Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya


-rasm. Odamlarning limfa yo„llarida parazitlik qiluvchi nematoda



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49

 

63-rasm. Odamlarning limfa yo„llarida parazitlik qiluvchi nematoda  

(Wuchereria bancrofti) qo„zg„atadigan fil kasalligi.  

 

 

Kasallikning  yashirin  (inkubatsion)  davri  3-18  oy  davom  etishi  mumkin. 

Kasallikning  belgilari:  avvalo,  allergik  holatlar  yuzaga  keladi,  keyin  tana  harorati 

ko„tariladi, to„qimalarda shishlar paydo bo„ladi.  

 

 

 



64-rasm. Bankroft ipchasi (Wuchereria bancrofti) ning rivojlanish sikli: 1,2-jinsiy yetuk erkak va 

urg„ochi parazit; 3-asosiy xo„jayini-odam; 4-6-bemor organizmida mikrofilyariylarning rivojlanish 

davrlari; 7-periferik qon tomirlaridagi mikrofilyariy; 8-parazitning oraliq xo„jayinlari-Culex va Aedes 

avlodiga mansub chivinlar; 9-chivinlar xartumidagi invazion(yuqumli) lichinka.  

 

Voyaga  yetgan  parazitlar  limfa  tomirlarida  tiqilib  qolishi  natijasida  limfa  yo„li 



berkilib,  limfa  suyuqligi to„xtab qoladi,  bunda  zararlangan  joylar,  ya‟ni  tana  qismlari, 

shu  jumladan,  qo„l  va  oyoqlar  juda  yo„g„onlashib  ketadi.  Bu  kasallik  fil  oyog„i  deb 

ataladi. MDH da bu kasallik deyarli uchramaydi. Vuxererioz bilan kasallangan odamlar 

dietilkarbamazin,  ditrazin  kabi  dorilar  bilan  davolanadi.  Profilaktik  chora-tadbirlar-

odamlarni vuxererioz tashuvchisi bo„lmish qon so„ruvchi chivinlar chaqishidan himoya 

qilishdir.  



Diktiokaulyuslar  (Dictyocaulus)  qo„y,  echki,  qoramol,  tuya  va  yovvoyi  kavsh 

qaytaruvchi  hayvonlarning  o„pkasi,  bronxlari  va  traxeyasida  parazitlik  qiladi.  Har  bir 

hayvonning o„ziga muvofiqlashgan diktiokaulyus turi bor. Masalan, qo„y va echkilarda-

Dictyocaulus  filaria,  qoramollarda-Dictyocaulus  viviparus,  ot  va  eshaklarda-

Dictyocaulus arnfieldi, bug„ularda-Dictyocaulus eckerti, tuyalarda-Dictyocaulus cameli 

kabi turlari parazitlik qiladi. 

Shularning  orasida  O„zbekistonda  qo„y  va  echkilarda  parazitlik  qiladigan 

Dictyocaulus  filaria  turi  chorvachilikka  katta  zarar  yetkazadi.  Bu  parazit  ipsimon 


 

ko„rinishdagi ingichka nematodadir. Urg„ochisining uzunligi 5–15 sm, erkaginiki esa 3–

8  sm  keladi.  Erkagining  dum  qismida  qovurg„ali  bursasi  va  sarg„ish  rangli  ikkita 

spikulasi  bor.  Urg„ochisining  vulva  teshigi  gavdasining  o„rtasida  yoki  boshiga  yaqin 

qismida joylashgan bo„lib, tashqariga ochiladi.  

Diktiokaulyus geogelmint. Bu parazit bilan ko„proq qo„y va echkilar zararlanadi. 

Parazit qo„y va echkilaming bronxlarida yashab, urg„ochilari erkaklari bilan juftlashib, 

traxeya va bronxlar bo„shlig„iga tuxum qo„yadi (65-rasm).  

 

 

65-rаsm. Diktiоkаulаlar (Dictyocaulus filaria) ning rivоjlаnish sikli sхеmаsi: 



1 - erkаgining dum qismi; 2 – I bоsqich lichinkаsi; 3 – II bоsqich lichinkаsi;  

4 - yuqumli holаtdаgi III-bоsqich lichinkаsi.  



 

Tuxumlar ichida lichinkalar bo„ladi. Hayvon yo„talgan vaqtida parazit tuxumlari 

bronxial shilliq bilan og„iz bo„shlig„iga keladi va hayvon bu tuxumlarni qaytadan yutib 

yuboradi.  Ovqat  hazm  qilish  organlaridan  o„ta  turib,  ichak  bo„shlig„ida  parazit 

tuxumlaridan  lichinkalar  chiqadi  va  hayvon  tezagi  bilan  tashqariga  yerga  tushadi. 

Tashqi  muhitda  qulay  sharoitda  lichinkalar  ikki  marta  po„st  tashlab,  6–7  kun  ichida 

yuqumli holatga aylanadi.  

Agar  tashqi  muhitda  harorat  past  bo„lsa,  lichinkalarning  rivojlanish  muddati 

uzayadi.  Invazion  lichinkalar  tashqi  muhit  sharoitlariga  ancha  chidamli,  ular 

qurg„oqchilikda 30 kungacha, muzlatilganda esa 15 kun davomida tiriklik qobiliyatini 

saqlab qoladi.  

Namlikda  lichinkalarning  faolligi  yanada  ortadi.  Yomg„irdan  keyin  lichinkalar 

o„tlar bo„ylab tik harakat qiladi, natijada mollarning diktiokaulyuslar bilan zararlanishi 

ortadi.  Qo„y  va  echkilar  parazitning  invazion  lichinkalarini  o„zlariga  ko„katlar,  yem-

xashaklar va suv orqali yuqtiradi. 







 

Hayvon  organizmiga  tushgan  lichinkalar  ingichka  ichak  shilliq  qavati  devorini 

teshib, limfa tugunlariga o„tib rivojlanadi va oxirgi marta po„st tashlab, limfa tomirlari 

orqali  qon  tomirlariga  va  qon  oqimi  bilan  o„pkaga  keladi.  Lichinkalar  o„pka  qon 

tomirlari  va  parenximasini  teshib  bronxlarga  o„tadi,  bu  yerda  rivojlanishni  davom 

ettirib,  1-2  oydan  keyin  jinsiy  voyaga  yetadi.  Qo„y  va  echkilar  organizmda  5-6  oydan 

1,5-2 yilgacha parazitlik qiladi.  

Diktiokaulyuslar  keltirib  chiqaradigan  kasallik  diktiokaulyoz  deyiladi.  Bu 

kasallikning  tarqalishiga  yil  fasllari,  hayvonlarning  yoshi,  tabiiy  iqlim  sharoit  muhim 

ro„l o„ynaydi.  

O„zbekistonda  qo„y  va  echkilar  diktiokaulyus  lichinkalari  bilan  sug„oriladigan 

hududlarda asosan, kuz va bahor oylarida, dasht va yaylovlarda  kuz oylarida, tog„ va 

tog„oldi  hududlarida  esa,  bahor  va  kuz  oylarida  hamda  qish  oylarining  boshlarida 

zararlanadi.  Kasallangan  qo„y  va  echkilarda  kasallik  yuqqandan  15–20  kundan  keyin 

yo„tal paydo bo„ladi.

 

Keyinchalik  ular  o„sishdan  orqada  qoladi,  oriqlab  ketadi,  junlari  siyraklashadi. 

Burun  teshigidan  suyuqlik  oqadi.  Darmonsizlanib  joyidan  tura  olmaydigan  bo„lib 

qoladi.  Agar  davolanmasa,  kasallangan  hayvonlarning  10-70  %  nobud  bo„ladi. 

Kasallangan mollarni davolash uchun ularni muntazam ravishda degelmintizatsiya qilib 

turish lozim.  

Qo„y  va  echkilar  diktiokauloziga  qarshi  panakur,  nilverm,  rintal,  ditrazin, 

loksuran  va  boshqa  preparatlar  ishlatiladi.  Kasallikni  yuqtirmaslik  uchun  esa  mol 

boqiladigan  yaylovlarni  tez-tez  almashtirib  turish,  qo„ton  va  molxonalami  sanitariya-

gigiyena tomonidan toza tutish lozim. 



Telyaziyalar  sutemizuvchilar  va  qushlar  ko„zida  parazitlik  qiladi.  Ular  ayniqsa, 

qoramollar  orasida  keng  tarqalgan  bo„lib,  telyazioz  kasalligini  keltirib  chiqaradi. 

Telyazioz qo„zg„atuvchilari asosan, Thelazia rhodesiTh. gulosa va Th. skrjabini turlari 

hisoblanadi. 

Telyazioz  O„zbekiston  sharoitida  yoz  va  kuz  oylarida  uchrab,  chorvachilik 

xo„jaliklariga  katta  iqtisodiy  zarar  keltiradi.  Bu  kasallik  bilan  kasallangan  qoramollar 

ko„r bo„lib qolishi ham mumkin. Suti va vazni kamayadi.  

Respublikamizning  turli  mintaqalarida  qoramollarning  telyazioz  bilan  umumiy 

zararlanishi 5,8 % dan 31 % gacha boradi. Qoramollarning telyazioz bilan zararlanishi 

yil  fasllariga  va  Respublikamiz  landshaftlariga  qarab  o„zgarib  turadi.  Telyaziylar 

orasida-Thelezia rhodesi turi eng ko„p tarqalgan bo„lib, xavfli turlardan biri hisoblanadi. 

Erkaklarining  uzunligi  5-16  mm,  spikulalarining  kichikligi  hamda  kutikulasining  arra 

tishchali  shaklida  ko„ndalang  chizilmaganligi  bilan  boshqa  ikki  turdagi  telyaziylardan 

farq  qiladi.  Urg„ochilarining  uzunligi  11–19  mm.  Og„iz  kapsulasi  orqa  tomoniga 

nisbatan  bir  muncha  kengaygan.  Yuqoridagi  uch  tur  telyaziylar  faqat  qoramollarda 

parazitlik  qiladi.  Thelezia  rhodesi  kon‟yuтktiv  xaltachasiga  va  uchinchi  qovoq  ostida 

joylashadi. Qolgan ikki tur telyaziyalar esa ko„z yoshi bezlarining yo„lida va uchinchi 

qovoq  ostida  parazitlik  qiladi.  Telyaziylar  oraliq  xo„jayinlar-pashshalar  ishtirokida 

rivojlanadigan biogelmintlar hisoblanadi (66-rasm).  

O„zbekistonning  turli  mintaqalarida  qoramollarda  uchrovchi  telyaziyalarning 

oraliq  xo„jayinlari  sifatida  pashshalardan-Musca  larvipara  va  M.  domestica  turlari 

ishtirok  etishi  aniqlangan.  Respublikamizning  ayrim  hududlarida  pashshalar  telyaziylar 







 

lichinkalari  bilan  0,2  %  dan  1,6  %  gacha  zararlangan.  Telyaziylar  kasallikka  moyil 

hayvonlar organizmiga kuchli patogen ta‟sir ko„rsatib har xil mikroblarni ko„zga tushib 

rivojlanishiga sabab bo„ladi. Chunki qoramolning kon‟yuktiv shilliq pardasi telyaziylar 

tomonidan  qitiqlanib  jarohatlanishi  mikroblarning  rivojlanishi  uchun  qulay  sharoit 

yaratadi.  

 

 

 



66-rasm. Qoramollar ko„zida parazitlik qiluvchi Thelazia rhodesi nematoda  

turining rivojlanish sikli sxemasi. 

 

Telyaziylar  kon‟yuktivda  harakat  qilib,  tishchalar  kabi  ko„ndalang  chizilgan 



kutikulasi bilan ko„zning shox va shilliq pardalarini jarohatlaydi. Buning natijasida 2–3 

kun  davomida  mol  ko„zidan  yosh  oqib  turadi.  Ko„zning  muguz  qatlami  sekin-asta 

g„uborlanadi.  Yallig„langan konyuktivi shishib, ko„z  qovoqlari  ko„zni bekitib qo„yishi 

mumkin. Ko„z qovoqlarining tagidan yiringli suyuqlik oqib kipriklarga yopishgan holda 

quriydi.  

Thelazia  rhodesi

 

qo„zg„atadigan  telyazioz  hayvon  kon‟yuтktivasining  alternativ 

yallig„lanib  epiteliy  va  uning  atrofidagi  to„qimalarida  quruq  nekroz  rivojlanishi  bilan 

xarakterlidir.  Ko„zning  muguz  pardasida  degenerativ  jarayonlar  rivojlanib  eroziylar, 

yarachalar  paydo  bo„ladi.  Muguz  qatlami  teshilib  ko„z  gavhari  ham  zararlanishi 

mumkin.  Kelgusida  ko„zning  kuchli  xiralashgan  muguz  pardasi  bir  oz  qizarib,  ko„z 

olmasi  bo„rtadi,  qon  tomirlari  gipermiyalashadi.  Ko„z  muguz  qatlami  to„qimalari 

parchalanib  oval  yoki  dumaloq  shaklda  tekis  qirrali  yara  hosil  qiladi.  Telyazioz  bilan 



 

xastalangan  qoramol  bezovtalanadi,  yorug„likka  qaray  olmaydi.  Kon‟yuktivi 

yallig„lanadi, ko„zidan yosh oqadi, hatto qovoqlar yopishib qoladi, ayrim hayvonlarning 

ko„z  muguz  pardasi  yallig„lanib  yarachalar  ko„payadi,  hayvon  ko„r  bo„lib  qoladi. 

Kasallik odatda 4–8 hafta davom etadi. Telyazioz ayniqsa buzoqlarda og„ir kechadi. 

 

Qoramollar  orasida  ko„z  kon‟yuktivi  va  muguz  pardalarning  surunkali 



yallig„langanligi  sezilsa  bunday  mollar  telyazioz  deb  gumon  qilinadi.  So„ngra 

qo„zg„atuvchilari topilib tasdiqlanadi. Bu maqsadda barmoq bilan ko„zning ichi eziladi, 

pintset yoki qovoq ushlagich bilan uchinchi qovoq ko„tariladi, nam paxta tampon bilan 

ko„zning  ichki  burchagidan  shilliq  olinadi  yoki  ignasiz  shpris  bilan  ko„zga  bor 

kislotasining 2–3 % li eritmasi purkalib yuvindi to„planadi. Ko„zdan olingan yuvindi va 

shilliq  qora  rangli  kyuvetaga  solinib  yaxshilab  ko„zdan  kechiriladi.  Bunda  oq  rangli 

parazit nematodalar ko„zga tashlanadi. 

Xo„jalikni  telyaziozdan  sog„lomlashtirish  uchun  hamma  kasal  va  sog„lom 

qoramollarni davolash taklif etiladi. Buning uchun 2–3 % li bor kislotasi yoki yodning 

suvdagi (1:2000) eritmalari bilan molning ikkala ko„zi yuviladi, 0,5 % li lizol eritmasi 

bilan  yuvish  ham  yaxshi  natija  beradi.  Ko„zni  ichi  rezinkali  sprinsovka  yordamida 

yuvish  qulay.  Birinchi  marta  yuvishdayoq  telyaziyning  ko„pchiligi  yuvilib  chiqadi, 

ammo  ko„z  yosh  kanalchasida  2  %  ga  yaqin  telyaziylar  qolishi  mumkin.  Ko„zda 

telyaziy qolmasligi uchun 5-6 kun o„tkazib yana ikki marta yuviladi, bir hayvon ko„zini 

bir marta yuvish uchun o„rtacha 50-75 ml eritma tayyorlanadi. Kasal hayvonlar maxsus 

ajratilgan joyda davolanadi. Davolash ishlari tugagach o„sha joyga so„ndirilmagan ohak 

sepiladi.  Kasallik  birmuncha  rivojlanganda  dezinfektsiya  qiladigan  nordon  dorilardan 

tayyorlangan  malhamlar  ishlatiladi.  Bu  maqsadda  pinitsillin,  sulfamid  preparatlaridan 

foydalaniladi.  

Telyaziylarni tarqatuvchi oraliq xo„jayinlari-pashshalarga qarshi kurashish lozim. 

Buning  uchun  hayvonning  ko„z  atrofiga  degat  yoki  kreolindan  tayyorlangan  malham 

surtiladi,  boshiga  esa  geksaxlorandan  tayyorlangan  0,5  %  li  kraxmal  suspenziyasi 

sepiladi. 

Urg„ochi  telyaziylar  tirik  lichinka  tug„adi.  Bu  lichinkalarni  oraliq  xo„jayini  

pashshalar  qoramolning  ko„z  yoshi  bilan  yutib  zararlanadi.  Lichinkalar  pashshaning 

ichida  yashab  bir  oy  davomida  tullaydi,  so„ngra  rivojlanib  yuqumli,  ya‟ni  invazion 

davriga  o„tadi.  Invazion  lichinkalar  pashshaning  oshqozoniga  tushib,  keyin  uning 

xartumiga  qarab  harakat  qiladi.  Bunday  pashshalar  yana  qaytib  qoramolning  ko„zi 

atrofiga qo„nganda xartumidan invazion lichinkalar chiqib qoramolning ko„ziga kiradi 

va  telyazioz  bilan  zararlaydi.  Hayvon  ko„ziga  tushgan  lichinkaning  uzunligi  6  mm 

bo„lib, 15–20 kunda voyaga yetgan erkak va urg„ochi telyaziylarga aylanadi.  

Telyaziylar qoramollar ko„zida bir necha oy yashaydi. Ayrim nusxalari hatto bir 

yildan  ko„proq  parazitlik  qiladi.  Qoramollar  asosan  yozda  yaylovda  suv  manbalarida 

oraliq  xo„jayin  pashsha  orqali  telyazioz  bilan  zararlanadi.  Telyaziylardan  eng  ko„p 

tarqalgani Thelazia rhodesi, ammo Sibir va Uzoq Sharqda uchta turning hammasi keng 

tarqalgan.  Telyazioz  mavsumiy  kasallik  bo„lib,  yoz  oylarida  va  qishda  uchraydi. 

Qoramol ko„zidan va burnidan yil davomida telyaziy topilib turadi. Ammo yozda iyul, 

sentyabr  oylarida  ko„proq  bo„ladi.  MDHda  telyaziy  shimoliy  mintaqalardan  tashqari 

hamma  joyda  tarqalgan,  ammo  Ukraina  va  MDHning  Janubiy  hududlarida  ko„proq 


 

uchraydi. Teyaziylar oraliq xo„jayini –- pashshalar yaylovdagi qoramol tezagiga tuxum 

qo„yganda rivojlanadi. Iyun oyidan to sentyabr oyigacha qanotli pashshalarga aylanadi.  

Onxoserkalar  (Onchocerca)  dan-Onchocerca  volvulus  va  Onchocerca 

coecutiens  odamlarda,  Onchocerca  lienalis  va  Onchocerca  gutturoza  qoramollarda, 

Onchocerca  cervicalis  esa  otlarda  parazitlik  qiladi.  Onxoserkalar  oqish  rangli 

nematodalar bo„lib, tanasi ipsimon, ikki tomonga ingichkalashib ketgan. Uzunligi 2 sm 

dan  11  sm  gacha  boradi.  Ularning  rivojlanishi  ikkita  xo„jayinda  ketadi.  Asosiy 

xo„jayinlari odam, qoramol, ot va eshaklar hisoblansa, oraliq xo„jayinlari qon so„ruvchi 

chivinlardir. 

Onxoserkalar  asosiy  xo„jayinlari  organizmida  teri  ostida,  paylar,  taloq  pardasi 

ostida va boshqa organlarda parazitlik qiladi. Parazitlar atrofida biriktiruvchi to„qimali 

yo„llar  hosil  bo„ladi.  Odamlarda  bu  yo„llar  tanasining  turli  qismlarida,  ko„pincha 

bo„g„imlar,  qo„1-oyoq  va  boshida  to„planadi.  Lichinkalar  mikrofilyariyalar  teri 

qatlamida yashab, terining ichida yara hosil qiladi va pigment ajralishini buzadi. Ba‟zan 

parazit lichinkalari ko„zni ojizlantirib, hatto ko„r bo„lishiga olib keladi. 

Odam  va  hayvonlarda  uchrovchi  onxoserkoz  kasalligini  yuqtiruvchilar  mayda 

chivinlar bo„lib, parazit lichinkalarini qon so„rganda kasallangan hayvonlardan sog„lom 

mollarga yuqtiradi. Odamlarga ham xuddi shu tarzda yuqtiradi. 

Odamlarda  onxoserkoz  kasalligi,  asosan,  Afrika  mamlakatlarida  va  Amerikada 

tarqalgan. Odamlarda uchrovchi onxoserkalarning oraliq xo„jayinlari Simulium urug„iga 

kiruvchi  chivinlar  hisoblanadi.  Hayvonlarda  onxoserkozlar  yer  yuzida,  jumladan, 

O„zbekistonda  ham  keng  tarqalgan.  Ulardan,  ayniqsa,  otlar  va  qoramollar  ko„p 

zararlanadi.  Onxoserkalar  xalq  xo„jaligiga  juda  katta  zarar  keltiradi.  Onxoserkalar 

O„zbekistonda  qoramol  terisini  zararlashi  tufayli  teri  sifatini  pasaytirib  yuboradi  va 

natijada  teri  zavodlari  har  yili  bir  necha  millionlab  so„mdan  mahrum  bo„ladi.  Bundan 

tashqari, kasallangan hayvonlarning boshqa mahsuldorligi ham keskin kamayib ketadi. 



Qoramol 

onxoserkalari. 

Yuqorida 

ta‟kidlanganidek, 

qoramollarda 

onxoserkalarning  ikkita  turi:  Onchocerca  gutturosa  va  Onchocerca  lienalis  parazitlik 

qiladi.  Birinchi  tur  parazit  bo„yin  payida,  ikkinchisi  esa  gastrolienal  bog„lag„ichda 

parazitlik qiladi.  

Onxoserkalarning  ingichka  ipsimon,  tanasaning  uzunligi  erkaklarida  28,3–33,8 

mm va urg„ochilarida 100 mm dan ortiq bo„ladi. Urg„ochilarining kutikulalari yo„g„on 

halqalar  bilan  qoplangan.  Erkaklarida  esa  ingichka  chiziq  ko„rinishida.  Erkaklarida 

ikkita  ko„payishga  yordam  beradigan  spikulasi  bor.  Urg„ochisining  vulvasi  tanasining 

oldingi qismiga ochiladi. Lichinkalarining uzunligi 0,17-0,249 mm va eni 0,029–0,0043 

mm keladi. 

Onxoserkalarning  oraliq  xo„jayinlari,  Simulida  oilasiga  kiruvchi  mayda  chivin-



Simulium  arnotum  orqali  rivojlanadi.  Onxoserkalarning  urg„ochilari  tirik  lichinka 

tug„adi. Ular keyinchalik terida harakatlanadi. Mayda chivinlar qon bilan oziqlanayotib 

parazit  lichinkalarini  ham  yutib  yuboradi.  Mayda  chivinlar  qoramollarga  hujum  qilib 

onxoserka lichinkalarini ham yutib yuboradi. Mayda chivinlar qoramollarga hujum qilib 

onxotserka  lichinkalarini  yuqtiradi,  qoramol  organizmida  lichinkalar  voyaga  yetadi. 

Onxoserka  lichinkalarining  rivojlanish  muddati  tashqi  muhit  haroratiga  bog„liq  bo„lib, 

19-35  kunga  to„g„ri  keladi.  Qoramol  ko„pincha  yozda  simulidlar  uchish  davrida 

zararlanadi.  Teridagi  onxoserka  lichinkalarini  topib  kasallik  aniqlanadi.  Buning  uchun 



 

qoramol  qorin  terisi  kesib  olinib,  fiziologik  eritma  tomdirilgan  buyum  oynasi  ustiga 

qo„yiladi  va  yaxshilab  parchalanadi.  10-15  minut  o„tgach  teri  tolalari  olib  tashlanadi, 

so„ngra fiziologik eritma mikroskopda tekshiriladi.  

Onxoserkoz  bilan  asosan,  ikki  yoshdan  katta  bo„lgan  qoramollar  kasallanadi. 

Onxoserkoz  bilan  kasallagan  qoramollarni  ditrazinning  suvdagi  eritmasi  (1;  1,5)  teri 

ostida  1  kg  tirik  vazniga  0,1  mg  dan  yuboriladi.  Bir  sutkada  to„rtta  in‟ektsiya 

o„tkaziladi.  Onxoserkozga  qarshi  kurashish  va  oldini  olish  uchun  birinchi  navbatda 

qoramol qornining pastki devori son va boldirning ichki yuzasi yon tomirlari, ko„krak 

va  qorin  insektitsidlar  bilan  changlantiriladi.  Mayda  chivinlar  uchadigan  paytda 

hayvonlarga har uch kunda, uchish o„rtalarida esa har 10 kunda bir marta dori sepiladi. 

Qoramol  yaylovda  boqilganda  soyabonli  bostirmalar  quriladi.  Simulidlarning  hujum 

qiladigan paytida mollarni molxonalarda boqish maqsadga muvofiqdir. 

Yuqorida  ta‟kidlanganidek,  onxoserkozning  qo„zg„atuvchilari  uzun  ingichka 

nematodalardir. Jinsiy yetilganlari hayvonning chandir va paylariga, lichinkalari esa teri 

orasiga kirib oladi. Onxoserkozga chalingan qoramollarda yaqqol ko„zga tashlanadigan 

kasallik  alomatlari  sezilmaydi  va  harom  o„lish  hollari  ro„y  bermaydi,  lekin  kasallik 

iqtisodiy  jihatdan  katta  zarar  yetkazadi.  Teri  zavodlarida,  onxoser-kozdan  zararlangan 

mol  terilaridan  past  sifatli  mahsulot  olinadi.  Qoramollarda  onxoserkozdan  zararlanish 

respublika bo„yicha 13,5 % dan 26,8 % gacha, ot va eshaklarda esa 68,8–70 % gacha 

boradi.  Kasallikning  yuqishi  ko„pincha  Toshkent,  Samarqand,  Jizzax,  Surxondaryo 

viloyatlari  xo„jaliklarida,  shuningdek,  Qoraqalpog„iston  Respublikasida  uchraydi.  Eng 

ko„p zararlanish yoz oylarida kuzatiladi.  

Ot  onxoseralari.  Ot  va  eshaklarda  asosan,  Onchocerca  cervicalis  turi  parazitlik 

qiladi. Bu turdan tashqari otlarda Onchocerca reticulata turi ham uchraydi. Onxoserkoz 

otlarda keng tarqalgan bo„lib oyoq, bo„yin, ensa yag„rinining pay va bo„g„inlari ko„proq 

shikastlanadi.  Kasallangan  otlarning  yag„rini,  bo„yni,  ensasi  va  boshqa  organlari 

yiringlaydi.  

Onchocerca  cervicalis  ingichka  oq  rangdagi  nematoda  bo„lib,  urg„ochilarining 

uzunligi 1 m, erkaklariniki 25–30 sm ga yetadi. Bu nematoda ko„rinishidan ingichka oq 

ipni  eslatadi.  Kutikulasi  qalinlashgan  va  kichkina  taroqcha  ko„rinishida.  Urg„ochilari 

tirik  tug„adi,  lichinkalarining  uzunligi  0,22–0,25  mm,  eni  esa  0,004–0,005  mm, 

bigizsimon shaklda. Lichinkalarining bosh tomoni yumaloq bo„lish bilan xarakterlanadi. 

Parazitlar  ko„pincha  trapetsiyasimon  muskulning  pay  bog„ichlarida,  kurak  usti 

bog„lamida, ensa bog„lagichining kapyushonsimon kengaygan yerida joylashadi, ba‟zan 

muskul  to„qimalarida,  tog„aylarda  va  charvi  asosida,  shuningdek,  ko„krak 

umurtqalarning  o„simtalarida  va  kurak  suyagining  tog„ay  qismida  joylashadi. 

Onchocerca  reticulata  oldingi  aytilgan  turdan  erkaklarining  dum  tuzilishi  bilan 

farqlanadi.  Bu  nematodalar  tushov  bo„g„imida,  bukuvchi  paylarda,  oyoqlarning  pay 

sohasidagi teri osti to„qimalarida joylashadi (67-rasm).  

Onxoserkalar  hamma  filyariylar  kabi  oraliq  xo„jayinlar-qon  so„ruvchi  chivinlar 

ishtirokida rivojlanadi. Onchocerca cervicalis ning oraliq xo„jayini Culicoides zaxkash 

chivinlar  avlodi  hisoblanadi.  Onxoserkalar  bilan  zararlangan  otlardan  parazit 

lichinkalari  tashqi  muhitga  chiqa  olmaydi.  Parazit  lichinkalari  terining  chuqur 

qatlamidagi hujayra o„rtasida, shuningdek, bo„g„inlarning sinovial suyuqliklarida va pay 

qillarida uzoq muddat saqlanadi.  


 

 

 



67-rasm. Otlar terisida parazitlik qiluvchi Onchocerca reticulata nematodasi: 1-erkak 

nematodaning bosh tomoni; 2-erkak nematodaning dum tomoni; 3-nematoda tanasining bir qismi; 4-

otning onxotserkoz bilan zararlangan payi; 5-teri onxotserkozi bilan zararlangan otning bo„yni.  

 

Zaxkash  chivinlar  qon  so„rish  uchun  otlarga  hujum  qiladi,  natijada  terida 



joylashgan  onxotserka  lichinkalarini  yutib  zararlanadi.  Bu  lichinkalar  chivin  tanasida 

rivojlanib  24  kundan  so„ng  invazion  bosqichga  aylanadi.  Chivinlar  sog„lom  otlarni 

chaqqanda  zararlaydi.  Bu  faqat  yoz  faslida,  ya‟ni  chivinlarning  uchish  davrida  ro„y 

beradi.  Otlar  asosan  yaylovda  zararlanadi.  Chivinlarning  uzunligi  3  mm  keladi.  Ular 

hamma  joyda  tarqalgan  va  otlarga  erta  tongda,  iliq  tinch  kechalari,  yomg„ir  yog„ish 

oldidan yopishib bo„yni, yag„rin orqasi yoli orasiga joylashib oladi. Shunisi qiziqki, qon 

va limfani faqat urg„ochi chivinlar so„radi. Onxotserka bilan ko„pincha 8–10 yoshdagi 

otlar  zararlanadi.  Parazitning  patogenli  ta‟siri  invaziyalanishi  darajasi  organizmning 

umumiy holatiga bog„liq.  

Qator  tumanlarda  onxotserkalar  otlarning  deyarli  hammasida  uchraydi,  biroq 

onxotserkozning  aniq  klinik  belgilari  kuzatilmaydi.  Ba‟zi  bir  otlarda  onxotserkoz 

yuqumli nekroz bilan og„ir kasallanadi.  

Parazitlar ensa, bo„yin bilan kurakni biriktiruvchi to„qimalariga joylashib, u yerni 

jarohatlaydi  va  yallig„laydi,  ya‟ni  bu  joylarda  ko„pincha  yelka  qismining  ikkinchi  va 

uchinchi  ko„krak  umurtqalarning  qiltiqli  o„simtalarigacha,  mayda  va  qattiq  shishlar 





 

 

paydo  bo„ladi.  Bu  shishlar  sekin-asta  kattalashadi.  Bu  hodisa  1-2  oy  davom  etib 

sog„ayshi yoki onxotserkozning patogenli ta‟sirada yiring hosil qiluvchi infektsiya bilan 

og„irlashishi  mumkin.  Natijada  yiringli  nekrotik  manbalar  paydo  bo„ladi. 

Onxotserkozlar  teri  usti  va  teri  osti  to„qimalariga  joylashib,  diametri  2  sm  dan  9  sm 

gacha  qattiqlashgan  joylar  (100  gacha)  kuzatiladi.  Bu  joyning  juni  to„kilib  sezgirligi 

pasayadi. Onchocarca reticulata ta‟sirida paylar yallig„lanadi va ot oqsoqlay boshlaydi. 

Kasallik surunkali shaklda kechadi. Kasallikning boshlanishida yag„rin, bo„yin va 

orqa,  ba‟zan  kurak  va  tananing  yon  tomonlarida  hajmi  tovuq  tuxumidek,  deyarli 

og„riqsiz  shishlar  paydo  bo„ladi.  Oqma  yaralardan  parazit  qismlari  bilan  aralashgan 

shilliqlarning  suyuqligi  oqadi.  Oqma  teshigining  atrofi  odatda  qadoqlashadi.  Tirik  ot 

onxoserkozining  yashirin  formasini  kichik  teri  bo„lakchalarini  dermolyarvoskopiya 

usulida  tekshirish  natijasiga  qarab  aniqlash  mumkin.  O„lgan  otlarni  yorib  qaraganda 

ayniqsa,  yag„rin,  bo„yin,  ensaning  bog„lagich  qismlaridan,  payli  to„qimalari  va 

oyoqlarning bukuvchi paylaridan parazitlar va ularning lichinkalari topilishi kuzatiladi. 

Onxoserkozdan odam va hayvonlar kasallanishining oldini olish choralaridan eng 

asosiysi parazit tashuvchilarini yo„qotishdir. Buning uchun esa chivinlar ko„payadigan 

joylarga  insektitsidlardan  foydalanish  kerak.  Kasallangan  odamlarni  dietilkarbamazin, 

ditrazin,  suramin  kabi  dorilar  bilan  davolashadi.  Qoramol  onxoserkoziga  qarshi  esa 

faskoverm va ivomek preparatlaridan foydalaniladi.  



Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin