Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya


-rasm. Mushuk ikki so„rg„ichlisi (Opisthorchis felineus



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49

28-rasm. Mushuk ikki so„rg„ichlisi (Opisthorchis felineus)ning tashqi ko„rinishi va rivojlianish 

sikli: 1-voyaga yetgani(marita), 2-asosiy xo„jayinlari, 3-tuxumi, 4-oraliq xo„jayini (Bithyni avlodiga 

mansub mollyuska), 5-miratsidiy, 6-sporotsista, 7-rediy, 8-serkariy, 8

a

-mollyuskadan suvga chiqqan 



serkariy, 9-qo„shimcha xo„jayini-karplar oilasiga kiruvchi baliqlar, 10-metaserkariy. 

 

Parazitning  tuxumlari  asosiy  xo„jayini  o„t  suyuqligi  orqali  ichakka  va  undan 



axlati  bilan  tashqi  muhitga  chiqadi.  Mollyuska  parazit  tuxumlarini  yutib  yuboradi  va 

uning  organizmida  tuxumdan  miratsidiy  lichinkasi  chiqib,  harakatsiz  sporotsistaga 

aylanadi va mollyuska jigariga o„rnashib oladi. Bu yerda sporotsistalardan rediylar hosil 

bo„ladi.  Rediylar  o„sishi  bilan  partenogenetik  usulda  ko„payib,  serkariylarga  aylanadi. 

Serkariylar  harakatchan  bo„lib,  mollyuska  tanasidan  suvga  chiqadi  va  keyingi 

rivojlanishi  uchun  ikkinchi  oraliq,  ya‟ni  qo„shimcha  xo„jayini  –  baliqlar  terisi  hamda 

jabralariga  yopishib  oladi.  Baliq  terisini  teshib  muskul  va  biriktiruvchi  to„qimalari 

orasida  pardaga  o„ralib,  taxminan  6  haftadan  keyin  metatserkariyga  aylanadi. 

Kasallangan  baliqlar  bilan  oziqlangan  asosiy  xo„jayinlar  parazitni  o„zlariga  yuqtiradi. 

Odam  ham  yaxshi  dudlanmagan  yoki  yaxshi  qovurilmagan  kasal  baliqlarni  yesa, 

parazitni o„ziga yuqtiradi.  

Asosiy  xo„jayini  oshqozonida  va  ingichka  ichagida  metaserkariyning  po„sti 

yemirilib,  parazit  o„t  yo„li  orqali  jigarga  o„tadi.  Bu  yerda  3–4  haftadan  keyin  jinsiy 

voyaga yetib, yana tuxum qo„ya boshlaydi. Umuman, opistorxisning tuxumdan tortib, to 

jinsiy voyaga yetishigacha 4–4,5 oy vaqt kerak bo„ladi.  

Opistorxis  keltirib  chiqaradigan  kasallik  opistorxoz  deyiladi.  Opistorxozni 

kasallik  sifatida  birinchi  marta  1891  yilda  Tomsk  shahrida  shifokor  K.N.  Vinogradov 

10 


8a 









 

aniqlagan.  Bu  kasallik  Ukrainada,  Rossiyada  Perm  va  Kaliningrad  viloyatlarida,  Don, 

Volga  daryolarining  ba‟zi  havzalarida  borligi  aniqlangan.  Opistorxoz,  ayniqsa,  Ob  va 

Irtish daryolarining havzalarida keng tarqalgan. 

Asosiy  xo„jayini  organizmida  opistorxis  25  yil  yashaganligi  fanga  ma‟lum.  Bu 

kasallikdan  o„lgan  bir  kishining  jigarida  25320  dona  parazit  borligi  aniqlangan. 

Opistorxoz bilan kasallangan odamlarda bosh aylanishi, bosh og„rig„i, asabiylashish va 

ko„ngil  aynish  kabi  holatlar  kuzatiladi.  Jigar  va  oshqozon  osti  bezining  ishi  buziladi, 

ba‟zi  hollarda  bu  kasallik  jigar  va  oshqozon  osti  bezlarida  rakning  paydo  bo„lishiga 

sababchi bo„ladi. 

Bu kasallikka qarshi kurashish uchun avvalo, opistorxoz bilan kasallangan odam 

va  hayvonlarga  xloroksil,  geksaxlorparaksilol,  geksaxloretan  va  boshqa  dorilar  berib 

davolash  kerak.  Metatserkariy  bilan  kasallangan  baliqlarni  yaxshilab  pishirish  yoki 

muzlatish yo„li bilan yuqumsizlantirish, zararlangan xom baliqlarni asosiy xo„jiyinlariga 

bermaslik,  suv  havzalariga  opistorxisning  tarqalishiga  yo„l  qo„ymaslik  hamda  aholi 

o„rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishni targ„ibot qilish kerak. 



O„pka  so„rg„ichlisi  (Paragonimus  westermani).  Bu  parazit  ham  odam,  it, 

mushuk, cho„chqa va boshqa yirtqich sutemizuvchilarning o„pkasida, ba‟zan esa jigar, 

miya, oshqozon osti bezida parazitlik qiladi. 

O„pka so„rg„ichlisi, asosan, Xitoy, Koreya, Filippin, Tailand, Nepal, Hindiston va 

G„arbiy  Afrikada  krab  va  qisqichbaqalarni  yeb  hayot  kechiradigan  odam  va  yirtqich 

hayvonlarning  o„pkasida  parazitlik  qilib,  paragonimoz  kasalligini  tarqatadi.  MDH  da 

Uzoq Sharqda kamdan-kam odamlar bu kasallikka chalinib turadi. 

O„pka so„rg„ichlisining tanasi oval, tuxumsimon shaklda, rangi qizg„ish-jigarrang 

bo„lib,  uzunligi  10–16  mm  keladi.  Butun  tanasi  sirtqi  tomondan  tikanaklar  bilan 

qoplangan  bo„ladi.  O„pka  so„rg„ichlisining  o„ziga  xos  belgilaridan  biri  tanasining 

o„rtasida  qorin  so„rg„ichi,  uning  atrofida  esa  bachadon  bilan  tuxumdonlar  joylashgan. 

Ulardan  pastroqda  ikkita  bo„lakchali  urug„donlar  yotadi.  Tanasining  oldingi  qismida 

og„iz  so„rg„ichi  bilan  o„ralgan  og„zi  joylashgan.  Og„zidan  halqum,  so„ng  qisqa 

qizilo„ngach  davom  etadi.  Ichaklari  ikki  shoxli  bo„lib,  tanasining  orqa  qismigacha 

boradi va berk holda tugaydi. 

O„pka  so„rg„ichlisining  rivojlanishi  oraliq  va  qo„shimcha  xo„jayinlar  orqali 

boradi.  Asosiy  xo„jayinlari  odam,  it,  mushuk,  yo„lbars,  cho„chqa  va  boshqa  yirtqich 

hayvonlar hisoblanadi. 

Parazit  tuxumlari  asosiy  xo„jayinining  balg„ami  (o„pkada  parazitlik  qilganda) 

yoki  axlati  (ichak  paragonimozi)  bilan  tashqariga  chiqadi  va  bu  tuxumlarning 

rivojlanishi suvda kechadi. 

O„pka so„rg„ichlisining oraliq xo„jayini ikkita: birinchisi Semisulcospira, Melania 

urug„lariga kiradigan mollyuskalar, ikkinchisi Potamon, Eriocheir avlodlariga kiradigan 

chuchuk  suv  krablari  va  Cambaroides  urug„iga  kiruvchi  qisqichbaqalar  hisoblanadi. 

Parazit  tuxumlari  suvga  tushgach,  bir  necha  kundan  keyin  tuxumdan  lichinka  – 

miratsidiy chiqadi. 

Miratsidiylar  suvda  faol  suzib  yurib,  o„zining  birinchi  oraliq  xo„jayini  –  suv 

shilliqqurtini  topib,  uning  tanasiga  kiradi  va  keyingi  lichinkalik  davri  –  sporotsistaga 

aylanadi. 


 

Keyinchalik  sporotsistalardan  rediylar  rivojlanadi,  rediylardan  esa  serkariylar 

taraqqiy etadi. 

Serkariylarda rudiment holdagi dumi va tesha oladigan kutikulyar stileti bo„ladi. 

Mollyuskalardan suvga chiqqan serkariylar suvda suzmasdan, balki suv havzalari tubida 

sekin harakatlanadi va faol ravishda ikkinchi oraliq xo„jayinlari bo„lmish  chuchuk suv 

krablari  va  qisqichbaqalar  organizmiga  kiradi.  Serkariylar  xo„jayinlarining  muskullari, 

jigari  va  jabralarida yashab,  o„rta  hisobda  6  hafta ichida  yuqumli  holatga  ega bo„lgan 

lichinkalik  bosqichi»  metatserkariyga  aylanadi.  Metatserkariy  bosqichida  dumi 

bo„lmaydi, ancha mustahkam qobiqqa o„ralgan bo„ladi. Asosiy xo„jayinlari, ya‟ni odam, 

it,  mushuk,  cho„chqa,  to„ng„iz,  yo„lbars,  qoplon,  yovvoyi  mushuk  va  boshqa  yirtqich 

sutemizuvchilar  metatserkariy  bilan  zararlangan  krablarni  va  qisqichbaqalarni 

xomligicha  yeganda  parazitlarni  o„zlariga  yuqtiradi.  Asosiy  xo„jayini  ichiga  kirgan 

metatserkariylar  12-barmoqli  ichak  devorini  teshib,  tana  bo„shlig„iga  o„tadi,  so„ng 

diafragma  va  plevra  orqali  o„pkaga  boradi.  Asosiy  xo„jayini  zararlanishidan  to 

parazitlarning tuxumi chiqqungacha bo„lgan vaqt 3 oyga to„g„ri keladi. 

Vesterman  so„rg„ichlisining  odam  uchun  xavfli  tomoni  –  o„pkada  ko„plab 

tugunlar hosil  qiladi,  natijada ko„krak  og„riydi,  nafas  siqiladi, yo„tal paydo bo„ladi va 

o„pkadan  qon  keladi.  Bunday  tugunlar  bosh  miyada  ham  hosil  bo„lishi  mumkin. 

Odamlarni  davolash  uchun  turli  dorilar  ishlab  chiqilgan  (bitionol), lekin  og„ir  hollarda 

faqat jarrohlik yo„li bilan davolash mumkin. Agar bemorning o„pka va miyasida parazit 

tugunlari haddan tashqari ko„payib ketsa, jarrohlik yo„li ham foyda bermaydi. 

Paragonimoz kasalligini aniqlash uchun bemorning balg„ami va axlati tekshirilib, 

parazit tuxumlari aniqlanadi. 

Asosiy  profilaktik  choralarga  yaxshi  pishirilmagan  krab  va  qisqichbaqalarni 

yemaslik, suv havzalariga hayvonlar axlatining tushishiga yo„l qo„ymaslik hamda aholi 

o„rtasida gigiyena qoidalariga rioya qilish to„g„risida targ„ibot ishlarini olib borishdir. 

Klonorxislar  (Clonorchis).  Klonorxislardan  -  Clonorchis  sinensis  ning  uzunligi 

10–20  mm  atrofida  bo„lib,  tanasi  yassilashgan,  ikkita  so„rg„ichi  bor.  Parazitning 

tuzilishi va rivojlanishi opistorxisnikiga o„xshash. 

Bu  trematodaning  ham  asosiy  xo„jayinlari  odam  va  yirtqich  sutemizuvchilar 

hisoblanadi.  Asosiy  xo„jayinlarining  jigarida,  o„t  pufagida  va  oshqozon  osti  bezida 

parazitlik qiladi. 

Parazitning tuxumi sariq-jigarrang bo„lib, suvga tushganidan keyin miratsidiy lichinkasi 

chiqadi.  Lichinka  oraliq  xo„jayini-suv  shilliqqurtlariga  (Bithynia)  kirib  rivojlanishini  davom 

ettiradi(29-rasm).  


 

 

 

26-rasm. Xitoy ikki so„rg„ichlisi (Clonorchis sinensis) ning tashqi ko„rinishi va rivojlianish sikli: 

1-voyaga yetgani(marita); 2-asosiy xo„jayinlari; 3-tuxumi; 4-oraliq xo„jayini(Bithynia avlodiga 

mansub mollyuska); 5-miratsidiy; 6-sporotsista; 7-rediy; 8-serkariy; 8

a

-mollyuskadan suvga chiqqan 



serkariy; 9-qo„shimcha xo„jayini-baliqlar; 10-metaserkariy.  

 

Mollyuska  tanasida  miratsidiydan  sporotsista,  sporotsistadan  rediy,  rediydan  serkariy 



kabi  lichinkalik  bosqichlari  2  oy  davomida  rivojlanadi.  Serkariy  mollyuska  tanasidan  suvga 

chiqib, karpsimonlar oilasiga kiruvchi baliqlar va qisqichbaqalar tanasiga o„tib, metatserkariy 

bosqichiga aylanadi.  

Odamlar  va  yirtqich  sutemizuvchilar  klonorxislar  metatserkariylari  bilan 

zararlangan baliqlar va qisqichbaqalarni yeyishi natijasida parazitni o„zlariga yuqtiradi. 

Odamlarga metatserkariylar o„tgandan 4 oydan keyin parazit jinsiy voyaga yetib, tuxum 

qo„ya  boshlaydi.  Klonorxis  odamlar  organizmida  25  yilgacha  parazitlik  qilib  hayot 

kechirishi mumkin. 

Klonorxislar  asosan  Xitoy,  Yaponiya,  Janubiy  Koreya  va  Koreya  Xalq 

Demokratik  Respublikasida  keng  tarqalgan  bo„lib,  odamlar  o„rtasida  klonorxoz 

kasalligini  keltirib  chiqaradi.  MDH  da  klonorxislar  Amur  daryosining  suv  havzalari 

atrofidagi aholi o„rtasida uchrab turadi. Klonorxislarni aniqlash, davolash va oldini olish 

choralari opistorxislarnikiga o„xshash. 

Metagonimuslar 

(Metagonimus). 

Metagonimuslardan 



Metagonimus 

yokogawai ning uzunligi 1–2,5 mm atrofida (30-rasm).  

Metagonimus odam, mushuk, it, cho„chqa va boshqa yirtqich sutemizuvchilaming 

ingichka  ichagida  parazitlik  qiladi.  Bu  parazit  bilan  kasallangan  asosiy  xo„jayinlari 

axlatlari orqali tashqi muhitga tuxumlarini chiqaradi. 

10 











 

 

30-rasm. Metagonimus (Metagonimus yokogawai)ning tuzilishi1-og„iz so„rg„ichi; 2-ichagi; 

3-qorin so„rg„ichi; 4- urug„ yo„li; 5-bachadon; 6-urug„ qabul qiluvchi; 7-tuxumdon; 

8-sariqdonlari; 9-urug„donlari. 

 

Metagonimusning  oraliq  xo„jayinlari  chuchuk  suv  shilliqqurtlari  va  qo„shimcha 



xo„jayinlari  har  xil  turga  kiruvchi  baliqlar  (zog„ora  baliq,  leshch,  laqqa  baliq,  do„ng 

peshona,  gulmoy  baliq  va  bosh.)  hisoblanadi.  Metatserkariylar  baliqlaming 

tangachalarida,  suzgich  qanotlarida,  jabralarida  va  teri  osti  yog„  qavati  hujayralarida 

hamda muskullarida joylashadi.  

Odam  va  yirtqich  sutemizuvchilar  metatserkariylar  bilan  zararlangan  baliqlarni 

iste‟mol qilishi natijasida parazitni o„zlariga yuqtiradi. Metagonimoz qo„zg„atuvchilari 

bilan asosan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi 

va Filippin orollari atrofidagi aholi ko„proq zararlanadilar. MDH da esa Amur daryosi 

suv  havzalari  atrofidagi  odamlarda  uchrab  turadi.  Odamlar  asosan  xom  baliqlarni 

yeyishlari oqibatida kasallanadi.  

Metagonimoz qo„zg„atuvchisini aniqlash, bu parazit bilan kasallangan odamlarni 

davolash  va  profilaktik  chora-tadbirlarni  olib  borish  opistorxoznikiga  o„xshash. 

Kasallangan odamlar naftamon va kombantirin kabi dorilar bilan davolanadi.

 

Shistosomalar  (Schistosoma)  ning  tuzilishi  va  biologik  xususiyatlari. 

Trematodalar sinfi orasida odam va hayvonlarning xavfli parazitlaridan yana bir guruhi 

qon  ikki  so„rg„ichlilari-shistosomalar  (Schistosoma,  Orientobilharzia  va  boshqalar) 

hisoblanadi.  Shistosomalar  qon  parazitlari  bo„lib,  odam  va  hayvonlarning  qorin 

bo„shlig„idagi  yirik  vena  qon  tomirlarida,  shuningdek,  buyrak,  qovuq  venalarida 

parazitlik  qiladi.  Asosan  issiq  iqlimli  mamlakatlarda,  ya‟ni  Afrika,  Osiyo  va  Janubiy 

Amerikada keng tarqalgan.  



 

Ular  ayrim  jinsliligi  bilan  boshqa  trematodalardan  farq  qiladi.  Erkagining  tanasi 

ancha  yo„g„on,  10–15  mm  uzunlikda  bo„ladi,  ularning  qorin  tomonida  maxsus 

tarnovsimon chuqurchasi bo„lib, unga uzun (20 mm dan ortiq) va ingichka urg„ochisini 

joylashtirib  birga  yashaydi.  Shistosomalarning  so„rg„ichlari  kuchsiz  rivojlangan  yoki 

butunlay bo„lmaydi. 

Shistosomalar,  ya‟ni  qon  ikki  so„rg„ichlilari  biogelmintlar  bo„lib,  ularning 

rivojlanishida  oraliq  xo„jayin  sifatida  planorbis  urug„iga  mansub  suv  mollyuskalari 

qatnashadi (31-rasm).  

 

 



31-rasm. Shistosomatoz qo„zg„atuvchilari (Schistosoma sp.)ning rivojlanish sikli: 

a-asosiy xo„jayin; la-urg„ochi va erkak parazitlarning kopulyatsiyasi;1b-parazitning tuxumi; 2-

miratsidiy; b-rivojlanish sikli namunasi; 3-Planorbis urug„iga mansub qorinoyoqli mollyuska; 3a-

birinchi yoshdagi sporotsista; 3b-ikkinchi yoshdagi sporotsista; 4-serkariy. 

 

Urg„ochi  chuvalchang  odam  qon  tomiri  devorini  yemirib,  qovuq  devorining 



biriktiruvchi  to„qimasiga  tuxum  qo„yadi.  Buning  natijasida  qovuq  yallig„lanadi  va 

kasallanadi. Miratsidiy lichinkasi bo„lgan tuxumlari ichak va siydik pufagi devorlarini 

teshib,  uning  bo„shlig„iga,  undan  xo„jayin  axlati  va  siydigi  orqali  tashqariga  chiqadi. 

Suvga  tushgan  tuxumlardan  miratsidiy  chiqib,  oraliq  xo„jayini  –  qorinoyoqli 

mollyuskalar tanasiga kirib oladi.  

3b 



3a 



1b 


1a 

 

Shundan  so„ng,  mollyuskalar  jigarida  dastlab  ona  sporotsistalar,  keyin  qiz 

sporotsistalar,  rediylar  va  oxiri  esa  dumlari  ayrisimon  harakatchan  serkariylar  hosil 

bo„ladi.  Mollyuska  organizmida  bitta  miratsidiydan  200  mingtagacha  serkariylar 

yetishadi.  

Serkariy  asosiy  xo„jayinga,  ya‟ni  odamga  cho„milish  paytida  yoki  serkariylar 

mavjud  bo„lgan  botqoqliklarda  ishlayotganda  (sholipoyada)  serkariylar  stileti 

yordamida xo„jayini terisini teshib qon aylanish sistemasiga o„tadi va butun organizm 

bo„ylab migratsiyalanadi. Parazit 43–55 kundan keyin jinsiy voyaga yetib tuxum qo„ya 

boshlaydi.  Shistosomalar  keltirib  chiqaradigan  kasallik  shistosomoz  deyiladi.  Jahon 

sog„liqni saqlash tashkilotining ma‟lumotlariga qaraganda yer yuzida 700 mln. dan ortiq 

odamlar shistosomoz kasalligidan azob chekadi. 

Odamlarda, asosan Schistosoma mansoni, Schistosoma haematobium, Schitosoma 

japonicum  kabi  turlari  ko„proq  parazitlik  qiladi.  Braziliyada  Schistosoma  mansoni  turi 

bilan  4  mln.  dan  ortiq  kishi,  Misr  va  boshqa  arab  mamlakatlarida  Schistosoma 



haematobium  turi  bilan  16  mln.  kishi  kasallangan.  Braziliyada  50–70  %  aholi  ichak 

shistosomozi bilan kasallangan. Misrda ba‟zi qishloqlarda aholining 60  – 95 % ushbu 

kasallik  bilan  zararlangan.  Shistosomalar  bemorlar  tanasida  5–10  yilgacha  parazitlik 

qiladi. 


Shistosomalar  odamlarning  qovuq,  buyrak  va  siydik  nayining  devorini 

jarohatlashi  tufayli  siydik  bilan  birga  qon  ham  ajraladi.  Zararlangan  organlarning 

yallig„lanishi  va  parazit  tuxumlari  atrofida  fosforli  tuzlarning  to„planishi  tufayli 

qovuqda  tosh  hosil  bo„lishiga  olib  kelishi  mumkin.  Bu  parazitlar  bilan  kasallangan 

odamlarga  ambilgar,  antiomalin,  miratsil-D,  ginanton,  metrifonat  kabi  dorilar 

qo„llaniladi.  Chorva  mollarining  ichak,  jigar,  oshqozon  osti  bezi  kabi  organlari  qon 

tomirlarida parazitlik qiladigan qon ikki so„rg„ichlilariga-Orientobilgartsiya kiradi. 

Bu parazitni birinchi marta 1913-yili akademik K.I. Skryabin topgan. Parazitning 

keltirib chiqaradigan kasalligi orientobilgartsioz deyiladi. Bu kasallik asosan Iroq, Eron, 

Hindiston, Pokiston, Turkiya va Mo„g„iliston davlatlarida keng tarqalgan. MDHda esa 

O„rta Osiyo mamlakatlarida, Ozarbayjon va Uzoq Sharqda uchraydi. O„zbekistonda bu 

parazit asosan Xorazm viloyati va Qoraqalpog„iston Respublikasida keng tarqalgan.  



Orientobilharzia  turkestanica  o„ziga  xos  ayrim  jinsli  trematoda  turi  bo„lib, 

Schistosomatida turkumiga Schistosomatidae oilasiga mansub. 

Erkaklarining  uzunligi  6,4–12,9  mm,  eni  0,48–0,64  mm.  Og„iz  so„rg„ichi 

yumaloq,  70–80  tagacha  bo„lgan  urug„donlari  cho„zinchoq-oval  shaklga  ega. 

Urug„donlari  ichak  naylari  orasida  ikki  qator  bo„lib  joylashadi.  Urg„ochilarining 

uzunligi  4,8–6,8  mm,  eni  0,08–0,14  mm.  So„rg„ichlari  rudimentar.  Bachadonda  bitta 

tuxum uzunchoq-oval shaklda bo„lib, har bir qutbida bittadan ilmoqchalari mavjud.  

Boshqa  qon  ikki  so„rg„ichlilariga  o„xshab  uning  ham  rivojlanishi  ikkita 

xo„jayinda  ketadi  (32-rasm).  Uning  oraliq  xo„jayini  chuchuk  suv  shilliqqurtlari 



(Lymnaea  auricularia,  Lymnaea  pereger)  va  asosiy  xo„jayinlari  chorva  mollari 

hisoblanadi.  

Urg„ochi  trematodalar  bevosita  ichak  devoriga  yaqin  joylardagi  mayda  qon 

tomirlariga  o„tadi  va  shu  joylarga  hali  to„liq  yetilmagan  tuxum  ajratadi.  Tuxumning 

keyingi  rivojlanishi  va  tuxum  ichida  miratsidiy  shakllanishi  xo„jayin  to„qimasida 

amalga oshadi.  



 

 

 



 

32-rasm. Oriyentobilgarsiya (Orienthobilharzia turkestanica)-ning rivojlanish sikli: A-parazitning 

asosiy xo„jayinlari; B-parazitning oraliq xo„jayini–mollyuska; 1-jinsiy voyaga yetgan parazit; 2-

tuxum; 3-miratsidiy; 4-serkariy. 

 

Orientobilgartsiyalar  yopiq  tizimda  parazitlik  qilib,  qon  tomirlarini  tuxumlari  va 



modda  almashinuvining  so„nggi  mahsulotlari  bilan  to„ldiradi.  Serkariylar  organizmga 

kirishi  va  migratsiya  qilishi,  tuxumlarning  to„qimalardan  o„tish  davrida  organizmga 

mexanik ta‟sir ko„rsatadi. Parazitlarning modda almashish mahsulotlari esa toksik ta‟sir 

etadi. 


Qo„ylarni  tajriba  sharoitida  orientobilgartsiya  bilan  zararlab  ko„rish  orqali, 

kasallik bir necha bosqichda kechishi aniqlangan. 

Kasallikning  birinchi  bosqichida  dermatit,  tana  haroratining  ko„tarilishi,  puls  va 

nafas  olishi  tezlashuvi  kuzatilib,  orientobilgartsioz  serkariozi  bilan  xarakterlanadi. 

Ushbu o„zgarishlar hayvonlar zararlangandan keyin 10–12 kun ichida kuzatiladi. 

Ikkinchi 

bosqich-organizmda 

sezilarli 

fiziologik 

funksiyalar 

buzilishi 

kuzatilmaydi.  Bu  davr  orientobilgartsiyalarning  qon  tomirlarda  o„sish  va  rivojlanish 

vaqtiga to„g„ri keladi 

Kasallikning  uchinchi  (o„tkir)  bosqichi  hayvonlar  zararlangandan  5–6  hafta 

o„tgach paydo bo„lib, kuchli ich ketishi kuzatiladi, tezakda qon va fibrin pardalari paydo 

bo„ladi.  Barcha  klinik  belgilar  yaqqol  namoyon  bo„ladi:  tana  harorati  41,6°C  ga 



 

ko„tariladi,  puls  minutiga  180  tagacha  yetadi,  aritmiya,  tez-tez  nafas  oladi.  Kuchli 

zararlangan hayvonlar nobud bo„ladi. 

Qoramollar  orientobilgartsiozida  asosan  ingichka  ichak  jarohatlanadi.  Ichak 

ichidagi massa suyuq qon va fibrin parda aralash bo„ladi. Ichak shilliq pardalariga qon 

quyilishlari kuzatiladi. Ichak tutqichlari qon tomirlari qaralganda, ularda trematodalarni 

ko„rish mumkin. Jigar hajmi kattalashadi.  

Bu  kasallikka  qarshi  ambilgar,  miratsil-D,  dronsit  kabi  dorilar  qo„llaniladi. 

Kasallikning  oldini  olish uchun  esa parazitning  oraliq  va  asosiy  xo„jayinlari  orasidagi 

biologik zanjirni uzish kerak. Buning uchun esa mollarni ko„proq og„ilxonalarda boqish 

zarur,  buzoqlarni  alohida  saqlash,  xo„jaliklarda  mollarni  sug„orishni  to„g„ri  yo„lga 

qo„yish, botqoqliklarni quritish kabi ishlarni amalga oshirish lozim. 

So„rg„ichlilar sinfi o„z navbatida digenetik so„rg„ichlilar va aspidogasterlar kenja 

sinflariga bo„linadi. 

Digenetik  so„rg„ichlilar  (Digenea)  kenja  sinfi  vakillarining  barchasida  2  ta 

so„rg„ichi  bo„ladi.  Rivojlanishi  juda  murakkab  bo„lib,  nasl  gallanishi  orqali  boradi. 

So„rg„ichlilar sinfining ko„pchilik turlari digenetik so„rg„ichliliar kenja sinfiga kiradi. 

Aspidogasterlar  (Aspidogastera)  kenja  sinfining  40  ga  yaqin  turi  bor.  Ularning 

yopishuv  organlari  juda  keng  yopishuv  diskidan  iborat.  Disk  bir  necha  qator  so„rg„ich 

chuqurchalariga  bo„lingan.  Aspidogasterlar  metamorfoz  orqali  rivojlanadi,  lekin 

rivojlanish siklida nasl gallanishi bo„lmaydi. Tipik vakili Aspidogaster conchicola - ikki 

pallali  mollyuskalardan  baqachanoqning  yurak  oldi  xaltasida  parazitlik  qiladi.  Boshqa 

vakillari, asosan, mollyuskalar, baliqlar va toshbaqalarda parazitlik qiladi. 

O„zbekiston  sharoitida  yuqorida  ko„rsatilgan  trematodalarning  tarqalishi,  barcha 

biologik  xususiyatlari  O„zbekiston  FA  akademigi  J.A.  Azimov,  professorlar  Sh.A. 

Azimov., B.S. Salimov va ularning shogirdlari tomonidan chuqur o„rganilgan va ularga 

qarshi kurashda ilmiy jihatdan asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.  

 

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1. Gelmintologiya fani qanday hayvonlarni o„rganadi?  

2. Geogelmintlar bilan biogelmintlarga ta‟rif bering va misollar keltiring.  

3.  Odam  va  hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  so„rg„ichlilar  sinfi  vakillarining 

tuzilishi va ko„payishidagi o„ziga xos xususiyatlarni bayon eting.  

4. Odam va mahsuldor hayvonlarda so„rg„ichlilar sinfining qaysi turlari parazitlik 

qiladi va qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?  


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin