Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49

Qoramol stefanofilyariyalari. Qoramollarda asosan, Stephanofilaria stilesi va S. 

assamensis  turlari  parazitlik  qiladi.  Ularining  uzunligi  3-8  mm  va  yo„g„onligi  0,100-

0,117  mm  keladi.  Bu  nematodalar  qoramollarning  qorin  terisini,  yelinini  hamda  quloq  

supprasi ichki tomonining o„rta qismini zararlaydi. Terining bunday qismlarida kattaligi 

7  mm  dan  100  mm  gacha  boradigan  sal  qizargan  yaralar  paydo  bo„ladi. 

Stefanofilariyalar  teri  orasiga  kirib  dermotidlar  hosil  qiladi.  Hayvonning  kasallangan 

joylari  qattiq  qichiydi  va  hayvon  bezovtalanadi,  natijada  mahsuldorligi  anchagina 

pasayadi.  O„zbekistonning  turli  mintaqalarida  qoramollarning  stefanofilarioz  bilan 

umumiy  zararlanishi  4,65  %  dan  78,1  %  gacha  boradi.  Aksari  bitta  hayvonda 

nematodalarning  ikki  turi  ham  uchraydi.  Stefanofilariyning  oraliq  xo„jayinini  aniqlash 

maqsadida  Respublikaning  har  xil  mintaqalarida  qon  so„ruvchi  pashshalarning  3  turi 

chaqqir  sigir  pashshasi,  kichik  sigir  pashshasi  va  kuzgi  pashshalar  oraliq  xo„jayin 

sifatida aniqlangan (68-rasm).  

Pashshalarning  stefanofilariy  lichinkalari  bilan  zararlanishi  respublika  bo„yicha 

0,7 % dan 5 % gacha boradi.  

Qon  so„ruvchi  pashshalar  ertalabki  va  kechki  soatlarda  juda  ko„payib, 

aktivlashadi.  Issiq  paytlarda  ular  oziqlanish  joyini  tark  etadi  va  hayvonlarda  faqat 

yakkam-dukkam uchraydi.  


 

 

 



68-rasm. Qoramollarning quloq suprasida parazitlik qiluvchi 

Stephanofilaria stilesi nematoda turining rivojlanish sikli sxemasi. 

 

Stefanofilariozning  epizootologik  zanjirida  bog„lovchi  zveno–qon  so„ruvchi 

pashshalar  bo„lib,  ular  parazit  lichinkalarini  mollarga  yuqtirib  turadi.  Stefanofilariy 

lichinkalari bilan zararlangan qon so„ruvchi pashshalar yopirilib qoramollarni zaralaydi. 

Stefanofilariyning 

rivojlanish 

sikli 

quyidagicha 



boradi. 

Jinsiy 


yetuk 

stefanofilariylarning  urg„ochilari  qoramol  terisi  ostida  parazitlik  qilib,  tuxum  qo„yadi. 

Stefanofilariozli  hayvonlarda  oziqlanayotgan  qon  so„ruvchi  pashshalar  parazitning 

tuxumlarini yutib yuboradi.  

Pashshalarda  parazit  tuxumlaridan  lichinkalar  rivojlanadi,  ular  hasharotning 

xartumchasiga  yetib  keladi  va  pashshaning  navbatdagi  oziqlanishida  xartumchadan 

asosiy  xo„jayini-qoramolning  terisiga  o„tadi.  Muntazam  olib  borilgan  tadqiqotlarning 

natijasiga ko„ra, oraliq xo„jayin organizmdagi stefanofilariy lichinkalari 26-30

o

C issiqda 



25-27 kunda invazion davrga yetadi.  

Stefanofilarioz  kuchli  darajada  va  xronik  holda  ro„y  beradi.  Kasalning  kuchli 

formasi  bahor  oxiri  va  yozda  sodir  bo„ladi,  buni  stefanofilariyning  lichinkali  xili 

deyiladi. Bu holda seroz-gemorragik eksudat ko„plab ajraladi, o„sha joy qattiq qichiydi 

va natijada mol bezovtalanadi. 

Kasallikning kuchli shakli kuz va qishda xronik holatga o„tadi, bu paytda barcha 

stefanofilariylar jinsiy yetuk davrga aylanadi. Bu holatda terining shikastlangan qismlari 


 

och  kul  rang  tusga  kirib  qoladi.  Shu  bilan  birga  mollar  ham  bezovtalanmaydi,  lekin 

ularning organizmida parazitlarning mavjud bo„lishi salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 

Stefanofilyarioz  kasalligiga  yo„liqqan  qoramollarni  davolash  uchun  ko„plab 

miqdorda  preparatlar  sinab  ko„rilgan.  40  %  li  xlorofos  malhami  eng  samarali 

hisoblanadi.  Uni  terining  shikastlangan  qismlariga  surtiladi.  Har  bosh  molga  10  g 

preparat sarflanadi. 

Yaylov  mavsumida  mazkur  dori  ishlatilsa  terapevtik  samara  olishdan  tashqari 

hayvonlarning  qayta  zararlanishiga  ham  barham  beriladi,  chunki  preparatning 

insektitsid sifatida ta‟sir qilishi 20-25 kungacha davom etadi. Shu bilan birga necha bor 

dorilanishi  pashshalarning  tabiatda  qancha  vaqt  yashashiga  qarab  belgilanishi  lozim. 

Tadqiqotlarning  ko„rsatishicha,  O„zbekiston  sharoitidagi  yaylov  mavsumida  qoramol 

terisining  zararlangan  joylarini  3-4  marta  dorilash  kifoyadir.  Shuningdek,  terining 

zararlangan joylarini neguvanning 2-3 % li eritmasi bilan dorilash tavsiya etiladi. 

Kasallikning  oldini  olish  uchun  stefanofilyariyning  oraliq  va  definitiv 

xo„jayinlarini bog„laydigan vositalarni yo„qotishga imkon beradigan tadbirlarni amalga 

oshirish  lozim.  Bunda  yaylov  faslida  sigir  pashshasi  va  kuzgi  pashshalarga  qarshi 

kurash  ishlari  hal  qiluvchi  ahamiyat  kasb  etadi.  Ular  respublikamiz  sharoitida  aprelda 

ucha  boshlab,  noyabrda  to„xtaydi.  Pashshalarni  yo„qotish  maqsadida  mollarga 

fenotiazin  yediriladi.  Qoramol  uchun  sutkalik  dori  miqdori  tirik  vaznining  har  bir  kg 

hisobiga  0,02  g  ni  tashkil  qilishi  kerak.  Bu  preparat  tuzga  yoki  yemga  aralashtirib 

beriladi.  Qoramolning  tezagi  bilan  tushgan  fenotiazin  sigir  pashsha  va  kuzgi 

pashshalarning lichinkalariga qarshi ham hisoblanadi.  

Chorva  mollari  parabronemalari.  Chorva  mollarida  parazitlik  qiladigan-

Parabronema  skrjabini  ning  uzunligi  3  mm  dan  45  mm  gacha  boradigan  tiniq  qizil 

rangli  nematoda.  U  kavsh  qaytaruvchi  uy  hayvonlari  va  ayrim  tuyoqli  yovvoyi 

hayvonlarning  oshqozonida  tekinxo„rlik  qiladi.  Parabronemalar  asosan  oshqozonning 

pilorik  qismida  to„planib,  shilliq  pardaga  kiradi,  buning  oqibatida  gastrit  kasalligi 

rivojlanadi.  Qoramollarning  parabronemoz  bilan  zararlanishi  respublika  bo„yicha  28,2 

%  ni  tashkil  etadi.  Parabronemalar  O„zbekistonda  qo„y  va  tuyalar  orasida  ham  keng 

tarqalganligi qayd etilgan. Bunda qo„ylar parabronemoz bilan respublika bo„yicha 10,1 

% va tuyalar 21,9 % zararlanganligi qayd etilgan.  

O„zbekiston  sharoitida  parabronemaning  oraliq  xo„jayinlari  bo„lib,  kichik  sigir 

pashshasi, janubiy sigir pashshasi va kuzgi pashsha ishtirok qiladi (69-rasm).  

Qon  so„ruvchi  pashshalarning  parabronema  lichinkalari  bilan  umumiy 

zararlanishi 0,7 % dan 3,7 % gacha boradi. 

O„zbekiston sharoitida oraliq xo„jayinlarda parabronemaning yuqumli lichinkalari 

aprel oyining ikkinchi dekadasida aniqlangan, bu esa MDH ning boshqa mintaqalariga 

nisbatan 2 oy ertaroq rivojlanadi.  

Tadqiqot ishlarning natijasiga ko„ra, pashshalarning kasallikni maksimal darajada 

yuqtirishi aprel oyining oxiri va may oyining boshlarida qayd etilgan.  

Parabronemaning  rivojlanish  jarayoni  quyidagicha  boradi.  Urg„ochi  parazit 

tuxum qo„yadi va bu tuxumlar hayvon tezagi orqali tashqi muhitga chiqadi. Pashshalar 

ham tuxumlarini faqat hayvonlar tezagiga qo„yadi.  



 

 

 



69-rasm. Chorva mollarining oshqozonida parazitlik qiluvchi 

Parabronema skrjabini nematoda turining rivojlanish sikli sxemasi.  

 

Taxminan  bir  sutkadan  keyin  pashsha  tuxumlaridan  lichinkalar  chiqadi,  ular 

hayvonlar  tezagini  yeb,  parazit  tuxumlarini  ham  yutadi.  Pashsha  lichinkalari  ichida 

parabronema  tuxumlaridan  lichinkalar  chiqadi,  u  pashshalar  tana  bo„shlig„iga  oson 

o„tadi,  so„ngra  pashsha  lichinkalari  pashshaga  aylanishi  bilan  bir  vaqtda  parabronema 

lichinkalari ham rivojlanadi, pashshalar voyaga yetganidagina parabronema lichinkalari 

yuqumli holatga aylanadi. 

 

Chorva mollarga parabronema lichinkalari og„iz bo„lig„i orqali yuqadi. Pashshalar 

hayvonning ho„l va issiq lablarida o„rmalab, xartumi orqali parabronemaning yuqumli 

lichinkalarini  chiqaradi. Chorva  mollarga parabronema  aprelning ikkinchi  dekadasidan 

oktyabrning  oxirigacha  yuqadi, bunda  kasallikning  yuqish  intensivligi  turlicha  bo„ladi. 

Hayvonlar gelmintlar bilan eng ko„p zararlanishi may va sentyabr-oktyabrda kuzatiladi, 

bu vaqt qon so„ruvchi pashshalarning ko„payishi davriga to„g„ri keladi. 

Demak,  chorva  mollarida  parabronemaning  keng  tarqalganligi  ularning  cho„l 

sharoitiga  moslashganligidan  dalolat  beradi.  Chorva  mollarni  parabronemozdan 

davolashda fenotiazin yaxshi samara beradi. Qo„y-echkilarga har 1 kg tirik vazniga 0,1 

g,  qoramolga  0,2-03  g,  tuyalarga  0,5-0,6  g  dozada  beriladi.  Qorako„l  qo„ylarida 

parabronemozning  oldini  olish  uchun  bir  qator  yangi  preparatlar  (nilverm,  panakur, 

ivomek va moranteltartrat) sinab ko„rilgan.  


 

Bu preparat ilova qilingan instruktsiyaga muvofiq qo„llaniladi. Barcha preparatlar 

chorva  mollarning  boshqa  oshqozon-ichak  nematodozlariga  qarshi  ham  yaxshi  samara 

beradi. 


Kasallikning  oldini  olish  uchun  qon  so„ruvchi  pashshalar–kasallik  yuqtiruvchi 

oraliq  xo„jayinlarni  qirish  uchun  mart  oyi  oxiridan  oktyabrgacha  har  kuni  tuz  yoki 

konsentratsiyalangan ozuqa bilan birga albatta, fenotiazin berish tavsiya etiladi. Bunda 

hayvonlar  go„ngi  bilan  ajralib  chiqadigan  fenotiazin  qon  so„ruvchi  pashshalar 

lichinkalarining  rivojlanishiga  to„sqinlik  qiladi  va  bu  bilan  parabronemoz 

qo„zg„atuvchisi tarqalishining oldi olinadi. 



Chorva  mollari  setariyalari.  Chorva  mollarida  asosan,  Setaria  labiato-

pappilosa,  S.  equina,  S.  bernardi  kabi  turlari  parazitlik  qiladi.  Ular  ancha  yirik,  oq 

rangli nematodalar bo„lib, uzunligi 48 mm dan 120 mm gacha boradi. Setariyalar chorva 

mollarning  qorin  bo„shlig„ida,  oshqozon  osti  bezida,  qatqorin,  qorin  yog„i,  jigar  va 

ichaklarida  parazitlik  qiladi,  hamda  butun  organizmga  zaharli  ta‟sir  ko„rsatadi. 

Qoramollarga setarioz yuqish darajasi O„zbekistonning ayrim viloyatlarida 22,3 % dan 

75,7  %  gacha  etadi.  Shuningdek,  ushbu  kasallik  qo„y  va  echkilarni  1,9  %  dan  8,5  % 

gacha,  cho„chqalarni  0,4  %  dan  28  %  gacha,  ot  va  eshaklarni  50  %  gacha  zararlashi 

qayd  etilgan.  Mazkur  kasallik  chorva  mollarda  eng  ko„p  Qoraqalpog„iston 

Respublikasida  hamda  Buxoro  va  Qashqadaryo  viloyatlari  xo„jaliklarda,  shuningdek, 

Farg„ona vodiysida qayd etilgan.  

O„zbekistonning turli hududlarida setarioz qo„zg„atuvchilarining oraliq xo„jayini 

sifatida qon so„ruvchi asl chivinlar avlodidan-Aedes caspius caspius turi ishtirok etishi 

aniqlangan.  Chivinlar  setariya  lichinkalari  bilan  may  oyidan  oktyabr  oyigacha 

kasallangan mollarning qonini so„rish orqali zararlanadi. Chorva mollarni setarioz bilan 

kasallanishini  oldini  olish  uchun  tabiatda  yaylovlarda  chivinlarga  muntazam  ravishda 

qarshi kurash choralarini olib borish va ularning sonini cheklab turish lozim.  



Toq  tuyoqlilar  darasheyalari  va  gabronemalari.  Toq  tuyoqlilarda  Drascheia 

megastoma,  Habronema  muscae  va  H.  microstoma  kabi  nematoda  turlari  parazitlik 

qiladi.  Ot  va  eshaklarning  drasheyozi  va  gabronemozi  surinkali  gelmintoz  kasalliklari 

bo„lib,  bu  nematodalarning  vakillari  ot va  eshaklarning oshqozoni,  o„pkasi  va  terisida 

parazitlik  qiladi.  Parazitlar  voyaga  yetganda  ot  va  eshaklar  oshqozoniga  tushadi. 



Habronema muscae nematoda turining lichinkalari rivojlanishining uchinchi bosqichida 

otlar  terisida  va  o„pkasida  gabronemoz  kasalligini  qo„zg„atadi.  Drascheia  megastoma 

esa  yuqorida  keltirilgan  nematodalardan  eng  patogeni  hisoblanadi.  Chunki  u  ot 

oshqozonida parazitlik qilib, o„smalarni hosil  qiladi.  Parazitning og„zi ikkita  lab bilan 

o„ralgan. Boshi tanasidan kesikcha bilan ajralgan, tomog„i voronkasimon, qizilo„ngachi 

qo„shaloq  oldingi  bo„limi  qisqaroq,  keyingi  qismi  esa  ancha  uzunroq  (bezli  bo„limi) 

bo„ladi. 

Erkaklarining uzunligi 7–10 mm bo„lib, dumi spiral shaklda buralgan va to„mtoq. 

Spikulalari ikkita. Urg„ochilarining uzunligi 10-13 mm, dum oxiri salgina egilgan holda 

o„tkirlashib  tugaydi.  Tuximlari  yarim  silindr  shaklida,  uning  ichida  shakllangan 

lichinkalari  bo„ladi.  Habronema  muscae  boshqa  turiga  nisbatan  kamroq  rivojlangan 

lablari  bilan  farqlanadi. Erkaklarining  uzunligi  8-14  mm,  urg„ochilarining  uzunligi  esa 

13-22  mm.  Uchala  tur  nematodalar  qo„zg„atuvchilarining  ham  oraliq  xo„jayinlari  uy 

pashshasi (Musca domestica) va qon so„ruvchi pashshalar ishtirokida rivojlanadi. 



 

Drasheya  megastoma  tuxumlari  ot  oshqozonidan  tezak  bilan  birga  tashqariga 

chiqadi.  Ot  tezagiga  esa  pashshalar  tuxum  qo„yadi  va  tez  rivojlanib  lichinkalar  hosil 

qiladi.  Pashsha  lichinkalari  tezakdagi  drasheya  tuxumlarini  yutib  zararlanadi.  Keyingi 

kuni  pashsha  lichinkalarining  oshqozonida  drasheya  tuxumlaridan  harakatchan 

lichinkalar  paydo  bo„ladi.  Pashsha  ichidagi  drasheya  lichinkalari  11-13  kunda  1,3-2,6 

mm ga boradi, 13-15 kunda esa yuqumli holatga, ya‟ni invazion lichinkalarga aylanadi. 

Invazion  lichinkalar  pashsha  organizmida  turib  kutikulyar  qobig„ini  yirtib  chiqadi.  U 

pashsha xartumiga, so„ngra pastki labining shishgan joyiga o„tadi. Pashshalar otlarning 

ho„l, issiq labiga qo„nganda, drasheya lichinkalari pashsha xartumidan tashqariga so„lak 

bilan namlangan joyga chiqadi. 

Otlar  so„lak  bilan  birgalikda  drasheya  lichinkalarini  yutib  yuborishi  yoki  ichida 

drasheya  va  gabronema  lichinkalari  bo„lgan  pashshalar  tushgan  oziqlarni  yeyishi 

natijasida zararlanadi. Ot organizmida drasheya lichinkalari 44–64 kunda voyaga yetgan 

parazitga  aylanadi.  Ular  ot  oshqozon  shilliq  osti  pardasida  va  o„smasimon  hosilalarida 

joylashadi.  Voyaga  yetgan  Habronema  muscae  ot  oshqozonining  shilliq  pardalariga 

yopishib  oladi.  Undan  tashqari  parazit  lichinkalari  ot  terisiga  va  yaralariga  tushsa  teri 

gabronemozi  rivojlanishi  mumkin.  Bu  lichinkalar  ot  burnini  shilliq  pardasida  bo„lsa 

o„pkaga qarab harakat qilishi va u yerda gabronemoz tugunini hosil qilishi mumkin. Bu 

kasallik qulunlar va katta yoshdagi otlarda hamma joyda, ayniqsa, otxonalarda boqilgan 

otlarda uchraydi. Otlar yozda, pashshalar uchish davrida ko„proq zararlanadi. Drasheya 

va  gabronemalar  xo„jayin  organizmiga  mexanik  va  zaharli  metabolitlar  bilan  ta‟sir 

ko„rsatadi. 

Drasheyalar  otlarning  oshqozoniga  tushib,  odatda,  uning  bezli  qismida  kattaligi 

yong„oqdan  tovuq  tuxumigacha  va  undan  ham  kattaroq  tugunlarni  shakllantiradi. 

Tugunlar  odatda  kataral  yallig„langan  shilliq  parda  bilan  yopilgan.  Ko„pincha  bitta  ot 

oshqozonida  o„smalardan  4–5  ta  bo„ladi.  Ularning  ichi  kovak  bo„lib,  undan 

drasheyaning  oxirgi  qismi  chiqib  turadi.  Shishni  bosib  ko„rganda  bu  kovakdan  parazit 

va ularning tuxumlarini saqlaydigan sariq kulrang suyuqlik ajraladi. Gabronema-larning 

boshqa  turlari  shunchaki  oshqozon  shilliq  pardasiga  yopishib,  uni  mexanik  qitiqlaydi 

hamda  oshqozon  bezlarini  atrofiyalaydi,  natijada  uning  funktsiyasi  buziladi.  Teri 

gabronemozi  terida  shishlar  paydo  qiladi  va  ularning  sekin-asta  yaralanishi  bilan 

ifodalanadi.  Bunday  yozgi  yaralarni  davolash  qiyin.  Bu  kasallik  asosan  issiq  iqlimli 

mamlakatlarda, ya‟ni Hindiston va Braziliyada keng tarqalgan. Gabronema lichinkalari 

o„pkaga tushib to„g„nog„ich boshi, ba‟zan yong„oqdek keladigan parazit tugunchalarini 

hosil qiladi. Bunday tugunchalarda odatda yiringli suyuqlik va uzunligi 3 mm keladigan 

lichinkalar bo„ladi. 

Olimlar  teri  gabronemozi  bilan  shikastlangan  otlarda  o„pka  gabronemozi  paydo 

bo„lishi mumkin deb ham taxmin qiladilar. 

Drasheya va gabronema tuxumlarini topish uchun otlarning tashqariga chiqargan 

yangi  tezagi  Berman  usulida  tekshiriladi,  undan  tashqari  zond  yordamida  olingan 

oshqozon  shirasini  tekshirish  bilan  ham  kasallikni  aniqlash  mumkin.  O„lgan  ot  yorib 

ko„rilganda oshqozondan parazit va shish tugunlari topiladi. 

Klinik tekshirish bilan  esa terining turli joylarida,  ya‟ni tizza va boldir sohasida, 

bo„yinning  oldingi  yuqorigi  qismlarida  yozgi  yaralar  aniqlanadi.  Yozgi  yaralar  faqat 

yilning issiq paytida paydo bo„ladi. 


 

Kasallangan  otlar  uglerod  sulfid  va  yodning  suvdagi  eritmasi  bilan  davolanadi. 

Teri  gabronemozi  jarrohlikda  qo„llaniladigan  usullar  bilan  davolanadi.  Gabronema  va 

drasheya  bilan  zararlangan  otlarni  sog„aytirish  uchun  bir  qancha  choralar  amalga 

oshirilishi, shuningdek, qo„zg„atuvchilarning oraliq xo„jayinlari pashshalarni yo„qotish 

lozim. Buning uchun otxonalarda to„plangan go„ng maxsus go„ngxonalarga olib ketiladi 

va  biotermik  zararsizlantiriladi.  Pashshalar  tezakka  tuxum  qo„ymasligi  uchun 

go„ngxonalar usti yopib qo„yiladi. Otxonalardagi pashshalarni yo„qotish kerak. Buning 

uchun  binolar  geksaxloran  eritmasi  bilan  muntazam  oqlanib  turiladi,  xlorofos  bilan 

dezinvaziya qilinadi. Kuz va qishda otlar gelmintsizlantiriladi. 



Ot  parafilyariyasi  toq  tuyoqli  hayvonlarning  surunkali  gelmintoz  kasalligi 

qo„zg„atuvchisi  bo„lib,  uni  Parafilaria  multipapillosa  nematoda  turi  qo„zg„atadi. 

Kasallikning  klinik  jihatdan  teri  kapillyarlaridan  qon  oqishi  bilan  xarakterlanib,  MDH 

ning  Janubiy  va  Janubi-sharqiy  mintaqalarida  ko„proq  uchraydi.  Parafilyariylar 

otlarning teri ostida parazitlik qiladi. Erkaklarining uzinligi 30 mm, urg„ochilariniki esa 

40-70 mm keladi. Tuxum ichida lichinkalari rivojlanadi. Tuxumlarining uzunligi 42-52 

mkm,  eni  esa  17-27  mkm  keladi.  O„zbekiston  sharoitida  parafilyariyning  oraliq 

xo„jayini  qon  so„ruvchi  pashsha-Haemotobia  atripalpis  ekanligi  aniqlangan.  Voyaga 

yetgan  urg„ochi  parafilyariylar  otlarning  teri  osti  to„qimalarida  parazitlik  qilib,  boshi 

bilan terini teshadi va qon tomirlarini jarohatlaydi. Jarohatlangan joyga qon tomchilari 

sizib chiqadi va u yerga urg„ochi parafilyariylar tuxum qo„yadi. Tashqi muhit haroratiga 

qarab  bir  necha  minutdan  yoki  bir  necha  soatdan  keyin  parafilyariy  tuxumlaridan 

lichinkalar  chiqa  boshlaydi.  Otlar  faqat  yozda  zararlanishi  mumkin.  Qon  so„ruvchi 

gematobiy  pashshalari  otlarni  chaqqan  paytda  xartumlari  orqali  parafilyariyning 

yuqumli lichinkalarini qonga o„tkazadi. Parafilyariya 9 oydan keyin, ba‟zan esa 2 yildan 

keyin jinsiy voyaga yetadi (70-rasm).  

 

 

70-rasm. Otlarning terisida parazitlik qiluvchi Parafilaria multipapillosa  

nematoda turining rivojlanish sikli sxemasi.  

Kasallik  birinchi  marta  aprel  oyida  boshlanib,  iyul-avgust  oylarida  intensiv  va 

ekstensiv  jihatdan  rivojlanish  davrining  eng  yuqori  darajasiga  yetadi.  Oktyabrda 

rivojlanishi  to„xtaydi.  Parafilyarioz  ko„pincha  issiq  kunlarda  paydo  bo„ladi.  Hayvon 



 

harorati  qancha  yuqori  bo„lsa,  qon  oquvchi  yaralar  shuncha  ko„payadi.  Parafilyarioz 

kasalligi asosan cho„l  va o„rmonlarda, dengiz sathidan 1200 m balandlikda uchraydi. 

Ot  terisiga  urg„ochi  parafilyariyalar  qo„ygan  tuxumlari  chidamsiz  bo„lib,  oqayotgan 

qonning qurishi bilan halok bo„ladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar teri kapillyarlaridagi 

qonda 12 soat saqlanadi. Ot  terisida voyaga  yetgan parafilyariyalar  yashagan  joylarida 

dumboqchalar  paydo  bo„ladi.  Ular  bir  necha  kun  ravojlanib  loviya  kattaligidagi 

bo„rtmaga aylanadi. Ular asosan, otlarning yag„rin va kurak orqa va qovurg„a sohasida, 

bo„yinda,  ba‟zan  bel,  yelka  va  sag„risida  joylashadi.  Bu  joylarda  havo  ochiq  kuni, 

ayniqsa  tush  paytida  qon  oqadi  va  yaralar  asta-sekin  ko„paya  boradi.  Kechqurun  va 

tunda qon oqish takrorlanadi bu hol vaqti-vaqti bilan uzoq davom etishi mumkin.

 

Otlarning  bo„yni,  yelka  va  ikki  yoni  paypaslab  ko„rilsa,  terida  qalin  shishlar, 

tugunchalar borligi ma‟lum bo„ladi va kun isiganda bu tugunchalardan qon oqadi. Qon 

oqishi tamom bo„lishi bilan qon iviydi, keyin esa qobiq hosil bo„ladi. Kasallik zararsiz 

kechadi.  Kasal  otlarni  janubdan  shimolga  ko„chirganda  parafilyarioz  2–3  yildan  keyin 

yo„qoladi. 

Otlarning  parafilyarioz  bilan  zararlanishi  respublikamizning  ayrim  viloyatlarida 

18,1  %  dan  80  %  gacha  yetadi.  Bu  kasallik  Farg„ona  vodiysi,  Sirdaryo,  Toshkent  va 

Surxondaryo viloyatlari xo„jaliklarida keng tarqalgan. 

Parafilyarioz  bilan  kasallangan  ot  o„lmaydi.  Bu  kasallik  uch  yashar  va  undan 

katta  yoshdagi  otlarda  ko„proq  uchraydi.  Uning  intensivligi  teri  osti  to„qimalarida  bir 

vaqtda parazitlik qilalayotgan parafilyariyalar soniga bog„liq bo„lib, otlarda 200 tagacha 

yetadi. Otlardan oqayotgan qon tomchilarida parafilyariya tuxumlari va lichinkalarining 

mavjudligiga  qarab  kasallik  aniqlanadi.  Ammo  parafilyariya  lichinkalari  asosiy  qon 

aylanish sistemasida bo„lmaydi. 

Parafilyariya  lichinkalari  180–225  mkm  uzunlikda  bo„lib,  cho„zinchoq  shaklga 

ega.  Parafilyariya  lichinkalari  va  tuxumlarini  topish  uchun  otlar  terisidagi  yangi  qon 

tomchisi buyum oynachasiga tomiziladi va distirlangan suvda gemolizlanadi. 

O„lgan  otning  har  yeridan  teri  ostidan  voyaga  yetgan  parazitlar  topiladi. 

Hasharotlar  uchadigan  vaqtda,  otlarga  hasharotlar  yopishmasligi  uchun  turli 

insektitsidlar takror ravishda sepib turish yo„li bilan ularga qarshi kurash choralari olib 

boriladi.  Parafiryarioz  tarqalgan  hududlarda  otlarni  qon  so„ruvchi  gemotobiy 

pashshalari chaqishining oldini olish uchun ularni yaylovga kechasi haydash kerak.  

Tuya  dipetalonemasi  (Dipetalonema  evansi)  tuyalarning  ko„krak  bo„shlig„ida, 

yurak,  o„pka  va  qornidagi  qon  tomirlarida  parazitlik  qiladi.  Bu  nematoda  MDH  ning 

ba‟zi Janubiy mamlakatlarida, jumladan, O„rta Osiyo Respublikalarida tarqalgan. 

Dipetalonema  uzun  nematoda  bo„lib,  urg„ochisining  uzunlgi  150–210  mm, 

erkaginiki esa 8,5–10,5 mm bo„ladi. Uning tanasi dumaloq silindr shaklida bo„lib, bosh 

va dum qismi biroz ingichkalashgan, og„iz atrofi kutikulyar tuzilishga ega.  

Dipetalonema  biogelmint  hisoblanib,  oraliq  xo„jayin  ishtirokida  rivojlanadi. 

O„zbekiston  sharoitida  dipetalonemaning  oraliq  xo„jayini  vazifasini  qon  so„ruvchi  asl 

chivinlardan-Aedes  caspius  caspius  baja-rishi  aniqlangan.  Yetilgan  urg„ochi  parazitlar 

qon 


tomirlarida 

ko„payib, 

tirik 

lichinkalar 



tug„adi. 

Bu 


lichinkalar 

(mikrodipetalonemalar)  hayvon  qon  tomirlari  bo„ylab  qon  oqimi  bilan  aylanib  yuradi. 

Yilning  sovuq  faslida  bu  lichinkalar  o„pka,  jigar  va  yurakning  mayda  qon  kapil-

yarlarida bo„lib, issiq vaqtda, ya‟ni yozda butun tanadagi qon tomirlari bo„ylab aylanib 



 

yuradi,  teri  qon  tomirlarida,  ayniqsa,  ko„p  uchraydi.  Shu  vaqtda  dipetalonema  bilan 

zararlangan  tuya  qonidan  oraliq  xo„jayin  –  Aedes  caspius  caspius  turiga  kiruvchi 

chivinlar qon so„rganida, ular bu parazitning lichinkalarini o„zlariga yuqtiradi va chivin 

organizmida  ma‟lum  vaqt ichida lichinkalar  rivojlanib  yuqumli  holatga  aylanadi.  Ular 

sog„lom  tuya  qonini  so„rish  vaqtida  bu  lichinkalarni  tuya  qoniga  o„tkazadi.  Ona 

tuyalardan  qon  orqali  hali  tug„ilmagan  qornidagi  bolasiga  ham  dipetalonema  o„tishi 

mumkin.  Shuning  uchun  ham  ba‟zan  yangi  tug„ilgan  bo„taloqlarda  ham  bu  gelmintni 

topilish hollari uchrab turadi. 

Dipetalonemalar ko„proq tarqalgan mintaqalarda, jumladan, Turkmanistonda olib 

borilgan tekshirishlardan ma‟lum bo„lishicha, bu gelmint tuyalar suv havzalariga, daryo 

va  ko„llarga  yaqin  yerlarda,  ya‟ni  oraliq  xo„jayini  –  chivinlar  ko„p  tarqalgan  yerlarda 

boqilganda  yuqadi.  Aksincha,  suvsiz  cho„l  sharoitida  boqilgan  tuyalar  deyarlik  bu 

gelmint bilan zararlanmaydi. 

Dipetalonema  tuyalarda  dipetalonemoz  kasalligini  keltirib  chiqaradi.  Bu 

gelmintoz  bilan  og„rigan  tuyalar  ozadi  va  ish  qobiliyati  pasayadi.  Yosh  tuyalar 

o„sishdan orqada qoladi. Hayvon organizmida ko„p miqdorda parazit to„planganda, tuya 

qon tomirlarining to„silib qolishi (tromboz), qon tomiri devorlariga ohak moddasining 

to„planishi natijasida, ularning torayishi atriskleroz kabi og„ir oqibatlarga sabab bo„lishi 

va natijada hayvonni nobud bo„lishiga olib kelishi mumkin. 

Dipetalonemoz  bilan  kasallangan  yoki  kasallanmagan  tirik  hayvonlarni  ularning 

qonini  tekshirib  ko„rish  va  unda  gelmint  lichinkalarining  bor-yo„qligiga  qarab 

aniqlanadi.  O„lgan  tuyalarda  esa  ularni  yorib  ko„rish  bilan,  ya‟ni  hayvonning  jigari, 

urug„doni, bachadoni, o„pkasi va boshqa organlarida yetilgan dipetalonemalarni topish 

yo„li bilan kasallik aniqlanadi. 

Tuyalarni  dipetalonemozdan  saqlash  uchun  bu  parazitning  oraliq  xo„jayinlari 

chivinlar  tarqalgan  joylarda,  ya‟ni  suv  havzalari,  botqoqliklarga  yaqin  joylarda 

boqmaslik kerak. Bahorda oldini olish maqsadida tuyalarda degelmintizatsiya o„tkazish 

lozim. Tuyalar dipetalonemoziga qarshi faudin preparati ko„proq qo„llaniladi.  


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin