Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya


-rasm. Urg„ochi askaridaning ko„ndalang kesmasi



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49

53-rasm. Urg„ochi askaridaning ko„ndalang kesmasi: 1 - gipodermaning orqa valigi, 

2 - muskul hujayralarning plazmatik o„simtalari, 3 - muskul hujayralari, 4 – tuxumdonning 

bo„ylama kesmasi, 5 - ichak, 6 - kutikula, 7 - gipodermaning yon valigi, 8 - ayirish sistemasi 

nayi, 9 - tuxumdon, 10 - bachadon, I1 - tuxum yo„li bo„yiga kesmasi, 

12 - gipodermaning qorin valigi, 13 - tuxumdon. 

 

Nematodalarning og„iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan, odatda uchta 



(bitta orqa, ikkita yon) maxsus o„simtaiar - lablar bilan o„ralgan. Naysimon ichagining 

oldingi  qismi  og„iz  bo„shlig„i  (stoma)  va  halqumga  bo„linadi.  Ayrim  yirtqich  va 

zooparazitlar

-

stomasida kutikula o„simtasidan iborat tishlar bo„ladi. O„simlik parazitlari 



stomasi esa sanchib so„ruvchi organ - stiletni hosil qiladi. 

 

Halqum  devorida  muskul  hujayralari  va  hazm  bezlari  joylashgan.  Bir  qancha 



nematodalarda  halqum  muskullarining  hujayralari  kengayib,  bulbus  hosil  qiladi. 

Halqum tirqishi uchburchak shaklda, uning devori xitinlashgan. Halqum ektodermadan 

hosil  bo„ladi.  Halqum  yupqa  devorli  endodermal  o„rta  ichakka  o„tadi.  O„rta  ichak  bir 

qavat  joylashgan  silindrsimon  hujayralardan  iborat.  Keyingi  ichak  kalta,  murtak 

ektodermasidan  hosil  bo„ladi.  Ayrim  nematodalar  ichagi  turli  darajada  reduksiyaga 

uchragan. Masalan, filyariyalarning keyingi ichagi berk, anal teshigi bo„lmaydi.  

Nematodalar  har  xil  usulda  oziqlanadi.  Erkin  yashovchilari  turli  xil  mayda 

organizmlar  bilan  oziqlansa,  parazit  turlari  hayvon  yoki  o„simlik  hujayralari  shirasi, 

ba'zan  qonini  so„rib  oziqlanadi.  O„simlik  parazitlari  ozig„i  ichakdan  tashqarida  hazm 

bo„ladi.  Stilet  orqali  o„simlik  to„qimalariga  hazm  bezlari  fermentlari  chiqariladi. 



 

Nematodalar  ana  shu  fermentlar  ta'sirida  chala  hazm  bo„lgan  oziqni  stileti  yordamida 

so„rib oladi. 

Nematodalarning ayirish sistemasi bo‘yin bezlari deb ataladigan bir hujayrali teri 

(gipoderma)  bezlaridan  iborat.  Nematodalarda  protonefridiylar  o„rniga  bo„yin 

bezlarining  rivojlanishi  kipriklarni  yo„qolib  ketishi  bilan  bog„liq.  Bir  qancha 

nematodalarning  bo„yin  bezlari  yirik;  ularaing  ayirish  yo„li  kalta  bo„ladi.  Ko„pchilik 

turlarida  bo„yin  bezlarining  chiqaruv  naylari  gipodermaning  ikki  yon  valigida 

joylashgan. Chiqarish naylari uzun bitta hujayradan iborat. Ot askaridasining chiqarish 

nayi  uzunligi  40  sm  ga  yetadi.  Naylar  orqali  moddalar  almashinuvining  suyuq 

mahsulotlari chiqariladi.  

 

Nematodalarda suvda erimaydigan va organizmga tasodifan kirib qolgan organik 



moddalarni  to„playdigan  fagotsitar  hujayralar  ham  bo„ladi.  Bunday  "to„plovchi 

buyraklar"  gipodermaning  yon  valiklari  ustida  joylashgan.  Ot  askaridasida  bunday 

valiklar to„rtta bo„ladi. 

 

Nematodalarning  qon  aylanish  va  nafas  olish  sistemasi  rivojlanmagan.  Ichak 

bo„shlig„idagi va ichki organlardagi endoparazitlar parazit yassi chuvalchanglar singari 

kislorod  tanqis  bo„lgan  sharoitda  hayot  kechirishga  moslashgan.  Ular  uchun  asosiy 

energiya manbai glikogenning anaerob parchalanishi hisoblanadi. Bu jarayonda organik 

kislotalar  (asosan,  yog„  va  valerian  kislotalari)  hosil  bo„ladi.  Ana  shu  sababdan 

nematodalarning  tana  bo„shlig„i  suyuqligi  odam  terisi  shilliq  qavatiga  tasodifan 

tushganda achishtiradi. 



 

Nematodalarning markaziy nerv sistemasi halqumni o„rab turadigan nerv halqasi, 

undan tana bo„ylab oldinga (lablarga) va orqaga ketadigan 6 ta nerv tomirlaridan iborat. 

Ulardan  gipodermaning  orqa  va  yon  valiklari  bo„ylab  joylashgan  ikkitasi  boshqalariga 

nisbatan kuchliroq rivojlangan bo„lib, asosiy tomirlar deyiladi. Bu tomirlar ko„ndalang 

nervlar - komissuralar orqali o„zaro bog„langan. 

 

Tuproqda  erkin  yashaydigan  yoki  parazit  yashovchi  nematodalarning  sezgi 



organlari yaxshi rivojlanmagan. Odatda tuyg„u organlari vazifasini papillalar shaklidagi 

sezgi  do„mboqchalari  yoki  qillar  bajaradi.  Tuyg„u  papillalari  og„iz  atrofida,  erkak 

nematodalarning  dum  qismida  ham  joylashgan.  Boshining  ikki  yonida  qadahsimon, 

spiralsimon  botiq  yoki  tirqishga  o„xshash  amfidlar  -  kimyoviy  sezgi  organlari 

joylashgan.  Amfidlar  va  papillalar  erkak  nematodalarda  yaxshi  rivojlangan.  Ayrim 

dengiz nematodalarida pigment dog„dan iborat oddiy ko„zcha ham bo„ladi. 



 

Nematodalar  odatda  ayrim  jinsli  bo„lib,  jinsiy  dimorfizm  yaxshi  rivojlangan. 

Jinsiy  sistemasi  tana  bo„shlig„ida  joylashgan  uzun  naychadan  iborat.  Urg„ochisining 

jinsiy  organlari  juft,  erkaginiki  toq  (bitta)  bo„ladi.  Urg„ochisi  jinsiy  sistemasi 

naylarining ingichka uchki qismi tuxumdon, undan keyingi qismi tuxum yo„li deyiladi. 

Tuxumdonda  hosil  bo„lgan  tuxumlar  tuxum  yo„lida  urug„lanadi  va  xaltaga  о'xshash 

kengaygan bachadonga о'tadi. Bachadonlar qo„shilib jinsiy qinni hosil qiladi. Jinsiy qin 

jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladi. Erkagi jinsiy sistemasining ingichka uchki qismi 

urag„don deyiladi. Urug„don birmuncha yo„g„onlashib, urug„ yo„lini hosil qiladi. Urug„ 

yo„li  kalta  va  keng  nay  -  urug„  pufagiga  ochiladi.  Uryg„  pufagida  urug„  to„planadi. 

Urag„  pufagi  bir  muncha  tor  va  muskulli  urug„  to„kuvchi  nayga,  upyg„  to„kuvchi  nay 

esa  orqa  ichakning  keyingi  qismiga  ochiladi.  Kloaka  ichiga  kutikulyar  spikulalar 

bo„lgan juft kuyikish qopchasi ham ochiladi. Spikulalar nematodalarning urug„lanishida 


 

jinsiy  qinni  kengaytirish  vazifasini  bajaradi.  Ko„pchilik  nematodalar  erkagining  anal 

teshigi atrofida yupqa parda - bursa hosil bo„ladi. Bursa erkak nematodalarni urg„ochisi 

ustida ushlab turish vazifasini bajaradi. 

 

Nematodalar  urug„  hujayrasining  xivchinlari  bo„lmaydi,  urug„  hujayrasi  kalta 



soxta oyoq hosil qilish xususiyatiga ega. Tuxum hujayra ona organizmida urug„lanadi. 

Ayrim turlari (rishta) tirik tug„adi. 



 

Nematodalarning  ko„pchilik  turlari  hayot  siklida  nasl  almashinish  kuzatilmaydi. 

Yetilgan  tuxum  yoki  lichinka  tashqi  muhitga  chiqadi  va  undan  yana  organizmga 

tushadi.  Ayrim  nematodalarning  tuxumi  oraliq  xo„jayinda  rivojlanadi.  Tuxum  hujayra 

to„liq,  lekin  biroz  notekis  maydalanadi.  Tuxumdan  chiqqan  lichinka  voyaga  yetgan 

nematodaga  o„xshash  bo„ladi.  Uning  bundan  keyingi  rivojlanishi  o„zgarishsiz,  lekin 

tullash orqali boradi. 

 

Nematodalar  tanasidagi  hujayralar  soni  doimiy  bo„Iishi  bilan  boshqa 



chuvalchanglardan  farq  qiladi.  Masalan,  askaridaning  jinsiy  sistemasi  162,  markaziy 

nerv sistemasi 149 hujayradan iborat. Nematodalarda yangi hujayralarning hosil bo„lishi 

jarayoni ular lichinkasi rivojlanishining dastlabki davrlarida to„xtaydi va shundan so„ng 

hujayralar  soni  umr  bo„yi  doimiy  bo„lib  qoladi.  Bu  xususiyat  faqat  nematodalar  va 

boshaylangichlilar uchun xos. 

 

Nematodalarning  tana  uzunligi  ham  har  xil.  Ko„pchilik  erkin  yashovchi 



nematodalar odatda mikroskopik kattalikda (0,05 mm dan 5 mm gacha); ayrim turlari 2-

3 sm  keladi.  Parazit nematodalar  erkin  yashovchi turlariga  nisbatan  ancha  yirik,  20-40 

sm, ba'zan l m va hatto 8m dan ham ortadi (kashalotlar yo„ldoshi paraziti-Placentonema 

gigantissima ning uzunligi 8,4 m gacha boradi).  

 

Quyida odam, hayvon va  o„simliklarda  parazitlik qiladigan va ularga katta  zarar 



keltiradigan nematodalar vakillari to„g„risida ma‟lumotlar keltiriladi.  

Odam  askaridasi  (Ascaris  lumbricoides)  yer  yuzida  deyarli  barcha 

mamlakatlarda tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda, masalan, Yaponiyada aholining deyarli 

hammasi  askarida  bilan  zararlangan.  Chunki  Yaponiyada  qishloq  xo„jaligida  odam 

ekskerementidan  organik  o„g„it  sifatida  sabzavot  va  poliz  ekinlari  ekiladigan 

maydonlarda keng miqyosda foydalaniladi. 

 

Askarida ayrim jinsli, erkagi urg„ochisidan ancha kalta, ya‟ni erkagining uzunligi 



15–25 sm, urg„ochisiniki esa 25–40 sm bo„ladi (54-rasm).  

Bundan  tashqari,  erkak  askarida  xipcha  va  dumi  qorin  tomoniga  spiral  kabi 

buralgan  bo„ladi.  Urg„ochisining  esa  tanasi  yo„g„on  va  dumi  to„g„ri.  Chuvalchangning 

oidingi uchida 3 ta labli og„iz, unda juda mayda ko„z ilg„amaydigan so„rg„ichlar bo„ladi. 

Gavdasining  keyingi  uchiga  yetmasdan,  qorin  tomonida  orqa  chiqaruv  teshigi 

joylashgan. Bu teshikdan keyingi qismi dumi hisoblanadi. 

 

Jinsiy  organlari  sodda  tuzilishga  ega.  Erkaklarida  jinsiy  teshik  tananing  orqa 



uchiga yaqin joyida joylashgan. U ichkarisiga cho„zilib ketgan bittagina naydan iborat. 

Urg„ochilarining  jinsiy  teshigi  tananing  oldingi  yarim  qismida,  qorin  tomonidan 

tashqariga  ochiladi.  Bu  teshikdan  bitta  nay  ketgan  bo„lib,  u  uzoqqa  cho„zilmay  ikkita 

shoxchaga 

ajraladi. 

Shoxchalarning 

ingichka 

ipsimon 


uchi-tuxumdon, 

asta 


yo„g„onlashib borgan qismi tuxum yo„li, eng yo„g„on qismi esa bachadon deb ataladi.  

 


 

 

54-rasm. Askaridaning ichki tuzilishi: A-urg„ochisi. В -erkagi:  

1-lablar; 2-qizilo„ngach;  3-ichak; 4-halqum nerv halqasi; 5-qorin nervi; 6-ayirish sistemasi nayi;  

7-fagotsitar hujayralar; 8-tuxumdon; 9-tuxum yo„li; 10-bachadon; 11-jinsiy qin; 12-anal teshigi;  

13-urug„don; 14-urug„ yo„li; 15-urag„ chiqarish nayi.  

 

Askarida  odamlarning  ingichka  ichagida  parazitlik  qiladi.  Ichagida  askarida 



bo„lgan  kishi  parazitni  yuqtiradigan  va  tarqatadigan  manba  bo„lib  hisoblanadi.  Bitta 

urg„ochi  askarida  bir  kecha-kunduzda  200–250  mingtagacha  tuxum  qo„yadi  (bitta 

askarida  kamida  200  kun  yashaydi),  hayoti  davomida  esa  bir  necha  10  mln.  tuxum 

qo„yadi (250000x200=50000000). 

 

Askarida  tuxumi  ustidan  uch  qavat  po„st  bilan  o„ralgan  bo„ladi,  ammo  yangi 



qo„yilgan,  ya‟ni  kasal  kishidan  endi  chiqqan  askarida  tuxumi  zararlash  imkoniga  ega 

emas, u zararlash imkoniga ega bo„lishi uchun tashqarida nam muhitda kamida 15–25 

kun  bo„lishi  zarur,  shu  muddat  ichida  zararlash  qobiliyatiga  ega  bo„lgan  lichinka 

yetiladi. 

Odam  askaridasi  oraliq  xo„jayinsiz  rivojlanadi,  ya‟ni  yagona  xo„jayini  odam 

hisoblanadi.  Tashqi  muhitda  askarida  tuxumi  10  yilgacha  tiriklik  xususiyatini  saqlashi 

mumkin.  Ichida  lichinkasi  bo„lgan  bunday  tuxumni  qaynatilmagan  suv,  yuvilmagan 

meva-sabzavot,  ayniqsa,  qulupnay,  usti  ochiq  qolgan  ovqatlarni  iste‟mol  qilish  orqali 



 

odam  o„ziga  yuqtiradi.  Oshqozonga  tushgan  tuxumning  pardasi  osh-qozon  shiralari 

(fermentlari) ta‟sirida erib ketadi, lichinka esa ichak devori orqali qonga o„tib, 10 kun 

davomida migratsiya qilib, jigar, yurak, o„pkaga borib aylanib yuradi.  

Lichinka  o„pkaga  kelganda,  odamda  o„pka  shamollashi  hodisasi  kabi  o„zgarish 

bo„lib,  yo„tal  paydo  bo„ladi  va  yo„taiganda  o„pkada,  ko„krakda  og„riq  paydo  bo„ladi, 

ayrim vaqtlarda harorat ko„tariladi. Yo„talganda lichinkalar bronxlar va kekirdak orqali 

yuqoriga,  ya‟ni  og„iz  bo„shlig„iga  keladi.  U  yerdan  so„lak  bilan  qayta  yutib 

yuborilganda  lichinkalar  oshqozon  orqali  ingichka  ichakka  tushib,  uning  devorlariga 

yopishadi va 2,5 oy mobaynida voyaga yetgan askaridaga aylanadi (55-rasm). Ular o„z 

vaqtida otalanib yana tuxum qo„yadi. Askaridalar ichakda odam organizmi uchun eng 

qimmatli  bo„lgan  ovqatlar  va  vitaminlar  bilan  oziqlanib,  odamlarda  avitaminoz  paydo 

qiladi, natijada odam boshqa turli yuqumli kasalliklarga beriluvchan bo„lib qoladi. 

Askaridalar  keltirib  chiqaradigan  kasallik  askaridoz  deyiladi.  Bu  kasallikdan 

kishida  kamqonlik  avj  oladi,  ko„ngil  aynish,  qusish,  ishtaha  yo„qolishi  va  boshqalar 

bo„ladi.  Ba‟zan  askaridalar  ichakdan  o„t  pufagiga  o„tib,  uni  bekitib  qo„yadi.  Ichakdan 

oshqozon,  qizilo„ngach,  hatto  nafas  yo„llariga  o„tishi  mumkin.  Bundan  tashqari, 

askarida o„zidan zaharli moddalar chiqarib, odam organizmini zaharlaydi.  

Bundan  ming  yil  muqaddam  vizantiyalik  shifokor  Eginskiy  askaridoz  bilan 

kasallangan  bemorlarning  holatini  quyidagicha  tasvirlagan:  «Ichagida  askaridalar  bor 

odamlar  ichak  va  oshqozonida  og„riq  sezadi,  quruq  yo„tal,  ba‟zan  hiqichoq  tutadi. 

Uyqusida  yuragi  qattiq  urish,  cho„chib  tushish  va  baqirib  yuborish  holati  kuzatiladi, 

keyin  bemor  yana  uyquga  ketadi.  Bolalar  sababsiz  kavshanib  tilini  chiqaradi,  tishini 

g„ichirlatadi, ko„zini yumib jim o„tiradi, ularning tinchligi buzilsa, juda xafa bo„lishadi. 

Ba‟zan  askaridalar  oshqozonga  tushib  qolsa,  ko„ngilni  aynitadi,  zirqiragan  og„riq  va 

ovqatdan  jirkanish  paydo  qiladi.  Askaridoz  bilan  og„rigan  bemorlarni  ovqat  yeyishga 

majbur qilinsa, ular ovqatni zo„rg„a yutadi, ko„pincha qaytarib tashlaydi». 

O„zbekistonda tog„ va tog„oldi mintaqalarda yashovchi aholi o„rtasida askaridoz 

bilan  kasallanish  tez-tez  uchrab  turadi.  Aholining  askaridoz  bilan  og„rishi  1–90  % 

orasida  o„zgarib  turadi.  Masalan,  A.  Mansurovning  ma‟lumotlariga  qaraganda,  1968-

yilda Toshkent viloyatining Bo„stonliq tumanida yashovchi aholi o„rtasida bolalar 57,2 

% va kattalar– 33,9 % ga askaridoz bilan og„rigan.  

Askaridalar  ayniqsa,  bolalarda  ko„p  uchraydi.  Odam  askaridasining  zahari 

ayniqsa, bolalar organizmiga yomon ta‟sir qiladi. Kasallangan bolaning boshi og„riydi, 

boshi  aylanadi,  qorni  og„riydi,  kechalari  bezovta  bo„ladi,  tipirchilab,  tishini 

g„ichirlatadi. Og„riq vaqti-vaqti bilan bo„lganligi uchun shifokor ko„pincha appenditsit 

deb  ham  gumon  qiladi.  Odatda  odam  ichagida  bir  nechta,  ba‟zan  o„nlab,  yuzlab 

askaridalar parazitlik  qiladi. Bitta  odamdan  900 ta  va  yana  bittasidan  5126 ta  askarida 

topilgani fanga ma‟lum. Bunday holda askaridalar ichak deyorini yaralaydi, ichaklarda 

tiqilib  qolib  ovqatni  o„tkazmaydi.  Ba‟zan  esa  jigar  va  miyani  ishdan  chiqarib,  kishini 

o„limga olib kelgan hollar ham kuzatilgan.  

 


 

 

 



55-rasm. Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides) ning rivojlanish sikli.  

 

Askaridoz  bilan  og„rigan  odamlarni  piperazin,  adipinat,  dekaris  (levamizol), 

naftamon  (alkopar,  befenium),  vermoks  kabi  dori-darmonlar  bilan  davolashadi. 

Davolashni albatta shifokor nazorati ostida olib borish lozim. 

Askaridadan  saqlanish  uchun,  avvalo,  unga  yo„liqqan  bemorlarning  hammasini 

yaxshilab  davolash  kerak.  Har  bir  xonadonda,  jamoat  joylarida  vodoprovod  bilan 

jihozlangan  yopiq  turdagi  hojatxona  bo„lishi  kerak.  Yuqumsizlantirilmagan  odam 

ekskrementlaridan  bog„  va  ekinzorlarga  o„g„it  sifatida  foydalanmaslik  lozim.  Xom 

sabzavot,  ho„l  meva  va  poliz  mahsulotlarini  iste‟mol  qilish  oldidan  vodoprovod, 

qaynatilgan  yoki  oqar  suv  bilan  yuvish  kerak.  Oziq-ovqat  mahsulotlarini  va  idish 

tovoqlarni  pashshalardan  saqlash  maqsadida  ularni  yopiq  joyda  tutish,  pashshalarga 

qarshi  kurash  choralarini  qo„llash  va, albatta, shaxsiy  gigiyena qoidalariga  rioya  qilish 

zarur.  Askaridalarning  ayrim  turlari  chorva  mollarida  va  parrandalarda  ham  parazitlik 

qiladi.  Masalan,  cho„chqalarda-cho„chqa  askaridasi  (Ascaris  suum),  tovuqlarda    tovuq 

askaridasi (Ascaridia galli), otlarda ot askaridasi (Parascaris equorum), qo„ylarda-qo„y 

askaridasi (Ascaris ovis), qoramollarda – qoramol neoaskaridasi (Neoascaris vitulorum

parazitlik qiladi.  

 

Tovuq  askaridasi  (Ascaris  galli)  ingichka  ichakda  parazitlik  qiladi.  U 

tovuqlardan tashqari u kurka, tovus va sesarkalarda ham uchraydi. 

 

Askaridoz  hamma  parrandachilik  xo„jaliklarida  keng  tarqalgan  kasallik  bo„lib, 



bunda  yosh  jo„jalar  o„sishdan  va  rivojlanishdan  orqada  qoladi  hamda  ko„plab  nobud 

bo„ladi. O„zbekiston sharoitida tovuqlar yoshiga qarab 55% dan 100% gacha askaridioz 

bilan kasallanadi. 


 

 

Askarida tovuqlarda parazitlik qiluvchi nematodlar orasida eng yirigi hisoblanadi. 



Uning  uzunligi  2,5  sm  dan  12  sm  gagacha  yetadi.  Gelmintning  boshi  uchta  katta  lab 

bilan  o„ralgan.  Erkagining uzunligi  2,5-7 sm  bo„lib,  dumida  dumaloq  yoki birmuncha 

oval  shaklli  xitinlashgan  jinsiy  so„rg„ichi  bor.  Urg„ochisining  uzunligi  6,5-12  sm, 

vulvasi  (jinsiy  teshigi)  tanasining  o„rtasidan  pastki  tomoniga  ochiladi.  Tuxumi  oval 

shaklida bo„lib,  uzunligi  0,070-0,086  mm,  eni  0,047-0,051  mm.  Tovuq  askaridasining 

rivojlanishi to„g„ridan-to„g„ri (56-rasm).  

 

 

 



56-rasm. Tovuq askaridasi (Ascaris galli) ning rivojlanish sikli sxemasi. 

 

Urg„ochi  askarida  urug„langandan  keyin  tovuqning  ingichka  ichagiga  tuxum 



qo„yadi.  Tuxum  ingichka  va  yo„gon  ichak  orqali  tashqi  muhitga  chiqarib  tashlanadi. 

Tashqi muhitda issiqlik va namlik yetarli bo„lsa, tuxumi ichida rivojlanib lichinka paydo 

bo„ladi va u yuqumli davriga aylanadi. Yetilgan invazion tuxumni oziq yoki suv bilan 

birga yutib yuborgan tovuq askaridoz qo„zg„tuvchisi bilan zararlanadi.  

 

Tovuqning muskulli va bezli oshqozoniga tushganda tuxum po„sti yorilib, ichidan 



lichinka  chidadi  va  bu  lichinka  ichak  bo„ylab  harakat  qiladi,  ammo  ko„pchilik  qismi 

ingichka  ichakning  birinchi  yarmida  joylashadi.  Tovuq  invazion  tuxumni  yutib 

yuborgach  1-2  soat  o„tgandan  keyin  uning  lichinkalari  tuxum  qobig„ini  yorib  chiqib, 

liberkyun  bezining  ichiga  kirib  oladi.  U  yerda  lichinka  taxminan  20  kun  davomida 

rivojlanib,  yana  ingichka  ichakka  chiqib  jinsiy  voyaga  yetgan  urg„ochi  va  erkak 

askaridaga aylanadi. Tovuq askaridaning invazion tuxumini yutgan vaqtdan boshlab to 

uning  ingichka  ichagida  jinsiy  voyaga  yetgan  askaridaga  aylanguncha  taxminan  35-38 

kun o„tadi.  

Askaridioz bilan asosan ikki oydan 8–10 oygacha bo„lgan jo„jalar kasallanadi. Bir 

yoshdagi  tovuqlar  odatda  kasallanmaydi,  lekin  kasallik  manbai  bo„lishi  mumkin. 

Gelmint  tuxumi  invazion  davrida  harorat  17–30°C  va  nisbiy  namlik  100% 

bo„lgandagina rivojlanadi. Tovuq tezagidagi askarida tuxumi 1–1,5 kunda quyosh nuri 

ta‟sirida zararsizlanadi.  


 

Shunday  qilib,  askarida  bilan  kasallangan  tovuqlar  va  qishdan  tirik  chiqqan 

askarida  tuxumlari  jo„jalarga  askaridoz  kasalligini  yuqtiradigan  asosiy  manba  bo„lib 

hisoblanadi. Askarida parrandalar ichagida 9–14 oy yashaydi. 

 

Askarida  lichinkalari  ichak  shilliq  pardalarini  teshib,  ichak  so„rg„ichlarini 



qitiqlab,  liberkyun  bezlarini  jarohatlaydi.  Natijada  ichak  devorlariga  qon  quyiladi, 

yalliglanadi,  patogen  mikrob  va  viruslar  uchun  yo„l  ochiladi.  Voyaga  yetgan 

askaridalarning ko„pligidan ichak tiqilib devori yorilib ketishi ham mumkin.  

 

Askaridalar  toksik  modda  ajratib  tovuq  organizmini  surunkali  zaharlaydi. 



Natijada, jo„jalarning o„sishi va rivojlanishi sekinlashadi, tovuqlar kam tuxum qo„yadi. 

Kasallangan  jo„jalarning  toji  oqaradi,  ichi  ketadi  yoki  qotadi,  bo„shashib  patlari 

hurpayadi  va  ozib  ketadi.  Odatda,  katta  yoshli  tovuqlar  ichagida  askarida  oz  bo„ladi. 

Shuning uchun kasallikning klinik belgilari ularda sezilmaydi.  



 

O„rdaklar  porrotsekumlari  (Porroceacum  crassum)  yovvoyi  va  xonaki 

o„rdaklarda  uchraydigan  gelmintoz  qo„zg„atuvchisi  hisoblanadi.  Gelmintlar  lichinka 

davrida  parrandalarning  muskulli  oshqozoni  kutikulasi  ostida  parazitlik  qiladi.  Jinsiy 

yetuk porrotsekumlar parrandalarning ingichka ichaklarida yashaydi.  

 

Porrocoecum  crassum  o„rdaklarda  uchraydigan  yirik  nematodalardan,  u  tashqi 

ko„rinishidan parranda askaridalariga o„xshaydi. Erkaklari 3-4 sm, urg„ochilari esa 5–6 

sm  uzunlikda  bo„ladi.  Ularning  qizilo„ngachlari  oxirida  bittadan  bulbusi  va  ichagida 

o„simtasi  borligi  bilan  xarakterlidir.  Tuxumlari  katta  (0,091-0,106  mm),  oval  shaklda, 

uning tashqi pardasida notekis botiqlari bor; tashqariga yetilmagan fazasida ajraladi. 

 

Boshqa askaridalardan farqi shuki, porrotsekoz qo„zg„atuvchisi asosiy (o„rdaklar) 



va oraliq (yomg„ir chuvalchangi) xo„jayinlar orqali rivojlanadi. Qulay sharoitda tashqi 

muhitga  tushgan  tuxumlardan  5-12  kunda  lichinkalar  yetishadi.  Bunday  ichida 

lichinkasi  bo„lgan  tuxumlarni  yomgir  chuvalchanglari  yutganda,  tuxumlardan 

lichinkalar  chiqib  qon  tomirlariga  o„tadi  va  1,5-2  oydan  so„ng  invazion  lichinkaga 

aylanadi.  O„rdaklar  suv  havzalarida,  botqoqlik  yaylovlarda,  tanasida  invazion 

lichinkalar bo„lgan yomg„ir chuvalchanglarini yutib porrotsekoz qo„zg„atuvchilari bilan 

kasallanadi.  O„rdaklarning  muskulli  oshqozonida  yomg„ir  chuvalchanglari parchalanib 

undan chiqqan porrotsekum lichinkalari muskulli oshqozonning kutikulasi ostiga o„tib 

rivojlanadi va taxminan 7 kundan keyin kutikuladan ingichka ichakka qaytib chiqadi va 

uch haftadan so„ng jinsiy yetuk erkak va urgochi gelmintlarga aylanadi (57-rasm).  

Porrotsekum  bilan  o„rdakalrning  1-3  oylik  jo„jalar  ko„proq  zararlanadi.  Sifatsiz 

oziqlar  bilan  boqilganda  katta  yoshdagi  parrandalar  ham  kasallanishi  mumkin. 

Porrotsekoz  bilan  parrandalar  asosan  bahor  va  kuz  oylarida  kasallanadi.  Qishda 

porrotsekoz  uchramaydi.  Yovvoyi  va  xonaki o„rdaklar porrotsekozning  asosiy  manbai 

hisoblanib,  ular  yomg„ir  chuvalchanglarini  zararlaydi.  O„rdaklar  faqatgina  tanasida 

porrotsekumning lichinkalari bo„lgan yomg„ir chuvalchanglarini yutib porrotsekoz bilan 

kasallanadi.  

Porrotsekumlar  o„rdaklar  organizmiga  mexanik,  toksik,  hatto  allergik  ta‟sir 

ko„rsatadi. Kasallangan parrandalarda kam qonlik, bo„shashish, oriqlash ro„y beradi va 

hatto  umumiy  ahvolini  og„irlashtiradi.  Kasallangan  jo„jalar  o„sish  va  rivojlanishdan 

orqada qoladi, ularning hazm organlari faoliyati buziladi, ichi ketadi, falajlanishlar ro„y 

beradi.  Kuchli  zararlangan  jo„jalar  ko„plab  nobud  bo„lishi  ham    mumkin.  Katta 



 

yoshdagi  parrandalarning  mahsuldorligi  kamayadi,  tuxum  qilishi  ozayadi,  semirmaydi 

va go„shtining sifati pasayadi. 

 

 



Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin