Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49

2-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi 

monogeniyalar  sinfi  vakillarining  tuzilishi,  tarqalishi,  biologik  xususiyatlari, 

qo„zg„atadigan  kasalliklari  hamda  ularni  oldini  olish  choralari  to„g„risida  ma‟lumot 

berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.  Hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  monogeniyalar  sinfi  vakillarining  tuzilishi, 

tarqalishi,  biologik  xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari  hamda  ularni  oldini  olish 

choralari to„g„risida ma‟lumot bera oladi.  

 

Ikkinchi sаvоlning bаyоni:  

Monogeniyalar  (Monogenea)  sinfi  vakillari  fanga  qadimdan  ma‟lum.  1858-yili 

Van Beneden trematodalar sinfini saqlab qolgan holda, uning tarkibida monogenetik va 



 

digenetik so„rg„ichlilar guruhlarini joriy qildi. Keyinchalik, 1863-yili I. Karus ana shu 

guruhlarni  kenja  sinf  darajasiga  ko„tardi.  Akademik  B.Ye.  Bixovskiy  monogenetik 

so„rg„iehlilarni chuqur o„rganib, bu guruhga kiruvchi hayvonlar mustaqil sinf ekanligini 

ilmiy jihatdan asoslab berdi. 

Monogeniyalar  sinfiga  2500  dan  ortiq  tur  kiradi.  Ular  asosan,  baliqlar, 

amfibiyalar,  reptiliyalar  va  suvda  yashovchi  ayrim  sutemizuvchilarda  parazitlik  qiladi. 

Monogeniyalar  asosan  ektoparazitlardir.  Faqat  ayrim  turlari  ikkilamchi  marta 

endoparazitlikka o„tgan. Bunday turlar amfibiyalar va reptiliyalarning siydik xaltasida, 

o„pkasida va tashqi organlar bilan tutash bo„lgan boshqa organlarida parazitlik qiladi.  

Monogeniyalarning  tanasi  bo„yiga  cho„zilgan,  yassi  yaproqsimon  ko„rinishda 

bo„lib, kattaligi 0,3 mm dan 2–3 sm gacha boradi. 

Parazitning  katta  yoki  kichik  bo„lishi  parazit  xo„jayinining  gavdasiga  bog„liq. 

Xo„jayinning gavdasi qanchalik katta bo„lsa, parazit ham shuncha yirik bo„ladi.  

Monogeneyalar  tanasining  oldingi  va  oxirgi  uchida  xo„jayinlari  organlariga 

yopishib  turish  uchun  xizmat  qiluvchi  maxsus  moslamalar  mavjud.  Ular  mustahkam 

ilmoqchalar, so„rg„ichlar va boshqa shu xil «qurollar» ga ega. Ayrim turlarida bir qism 

kiprikchalar saqlanib qolgan. Bu esa ularni turbellyariyalar bilan qarindosh ekanligidan, 

aniqrog„i ulardan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. 

Hazm organlari tananing oldingi qismida joylashgan og„iz, tomoq va  xaltasimon 

yoki  ikki  shoxli  uchi  berk  ichakdan  iborat.  Boshqa  ichki  organlari  va  teri-muskul 

xaltasining tuzilishi turbellyariyalarnikiga  o„xshash. Faqat sezgi organlari parazitizmga 

o„tishi  munosabati  tufayli  yaxshi  rivojlanmagan,  ayrim  turlarida  tanasining  oldingi 

qismida teskari o„girilgan ko„zlari mavjud. 

Monogeneyalar  germafrodit  chuvalchanglar  bo„lib,  to„g„ri  yo„l  bilan,  ya‟ni 

xo„jayin  almashtirmasdan  rivojlanadi.  Otalangan  tuxumlaridan  kiprikli  ikki  ko„zli, 

xo„jayin  tanasiga  yopishishga  xizmat  qiluvchi  organlarga  ega  bo„lgan  onkomiratsidiy 

deb  ataluvchi  lichinka  paydo  bo„ladi.  Unda  bosh  nerv  gangliyalari,  protonefridiyalari, 

hazm organlari ham rivojlangan bo„ladi. Bunday lichinkalar xo„jayin tanasiga yopishib 

birmuncha o„zgarishlardan so„ng voyaga yetgan parazitga aylanadi. 

Monogeniyalar sinfi vakillarining barcha hayotiy jarayoni bitta xo„jayinda o„tadi, 

ya‟ni hayotiy jarayonida xo„jayin almashinish va nasl gallanish sodir bo„lmaydi. 

Odatda  ikki  individ  jinsiy  teshiklari  tashqariga  ochilgan  old  tomoni  bilan  bir-

biriga  yopishadi  va  spermalarini  almashishadi.  Monogeniyalarning  tuxumlari 

sharsimon,  ovalsimon  va  ipsimon  bo„ladi.  Urug„langan  tuxum  hujayralari  suvga 

chiqariladi.  Tirik  tug„uvchi  turlari  ham  mavjud.  Otalangan  tuxumninig  suvda 

rivojlanishi  natijasida  ustki  tomonidan  kiprikchalar  bilan  qoplangan  cho„ziq  gavdali 

lichinka  chiqadi.  Lichinka  kiprikchalari  yordamida  suvda  harakat  qiladi.  Lichinka 

tanasining orqa uchida disk va ilmoqchalar, oldingi uchida esa ko„zlar, bezlar va og„iz 

joylashgan. Ularda nerv va sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Lichinkalarning keyingi 

rivojlanishi  xo„jayini  organizmida  ketadi,  ya‟ni  ular  ma‟lum  vaqt  suvda  erkin  suzib 

yurib  hayot  kechirgach,  o„z  xo„jayini  tanasiga  yopishadi  va  kiprikchalarini  yo„qotib, 

jinsiy  voyaga  yetadi.  Shuni  ham  aytib  o„tish  kerakki,  lichinkalarning  voyaga  yetish 

muddati  hamma  tur  monogeniyalarda  ham  bir  xil  bo„lmaydi.  Masalan,  daktilogirus 

avlodining  lichinkalari  7–9  kunda  voyaga  yetib,  tuxum  qo„ya  boshlaydi.  Baqaning 


 

siydik  pufagida  parazitlik  qiluvchi  baqa  ko„p  so„rg„ichlisining  lichinkalari  o„z 

xo„jayinlariga o„xshab 3 yildan keyin jinsiy voyaga yetadi. 

Monogeniyalarning  ayrim  turlari  baliqlarda  parazitlik  qilib,  baliqchilikka  katta 

zarar  keltiradi.  MDH  mamlakatlaridan  Rossiya,  Ukraina  va  Belorussiyada  baliqchilik 

xo„jaliklarida, ayniqsa, karpsimon baliqlarda monogeniyalardan daktilogirus urug„ining 

turlari  (Dactylogyrus  vastator)  ko„p  tarqalgan  bo„lib,  daktilogiroz  kasalligini  keltirib 

chiqaradi va bu kasallikdan yosh baliqchalar yoppasiga qirilib ketadi (33-rasm).  

 

33-rasm. Karpsimon baliqlar jabrasi paraziti-Dactylogyrus vastatorA-jinsiy voyaga yetgan 

chuvaichang; B-lichinkasi: 1-ko‟zi; 2-halqumi; 3-ichagi; 4-kopulyativ apparati; 5-tuxumli bacbadon; 

6-qin; 7-sariqdonlar; 8-tuxumdon; 9-urug‟don; 10-yopishuv diski, yirik, o„rtancha va mayda chetki 

ilmoqchalari bilan; 11-kiprikchalari.  

 

Daktilogiruslarni 160 ta turi borligi aniqlangan. Bitta karp balig„ida 500 tagacha 



parazit  bo„lishi  mumkin.  Asosan  bu  parazit  1,5–5  sm  li  baliqlarni  ko„proq  zararlaydi. 

Umuman  olganda,  daktilogiruslar  bilan  zararlangan  epizootiya  natijasida  Ukraina, 

Belorussiya,  Qozog„iston,  Gruziya  na  O„zbekistonning  baliqchilik  xo„jaliklarida 

baliqlar qirilib ketganligi adabiyotlardan malum.  

O„zbekistonning  karp  baliqlarida  Dactylogyrusning  quyidagi  4  ta  turi: 

Dactylogyrus  vastator,  D.  extensus,  D.  anchoratus,  D.  minutus  parazitlik  qiladi.  Yosh 

baliqchalar  jabralaridagi  8–100  ta  parazit  o„lim  holatiga  olib  boradigan  kasallikni 

keltirib  chiqaradi  (34-rasm).  Kasal  baliqlar  suv  yuzasiga  ko„tarilib  chiqadi  va  havo 

нetishmasligidan halok bo„ladi.  

Daktilogiruslar  baliqlarning  jabralarida  parazitlik  qilib,  jabraning  epiteliya 

to„qimasini yemiradi (34-rasm). Natijada baliqlarning nafas olishi qiyinlashadi. O„sish 

va semirishdan to„xtaydi.  

 


 

 

34-rasm. Daktilogiruslar bilan zararlangan baliq jabrasi. 

 

Bir necha kun ichida ko„plab baliqlar nobud bo„ladi. Daktilogirusning uzunligi 1–



3 mm, ular baliqlar jabrasida parazitlik qiladi va o„sha joyga tuxum qo„yadi. Tuxumdan 

kiprikli lichinka chiqadi. Lichinka shu joyda voyaga yetadi.  

Profilaktik  maqsadda  eng  avval  parazitlarning  suv  havzasiga  kirishiga  yo„l 

qo„ymaslik kerak. Yosh baliqlarning normal o„sishi uchun qulay sharoit yaratish lozim. 

Yosh  baliqlarni  ota-ona  baliqlardan  darhol  ajratish  kerak.  Agarda  tabiiy  nerest 

o„tkazilgan bo„lsa, chavoqlarni ota-ona bilan birga qo„ymaslik kerak.  

Qarshi  kurash  choralari  asosan  baliqlarni  osh  tuzining  5%  eritmasida  5  daqiqa 

saqlash lozim. Ammiakli vannada 0,1 % li eritma tayyorlash uchun 1 ml nashatir spirti 1 

l.  suvda  eritiladi.  Suv  harorati  7–13°  bo„lganda  1  daqiqa,  14-17°  bo„lganda  30 

sekunddan  ortiq  kasal  baliqlarni  saqlamaslik  kerak.  Bundan  maqsad  o„lgan  va 

harakatsiz parazitlarni baliq tanasidan yuvib tashlashdir. 

Shuningdek,  monogeniyalardan  yana  bir  avlodi  –  girodaktilusning  vakillari 

(Gyrodactylus  elegans)  ham  baliqlarning  xavfli  parazitlari  hisoblanib,  girodaktilyoz 

kasalligini  keltirib  chiqaradi  (35-rasm).  Girodaktilus  mayda  monogeniyalardan  bo„lib, 

uzunligi  0,4–0,5  mm  keladi.  Girodaktilus  biologik  jahatdan  juda  qiziq.  Ular  ham 

germafrodit  bo„lib,  bitta  urug„doni  va  tuxumdoni  bor,  tirik  lichinka  tug„adi.  Shuning 

uchun  parazit  bachadonida  doimo  rivojlanayotgan  embrionlari  (lichinkalari)  bo„ladi, 

ya‟ni  voyaga  yetgan  chuvalchang  bachadonida  faqat  bitta  tuxum  bo„lib,  bundan 

partenogenetik  yo„l  bilan  bitta  embrion  hosil  bo„ladi.  Bu  embrion  voyaga  yetguncha 

uning  ichida  ikkinchi  embrion, ikkinchi  embrionning  ichida  uchinchisi, uchinchisining 

ichida esa to„rtinchisi shakllanadi. Bu jarayonning hammasi parazit bachadonida o„tadi.  

Shunday  qilib,  girodaktilus  tirik  bola  tug„adi  va  bunda  bitta  parazit  to„rtta  yosh 

chuvalchangni  tug„adi.  Girodaktiluslar  karp,  zog„ora  baliq,  toban  baliq  (karas)  va 

boshqa  baliqlarning  terisi,  jabralari  va  suzgich  qanotlariga  yopishib  parazitlik  qiladi. 

Ular  asosan,  Ukraina,  Belorussiya,  O„zbekiston,  Krasnodar  o„lkasida  keng  tarqalgan 

bo„lib, yosh baliqlarni ko„plab nobud qiladi.  



 

 

 



35-rasm. Baliqlar jabrasi paraziti-Gyrodactylus elegans:1-og„iz teshigi; 2-bezlari; 3-kopulyativ 

organi; 4-ichagi; 5-to„rtta avlod embrionlari; 6-tuxum; 7-tuxumdon; 8-urug‟don;  9-yopishuv diskining 

asosiy ilmoqlari; 10-yopishuv diskining chetki ilmoqlari. 

 

Kasallangan  baliqlar  terisining  rangi  o„zgarib  dog„lar  paydo  bo„ladi. 



Girodaktiluslardan  yana  bir  turi  –  nitsha  (Nitzchia  sturiorus)  Volga  daryosida 

osyotrsimon baliqlarga katta zarar keltiradi. Bu parazit sevruga balig„ini iqlimlashtirish 

jarayonida Orol dengiziga ham kelib qolgan va mahalliy osyotrsimon baliqlarda (baqra 

balig„ida)  parazitlik  qilishga  o„tgan.  Agar  davolash  choralari  ko„rilmasa,  kasallangan 

yosh  baliqlarning  90–95  %  qirilib  ketadi.  Shuning  uchun  ham  baliqlar  bahor  va  kuz 

oylarida  5  %  li  osh  tuzi  eritmasidan  tayyorlangan  suvda  cho„miltiriladi.  Oqmaydigan 

hovuzlarning suvini 10–14 kun ichida chiqarib tashlab, hovuz quritiladi va qaytadan suv 

bilan to„ldirilib, keyin baliqlar boqiladi.  

Ayrim  tur  monogeniyalar  baliqlardan  tashqari  baqalarda  ham  parazitlik  qiladi. 

Shulardan biri baqa ko„p so„rg„ichlisi (Polystoma integerrimum) hisoblanadi. Bu parazit 

voyaga yetganida, baqaning qovug„ida so„rg„ichlari va ilmoqchalari yordamida yopishib 

olib yashaydi. Bahorda baqalar tuxum qo„yayotgan paytda baqa ko„p so„rg„ichlisi ham 

baqaning  kloakasi  orqali  siydik  pufagidan  bir  oz  tashqariga  chiqib,  suvga  o„zining 

urug„langan tuxumlarini tashlaydi. 



 

Parazit  tuxumidan  suvga  kipriklar  bilan  qoplangan,  ko„zi  bor,  gavdasining  orqa 

qismida 16 ta mayda ilmoqchali diski bo„lgan lichinka chiqadi. Bunday lichinkalar 1–2 

kun  suvda  suzib  yurganidan  so„ng,  baqa  tuxumidan  chiqqan  itbaliqlarning  jabralariga 

ilmoqchalari bilan yopishib oladi va kipriklarini tashlab, 6 ta yumaloq so„rg„ich va 2 ta 

yirik ilmoqcha hosil qilib, jinsiy voyaga yetadi va tuxum qo„ya boshlaydi.  

Agar  lichinka  itbaliqda  voyaga  yetmasa,  o„sha  itbaliq  baqaga  aylanishi  bilan 

uning  siydik  pufagiga  ko„chadi  va  shu  yerda  jinsiy  voyaga  yetib  ko„payadi,  ya‟ni 

itbaliqning baqaga aylanish vaqtida uning jabrasi bekilib ketadi va o„pkaga aylanadi. Bu 

paytda  lichinka  ichakka  va  bu  joydan  kloaka  orqali  siydik  pufagiga  ko„chib  o„tadi. 

Parazit lichinkasi bu vaqtda ko„p so„rg„ichliga aylanadi. U o„sadi va uchinchi yili jinsiy 

voyaga yetadi. Demak, baqa ko„p so„rg„ichlisining hayot sikli xo‟jayini-baqaning hayot 

sikli  bilan  bog„liq,  ya‟ni  baqa  ko„p  so„rg„ichlisi  baqa  singari  uchinchi  yoshida  jinsiy 

voyaga yetadi.  

Shunday qilib, baqa ko„p so„rg„ichlisi rivojlanishi davomida jabralar ektoparaziti 

holatidan  qovuq  endoparaziti  holatiga  o„tadi.  Monogeniyalar  ichida  ko„pchiligi  o„z-

o„zini  urug„lantiradi.  Lekin  ayrim  turlari  borki,  ularda  o„z-o„zini  urug„lantirishga 

to„sqinlik  qiluvchi  omillar  rivojlangan.  Masalan,  monogeniyalardan  spaynik  turi  yosh 

davrida  yakka  yashaydi.  Keyinchalik  parazitlar  qorin  so„rg„ichlari  orqali  bir-biriga 

yopishib olib birining urug„ yo„li ikkinchisining tuxum yo„liga ochiladi. Natijada, ular 

bir-birini urug„lantiradi.  

 

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1. Monogeniyalarning so„rg„ichlilardan farq qiladigan belgilarini ko„rsating?  

2. Monogeniyalarning vakillari baliqchilik xo„jaliklariga qanday zarar keltiradi? 

 

9-mavzu: Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) va  

sestodasimonlar (Cestodaria) sinflari  

 

Fanni o„qitish texnologiyasi:  

“Tasmasimon chuvalchanglar va sestodasimonlar sinflari” mavzusidagi ma‟ruza 

mashg„ulotining texnologik xaritasi 

 

№ 

Bosqichlar va bajariladigan 

ish mazmuni 

Amalga 

oshiruvchi 

shaxs, vaqt 



Tayyorlov bosqichi: 

1.1. Dars maqsadi: Talabalarga odam va hayvonlarda 

parazitlik qiluvchi tasmasimon chuvalchanglar va sesto-

dasimonlar sinflari vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biolo-

gik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni 

oldini olish choralari haqida ma‟lumot berish. 

1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.2.1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi tasma-simon 

chuvalchanglar  sinfi  vakillarining  tuzilishi,  tarqa-lishi, 

biologik  xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari  hamda 

ularni oldini olish choralari haqida ma‟lumot bera oladi. 



O„qituvchi 

 

1.2.2. Hayvonlarda parazitlik qiluvchi sestodasimonlar  sinfi 

vakillarining  tuzilishi,  tarqalishi,  biologik  xususiyatlari, 

qo„zg„atadigan  kasalliklari  hamda  ularni  oldini  olish 

choralari haqida gapira oladi. 



1.3.  Dars  shakli:  guruh va  mikroguruhlarda  ishlash, hikoya 

qilish. 



1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va 

jadvallardan foydalangan holda  o„rgatish. 



1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va 

jadvallar. 





O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi: 

2.1. Маvzu e‟lon qilinadi. 

2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi. 

O„qituvchi, 

15 daqiqa 



 

Guruhda ishlash bosqichi: 

3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi. 

3.2.  Тalabalar  fikri  eshitiladi,  boshqa  talabalar  bahsga 

chaqiriladi. 



3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi. 

3.4. Umumiy xulosaga kelinadi . 

O„qituvchi-

talaba, 

40 daqiqa 



Mustahkamlash va baholash bosqichi:  

4.1.  Odam  va  hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  tasmasimon 

chuvalchanglar  sinfi  vakillarining  tuzilishi,  tarqalishi, 

biologik  xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari  hamda 

ularni oldini olish choralari haqida ma‟lumot bering. 



       Hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  sestodasimonlar  sinfi 

vakillarining  tuzilishi,  tarqalishi,  biologik  xususiyatlari, 

qo„zg„atadigan  kasalliklari  hamda  ularni  oldini  olish 

choralari haqidagi ma‟lumotlarni bayon qiling.  



4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. 

O„qituvchi, 

15 daqiqat 



O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi: 

5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi. 

5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 

5.3.  O„qituvchi  o„z  faoliyatini  tahlil  qiladi  va  tegishli 

o„zgartirishar kiritadi. 



O„qituvchi, 

10 daqiqa 

Аsоsiy sаvоllаr:  

1.  Odam  va  hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  tasmasimon  chuvalchanglar  sinfi 

vakillarining  tuzilishi,  tarqalishi,  biologik  xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari 

hamda ularni oldini olish choralari. 



2.  Hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  sestodasimonlar    sinfi  vakillarining  tuzilishi, 

tarqalishi,  biologik  xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari  hamda  ularni  oldini  olish 

choralari.  

Mаvzugа  оid  tаyanch  tushunchаlаr  vа  ibоrаlаr.  skoleks,  strobila,  botridiy, 

onkosfera,  sistitserk,  senur,  exinokokk,  sistitserkoid,  finna,  koratsidiy,  proglottid, 

plerotserkoid,  


 

1-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  odam  va  hayvonlarda  parazitlik 

qiluvchi  tasmasimon  chuvalchanglar  sinfi  vakillarining  tuzilishi,  tarqalishi,  biologik 

xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari  hamda  ularni  oldini  olish  choralari  haqida 

ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.  Odam  va  hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  tasmasimon  chuvalchanglar  sinfi 

vakillarining  tuzilishi,  tarqalishi,  biologik  xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari 

hamda ularni oldini olish choralari haqida ma‟lumot bera oladi.  

 

Birinchi sаvоlning bаyоni:  

Tasmasimon  chuvalchanglar  sinfi  vakillarining  morfologiyasi  va  biologiyasini 

o„rganishda shveytsariyalik zoolog O. Furman o„z ishlari bilan fanga (XX asrda) katta 

hissa  qo„shgan.  Rossiyada  parazit  chuvalchanglar,  shu  jumladan,  tasmasimon 

chuvalchanglar  faunasi  rus  olimlari  N.A.  Xolodkovskiy  va  V.A.  Kler  tomonidan 

o„rganilgan.  

Akademik  K.I.  Skryabin  rahbarligida  yozilgan  «Sestodologiya  asoslari»  ko„p 

tomlik asarlari MDH mamlakatlarida «Sestodologiya» fanini rivojlantirishda asosiy rol 

o„ynaydi. 

Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar endoparazitlar bo„lib, jinsiy voyaga 

yetganlari  ko„plab  umurtqali  hayvonlarda,  shu  jumladan,  odamlar  ichagida,  kamdan-

kam turlari esa boshqa organlarda parazitlik qilib yashaydi. Ularning tanasi dorzoventral 

tomonga yassilangan. 

Hozirgi vaqtda sestodalarning 3000 dan ortiq turi fanga ma‟lum bo„lib, odam va 

chorva mollari uchun eng xavfli parazitiardan hisoblanadi. Tasmasimon chuvalchanglar 

gavdasining uzunligi 1 mm va undan ham kichik bo„lgan juda mayda turlari bilan bir 

qatorda  juda  ulkan  turlari,  masalan,  qoramol  tasmasimoni,  keng  tasmasimon 

chuvaichanglarning  uzunligi  10–15  m.  va  ba‟zan  18–20  m.  gacha  boradi. 

Kashalotlarning  ichagida  parazitlik  qiladigan  Polygonophorus  giganticus  turining 

uzunligi hatto 30-m gacha, eni esa 4,5 sm. keladi.  

Sestodalarning  gavdasi  uch  qismdan,  ya‟ni  bosh  (skoleks),  bo„yin  va  bo„g„imli 

tanadan  iborat.  Gavdasining  oldingi  qismi  ingichka  ipsimon  ko„rinishda  bo„lib,  uning 

uchida  skoleksi  va  undan  keyin  esa  bo„yin  qismi  joylashgan.  Skoleksi  sestodalarning 

yopishuv  organlari  hisoblanadi.  Unda  ixtisoslashgan  yopishuv  organlari,  so„rg„ichlari, 

botridiylar  va  xitinli  ilmoqlar  bo„ladi.  Umuman,  sestodalar  skolekslar  yordamida  o„z 

xo„jayinlarining ichak devorlariga yopishib, uzun gavdasini tutib turadi. Hamma jinsiy 

voyaga  yetgan  tasmasimon  chuvalchanglar  o„z  xo„jayinining  oshqozon  va  ichaklarida 

yashaydi. 

Sestodalarning  skolekslari  va  bo„g„imlari  har  xil  shaklda  tuzilgan  (36-rasm). 

Masalan,  qoramol  tasmasimon  chuvalchangi  skoleksida  4  ta  muskulli  so„rg„ichi  bor, 

so„rg„ichlari yumaloq yoki tuxumsimon shaklda bo„lib, ilmoqlari bo„lmaydi. 

Keng  tasmasimon  chuvalchangda  esa  yopishuvchi  tirqishi  yoki  botridiy 

skoleksining ikki yonida joylashgan. Botridiy kuchli muskulli, juda qattiq yopishadigan 

maxsus organ hisoblanadi. Ilmoq va ilmoqchalari ham har xil tuzilgan. Ular ko„pincha 

skoleks markazida, so„rg„ichlar o„rtasidagi kichkina xartumchaga gultoj barglar singari 

joylashgan.  



 

 

 



 

36-rasm. Tasmasimon chuvalchanglar so„rg„ichlari va proglottidlari:  

A-cho„chqa tasmasimoni; B-qoramol tasmasimoni; D-keng tasmasimon. 

 

Cho„chqa  tasmasimonida  odatda  to„rtta  maxsus  paypaslagichsimon  xartumga 



o„rnashgan  ilmoqchalari  bo„ladi.  Bu  xartumlar  maxsus  qinchaga  kirishi  mumkin. 

Skoleksdan keyingi gavdaning kichik bo„limi-bo„yin bo„lib, u o„sish zonasi hisoblanadi, 

ya‟ni u yerdan yosh bo„g„imlar shakllanadi.  

Har  xil  sestodalar  proglottidlarining  soni  turlicha  bo„ladi.  Ba‟zi  turlarida 

proglottidlarining  soni  4000  ortiq  bo„ladi,  ammo  ayrimlarida  3-4  ta  proglottidlari 

bo„ladi. 

Tasmasimon  chuvalchanglar  tanasi  teri-muskul  xaltaga  ega. Uning  yuza  qismi  – 

tegumenti morfologik jihatdan trematodalarnikiga o„xshash, fiziologik yoki funktsional 

jihatdan  esa  umurtqalilar  ichagining  shilliq  pardasini  eslatadi.  Unda  bir  necha  hazm 

fermentlari  mavjud.  Bulardan  tashqari  tegument  sestodalarni  asosiy  xo„jayin  ichagida 

hazm bo„lib ketishdan saqlaydigan antiproteolitik fermentlar ishlab chiqadi. Tegument 

ostida halqasimon, bo„ylama va dioganal muskul qatlamlari joylashgan. 

 

Tasmasimon  chuvalchanglarning  chuqur  parazitizmga  o„tish  oqibatida  ularda 



hazm  qilish  sistemasi  reduksiyaga  uchragan.  Shu  sababli  ular  asosiy  xo„jayinlarining 

suyuq,  hazm  qilishga  tayyorlangan  oziqalar  to„plangan  ingichka  ichak  bo„shlig„ida 

yashaydi va undagi bir qism oziqani butun tana yuzasi orqali osmos yo„l bilan shimib 

oladi.  Mikrotrixlarga  ega  bo„lgan  tegument  va  chuvalchangning  yassiligi  ham  oziqni 

tanasining hamma qismiga o„tishiga yordam beradi. 

 

Ayirish  sistemasi  protonefridiy  tipidagi  buyraklar  tana  bo„ylab  o„tadigan  ikkita 



ayirish  naychalaridan  iborat.  Naychalar  tananing  keyingi  qismidan  boshlanadi;  oldingi 

bosh qismiga yaqinlashgach, yana orqaga burilib, tanasining keyingi qismiga ketadi va 

u  yerda  tashqariga  ochiladi.  Tasmasimon  chuvalchanglarda  yon  ayirish  naylari  o„zaro 

ko„ndalang  naylar  orqali  qo„shilganidan  ayirish  sistemasi  narvon  ko„rinishga  ega. 

Tananing  keyingi  tomonida  ayirish  naylari  birlashib  kichikroq  qovuqni  hosil  qiladi. 


 

Tasmasimon chuvalchanglar tanasining keyingi yetilgan bo„g„imlari bilan birga qovuq 

ham uzilib tushadi; yangi qovuq hosil bo„lmasdan yon naylar to„g„ridan-to„g„ri tanadan 

tashqariga ochiladi. 



 

Nerv  sistemasi  kuchsiz  rivojlangan.  Markaziy  nerv  sistemasi  bir  juft  miya 

gangliylari  va  ulardan  tana  bo„ylab  orqaga  ketadigan  nerv  tomirlardan  iborat.  Nerv 

tomirlari  ko„ndalang  nervlar  bilan  o„zaro  qo„shilib,  ortogon  sistemasini  hosil  qiladi. 

Tananing  ikki  yonida  joylashgan  ikkita  nerv  tomirlari  boshqalariga  nisbatan  kuchliroq 

rivojlangan. Nerv tomirlaridan tarqalgan tolalar teri ostida qalin nerv to„rini hosil qiladi. 

Sezgi  organlari  tana  yuzasida  tarqoq  joylashgan  sezgir  hujayralardan  iborat.  Bunday 

hujayralar skoleksda ayniqsa, ko„p bo„ladi.  

Barcha tasmasimon chuvalchanglar germafrodit. Ularning bo„yinchasida va unga 

yaqin  joylashgan  bo„g„imlarida  jinsiy  organlar  bo„lmaydi.  Ulardan  keyin  joylashgan 

bo„g„imlarda dastlab erkaklik jinsiy organlari rivojlanadi, so„ngra esa urg„ochilik jinsiy 

organlari  paydo  bo„la  boshlaydi.  Gavdaning  o„rta  qismida  joylashgan  proglottidlar 

odatda germafrodit. Barcha jinsiy organlar yetilib bo„lgach, bachadondagi tuxumlarning 

otalanishi  ro„y  beradi.  Barcha  tuxumlar  otalanib  bo„lgach,  dastlab  erkaklik  jinsiy 

organlari asta-sekin yo„qola boshlaydi, ulardan so„ng esa bachadondan tashqari boshqa 

urg„ochilik jinsiy organlari ham yo„qolib ketadi. Ularning barchasini  o„rnini bachadon 

egallaydi. Shunday qilib tasmasimon chuvalchanglarning yetilgan so„nggi bo„g„imlarida 

jinsiy organlardan faqat otalangan tuxumlarga zich to„la bachadon qoladi.  

Tasmasimon  chuvalchanglarning  bachadoni  ochiq  va  yopiq  holda  tuzilgan. 

Agarda  bachadon  jinsiy  teshikka  ega  bo„lsa,  undagi  tuxumlarning  tashqariga  ajralib 

chiqishiga  imkon  yaratilgan  bo„ladi.  Bunday  bachadonga  ega  bo„lgan  sestodalarda 

eskirgan  bo„g„imlarning  bir  nechtasi  birdaniga  tashqariga  uzilib  tushadi,  ular  o„rniga 

yangilari yetilib kelaveradi. Bachadoni ochiq sestodalardan tashqi muhitga yetilmagan, 

ya‟ni  lichinkasiz  bo„lgan  tuxumlar  tushadi.  Ularning  embrional  taraqqiyoti  odatda 

fastsiolalarniki singari suvda kechadi. 

Bachadoni yopiq holda tuzilgan sestodalarda esa embrional taraqqiyot parazitning 

tanasida, ya‟ni bachadonida kechadi, yetilgan bo„g„imlar esa tashqariga alohida-alohida 

bo„lib,  bittadan  uzilib  tushadi.  Har  bir  uzilib  tushgan  proglottidlar  tashqarida  siljib 

harakatlanadi  va  shu  jarayonda  bachadon  yoriladi,  ulardan  yuqumli  holga  kelgan  olti 

ilmoqchali onkosferaga (lichinkaga) ega bo„lgan tuxumlar atrof-muhitga tarqaladi. 

Quyida  qoramol  tasmasimoni  misolida  germafrodit  jinsiy  sistema  bilan 

tanishiladi. Bu parazitning oldingi tomonidagi yosh proglottidalarda jinsiy organlar hali 

uncha rivojlanmagan bo„ladi. Jinsiy organlar, ya‟ni germafrodit bo„g„imlar parazitning 

bo„ynidan  boshlab  sanalganda,  taxniinan  200-proglottldada  to„la-to„kis  rivojlanadi. 

Umuman,  gavdaning  o„rtasida  joylashgan  bo„g„imlarda  erkaklik  va  urg„ochilik  jinsiy 

organlari  yaxshi  rivojlangan,  parazit  gavdasining  eng  oxiridagi  proglottidalar  tuxum 

bilan  to„lib  turgani  uchun  yetilgan  proglottidalar  deyiladi.  Chunki  bu  proglottidalarda 

faqat  urug„langan  tuxumlar  bilan  to„lgan  bachadon  bo„ladi.  Ayrim  ma‟lumotlarga 

qaraganda, har bir yetilgan bo„g„imda 175 mingtagacha tuxum bo„lishi mumkin. 

Sestodalar  biogelmintlar  bo„lib,  rivojianish  siklida  asosiy  xo„jayindan  tashqari, 

bir  yoki  ikkita  oraliq  xo„jayin  ishtirok  etadi.  Xo„jayin  ichagidagi  tasmasimon  

chuvalchanglarning  soniga  qarab,  ular  turlicha  urug„lanadi.  Agarda  xo„jayin  ichagida 

bitta  chuvalchang  bo„lsa,  uning  har  bir  proglottidalari  o„zaro  bir-birini  urug„lantiradi. 


 

Bitta proglottida bo„lsa, unda o„zini-o„zi urug„lantirishi ham mumkin. Xo„jayin ichagida 

ikkita yoki bir necha chuvalchang bo„lsa, bunda har xil individ bir-birini urug„lantiradi. 

Sestodalarning  tuxumlari  xo„jayini  organizmidan  axlatlari  hamda  proglottidalari 

bilan birga tashqi muhitga chiqadi. Agarda odam cho„chqa yoki qoramol tasmasimoni 

bilan  zararlansa,  taxminan  75–91  kundan  boshlab  kuniga  6  tadan  11  tagacha  yetilgan, 

ya‟ni ichi tuxumlar bilan to„lgan bo„g„imlar tashqi muhitga chiqadi. Sestoda tuxumining 

bundan  keyingi  rivojlanishi  uchun  uni  albatta  oraliq  xo„jayini  yutishi  kerak.  Bunda 

cho„chqa tasmasimoni uchun oraliq xo„jayin-cho„chqa, qoramol tasmasimoni uchun esa 

oraliq xo„jayin – qoramol hisoblanadi. 

Sestodalar  tuxumlari  ichida  6  ilmoqli  embrion,  ya‟ni  onkosfera  deb  ataluvchi 

lichinka  rivojlanadi.  Ba‟zi  tasmasimon  chuvalchanglar  tuxumlarining  ichida  esa  10 

ilmoqli lichinka, ya‟ni likofora rivojlanadi. 

Chuvalchanglarning  tuxumlari  turli  yo„llar  bilan  (suv,  yem-xashak  va  boshqa 

yo„llar  bilan)  oraliq  xo„jayinlarining  organizmiga  tushadi.  Bu  yerda  tuxumning  po„sti 

yorilib, undan ilmoqli onkosfera lichinkasi chiqadi va bu lichinka ilmoqlari yordamida 

ichak devorini teshib, limfatik sistema yoki qon tomirlariga o„tadi.  

Ma‟lum  vaqt  qon  tomirlarida  suzib  yurib,  so„ngra  biror  organga  (jigar,  o„pka, 

yurak,  miya  va  muskulga)  o„tib  joylashadi.  Bu  yerda  onkosfera  ilmoqlarini  yo„qotib, 

o„sadi  va  ikkinchi  pufaksimon  lichinkalik  davriga,  ya‟ni  finnaga  aylanadi.  Finna 

boshqachasiga  larvotsista  deb  ham  ataladi.  Bu  esa  parazitning  yuqumli  holati 

hisoblanadi. Sestodalarning finnalari besh tipda bo„lib, ular sistitserk, senur, exinokokk, 

sistiserkoid va pleroserkoid deb ataladi (37-rasm).  

Yuqorida  aytib  o„tilgan  har  xil  tipdagi  lichinkalarni  asosiy  xo„jayinlar  yutib 

yuborsa, ularning ichagida pufakli lichinkalarning skoleksi tashqariga chiqadi va ichak 

devorlariga yopishib oladi. Pufak bujmayib yo„qolib ketadi, bo„yin qismidan esa asta-

sekin  yosh  proglottidalar  ajrala  boshlaydi.  Strobilatsiya,  ya‟ni  bo„g„imlarga  bo„linish 

jarayoni sestodalarning butun hayoti davomida davom etadi.  

Bo„yin  bo„g„imida  yosh  bo„g„imlar  hosil  bo„ladi  va  bu  bo„g„imlar  rivojlangan 

sari, oldingi tomondan yana ham yosh bo„g„imlar hosil bo„ladi. Yetilgan bo„g„imlar esa 

orqaga surila borib, oxirgi bo„g„imlar strobiladan uzilib, hayvon axlati bilan tashqariga 

chiqariladi.  



 

 

 



Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin