Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49

Chorva  mollar  gongilonemasi  (Gongylonema  pulchrum)  ko„pchilik  uy  va 

yovvoyi sutemizuvchilarda, jumladan, qo„y, echki, qoramol, tuya, ot, quyon, cho„chqa 

va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Gongilonema ba‟zan odamlarda ham parazitlik 

qilishi kuzatilgan. 

Gongilonema ingichka uzun nematoda bo„lib, tanasining uzunligi erkaklarida 30–

62  mm,  urg„onchilarida  esa  14,5-44  mm  gacha  boradi.  Tanasining  bosh  qismida 

dumaloq  yoki  ovalsimon  shaklida  do„mboqchalari  bo„lib,  ular  tanasining  uzunasiga 

qarab  4  ta  qatorga  joylashgan.  Uncha  katta  bo„lmagan  og„iz  teshigi  qorin  va  yelka 

tomoniga  biroz  cho„zilgan  bo„lib,  ikki  tomonida  «labsimon»  o„simtasi  bo„ladi.  Og„iz 

atrofida hammasi bo„lib 6 ta so„rg„ichi joylashgan bo„ladi. 

Gongilonema  biogelmint.  Uning  oraliq  xo„jayini  hasharotlardan,  asosan 

qo„ng„izlar  turkumining  plastinka  mo„ylovlilar  oilasi  vakillari  hisoblanadi.  Bu 

gelmintning urg„ochisi tuxum qo„yadi (71-rasm).  


 

 

 



71-rasm. Chorva mollarining qizilo„ngachida parazitlik qiluvchi 

Gongylonema pulchrum nematoda turining rivojlanish sikli sxemasi.  

 

Tuxumni  oraliq  xo„jayinlari  (plastinka  mo„ylovli  qo„ng„izlar  vakillari)  yutib 

yuborgach,  yutilgan  tuxum  ichidan  lichinka  chiqadi  va  qo„ng„izning  tana  bo„shlig„ida 

rivojlanadi.  O„rta  hisobda  1  oydan  keyin  gongilonema  lichinkasi  rivojlanishining  III 

bosqichiga  o„tib,  yuqumli  holatga  keladi  va  maxsus  biriktiruvchi  to„qimadon  tashkil 

topgan  kapsulaga  (qobiqqa)  o„raladi.  Asosiy  xo„jayinlari–sigir,  qo„y,  echki,  tuya  va 

boshqa  sutemizuvchilar  gelmint  lichinkasi  bilan  zararlangan  oraliq  xo„jayinlarni 

(qo„ng„izlarni)  ovqat  bilan  birga  yutib  yuboradi  va  asosiy  xo„jayilari  organizmiga 

tushgan  gelmint  lichinkalari  56-60  kunda  jinsiy  voyaga  yetadi.  Demak,  gongilonema 

lichinkalari  bilan  zararlangan  go„ngxo„r  qo„ng„izlarni  ovqat  yoki  suv  bilan  yutib 

yuborish  natijasida  chorva  mollari  bu  parazitlarni  lichinkalarini  o„zlariga  yuqtiradi. 

Chorva molllari asosan yaylovda o„tlash jarayonida bu gelmintni o„zlariga yuqtiradi.  

Tadqiqotlardan  ma‟lum  bo„lishicha,  Respublikamizda  go„ngxo„r  qo„ng„izlar-dan 

Aphodius,  Geotrupes,  Gmnopleurus,  Chironitis,  Scarabeus  va  boshqa  avlodlarga 

mansub bo„lgan 35 ga yaqin tur qo„ng„izlar gongilonema lichinkalari bilan zararlanishi 

mumkin. Olib borilgan tadqiqot ishlarning natijasiga ko„ra, yuqorida ko„rsatib o„tilgan 

qo„ng„izlarning  gongilonema  lichinkalari  bilan  zararlanishi  respublikamizning  turli 



TASHQI 

MUHIT 

 

mintaqalarida  2,1  %  dan  61  %  gacha  boradi.  Gongilonema  qishloq  xo„jalik 

hayvonlarida parazitlik qilib, ularga gongilonemoz kasalligini keltirib chiqaradi.  

Gongilonemalar  qizilo„ngach va tomoqning  shilliq  qavati  epiteliysida  ariqchalar 

hosil  qiladi.  Hayvon  kuchsizroq  zararlangan  bo„lsa,  qizilo„ngachning  shilliq  qavatida 

joylashib  olgan  va  ilon  iziga  o„xshash  yo„llar  hosil  qilgan  parazitni  ko„rish  mumkin. 

Hayvon kuchli zararlanganda shilliq qavat qalinlashadi va dag„allashib ko„p shilliq bilan 

qoplangan bo„ladi. 

Bunday  o„zgarishlar  qo„y  qizilo„ngachida  qoramolnikiga  nisbatan  kuchliroq 

bo„ladi va ayrim  hollarda  epiteliy  qatlami  butunlay  ishdan  chiqadi. Ba‟zi hayvonlarda 

juda ko„p nuqtasimon yoki dog„ga o„xshash qon quyilishi hollari uchraydi. 

Tirik  hayvonlarda  gongilonemoz  kasalligini  aniqlashning  aniq  metodikasi  hali 

ishlab  chiqilgan  emas.  O„lgan  yoki  so„yilgan  hayvonlarda  gelmintologik  tekshiruv 

natijasida bu gelmintlar aniqlanadi.  

Gongilonemoz 

kasalligiga 

qarshi 

kurash 


choralari 

hozirgacha 

yaxshi 

o„rganilmagan. Bu kasallikdan hayvonlarni saqlash uchun profilaktik choralarini amalga 



oshirish  lozim.  Jumladan,  yaylovga  chiqarilmay  bir  yerda  boqiladigan  hayvonlarni 

(sigir, qo„y, echki va h.k.) bu kasallikdan saqlash lozim. Buning uchun ferma hududini 

go„ngdan  tozalab  turish  kerak.  Go„nglarni  maxsus  ajratilgan  yerlarga  yig„ib,  darhol 

biotermik  usulda  zararsizlantirish  lozim.  Bundan  tashqari,  ferma  hududida  tungi 

chiroqlarga  maxsus  «tutgich»  lar  o„rnatib  yig„ilgan  qo„ng„izlarni  qirib  tashlash  kerak. 

Ferma  hududidagi  keraksiz  buyumlarni  chiqarib  tashlash  va  molxona  hududida 

qo„ng„izlar  va  boshqa  hasharotlarni  mutlaqo  bo„lmasligini  ta‟minlash  maqsadga 

muvofiqdir.  



Trixostrongilidlar  (Trichostrongylidae)  oilasi  vakillari  mayda  qilsimon 

nematodalar bo„lib, og„iz kapsulasi yaxshi rivojlanmagan. Ular amfibiyalar, reptiliyalar, 

qushlar va sutemizuvchilarning oshqozonida hamda ingichka ichagida parazitlik qiladi.  

Mahsuldor hayvonlardan  -  kavsh  qaytaruvchi sutemizuvchilarning shirdonida va 

ingichka  ichagida  trixostrongilidlar  oilasidan  asosan,  Trichostrongylus,  Cooperia, 

Ostertagia,  Haemonchus,  Marshallagia,  Nematodirus  va  boshqa  avlod  turlari  keng 

tarqalgan  bo„lib,  chorvachilik  xo„jaliklariga  katta  iqtisodiy  zarar  keltiradi. 

Trixostrongilidlarning  hozirgi  kunda  400  dan  ortiq  turi  uchraydi,  shu  jumladan, 

O„zbekistonda  kavsh  qaytaruvch  hayvonlarda  bu  oilaning  54  ta  turi  parazitlik  qilishi 

aniqlangan.  

Trixostrongilidlar  oilasi  turlarinig  uzunligi  turli  avlodlarida  har  xil  bo„ladi.  Bu 

oila ichida eng mayda turlari asosan, trixostrongillar avlo-diga kiradi. Ularning uzunligi 

erkaklarida  3,5-4,5  mm  va  urg„ochilarida  4,6-7,0  mm  atrofida  bo„ladi.  Kooperiyalar 

avlodi  turlarida  erkalarining  uzunligi  5-9  mm,  urg„ochilariniki  5,7-11  mm; 

Ostertagiyalarda  erkak-larining  uzunligi  6,5-7,5  mm,  urg„ochilariniki  8,3-9,2  mm; 

Gemonxlarda  erkaklarining  uzunligi  18-22  mm,  urg„ochilariniki-25-34  mm; 

Marshallagiyalarda  erkaklarining  uzunligi  10-13  mm,  urg„ochlariniki-12-20  mm  va 

Nematodirlarda  erkaklarining  uzunligi  11-17  mm  va  urg„ochilariniki  esa  18-25  mm 

atrofida bo„ladi.  

Trixostrongilidlar  oilasi  vakillarining  rivojlanish  sikli  asosan  bir  xil  tipda,  ya‟ni 

rivojlanishi  oraliq  xo„jayinlarsiz  o„tadi  (geogelmint).  Trixostrongilidlar  bilan 

zararlangan kavsh qaytaruvchi hayvonlar tezagi orqali parazit tuxumlari tashqi muhitga 


 

chiqadi.  Tashqi  muhitda  20-25

0

C  iliq  haroratda  12-17  soatda  tuxum  ichida  lichinka 



rivojlanadi. Lichinkalarning tuxum po„stini yorib tashqariga chiqishi trixostrongi-lidlar 

oilasi  avlodlarida  bir-biridan  farq  qiladi.  Masalan:  trixostrongillar,  kooperiyalar, 

gemonxlar 

va 


ostertagiyalarda 

lichnkalar 

tuxumlardan 

birinchi 

bosqichda; 

marshallagiyalarda  ikkinchi  bosqichda  va  nematodirlar  hamda  nematodirellalarda 

uchinchi bosqichda chiqadi (72-rasm).  

Tashqi  muhitda  haroratning  ko„tarilishi  yoki  pasayishi  trichostrongilidlar 

lichinkalarining  rivojlanishiga  salbiy  ta‟sir  ko„rsatadi.  Nam  joylarda  lichinkalarning 

faolligi ortadi.  

Kavsh  qaytaruvchi  hayvonlar  tashqi  muhitdan  trixostrngilidlarning  yuqumli 

(invasion) holatdagi lichinkalarini o„t bilan birga yeyishi yoki parazit lichinkalari bilan 

zararlangan  ko„lmak  va  tashlandiq  suvlarni  ichishi  natijasida  o„zlariga  yuqtiradilar. 

Hayvonlar  shirdonida  va  ingichka  ichagida  parazit  lichinkalari  avlodlariga  qarab  yana 

ikki marta tullaydi va 20–30 kunda jinsiy voyaga yetadi.  

O„zbekiston sharoitida chorva mollari trixostrohgilidlar bilan asosan bahor va kuz 

fasllarida zararlanadi. Yana shuni alohida ta‟kidlash lozim-ki, trixostrongilidlar oilasiga 

kiruvchi gemonxlar avlodi turlari gematofaglar hisoblanadi, ya‟ni ular og„iz kapsulasida 

joylashgan  tishlari  bilan  shirdon  va  ingichka  ichak  devorining  shilliq  pardasini 

jarohatlab, qon bilan oziqlanadi.  

 

 

72-rasm. Trixostrongilidlarning rivojlanish sikli sxemasi: GT-gemonxlarning tuxumi, MT- 

marshallagiyalarning tuxumi, NT-nematodirlarning tuxumi. 

 

Umuman  olganda,  trixostrongilidlar  bilan  zararlangan  hayvonlarning  shirdonida 



va  ingichka  ichaklarida  anatomo-morfologik  o„zgarishlar  kuzatiladi,  ovqatning  hazm 

bo„lish  jarayoni  buzilishi  natijasida  zararlangan  hayvonlarning  ishtahasi  yo„qoladi,  ich 

ketishi  natijasida  ular  ozib  ketadi,  o„sish  va  rivojlanishdan  orqada  qoladi.  Kuchli 

zararlangan kasal hayvonlar esa nobud bo„lishi mumkin.  



L-3 

L-2 

L-1 

L-4 

Yetilgan 

 

Oxirgi  yillarda  trixostrnongilidoz  qo„zg„atuvchilariga  qarshi  alben,  albazen, 

albendazol,  levamizol,  baymek,  ivermek  va  ivermektin  kabi  preparatlar  qo„lanilib 

samarali  natijalarga  erishilmoqda.  Ushbu  preparatlarni  qo„llashda  yo„riqnomada 

ko„rsatilgan  dozalarga  va  qo„llash  qoidalariga  albatta,  qat‟iy  rioya  qilish  lozim. 

Hayvonlarni trixostrongilidlar bilan zararlanishini oldini olish uchun yaylovlarda ularni 

zich holda saqlamaslik va bunday yaylovlarda hayvonlarni 5-6 kundan ortiq boqmaslik 

lozim.  Shuningdek,  botqoq  va  zaxkash  yaylovlardan  foydalanmaslik  hamda  chorva 

mollarni kichik oqmas ko„lmak suvlardan, botqoqlikdagi suvlardan sug„ormaslik lozim.  

Protostrongilidlar  (Protostrongylidae)  oilasiga  kiruvchi  Protostrongylus, 

Spiculocaulus,  Muellerius,  Cystocaulus,  Neostrongylus  va  Varestrongylus  urug„lari-

ning  vakillari  asosan  qo„y  va  echkilarda  hamda  ularning  yovvoyi  turlarining  yirik  va 

mayda bronxlarida, alveolalarida parazitlik qiladigan nematodalardir. 

Protostrongilidlar  ingichka  va  uzun  jigar  rangli  nematodalar  bo„lib,  erkagining 

uzunligi 10,3-30,0  mm, urg„ochilariniki  esa 28-60  mm  atrofida  bo„ladi. O„zbekistonda 

qo„y,  echki,  arxar,  muflon  va  yovvoyi  tog„  echkilarida  15  turga  kiruvchi 

protostrongilidlar  parazitlik  qiladi.  Protostrongilidlarning  hamma  qo„zg„atuvchilari 

oraliq  xo„jayinlar  orqali  rivojlanadi.  Ularning  oraliq  xo„jayinlari  quruqlikda  yashovchi 

qorinoyoqli  mollyuskalar  vakillari  hisoblanadi.  Hozirgi  vaqtda  28  turga  kiruvchi 

quruqlikda  yashovchi  qorinoyoqli  mollyuskalar  protostron-gilidlarning  oraliq 

xo„jayinlari sifatida aniqlangan.  

O„zbekistonda  protostrongilidlarning  oraliq  xo„jayinlari  sifatida  quruqlikda 

yashaydigan  mollyuskalardan  Xeropicta  candaharica,  Subzebrinus  albiplicatus,  Su. 

sogdianus  va  boshqa  turlari  aniqlangan.  Protostrongilidlarning  urg„ochisi  asosiy 

xo„jayini bronxlariga tuxum qo„yadi (73-rasm).  

Bu  yerda  tuxumlardan  ko„p  o„tmay  lichinkalar  chiqadi,  bu  lichinkalar  hayvon 

yo„talganida  og„iz  bo„shlig„iga  keladi.  Bunday  lichinkalarni  hayvon  takroran  yutib 

yuboradi. Oshqozonga tushgan lichinkalar axlat orqali tashqariga chiqadi va ular oraliq 

xo„jayinlari  quruqlikda yashovchi mollyuskalarning oyoqlariga kirib olib rivojlanishini 

davom ettiradi.  

Mollyuskalar oyog„ida lichinkalar o„sadi va ikki marta tullab 4-5 haftadan keyin 

invazion,  ya‟ni  yuqumli  holatga  aylanadi.  Asosiy  xo„jayinlari,  ya‟ni  qo„y  va  echkilar 

yuqumli  holdagi  lichinkalarni  yem-xashak  bilan  yoki  tanasida  protostrongilidlarning 

yuqumli  holdagi  lichinkalari  bo„lgan  mollyuskalarni  o„t  bilan  birga  yutib  yuborganda 

protostrongilidlar  bilan  zararlanadi.  U  yoki  bu  yo„l  bilan  asosiy  xo„jayini  oshqozoniga 

tushgan lichinkalar ichak devorlariga o„tib, qon orqali o„pkaga boradi va 32-47 kundan 

keyin jinsiy voyaga yetib, yana tuxum qo„ya boshlaydi.  

O„zbekistonda  qo„y  va  echkilar  protostrongilidlar  bilan  asosan  tog„  va  tog„oldi 

mintaqalarda ko„proq zararlanadi. Ko„proq katta yoshdagi qo„y va echkilar kasallanadi. 

Shuningdek,  protostrongilidoz  bilan  mayda  shoxli  mollar,  asosan  bahor  oylarida 

kasllanadi,  yozda  kasallanish  foizi  pasayadi,  kuzga  borib  yana  kasllanish  foizi  ortadi. 

Albatta,  kasallikning  ko„payishi  yoki  kamayishi  kasallik  qo„zg„atuvchilarining  turiga 

ham bog„liq bo„ladi. 

 


 

 

 



73-rasm. Protostrongilidlarning rivojlanish sikli sxemasi: A-parazitning asosiy xo„jayini; B-

parazitning oraliq xo„jayini – mollyuska; L-l-4-parazitning lichinkalik davrlari; 5-jinsiy voyaga yetgan 

protostrongilid; 6-tuxum. 

 

Protostrongilidlar  o„pkada  parazitlik  qilib,  bronxit  va  o„pka  shamollashi 



kasalliklarini keltirib chiqaradi. O„pkada parazitlar ko„payib ketsa, ba‟zan kasallangan 

qo„y va echkilar o„ladi. 

Protostrongilidoz  bilan  kasallangan  qo„y  va  echkilar  ditrazin,  nilverm,  rental, 

emetin  va  boshqa  preparatlar  bilan  davolanadi.  Hayvonlarning  protostrongilidlar 

lichinkalari  bilan  zararlanmasliklari  uchun  yaylovlarni  har  25  kunda  almashtirib  turish 

ham ijobiy natija beradi.  



Metastrongilidlar 

(Metastrongylidae) 

oilasiga 

kiruvchi 

Metastrongylus 

urug„ining  vakillari,  asosan  cho„chqalarning  o„pkasida  parazitlik  qiladi.  Cho„chqa  va 

to„ng„izlarda metastrongilus avlodining Metastrongylus elongatus, M. pudendotectus va 

M. salmi kabi turlari parazitlik qiladi. 

Metastrongiluslar  cho„chqa  va  to„ng„izlarning  bronxlarida,  ko„proq  o„pkaning 

orqa va yuqori qismida uchraydi. O„zbekiston sharoitida metastrongiluslar bilan asosan 

yovvoyi  cho„chqalar,  ya‟ni  to„ng„izlar  kasallanadi.  Metastrongiluslar  ingichka  ipsimon 

shakldagi  nematodalar  bo„lib,  erkaklarining  uzunligi  14–16  mm,  urg„ochilariniki  esa 

20–58 mm atrofida bo„ladi. 

Metastrongiluslar  biogelmintlar  bo„lib,  ularning  oraliq  xo„jayinlari  yomg„ir 

chuvalchanglari hisoblanadi (74-rasm).  

Urg„ochi  metastrongiluslar  cho„chqa  bronxlariga  tuxum  qo„yadi.  Bu  tuxumlar 

hayvon  nafas  yo„li  orqali  ular  yo„talganda  og„iz  bo„shlig„iga  tushadi.  Cho„chqalar  bu 

tuxumlarni qayta yutib yuboradi va tuxumlar ularning oshqozoniga tushib, tezagi bilan 

tashqi muhitga chiqadi. 

 


 

 

 



74-rasm. Cho„chqa metastrongilidi (Metastrongylus elongatus)ning rivojlanish sikli sxemasi: A-

asosiy xo„jayini  cho„chqa; B-oraliq xo„jayini  yomg„ir chuvalchangi; 1-parazitning tuxumlari; 2-

lichinkaning xo„jayini organizmidagi migratsiyasi. 

 

Tashqi  muhitda  metastrongiluslar  tuxumlaridan  qulay  sharoitda  2  kundan  keyin 

lichinkalar  chiqadi.  Bunday  lichinkalar  oziq-ovqat  orqali  yomg„ir  chuvalchangining 

organizmiga  o„tadi.  Natijada  lichinkalar  yomg„ir  chuvalchangi  qizilo„ngachi  devoriga 

yoki uning qon tomirlariga kirib oladi. Bu yerda ikki marta tullab, 10–20 kundan keyin 

invazion, ya‟ni yuqumli holatga keladi. Cho„chqalar parazit lichinkalari yuqqan yomg„ir 

chuvalchanglarini  yeganda  metastrongilyoz  qo„zg„atuvchilari  bilan  zararlanadi. 

Cho„chqa  oshqozoniga  tushgan  yomg„ir  chuvalchanglari  hazm  bo„lib,  ajralib  chiqqan 

metastrongilus  lichinkalari  ichakda  yana  bir  marta  tullab,  uchinchi  lichinkalik  davriga 

o„tadi, so„ngra ichak devorini teshib, limfa yo„llariga o„tadi va bu yerda to„rtinchi marta 

tullaydi. 

Shundan  so„ng,  bu  lichinkalar  limfa  yo„llari  va  qon  tomirlari  orqali  o„pkaga 

keladi,  o„pkadan  esa  bronxlarga  o„tib,  jinsiy  voyaga  yetgan  metastrongiluslarga 

aylanadi.  Tanasida  yuqumli  lichinkalari  bo„lgan  yomg„ir  chuvalchangini  cho„chqalar 

yegan vaqtdan boshlab, to o„pkada jinsiy voyaga yetgan metastrongilusga aylanguncha 

25–35  kun  kerak  bo„ladi,  to„liq  tuxumdan  tuxumgacha  rivojlanish  davri  esa  30–55 

kunga  to„g„ri  keladi.  Metastrongilyoz  bilan  ko„proq  cho„chqa  bolalari  kasallanadi. 

Kasallangan hayvon yo„talib, nafas olishi qiyinlashadi, yaxshi o„smaydi, oriqlab ketadi, 

ba‟zan o„ladi. 

Metastrongilyoz bilan kasallangan hayvonlar terisi ostiga ditrazin fosfat eritmasi, 

traxeyasiga  esa  kaliy  yodit  eritmasi  yuboriladi.  Kasallikning  oldini  olish  uchun  esa 

cho„chqalar gelmintsizlantiriladi, yomg„ir chuvalchanglarini yeyishga yo„l qo„yilmaydi. 



Singamidlar  (Syngamidae)  oilasidan  Syngamus  trachea  nematoda  turi  tovuq, 

kurka,  g„oz  va  yovvoyi  parrandalarning  nafas  yo„llarida,  ya‟ni  traxeyasida  parazitlik 

qiladi  va  singamoz  kasalligini  keltirib  chiqaradi.  Singamoz  bilan  asosan  jo„jalar 

kasallanadi. 

Jinsiy  voyaga  yetgan  erkak  va  urg„ochi  singamuslar  hamma  vaqt  bir-biriga 

birikkan  holda  yashaydi.  Erkaklari  urg„ochilaridan  birmuncha  kichik,  og„iz  kapsulasi 

yarim sharsimon xitinlashgan bo„lib, juda yaxshi rivojlangan. Erkaklarining uzunligi 2–


 

6  mm,  urg„ochilariniki  esa  5–20  mm  bo„lib,  jinsiy  teshigi  tanasining  oldingi  qismida 

joylashgan (75-rasm).  

Urg„ochi  singamuslar  parrandalarning  kekirdagiga  tuxum  qo„yadi,  so„ngra  bu 

tuxumlar og„iz bo„shlig„i orqali oshqozonga tushadi. Parazit tuxumlari oshqozonda hech 

qanday o„zgarmay tashqi muhitga chiqadi. 

Tashqi  muhitda  8–9  kun  ichida  tuxumdagi  lichinka  ikki  marta  tullab,  o„zining 

invazion,  ya‟ni  yuqumli  davriga  o„tadi.  Parrandalar  ichida  yuqumli  lichinkasi  bo„lgan 

bunday  tuxumlarni  yutib  yuborsa,  ularning  oshqozonida  tuxumlardan  lichinkalar 

chiqadi va ichakdan qon tomirlariga o„tib, qon orqali o„pkaga boradi.   

 

 

 



75-rasm. Singamus (Syngamus trachea)ning rivojlanish sikli sxemasi: 1-asosiy xo„jayin  o„rdak; 2-

tashqi muhitga chiqqan tuxum; 3-tuxum va unda rivojlanayotgan lichinka; 4-rezervuar xo„jayini 

yomg„ir chuvalchangi va 5-unda rivojlanayotgan lichinka; 6-jinsiy voyaga yetgan singamus. 

 

 



O„pka alveolalarida lichinkalar yana 2 marta tullab, so„ngra bronxlarga o„tadi. Bir 

qancha  vaqtdan  keyin  erkak  singamuslar  urg„ochilarini  jinsiy  organlari  to„liq 

rivojlanmagan  holda  urug„lantiradi.  Parazitlik  qilishning  7-kunida  singamuslar 

parandaning  kekirdagiga  o„tadi  va  u  yerda  juda  tez  o„sib  rivojlanadi  hamda  3–7  kun 

davomida jinsiy voyaga yetadi. 

 

Parranda  zararlanganidan  17–20  kun  o„tgach,  singamus  tuxumlari  axlat  bilan 



tashqariga  chiqa  boshlaydi  va  bu  jarayon  27–35  kun  davom  etadi.  Singamuslar  tuxum 

qo„yib bo„lgandan keyin  yana 5–7 kun yashaydi va asosiy xo„jayini tanasida ularning 

yashash muddati 2 oy atroflda bo„ladi. 

Singamuslarning  rivojlanishi  to„g„ridan-to„g„ri  yoki  rezervuar  xo„jayinlar  orqali 

ham  borishi  mumkin.  Singamuslarning  invazion  tuxumlarini  tashqi  muhitda  ayrim 

umurtqasiz  hayvonlar  (yomg„ir  chuvalchanglari,  suv  va  quruqlikda  yashovchi 

mollyuskalar,  ko„poyoqlar,  uy  pashshalari)  yutib,  ular  organizmida  lichinkalar  paydo 

bo„ladi  va  uzoq  vaqtgacha  hech  qanday  o„zgarishsiz  yashaydi.  Yuqorida  keltirilgan 



 

umurtqasiz  hayvonlar,  ayniqsa,  yomg„ir  chuvalchanglari  singamuslar  uchun  rezervuar 

xo„jayin vazifasini bajaradi. 

Demak,  parrandalar  singamuslar  bilan  invazion  tuxumlarini  yutish  va  rezervuar 

xo„jayinlarini yeyish orqali parazitni o„zlariga yuqtiradi. 

Singamuslarning  rezervuar  xo„jayinlari  sifatida  yomg„ir  chuvalchanglaridan-



Lumbricus,  Allolobophora,  Eisenia  urug„lari  vakillari,  quruqlikda  yashovchi  mollyus-

kalardan-Agriolimax,  Helix,  Helicella  urug„lari  vakillari  va  pashsha  lichinkalari 

aniqlangan. 

Singamuslar  parrandalarning  kekirdagida  parazitlik  qilib,  ko„payib  ketganda 

nafas olish yo„llarini berkitib, o„pkaga havo o„tishini qiyinlashtiradi. Shuningdek, keng 

va  kuchli  kapsulasi  yordamida  kekirdak  devorlariga  yopishib,  uni  og„ir  shikastlaydi. 

Jo„jalar kuchli zararlanganda bo„ynini cho„zadi, og„zini katta ochib, esnashga o„xshab 

harakat qiladi. Kasallangan jo„jalar ozib ketadi va ba‟zan halok bo„ladi. 

Singamoz  bilan  kasallangan  parrandalarni  davolash  uchun  yodning  suvdagi 

eritmasini  o„tmas  uzun  ignali  shpris  yordamida  ularning  og„iz  va  hiqildoqlari  orqali 

kekirdagiga  yuboriladi.  Kasallangan  jo„jalarni  tetramizol,  tiabendozol,  yodofen  va 

mebenvet  kabi  preparatlar  bilan  ham  davolashadi.  Xonaki  parrandalar  boqiladigan 

joylarga yovvoyi parrandalar kelmasiigi kerak.  

Nematodalar sinfining vakillari faqat odam va hayvonlarda parazitlik qilmasdan, 

balki bir qancha turlari o„simliklarda ham parazitlik qiladi. Hozirgi vaqtda ayniqsa, ildiz 

bo„rtma  nematodalari  o„simliklarga  katta  zarar  yetkazadi.  Ular  bug„doy,  lavlagi, 

kartoshka,  piyoz,  bodring,  pomidor,  sabzi,  qovun,  tarvuz,  g„o„za,  kungaboqar,  loviya, 

mosh,  tut,  tok  va  boshqa  200  dan  ortiq  sabzavot,  poliz,  texnika  o„simliklari  va 

daraxtlarga zarar yetkazadi.  

Sitrus  nematodasi  sitrus  o„simliklari  (limon,  apelsin  va  bosh.)  ildizlarida 

parazitlik qiladi. 

Bug„doy  nematodasi  (Anguina  tritici)  o„simlik  nematodalari  ichida  eng  yirigi 

hisoblanadi (76-rasm).  

Erkagining  uzunligi  2,5  mm,  urg„ochisiniki  esa  5  mm  atrofida  bo„ladi.  Bu 

nematoda  bug„doy  va  boshqa  boshoqli  ekinlarga  zarar  yetkazadi.  Zararlangan 

bug„doyning  boshog„ida  don  o„rnida  qora  yoki  jigarrang  bo„rtma  (tugunak)  hosil 

bo„ladi.  Tugunak  ichida  15-17  mingtagacha  nematoda  lichinkalari  bo„lib,  ular  quruq 

holda  oziqlanmay  20-28  yilgacha  yashashi  mumkin. Urug„lik bug„doylarga  aralashgan 

tugunaklar  ichida  yotgan  lichinkalari  bilan  birga  yerga  tushadi.  Namlikda  lichinkalar 

tugunakdan  chiqib,  yangi  unayotgan  bug„doy  maysasining  ildiziga  kirib,  tanasidan 

yuqoriga ko„tariladi va barg qo„ltig„iga keladi. Bug„doy gullay boshlaganda lichinkalar 

gul g„unchalari ichiga kiradi va gulning kurtagi (murtagi) bilan oziqlanib, tugunak hosil 

qiladi. Tugunak ichida lichinkalar jinsiy voyaga yetadi. Bitta tugunakda 40-50 tagacha 

nematoda bo„ladi.  


 

 


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin