinadi. Uning shilliq pardalari ham qirib, yuvib shu idishga solinadi.
Olingan massa takror yuviladi va chо„kma mikroskop yoki lupada tekshiriladi. Yо„g„on
ichak ham xuddi shu tarzda tekshiriladi. Parrandalarning о„n ikki barmoqli ichagi,
ingichka ichagi, kо„richagi va tо„g„ri ichaklari ham alohida tekshiriladi. Ulardan
topilgan gelmintlar ham bо„lak idishlarga olinadi.
Jigar oq kyuvetkaga solinadi, о„t pufagi esa alohida idishga yorib qо„yiladi va
ustiga suv quyiladi hamda bir necha marta yuviladi. Idishdagi jigarga ham suv quyib,
qaychi bilan о„t yо„llari bо„ylab kesiladi, keyin qo„1 bilan maydalab eziladi, takror
yuvib olingan chо„kma tekshiriladi.
Oshqozon osti bezini qo„1 bilan maydalab ezilgandan keyin takror yuvib
tekshiriladi. Nafas olish organlari: hiqildoq, kekirdak va bronxlar uzunasiga yorib
kо„riladi, shilliq pardalardan namuna oiib, kompression usulda tekshirish kerak.
O„pka parenximasi ustiga suv quyib maydalanadi va u ham takror yuvib cho„kma
tekshiriladi.
Jinsiy organlar. Ularning shiliiq pardalari ham qirindi olish, takror yuvish va
kompression usullarda tekshiriladi. Siydik ajratuv organlari, buyrak makroskopik
kо„rikdan keyin kesilib, buyrak jomi kо„riladi. Parenximasi kompression usulda
tekshiriladi. Siydik pufagi va siydik yо„llari yorilib kо„riladi, shilliq pardasidan qalin
qirindi olib tekshiriladi. Siydikning о„zi takror yuvish usuli bilan tekshiriladi. Kо„zlar
yorilib, ichki muhit, kо„z konyunktivi takror yuvib tekshiriladi.
Miya (bosh miya va orqa miya) mayda bо„lakchalarga bо„linib, kompression
usulda lupa bilan kо„riladi. Yurak va boshqa qon tomirlar fiziologik eritmada yoriladi,
sо„ngra takror yuvib chо„kma lupa ostida tekshiriladi. Qorin va kо„krak qafasidagi
suyuqliklar ham takror yuvib tekshiriladi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. O`lgan hayvonlarni gelmintlar bilan zararlanishini tekshirish usullari
to„g„risidagi ma‟lumotlarni bayon qiling.
3-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga gelmintlarning oraliq xo„jayinlarini
tekshirish usullari to„g„risida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Gelmintlarning oraliq xo„jayinlarini tekshirish usullari to„g„risida ma‟lumot
bera oladi.
Uchinchi sаvоlning bаyоni:
Gelmintlarning oraliq xo„jayinlarini tekshirish. Hayvonlarni tekshirish yо„li
bilan gelmintologik sharoitlarning ayrim tomonlari aniq-lanadi, xolos. U hayvonlar
bilan tashqi muhit о„rtasidagi hamma munosabatlarni, gelmintozlarning tarqalish
yо„llarini yoritmaydi. Shuning uchun hayvonlar (parazitlarning asosiy xo„jayini) dagi
gelmintozlarni tekshirish bilan birga oraliq xо„jayinlarini ham tekshirib, tanasida gel-
mintlar lichinkasi bor yо„qligini bilish katta ahamiyatga ega. Oraliq xо„jayinlarni
tekshirish shuning uchun ham zarurki, qator gelmin-tozlarning qо„zg„atuvchilari
biogelmintlar, ya‟ni faqatgina oraliq (ayrimlari qо„shimcha) xо„jayin ishtirokida
rivojlanadi. Oraliq xо„jayinni tekshirish va ularning tanasida gelmint lichinkalarining
bor-yо„qligini aniqlash juda oddiy, oson va foydali bо„lgani sababli xо„jalikda gel-
mintozlarning borligini, qanchalik tarqalganligini, hayvonlarga yuqtirayotgan manbai
hamda invazion elementlarning oraliq xо„jayin tanasida saqlanish muddatini aniqlash
imkonini yaratadi.
Hayvonlarni gelmintologik tekshirish natijasi hamma vaqt oraliq xо„jayinlarni
tekshirishdan olingan ma‟lumotlar bilan tо„Idiriladi. Ikkita asosiy va oraliq xо„jayinlarni
tekshirish natijasigina xо„jalikda gelmin-tologik sharoitni aniqlash hamda
gelmintozlarning prognozini bilib, profilaktika tadbirlarini о„z vaqtida tashkil qilish
imkoniyati yaratiladi.
Mollyuskalar
(chuchuk
suvda
hamda
quruqlikda
yashaydiganlari),
qisqichbaqasimonlar (sikloplar, dafniya, yonlab suzarlar, suv xо„tigi), yomg„ir
chuvalchangi, hasharotlar (pashshalar, chivinlar, ninachilar, chumolilar va qо„ng„izlar),
tuproqda yashovchi kanalar gelmintlarning oraliq xо„jayini bо„lishi mumkin.
Epizootologik jihatdan har qaysi turdagi oraliq xо„jayinning 1m
2
yaylovdagi sonining
eng kо„p bо„lishi katta ahamiyatga ega. Ular qanchalik kо„p, zich bо„lsa, hayvonlar
gelmintozlar qo„zg„atuvchilarining yuqumli holatdagi tuxumi va lichin-kalari bilan
zararlashi shuncha kо„p bo„ladi. Quruqlikda yashaydigan oraliq xо„jayinlar har xil
joylarda: gо„ngda, ochiq molxonada, yaylovlarda yashashi mumkin. Gelmintlarning
suvda yashaydigan oraliq xо„jayinlari ayniqsa, ariq bо„ylarida, kо„lmaklarda, suv
о„tlarida kо„p bо„ladi. Mana shunday xо„jayinlari kо„p bо„lgan yaylovlarda boqilgan
chorva mollari, parrandalar biogelmintoz qo„zg„atuvchilari bilan kо„proq kasallanadi.
Oraliq xо„jayinlar tanasidagi gelmint lichinkalarini topish uchun ularni ushlagan
zamon (yaxshisi tirik holda) binokulyar, lupa yoki juda katta qilib kо„rsatadigan
mikroskopda tekshirish kerak. Gelmint lichinkalari oraliq xо„jayin tanasida turli
rivojlanish bosqichida bо„lishi mumkin, lekin ularning invazion lichinkalari tezroq
kо„zga tashlanadi. Oraliq xо„jayinlarni tekshirganda ma‟lum turdagi gelmint lichinkalari
bilan ular ekstensiv (foiz) va intensiv (lichinkalar soni) zararlanganligi aniqlanadi.
Xо„jalikda gelmint lichinkalarini topish uchun kо„pincha shoxli qо„ng„iz, sovutli
kanalar, yomg„ir chuvalchanglari, suvda va quruqlikda yashovchi mollyuskalar,
yonlabsuzarlar, suv xо„tigi, dafniya va sikloplar tekshiriladi.
Shoxli qо„ng„izlarni gelmitologik tekshirish. Bu qо„ng„izlar barcha hayvonlar
gо„ngida yashaydi. Shoxli qо„ng„izlar chо„chqalarning ingichka ichagida parazitlik
qiluvchi makrokantorinxlarning oraliq xо„jayinlari hisoblanadi. Parazitning lichinkasi
(akantellalari) birmuncha katta (5 mm uzunlikda), rangi oq bо„lib, qо„ng„izlarning
imago, lichinka va g„umbak davrlaridagisini yorib mikroskopda qaralganda yaxshi
kо„rinadi.
Sovutli kanalar – kichkina (1 mm uzunlikda) bо„lib, yaylovlarda yerning yuza
qismida yashaydi. Ushbu kanalar kavsh qaytaruvchi hayvonlarning ingichka ichaklarida
parazitlik qiluvchi moniyeziylarning oraliq xo„jayinlari hisoblanadi. Moniyeziy
lichinkalarini – sistiserkoidlarini topish uchun predmet oynasiga sovutli kanalardan
qо„yib, bir tomchi suv tomiziladi va lupa ostida parchalagich igna bilan kanalar mayda
qismlarga bо„linadi. Sо„ngra ikkinchi oyna bilan yopib, mikroskopda tekshiriladi.
Moniyeziy lichinkalari (sistiserkoidlar) oval shaklda, diametri 0,15–0,19 mm, 4 ta
sо„rg„ichi va dum tomonida ortig„i bо„ladi. Sistiserkoidlar juda ham nozik bо„lganligi
uchun kompression (ikki oynaning orasida ezish) usulida tekshirish mumkin emas.
Yomg„ir chuvalchanglari. Hamma turdagi yomg„ir chuvalchang-lari tuzilishi va
yashash sharoitiga kо„ra ikki guruhga bо„linadi. Ayrim avlodlari Lumbricus, Eisenia
vakillari nam tuproqda va gо„ngda yashaydi. Ular chо„chqa metastrongilidlarining
oraliq xо„jayinlaridir. Spiral shaklidagi metastrongilid lichinkalari chuvalchangning
qizilо„n-gach va qon tomir tо„qimalarida joylashadi. Ularni topish uchun yomg„ir
chuvalchangi tanasining oldingi qismini kesib olib, ikkita buyum oynasi orasida ezib,
kompression usulda tayyorlangan preparat mikroskopda tekshiriladi.
Boshqa avlodlarga kiruvchi yomg„ir chuvalchanglari (Criodrilus, Eophila) loyqa
suvlarda yashaydi. Ular о„rdaklarda gistrixoz va porrotsekoz qо„zg„atuvchi
gelmintlarning oraliq xо„jayinlaridir. Gistrixis lichinkalari juda katta (3 sm uzimlikda),
rangi oq, yaltiroq bо„ladi. Porrotsekum lichinkalari oldingi tur lichinkalardan taxminan
о„n marta kichik (2,5–3 mm), ular zararlangan yomg„ir chuvalchanglarini kompression
usulda mikroskopda tekshirganda yaxshi kо„rinadi.
Mollyuskalar. Tabiiy sharoitda chuchuk suv va quruqlikda yashovchi
mollyuskalar turli hududlarda uchraydi, ya‟ni chuchuk suv mollyuskalari ko„lmak
suvlarda, suvi sekin oqadigan va oqmaydigan ariqlarda, hovuzlarda, sholipoyalarda
uchrasa, quruqlikda yashaydigan mollyuskalar nam-zax joylarda, tog„ yon bag„rilaridagi
o„tloqzorlarda, bedapoyalarda va ariq bo„ylarida ko„plab tarqalgan.
Chuchuk suvda yashovchi mollyuskalar, asosan chorva mollarida parazitlik
qiluvchi so„rg„ichlilar sinfi vakillarining oraliq xo„jayinlari hisoblanadi. Chuchuk suv
mollyuskalarini trematodalar sinfi vakillari lichinkalari bilan zararlanganligini aniqlash
uchun oqmaydigan ko„lmak suvlardan va sholipoyalardan qorinoyoqli mollyuskalar
qo„lda yig„ib olinib tekshiriladi.
Chuchuk suv mollyuskalarini chorva mollari gelmintlarining lichinkalari bilan
zararlanganligini tekshirish uchun Petri shisha idishga 3–5 ta mollyuskalar solinib,
preparoval ignalar yordamida titiladi. So„ngra maydalangan mollyuskalar ustiga bir
necha tomchi suv tomizilib, har bir mollyuskani alohida-alohida mikroskop ostida
tekshiriladi. Tekshirish jarayonida mollyuskalarning turi, yoshi, katta-kichikligi,
tekshirilgan vaqti va har bir mollyuskadan topilgan trematoda lichinkalarining tur
tarkibi va soni alohida daftarga yozib boriladi.
Chuchuk suv mollyuskalari kompressor usulida ham tekshiriladi. Buning uchun
kompressor orasiga 25–30 ta mayda va o„rtacha kattalikdagi chuchuk suv mollyuskalari
joylashtirilib, kompressor vint-larini qotirish natijasida kompressor orasidagi
mollyuskalar eziladi va bu materiallar mikroskop ostida ko„rilib, mollyuskalarning
trematodalar lichinkalari bilan zararlanganligi aniqlanadi. Suv mollyuskalarini predmet
oynasiga qo„yib preparoval igna yordamida titib mikroskop ostida tekshirish ham
mumkin. Albatta, tabiiy sharoitda chuchuk suv mollyuskalari har xil trematodalar turlari
lichinkalari bilan zararlangan bo„ladi. Parazit lichinkalari asosan mollyuskalarning
jigarida uchraydi. Yirik suv mollyuskalari odatda, chig„anog„idan ajratib olinadi va
mikroskopda tekshiriladi. Trematodalar lichinkasi serkariylar itbaliqqa o„xshash bo„lib,
mikroskop ostida harakatlanayotgan holatda ko„rinadi.
Ma‟lumki, qo„y va echkilar hamda ularning yovvoyi turlari o„pkasida parazitlik
qiluvchi nematodalardan protostrongilidlar oilasining vakillari uchun oraliq xo„jayinlar
sifatida ayrim tur quruqlikda yashaydigan qorinoyoqli mollyuskalar ishtirok etadi.
Quruqlikda yashaydigan mollyuskalarni protostrongilidlar lichinkalari bilan zarar-
lanishini aniqlash usulini J. Azimov, Ya. Ubaydullayev va V. Ukolovlar ishlab chiqqan
(1971). Bu usulni bajarish uchun Petri likopchasi, pintset va lupa kerak bo„ladi.
Quruqlik mollyuskalari Petri likopchasiga 20–30 tadan joylashtrilib, usti ikkinchi
likopcha bilan yopiladi. 3–5 minutdan keyin mollyuskalar likopcha devoriga yopishib,
harakatlana
boshlaydi.
Petri
likopchasini
3–5
minut
quyoshda
qoldirib,
mollyuskalarning faolligini oshirish mumkin. Mollyuskalar oyoqlari likopcha yuzasiga
yopishganda, prostostrongilidlar bilan zararlangan mollyuskalar oyoq-larida qora
rangdagi nuqtalar ko„rinadi.
Dostları ilə paylaş: |